Mavzu: Axborot va signal tushunchasi. Tilshunoslikning axborot nazariyasi bilan bog'liqligi. Reja



Download 113 Kb.
bet3/3
Sana26.04.2022
Hajmi113 Kb.
#582697
1   2   3
Lingvistik belgining besh tomoni
Lingvistik belgining inson tomonidan yaratilishi va foydalanish xususiyatini e’tiborga olib ayrim mualliflar uni tavsiflashning to‘rt tomonini tavsiya etadilar.
• sintaktik tomon;
• semantik tomon;
• sigmatik tomon;
• pragmatik tomon.
Bunga lingvistik belgilar o‘rtasidagi uyadoshlik munosabatini ham qo‘shsak, uning besh tomoni haqida fikr yuritish lozim bo‘ladi. Lingvistik belgining sintaktik tomoni uning boshqa belgilar bilan sintagmatik aloqaga kirishish imkoniyatini belgilaydi.
Har qanday belgi boshqa belgilar bilan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Ana shunday munosabatlardan biri sintagmatik munosabatdir. Masalan, Qirlar qip-qizil lolalar bilan qoplangan gapida qoplangan so‘zi lolalar,qirlar so‘zi bilan, lola so‘zi qip-qizil bilan ketma-ket bog‘langan.Lingvistik belgilar o‘rtasidagi ana shunday munosabatni R1 (V, V1) ishorasi bilan belgilash mumkin. Bunda R munosabatni, V, V1 har qanday belgilarning sintagmatik qatorini ifodalaydi. Sintagmatik qatorda har bir belgi boshqa belgining ѐ oldidan, ѐki orqasidan o‘rin olishi mumkin.
Lingvistik belgining mazkur qatorlari har bir tilga xos ma’lum qoidalar asosida amalga oshiriladi.
Lingvistik belgi boshqa belgilar bilan faqat ketma-ket munosabatdagina emas, balki uyadoshlik munosabatida, ma’lum bir jihatdan o‘zaro bog‘lanish, birini ikkinchisi taqozo qilish munosabatida ham bo‘ladi. Masalan, oq so‘zi qora so‘zini taqozo qiladi. Ular o‘zaro qarama-qarshi munosabat asosida bog‘langan. Kulmoq, jilmaymoq, qah-qah otmoq o‘zaro belgining darajalanishi munosabati asosida, ot «irg‘it» so‘zi ot «hayvon», ot «ism» so‘zlari bilan shakldoshlik munosabati asosida bog‘langan. Bunday munosabat lingvistik belgining paradigmatik munosabatini tashkil qiladi. Lingvistik belgilar o‘rtasidagi bunday munosabatni R2 (V1/V2) ishorasi bilan berish mumkin. Lingvistik belgi ifodalovchi va ifodalanmish tomonlarning munosabatidan tashkil topgan butunlik sifatida boshqa belgi bilan sintagmatik va paradigmatik munosabatga kirishadi. Shu bilan birga, uning ifoda tomoni bilan ma’no tomoni o‘rtasida ham barqaror munosabat mavjud. Bu munosabat belgi nimani ifodalashini ѐki borliqdagi narsa va hodisalar, belgi va xususiyatlar, harakat-holatlarning ongdagi umumlashgan obrazlari qanday nomlanishini ifolaydi. Masalan, tanadan shoxlanuvchi ko‘p yillik o‘simlik o‘zbek tilida daraxt deb nomlanishi ѐki daraxt so‘zining «tanadan shoxlanuvchi ko‘p yillik o‘simlik»ni bildirishi. Qanday nomlanishi belgining ifoda funksiyasi bo‘lsa, nomning nimani ifodalashi uning ma’no bildirish tomoni sanaladi. Bu munosabatni R3 (V, A) ѐki R3 (A, V) ishoralari bilan ifodalash mumkin. Qavs ichidagi ishoralar belgi va u ifodalagan narsaning umumlashgan obrazi, ya’ni tushunchani bildiradi. Birinchisi bildirish tomonini, belgining semasiologik tomonini, ikkinchisi ifodalash, onomasiologik tomonini anglatadi.Nihoyat, belgilar inson tomonidan ma’lum bir axborotni boshqalarga yetkazish uchun ishlatiladi. Shuning uchun ular kommunikatsiya vositasi sanaladi.
So‘zlovchi belgilar orqali tinglovchiga ma’lum axborotni yetkazish bilan birga unga emotsional-ekspressiv ta’sir etishni ham maqsad qilib qo‘yadi. Demak, belgi mazmunida ko‘pincha so‘zlovchining modal munosabati ham aks etadi. Masalan, yemoq bilan g‘ajimoq so‘zi o‘rtasidagi farq so‘zlovchining emotsional bahosi mavjud ѐki mavjud emasligidadir. Zidlanishning birinchi a’zosi bunday belgiga ega emas, ikkinchi a’zosi esa ana shunday belgiga ega. Demak, g‘ajimoq yemoq so‘zi bilan semantik va sigmatik ѐki denotativ va signifikativ nuqtai nazardan umumiylikni tashkil qiladi. Ular baho munosabatining bor-yo‘qligi bilan farqlanadi. Lingvistik belgi ifodalagan bunday munosabat pragmatik munosabat, ana shunday munosabatni o‘rganuvchi soha pragmatika hisoblanadi. Lingvistik belgining pragmatik tomonini R (V, M) ishorasi orqali ifodalash mumkin. Lingvistik belgining barcha xususiyatlarini jamlagan holda uni quyidagi model orqali ifodalash mumkin:
V[O,A,M]
Bunda V – belgi; N – belgining ifodalovchi tomoni, nom; O – belgining denotativ ma’nosi; A – belgining signifikativ ma’nosi; M – belgining pragmatik ma’nosi.
Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish