joy egallab qoladi. Haqiqatan ham, inson atrof muhitni o`rgana turib, axborot oladi,
adabiyot, magnit lentalar, kartalar, sxemalar ishlatilishi mumkin. Axborotlarni qayta
ishlash orqali, bizni o`rab turgan dunyo to`g`risida bilimga ega bo`lamiz, natijada
yangi izlanish usullarini yaratish, yangi axborotlarga ega bo`lish, ularni saqlash,
Axborotlarni yig`ish, saqlash, qayta ishlash va tasvirlashning samarali
usullarini yaratish informatikaning asosiy maqsadlaridan biri bo`lib qoldi.
Asrimizning 50-yillarigacha masalaning bunday qo`yilishi haqiqat bo`lib,
axborotlarni yig`ish va qayta ishlash usullari bo`yicha umumiylik yo`qdek edi.
Tibbiyotda, geografiyada, fizikada, filosofiyada va boshqa sohalarda axborotlarni
yig`ish va qayta ishlashda bog`liqlik yo`q edi. Ko`pchiliklarning fikricha
matematika bilan fizika, ximiya bilan tibbiyot o`rtasida bog`liqlik borligi tan olinar
edi. Kompyuterlarning paydo bo`lishi bilan bu holat tezlik bilan sezilarli darajada
o`zgardi.
Ko`pchilikka ma`lumki, birinchi EHM (elektron hisoblash mashinalari)
atom fizikasida, uchish va raketa texnikasida hisoblash ishlarini bajarish uchun
yaratilgan. Keyinchalik ularni boshqa sohalarda: qishloq xo`jaligida, sanoatda,
boshqarish sistemasida, tibbiyotda, o`quv jarayonlarida va hokazolarda qo`llanilishi
yangi sanoat sohasi – axborotlarni elektron qayta ishlash usullari va vositalari
Belgi
Obyektlar
izlanish va tasavvurlash usuli
ma`lumotlar
axborotlarni yig`ish va qayta
ishlash usullari
sohasi yaratilishiga va uni tez sur`atlar bilan rivojlanishiga asos bo`ldi.
Yangi elektron hisoblash mashinalari, ular bilan muloqot qilishning yangi
vositalari va usullari yaratildi. Hisoblash texnikalari ishlab chiqa-radigan sanoat
korxonalari qurildi. Birinchi EHM lari hisoblash masalalarini yechish uchun
yaratilgan, keyinchalik
sonli, matnli, grafik va boshqa axborotlarni ham qayta
ishlovchi kompyuterlar yaratila boshlandi.Hisoblash texnikasi barcha sohalarda
o`zining samaradorligini, keng imkoniyatli ekanligini va qulayligini ko`rsatdi.
Kompyuter va ular bilan muloqot qilish usullarini va metodlarining rivojlanishi
natijasida, ularning qo`llanilish sohalari kengayib bormoqda.
Hozirgi kunda kompyuterlar barcha sohalarda, shu jumladan sanoatda,
qishloq xo`jaligida, ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida, fan texnikada,
tibbiyotda, o`quv jarayonlarida keng qo`llanilib kelinmoqda.
Ma`lumotlarni qayta ishlash tajribaning asosiy ajralmas qismi hisoblanadi.
Axborotlarni qayta ishlash algoritmlari olimlar va mutaxassislar tomonidan
tayyorlanadi. Dastur tuzuvchilar bilan birgalikda ular kompyuter uchun
ma`lumotlarni qayta ishlovchi dasturlar tuzishadi. Algoritmlar yaratish va ular
asosida kompyuter uchun dastur tuzish – ana shu bosqichning eng aso-siysi
hisoblanadi. Keyingi bosqichda tekshirish uchun ma`lumotlarni qulay ko`rinishda
ifodalash va chiqarish dasturlaridan foydalaniladi. (grafiklar qurish, jadvallar
yaratish, ishchi rasmlarni tasvirlash chizish va hokazo). Ma`lumki, bunday dasturlar
aniq sohaga mo`ljallanmagan va ular yetarlicha universal hisoblanadi. Amaliyot shu
narsani ko`rsatdiki, kompyuterlardan foydalanish natijasida ishlab chiqarishda va
fan texnikada mehnat samaradorligi ortadi, ilmiy-texnik prog- ressga juda kuchli
ta`sir etadi. Kompyuterlarning rivojlanishida asosan uchta bosqichni ajratish
mumkin: hisoblash, umumiy informasion va intellektual. Fan va texnologiya hozirgi
vaqtda uchinchi bosqichda, ya`ni mashina intelektualining rivojlanish bo`sag`asida
turibdi. Mashina intellekti hayotga aqliy mehnat kishilari bajaradigan ishlarni
bajaruvchi kompyuterlar ko`rinishida kirib bormoqda. Yangi mashianalar ishlab
chiqiladi, ko`plab mukammal dasturlar yaratiladi, mashina intellekti o`sadi, ya`ni
bizni o`rab turgan olamni anglash va tekshirish uchun imkoniyatlar hosil bo`ladi.
Zamonaviy informatikani quyidagi
3 yo`nalishi tashkil etadi:
1) Axborotlarni avtomatik yig`ish, saqlash, ishlash va uzatish usullari va
algoritmlarini yaratish;
2) Axborotlarni qayta ishlash, tasavvurlash usullari va algoritmlarini yaratish.
Do'stlaringiz bilan baham: