Mavzu: axborot texnologiyalari haqida tushuncha.
DARSNING BORISHI
I. TASHKILIY ETAP.
II. YANGI MAVZUGA ZAMIN TAYYORLASH.
Axborot texnologiyalarining takomillashtirilishi jamiyatni axborotlashtirishda muhim omil hisoblnadi. Ma’lumki, axborot texnologiyalari informatika qonun – qoidalari asosida takomillashtiriladi. Yangi mavzuning bayoniga o’tishdan oldin demak, ba’zi bir savollarga javob olishimiz kerak.
Savol: axborot nima?
Javob: Axborot lotincha “nformation” so’zidan olingan bo’lib tushuntirish, biror narsani bayon etish yoki hodisa haqida ma’lumot ma’nosini anglatadi. Axborot a niq va amalda ishlatiladigan xabar.
Savol: Qanday sezgi organlarimiz mavjud?
Javob: ko’rish, eshitish,hid bilish, ta’m bilish, sezish.
Savol: axborot tizimi nima?
Javob: Axborot tizimi belgilangan maqsadga erishish uchun axborotlarni shakl va mazmuniga ko’ra turlarga ajratish, ularni saqlash, izlash va qayta ishlash prinsiplari, qayta shlashda qo’llaniladigan usullar, shaxslar hamda vositalarning o’zaro bog’langan majmui.
Savol: axborot tizimlarining qanday ta’minoti mavjud?
Javob: texnik, matematik, dasturiy, axborot, tashkiliy, huquqiy.
Savol: Informatika faning asosiyvazifasi nimadan iborat?
Javob: Informatikaning asosiy vazifasi – axborotni qayta ishlashning yangi usullari va vositalarini yaratish hamda ularni amaliyotda qo’llashdan iborat.
III. YANGI MAVZUNING BAYONI.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA ULARNING TURLARI
Texnologiya so'zi grekchadan tarjima qilinganda san'at, ustalik, malaka ma'nosini anglatadi. Texnikada texnologiya deganda ma'lum kerakli material mahsulotni hosil qilish uchun usullar, metodlar va vositalar yig'indisidan foydalanadigan jarayon tushuniladi. Texnologiya ob'ektining dastlabki, boshlang'ich holatini o'zgartirib, yangi, oldindan belgilangan talabga javob beradigan holatga keltiradi. Misol uchun sutdan turli texnologiyalar orqali qatiq, tvorog, smetana, yog' va boshqa sut mahsulotlarini olish mumkin. Agar boshlang'ich xom ashyo sifatida axborot olinsa, ushbu axborotga ishlov berish natijasida axborot mahsulotinigina olish mumkin. Ushbu holda ham "texnologiya" tushunchasining ma'nosi saqlanib qolinadi. Faqat unga "axborot" so'zini qo'shish mumkin. Bu narsa axborotni qayta ishlash natijasida moddiy mahsulotni emas, balki axborotnigina olish mumkinligini aniqlab turadi.
Texnologiyani quyidagicha ta'riflash mumkin. Texnologiya - bu sun'iy ob'ektlarni yaratishga yo'naltirilgan jarayonlarni boshqarishdir. Kerakli jarayonlarni kerakli yo'nalishda borishini ta'minlash uchun yaratilgan shart-sharoitlar qanchalik yaxshi tashkil etilganligi texnologiyaning samaradorligini bildiradi. Bu erda tabiiy jarayonlar nafaqat moddaning tarkibi, tuzilishi va shaklini o'zgartirish maqsadida, balki axborotni qayta ishlash va yangi axborot hosil qilish maqsadida ham boshqariladi. Shuning uchun axborot texnologiyasini quyidagicha ta'riflash mumkin.
Axborot texnologiyasi - bu axboriy ma'lumotni bir ko'rinishdan ikkinchi, sifat jihatidan yangi ko'rinishga keltirish, axborotni yig'ish, qayta ishlash va uzatishning usul va vositalari majmuasidan foydalanish jarayonidir.
Moddiy ishlab chiqarish texnologiyasining maqsadi insonning talabini qondiradigan yangi mahsulot ishlab chiqarishdan iborat. Axborot texnologiyasining maqsadi esa insonning biror-bir ishni bajarishi uchun zarur bo'lgan, uni tahlil etish va u asosida qaror qabul qilishi kerak bo'lgan yangi axborotni ishlab chiqarishdan iborat. Turli texnologiyalarni qo'llab, bitta moddiy resurslardan turli mahsulotlar olish mumkin. Xuddi shu narsani axborot texnologiyalariga nisbatan ham aytish mumkin. Misol: matematikadan nazorat ishini bajarganda har bir o'quvchi boshlang'ich axborotni qayta ishlash uchun o'zining bilimini qo'llaydi. Masalaning echimi bo'lgan yangi axborot mahsuloti, o'quvchi tanlay olgan masalani echish texnologiyasi, usuliga bog'liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o'zining "uskunalari", vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshka vositalardir. Bu vositalar orkali axborotga ishlov berilib, o'zgartiriladi. Hozirgi paytda axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng qo'llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter tarmoqlarining qo'llanishiga urg'u berish maqsadida ko'pincha kompyuter va kommunikatsion texnologiya haqida gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o'zi uchun asosiy muhit bo’lgan axborot tizimlari bilan bevosita bog'liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida mavjud bo'lgan ma'lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo'lgan tartiblashtirilgan jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud.
Ichki omillar – bu axborotning paydo bo’lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlsh va h.k.
Tashqi omillar - bu axborot texnologiyasining texnik – uskunaviy vositalar orqali axborotlar bilan turli vazifalarni amalgam oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat, (respublika, qit’a)da yashovchi o’rtog’ingiz bilan fakir almashmoqchsiz. Buni turli yo’llar orqali etkazishingiz mumkin: 1) aloqa bo’limi orqali (yozma);
2) telefon tarmoqlari orqali (og’zaki);
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
O’zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng arzon va sifati yuqori bo’lgan usulni belgilab olasiz.
Bu misoldagi ichki omil qaysi???
Tashqi omilchi???
Axborot texnologiyalari jamiyat axborot resurslaridan oqilona foydalanishning eng muhim usullaridan biri bo'lib, hozirgi vaqtga qadar bir necha evolyutsion bosqichlarni bosib o'tdi.
Ana shu bosqichlarga qisqacha to’xtalib o'tamiz.
1-bosqich. XIX asrning ikkinchi yarmigacha davom etgan. Bo' bosqichda "Qo'llik" axborot texnologiya taraqqiy etgan. Uning vositasi: pero, siyohdon, kitob. Kommunikatsiya, ya'ni aloqa odamdan odamga yoki pochta orqali xat vositasida amalga oshirilgan.
2-bosqich. XIX asrning oxiri, unda "Mexanik" texnologiya rivoj topgan.
Uning asosiy vositasi yozuv mashinkasi, arifmometr kabilardan iborat.
3-bosqich. XX asr boshlariga mansub bo'lib, "Elektromexanik" texnologiyalar bilan farq qiladi Uning asosiy vositalari sifatida telegraf va telefonlardan foydalanilgan. Bu bosqichda axborot texnologiyasining maqsadi ham o'zgardi. Unda asosiy urg'u axborotni tasvirlash shaklidan, uning mazmunini shaqllantirishga ko'chirildi.
4-bosqich. XX asr o'rtalariga to'g'ri qelib, "Elektron" texnologiyalar qo'llanilishi bilan belgilanadi. Bu texnologiyalarning asosiy vositasi EHMlar va ular asosida tashkil etiladigan avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va axborot izlash tizimlaridir.
5-bosqich. XX asr oxiriga to'g'ri keladi. Bu bosqichda "Kompyuter" texnologiyalari taraqqiy etdi. Ularning asosiy vositasi turli maqsadlarga mo'ljallangan dasturiy vositalarga ega bo'lgan shaxsiy kompyuterlardir. Bu
bosqichda kundalik turmush, madaniyat va boshqa sohalarga mo'ljallangan texnik vositalarning o'zgarishi ro'y berdi. Lokal va global kompyuter tarmoqlari ishlatila boshlandi.
Axborot texnologiyalari bir necha turlarga bo'linadi:
1. Ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari. Ular ma'lum algoritmlar bo'yicha boshlang'ich ma'lumotlarga ishlov beruvchi masalalarni echishga mo'ljallangan. Masalan, har bir firmada o'zining xodimlari haqidagi axborotga ishlov beruvchi axborot texnologiyasi albatta bo'lishi kerak.
2. Boshqarishning axborot texnologiyalari. Ularning maqsadi ish faoliyati qaror qabul qilish bilan bog'liq bo'lgan insonlarning axborotga bo'lgan talabini qondirishdan iborat. Boshqarishning axborot tizimlari tashkilotning o'tmishi, hozirgi holati va kelajagi haqidagi axborotni ham o'z ichiga oladi.
3. Ofis(idora)ning axborot texnologiyasi.
Avtomatlashtirilgan ofisning zamonaviy axborot texnologiyalari bu - tashkilot ichidagi va tashqi muhit bilan kommunikatsion jarayonlarni kompyuter tarmoqlari va axborotlar bilan ishlovchi boshqa zamonaviy vositalar asosida tashkil etish va qo'llab-quvvatlashdan iborat. Buning uchun maxsus dasturiy vositalar ham ishlab chiqilgan. Ulardan biri Microsoft Offise dasturlar paketidir. Uning tarkibiga Word matn muharriri, Excel elektron jadvali, Power point taqdimot uchun grafikani tayyorlash dasturi, Microsoft Access ma'lumotlar omborini boshqarish tizimlari kiradi.
Hozirgi paytdagi kompyuterlar uchun ko'plab dasturiy vositalar mavjudki, ular barcha turdagi axborot texnologiyalarini ta'minlay oladi. Ularning ayrimlari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Ma'lumotlar ombori. Har qanday axborot texnologiyasining majburiy komponenti ma'lumotlar omboridir (MO). Avtomatlashtirilgan ofisda MO firmaning ishlab chiqarish tizimi haqidagi barcha ma'lumotlarni o'zida saqlaydi. MO, uni tashkil kilish va boshqarish haqida batafsil 10- bobda tanishib chiqamiz.
Matn protsessori. Bu matnli hujjatlarni tashkil etish va ularga ishlov berishga mo'ljallangan dasturiy vosita turidir. Masalan, matn muharririda tayyorlangan xat va hujjatlarni doimiy ravishda qabul qilish menedjerga firmadagi holatni doimo nazorati ostida tutishga yordam beradi.
Elektron pochta (E-mail) - kompyuterlardan tarmoqda foydalanishga asoslangan bo'lib, hamkor (partnyor)larga ma'lumotlar jo'natish yoki ulardan ma'lumot olish imkoniyatini yaratadi.
Audiopochta - bu ma'lumotlarni klaviatura yordamida emas, balki tovush orkali uzatuvchi pochtadir.
AXBOROT TEXNOLOGIYALARINING
QO'LLANISH SOHALARI
Axborot texnologiyalari faqat fan va texnika hodisasi bo'lmasdan, iqtisodiy rivojlanishning muhim omiliga aylanmoqda. Axborot bilan qamrab olinmagan biror muhim xo'jalik sektorini (ishlab chiqarish, transport, kredit-moliya sohasi, savdo) misol keltirish qiyin. Ayni paytda kompyuterlar va aloqa vositalari asosida axborotni to'plash, saqlash va taqdim etishning zamonaviy usullari, yangi axborot texnologiyalari va xizmatlarni sotish (tarqatish) maqsadlarida ishlab chiqarish mustaqil tarmoq sifatida shakllandi va ajralib chiqdi. Shunday qilib, xalq xo'jaligini axborotlashtirish kelgusiga yorib o'tish demakdir.
Axborot texnologiyalari, shu jumladan, kompyuterlar keng qo'llanilib kelayotgan ayrim sohalarni ko'rib chiqamiz.
Biznes sohasi
Axborot texnologiyalari yangi korxona yoki firmaning muvaffaqiyat bilan faoliyat ko'rsatishida katta rol o'ynashi mumkin.
Masalan:
- biznes reja tuzishda va kutilayotgan daromad va chiqimlarni hisoblashda;
- kompaniya yoki firmaning emblemasini va tegishli hujjatlarini tartibga keltirishda;
- kompaniya yoki firmaning taqdimot marosimini o'tkazishda;
- reklamalarning loyihasini tuzish va reklama materiallarini tayinlash, hisobotlar, shartnomalarni tayyorlashda;
- mijozlar haqidagi ma'lumotlar ro'yxatini saqlash va u bilan ishlashda;
- boshqa firmalar, potentsial ta'minotchi, ulgurji xaridorlar bilan bog'lanishda;
- mijozlar va ta'minotchilar bilan muzokara olib borish va hokazolarda.
Bank sohasi
Bank tizimi o'zining ish faoliyatida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish imkoniyatiga ega. Masalan:
- yil davomida sutkasiga 24 soat mijozlarga aloqa uchun va tegishli ma'lumotlarni olish, balansni tekshirish, hisobni to'lash imkoniyatini yaratish;
- mijozlarga xizmat ko'rsatish madaniyatini oshirish;
- kredit kartochkalari yordamida telefon yoki Internet orqali xizmatni yo'lga qo'yish va boshqalar.
Robototexnika sohasi
Ma'lumki, "robot" so'zi bizning tilimizga ilmiy fantastikadan kirib kelgan. Birinchi bor bu so'zni oltmish yil oldin taniqli chex fantast yozuvchisi Karel Chepek ishlatgan. Ammo "mexanik odamlar" undan oldinrok ham ma'lum edi. O'rta asrlarda inson iste'dodlariga ega bo'lgan musiqachi-qo'g'irchoq yoki rassom-qo'g'irchoqlar paydo bo'lganligi ma'lum.
Kompyuter asri boshlanishi bilan insonni og'ir va zararli mehnatdan ozod etadigan robotlar paydo bo'ldi.
Ular garchi odam qiyofasida bo'lmasa-da, ko'plab funktsiyalarni (ishlarni) bajara oladilar. Masalan, UzDAEWOOavto O'zbekiston - Koreya qo'shma avtomobil korxonasida turli ishlarni bajaradigan robotlar keng qo'llanilmokda.
Bugungi kunda robotlar mashinasozlik zavodlarida, po'lat quyish sexlarida, ximiyaviy laboratoriyalarda, qurilishda keng qo'llanilmoqda. Robotlarni yaratish bilan shug'ullanadigan texnikaning mahsus shohobchasi - robototexnika paydo bo'ldi.
Robotlar orasida keng tarqalgani bu robot manipulyatorlardir. Manipulyatorlar - o'ta sezgir va kuchli mexanik qo'ldir.
Robotlarni kompyuter boshqarib turadi, ya'ni kompyuter robotning "miyasi"dir, ular telekameralar orqali "ko'rib", mikrofonlar yordamida "eshitadilar", ya'ni axborot qabul qiladilar. Mahsus datchiqlar "sezgi" organi vazifasini o'taydi.
Marketing sohasi.
Marketing inglizcha "market" (bozor) so'zidan olingan bo'lib, bozor, savdo sohasidagi faoliyatni anglatadi.
Marketingda eng asosiysi, bozorni, xaridorlar talab va ehtiyojlarini chuqur va har taraflama o'rganish va ishlab chiqarishni shuning asosiga qurish, ikkinchi tomondan esa bozorga, mavjud talab va ehtiyojga faol ta'sir qo'rsatish, xaridorlarning muayyan mollarga bo'lgan talablarini shaqllantirishdan iborat.
Marketingni kompyuterlarsiz, axborot texnologiyalarisiz tasavvur etib bo'lmaydi.
Ishlab chiqarish sohasi.
Ishlab chiqarishning deyarli barcha sohalarida kompyuterlar qo'llanilib kelmoqda. Kompyuterlar ko'pgina texnologik jarayonlarni boshqarmoqda. Ular yordamida yangi mahsulotning chizmasini yaratishdan toki tayyor mahsulot bo'lib chiqqunga qadar bo'lgan barcha jarayonlarni avtomatlashtirish mumkin.
Mahsulot shaklini konstruktor kompyuter ekranida chizib, tegishli o'zgartirishlar yasab, qog'ozga chop etishi mumkin.
Mahsulotni ishlab chiqarish uchun kerakli barcha qurilmaning imkoniyatlari, unga ketadigan sarf-xarajatlarni hisob-kitob kilishda va boshka ishlarni bajarishda ham kompyuter beg'araz yordamchidir. Mahsulotni ishlab chiqarishda axborot asosiy kompyuterdan ishlab chiqarish liniyalariga etkaziladi. U erda axborotni qabul qilishga tayyor turgan robotlar kompyuter uzatgan dastur asosida mahsulotni yig'a boshlaydi. Tayyor mahsulotlar esa robotlar yordamida tekshirilib, omborlarga jo'natiladi.
Tibbiyot sohasi
Ma'lumki, shifokorga borishni ko'pchiligingiz xush ko'rmaysiz. Birinchidan, siz bemorsiz. Sog'lom
odam u erga bormaydi. Ikkinchidan, u erda hamma joyda navbatda turishga tug'ri keladi. Masalan, registraturada kasallik varaqasi uchun, shifokorlar qabuliga kirish uchun va hokazo. Uchinchidan, shifokor yozib bergan dorilarni dorixonalardan izlash kerak bo'ladi.
Kompyuterlarning shifohonalarda va poliklinikalarda paydo bo'lishi ko'p narsalarni, jumladan, yuqoridagi muammolarni ham tubdan o'zgartirib yuboradi. Endi siz tug'ridan-tug'ri shifokor huzuriga yul olasiz. Uning ish stolida odatdagi meditsina ish qurollaridan tashqari kompyuter ham joy olgan: uning xotirasida barcha bemorlarning kasallik tarixi yozib qo'yilgan. Agar siz oldin ham murojaat etgan bo'lsangiz, sizniki ham bo'ladi. Birinchi bor murojaat etayotgan bo'lsangiz siz haqingizdagi barcha axborotni shu erning o'zida shifokor kompyuterga kiritib qo'yadi. Kasalligingiz haqidagi barcha ma'lumotlar kompyuterga kiritilgach, sizning kasalligingiz haqida tashxis qo'yiladi va chop etish qurilmasi yordamida dorilar uchun retsept chop etib beriladi. Retseptni olib, boshqa kompyuter yordamida ushbu dorilarni eng yaqin bo'lgan qaysi aptekalardan topish mumkinligi haqida axborot olishingiz mumkin.
Kompyuter meditsinada boshqa ishlarga ham qodir. Masalan, tomograf - ya'ni siljib harakatlanadigan rentgen apparati insonning ixtiyoriy organi haqida to'liq ma'lumot olishi, ulardagi mikroskopik defektlar, chet jinslar (masalan, buyrakdagi tosh) haqida ma'lumot berishi mumkin. Tomograf uzatgan axborotni tezda qayta ishlash va ekranda ko'rsatish uchun albatta u kompyuter bilan bog'langan bo'lishi shart.
Kompyuter va san'at
Kompyuterning san'atga qanday aloqasi bor? Kompyuterlar aniq programma asosida ishlaydi. San'at esa - bu ijod, fantaziyadir. Lekin bu sohada ham kompyuter ijod ahliga yordam berishi mumkin. Kompozitor musiqa yaratishda kompyuterdan unumli foydalanishi mumkin. Buning uchun kichik royal yoqi elektroorgan yordamida kompyuterga ulanib yozayotgan musiqa notalarini ekranda ko'rib turgan holda yangi asar yaratishi va shu erning o'zida, shu onda eshitib ko'rishi ham mumkin.
Kompyuterlar rassomlarga ham ko'p yoqib qolgan. Kompyo'ter grafikasi bo'yicha birinchi ko'rgazma 1956 yili o'tkazilgan. Turli eskizlar, chizmalar va rasmlar chizishda rassomlar kompyuterdan foydalanib kelmoqdalar.
Bundan tashqari, kino va televidenieni ham kompyuterlarsiz tasavvur etish qiyin. Hozirgi davrda turli joylarda, mintaqalarda, hatto qit'alarda yashaydigan insonlar ishtirokida telekonferentsiyalar o'tkazish an'anaga aylanib qolmoqda.
IV. Mustahkamlash.
Savol va topshiriqlar
1. Ishlab chiqarishda texnologiya deganda nima tushuniladi?
2. Axborot texnologiyasiga ta'rif bering.
3. Axborot texnologiyasining maqsadi nimalardan iborat?
4. Axborot texnologiyalarining rivojlanish bosqichlarini aytib bering.
5. Kompyuterli texnologiyaning asosiy vositasi nima?
6. Ma'lumotlarga ishlov beruvchi axborot texnologiyalari qanday masalalarni echishga mo'ljallangan?
7. Ofis axborot texnologiyasining maqsadi nimadan iborat?
8. Axborot texnologiyalarini ta'minlovchi dasturiy vositalarga misol keltiring.
9. Matn protsessori nima?
10. Biznes sohasida kompyuterlardan qanday foydalanish mumkin?
11. Bank sohasida kompyuterlardan qanday foydalanish mumkin?
12. Robotlar haqida gapirib bering.
13. Marketing sohasida kompyuterlardan qanday foydalanish mumkin?
14. Tibbiyotda kompyuterlar qanday ishlatiladi? O'kiganlaringizga yana nimalarni qo'shimcha qilishingiz mumkin?
15. San'atning qanday turlarini bilasiz? Ularda kompyuterlar qanday qo'llaniladi?
V. Xulosa va uyga vazifa.
1. Axborot texnologiyalarning hayotimizning qaysi sohalarida qanday qo’llanayotganligi haqida ma’lumot to’plab yozib keling.
2. Axborot texnologiyalarining sizning hayotingizdagi o’rni haqida yozing.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Karimov I. A. O'zbekiston buyuk kelajak sari.-Toshkent.: "O'zbekiston", 1998.-528 b.
2. Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.(O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim tug'risida" va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi tug'risida"gi qonunlar).-T.: "Sharq", 1998.-64 b.
3. Informatika: Kasb-hunar kollejlari uchun o'quv dasturi.G`G`Mualliflar jamoasi: A.A.Abduqodirov, R. D. Aloev, R. R. Boqiev va boshqalar-T.:2000.-12 b.
4 O'zbekiston Davlat ta'lim standarti: O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi umumta'lim fanlari. - "Ma'rifat", №86, 2000 y. 4 noyabr.
5. G'ulomov S. S. va boshqalar. Axborot tizimlari va texnologiyalari: Oliy o'quv yurti talabalari uchun darslik T.: "Shark", 2000.-592 b.
6. G'ulomov S. S. va boshqalar. Axborot texnologiyalari: Akademik litsey va kasb – hunar kollejlari uchun darslik T.: “O’qituvchi”, 2003 -152b.
Do'stlaringiz bilan baham: |