Iqtisodiy informatika -deb kompyuter, kommunikatsion va tashkiliy texnika vositalari yordamida iqtisodiy axborotni avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash usullarini o’rganuvchi fanga aytiladi.
Iqtisodiy informatika fani texnologiya va uni yaratish bosqichlari, avtomatlashtirishning maqsadga muvofiqligini asoslash, muammo sohasining funktsional tahlili, iqtisodiy masalalarni qo’yilishini algoritmik hal etish, turli vositalar yordamida dasturlarni qo’llash muammolari bilan shug’ullanadi [17].
Axborot texnologiyalaridan samarali foydalangan holda, iqtisodiy informatikaning muhim vazifalari quyidagilardan iboratdir:
1. Bilimlar darajasini orttirish.
2. Tarbiyaviy vazifa.
Bilimlar darajasini orttirish uchun odamlarni zarur axborotdan voqif qilish, bilimlarni muntazam ravishda egallab, yangilab borishga nisbatan ularda ishtiyoq uyg’otish, ijodiy tafakkurni kuchaytirish kerak.
Tarbiyaviy vazifasi shundan iboratki, ya’ni inson informatika yordamida avlod ajdodlarimiz to’plagan va umumlashtirgan ijtimoiy hamda ishlab chiqarish tajribalarni, ilmiy bilimlar, ijtimoiy g’oyalar, estetik boyliklar va boshqalarni o’zlashtirar ekan, ongida yangi dunyoqarashni shakllantiradi.
Axborot infratuzilmasi - axborotni to’plash, qayta ishlash va ommaga etkazish shart-sharoitlarni rivojlantirish imkonini beruvchi vositalar majmuasidir. Axborot infratuzilmasi o’z ichiga quyidagilarni oladi:
Ma’lumotlarning davlat miqyosidagi va maxalliy manbalari tizimlarini. Bu tizim EHM operatsion tizimlar yordamida turli tuman axborotni avtomatlashtirilgan tarzda ishlab chiqadi. U axborot-hisoblash markazlarining mintaqaviy tarmoqlari, tashkilotlar, korxonalar, birlashmalar va ularning bo’linmalari infratuzilmalarini, hamda avtomatlashgan ish joylarini o’z ichiga oladi.
Aloqa tizimlarini - bu elektron pochta, teleks, vidioteks, telefaks ,aloqa vositalari va hisoblash texnikasining bir-biriga mushtarak bo’lib ketishi va boshqalar.Bular taraqiy eta borib,ma’lumotlar bilan taminlashning umumdavlat yagona tizimiga aylanadi.
Axborot infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida 1992 yil 8 dekabrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining qarori bilan Fan va Texnika Davlat qo’mitasi qoshida Axboratlashtirish bo’yicha bosh Boshqarma tuzildi.
O’zbekiston Pochta va telekommunikatsiyalar agentligi “O’zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentliligiga aylantirildi, unga respublikada axborotlashtirishni rivojlantirish bo’yicha qo’shimcha funktsiyalar yuklandi. Axborot xizmatlari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish bo’yicha zarur normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqish maqsadida “Kompyuter va axborot–texnologiyalarini rivojlantirish hamda joriy etish markazi” tashkil etildi.
Demak, axborot texnologiyalarining rivojlanishi iqtisodiy informatikaning rivojiga, iqtisodiy informatikaning rivojlanishi axborot infratuzilmasini kengayishiga, ya’ni axborotlashgan jamiyatning shakllanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |