I. A. Karimov.
Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham
dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas
ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy
“qurol”ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat
vujudga kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida
milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar
mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib
bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati “Xavfsizlik”ka bo‘lgan
zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro
xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.
Bugungi kunda, – degan edi, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov, – insoniyat
qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga
yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf
– insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan
mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida
bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi”.
Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. Shu bois, axborotni o‘z
maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish,
qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham
ahamiyatlidir. Ya’ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga
qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakatlarining insoniyat
taqdiriga dahldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa
o‘z navbatida g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
Axborot xurujlarining tez-tez uyushtirilayotgani aslida “urush”ga munosabatni
o‘zgarganidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Axborot bilan
qurollangan bunday xurujlar davlatlar tomonidan o‘z manfaatlari doirasini
kengaytirish maqsadida uyushtirilar ekan, bunday vaziyat mavjud bo‘lmaydi.
Hozirda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotlarning
asl maqsadi-inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu kurash natijasiga
ko‘ra uchta asosiy bosqichdan iborat.
Birinchisi – muayyan axborot inson tomonidan qabul qilinmaydi.
Ikkinchisi – axborot inson ongida ma’lumot sifatida saqlanib qolishi va u bundan
boshqa bir masala yuzasidan qarorlar qabul qilishda solishtiruvchi manba sifatida
foydalanish mumkin.
Uchinchisi – axborot fikr yoki g‘oya sifatida inson qalbini egallashi, ma’naviy-
ruhiy holatining uzviy qismiga aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini
tashkil qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin.
Axborot sohasida dunyo miqyosida yuz berayotgan globallashuvning ijobiy va
salbiy jihatlari juda ko‘p. Ushbu jarayonni o‘rganar ekanmiz, avvalo, globallashuv
nima, degan savolga javob topishga harakat qilamiz.
Global, fransuzcha – global, ya’ni, umumiy, lotincha – globus, ya’ni, shar
degan ma’nolarni anglatadi. Uni keng ma’noda, birinchidan, butun yer sharini
qamrab oluvchi, ikkinchidan, har tomonlama, to‘liq, yalpi, universal deb tushunish
mumkin.
Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, globallashuv – kishilik
jamiyatidagi mahalliy ahamiyatga molik axborot, madaniy, iqtisodiy, geosiyosiy
makonlarning bir tizimga birlashuvi jarayonidir.Yer sharining turg‘un transport
yo‘llari bilan birlashtirilishi, axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida
axborotning bir zumda butun dunyoga tarqalishi globallashuvning o‘ziga xos
ko‘rinishlari, deyish mumkin.
Globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari anchagina. Zero, davlatlar va
xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda bu jarayon g‘oyat muhim
o‘rin tutadi. Ayniqsa, zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ilm-
fan yutuqlaridan hammaning birdek bahramand bo‘lishi, yangiliklar va boshqa
muhim axborotlar tezlik bilan tarqalishi ijobiy holdir. Turli muammolarni hal etish,
aytaylik, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish, og‘ir ahvolga tushib qolganida
mamlakatlarning bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlari globallashuv
jarayonida yanada yuqori darajaga ko‘tarilishi tabiiy holga aylangan.
Insoniyatning shunday mo’jizakor yutuqlaridan ham ba’zi buzg‘unchilar salbiy
maqsadlarda foydalanayotganlari taassufli holdir.
“Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadiki, har qanday taraqqiyot
mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin.
Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tarkibiy ravishda ko‘zdan
kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan
ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash
mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz”,–
deb ta’kidlaydi yurtboshimiz.
Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz,
shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi,
uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga
berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap
emas”
.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi
akademiyasi professori Abdullajon Begmatov qayd etishicha, ayrim mutaxassislar
globallashuvni turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari
o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishi deb ta’riflaydilar. U fransuz
tadqiqotchisi B.Bandining globallashuv jarayoni haqidagi quyidagi fikrlarini
keltiradi:
Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
Globallashuv – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni.
Bu ta’riflarda keltirilgan globallashuv jahonda yuz berayotgan turli jarayonlar bilan
bog‘liqdir.
Shu o‘rinda muallif globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va
ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri haqida so‘z
yuritar ekan, Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi
so‘zlarini ta’kidlaydi: “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim mahkam
berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan
birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni
ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman”.
Globallashuv tarafdorlari globalistlar, deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari,
siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko‘proq uchraydi.
Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo‘lib, ular orasida
ko‘proq so‘l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor.
MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib
bormoqdalar. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazish uchun to‘planib
turadilar.
XX
asr
o‘rtalarida
globallashuvning
institutsionallashuvi,
ya’ni
tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o‘zi ham keskin tezlashdi va
kuchaydi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti,
Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki
ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko‘rish mumkin.
Tahlil shuni ko‘rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy
e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va
ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa kabi fanlarda o‘z aksini
topishi zarur. Binobarin, qandaydir yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar
ma’naviyatimizga vayronkor ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chetdan
o‘tkaziladigan har qanday mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan
avval qanday ta’sirlar ijobiy ma’no kasb etadi-yu, qaysilari ortiqcha ekanligini
aniqlab olish zarur.
O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyati ham Sharq va G‘arbni tutashtirgan
karvon yo‘llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G‘arb madaniyatidan
bahramand bo‘lgan.
Muhimi shundaki, xalqimiz G‘arb va Sharq ma’naviyatidan bahramand bo‘lib
ularning ijobiy tomonlarini o‘zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi
cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bu fikrning tasdig‘ini ma’naviyatning tarkibiy qismlari
bo‘lgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqod, san’at durdonalari misolida ham ko‘rish
mumkin.
Ayrim mutaxassislar globallashuvni aniq voqeliklarga tayangan holda izohlaydilar.
Undan kelib chiqadigan xulosalarni izohlash mumkin:
1. G‘oyalar va madaniyat sohasidagi globallashuv.
Yagona axborot makonida ilg‘or va insonparvar g‘oyalar o‘zaro yaqinlashib
boraveradi. Madaniyat sohasida ham umumbashariy g‘oyalar globallashib
borayotgani kuzatilmoqda. Bu borada O‘zbekiston dunyo taraqqiyotiga xizmat
qilayotgan hamda milliy madaniyatimizga mos keladigan madaniy boyliklarga
alohida e’tibor bilan qaraydi. Ya’ni, turli rivojlangan davlatlar bilan madaniy
aloqalarini muttasil rivojlantirib boraveradi.
2. Axborot va kommunikatsiya sohasidagi globallashuv.
Dunyo allaqachon yagona axborot makoniga aylangan. Buning qator ijobiy
jihatlari borligini inkor etmagan holda ayrim salbiy jihatlaridan ham ko‘z yumib
bo‘lmaydi. Ya’ni, jamiyat xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvchi misli
ko‘rilmagan yangi-yangi xavflar paydo bo‘lmoqda. Ko‘pincha ayrim axborot
vositalari uyushgan jinoyatchilar, terrorchilar qo‘lida juda xavfli qurolga aylanib
qolmoqda. “Buning tasdig‘ini yon-atrofimizda, dunyoning turli mintaqa va
hududlarida yuz berayotgan voqealar, ayrim siyosiy kuchlarning soxta g‘oya va
mafkuralarni oldinga surish orqali o‘zlari ko‘z tikkan mamlakatlarni ta’sir
doirasiga olish va o‘ziga tobe qilish, xalqaro maydonda ikki xil standartlarni ishga
solib, kerak bo‘lsa, kuch ishlatib, uzoqni ko‘zlagan strategik maqsadlarini
zo‘ravonlik bilan amalga oshirishga qaratilgan urinishlari misolida kuzatish
mumkin,– deb yozadi Prezident Islom Karimov.– Takror-takror aytishga to‘g‘ri
keladi – bunday kuchlar o‘z maqsadlariga yetish uchun shunday makkor usul va
zamonaviy axborot texnologiyalarini ishlatmoqdaki, ularning tazyiqlariga dosh
berish, bunday xurujlarning niqobi va sir-asrorini ochib tashlash, asl niyatlarini
anglash – bu o‘ta og‘ir va mushkul vazifa bo‘lib, uni ado etish har kimning ham
qo‘lidan kelmaydi”.
Axborot sohasidagi globallashuv jarayonida eng muhimi, ana shunday axborot
xurujlariga qarshi avvalo yoshlarda yetarli darajada mafkuraviy immunitetni
oshirib borish faqat ijobiy samara berishi mumkin.
3. Iqtisodiy globallashuv.
Texnologiyalarning taraqqiy etishi jahon iqtisodiy tizimining yagona kompleks
sifatida faoliyat olib borish imkoniyatlarini kengayishi uchun shart-sharoit yaratdi.
Bu globallashuvning ham o‘ziga yarasha ijobiy jihati bilan bir qatorda salbiy
tomonlari ham yo‘q emas. 2008 yilda butun dunyoni tashvishga solgan jahon
moliyaviy inqirozi deyarli biror mamlakatni chetlab o‘tmadi.
4. Geosiyosiy globallashuv.
“Geosiyosiy” so‘zining lug‘aviy ma’nosini – geografik siyosiy, deb talqin etish
mumkin. Ya’ni, biror mamlakatning o‘rni, chegaralari, iqlimi va boshqa geografik
omillarining davlat tashqi siyosatiga (geografik-siyosiy strategiyasi va h.k.ga)
muayyan ta’sirini ifodalash uchun ishlatiladi.
Geosiyosiyga oid ilmiy qarashlarga davlatning geografik joylashuvi (makoni) bilan
uning ichki va tashqi siyosati o‘rtasidagi uyg‘unlik prinsipi asos qilib olinadi.
Mutaxassislar fikricha, geosiyosiy va geoiqtisodiy omillar yig‘indisi
globallashuvning qat’iy, ashaddiy muxoliflarini vujudga keltirmoqda. Ayrim
rivojlangan mamlakatlar globallashuv jarayonining asosiy harakatlantiruvchi
kuchi, “menejeri” bo‘lishga intilmoqda.
Globallashuv jarayonida dunyo miqyosida paydo bo‘lgan xavf-xatarlardan aslo
ko‘z yumib bo‘lmaydi. Bu muammolar quyidagicha:
1. Xalqaro terrorizm. Mintaqada xalqaro terrorizmning faollashuvi ham ichki,
ham tashqi omillar bilan bog‘liq.
2. Diniy ekstremizm. Yurtimiz osoyishtaligiga rahna soladigan diniy
ekstremizm ildizlarini aniqlash, uni moddiy va boshqa jihatlardan doimo qo‘llab-
quvvatlaydigan manbalarini topish.
3. Xalqaro narkobiznes. Terrorizm va diniy ekstremizm bilan muntazam
hamkorlik qilishdan manfaatdor bo‘lgan narkobiznes avvalo ularni mablag‘ bilan
ta’minlashga xizmat qiladi. Shu o‘rinda narkoagressiya – giyohvandlik moddalari
va narkobiznesga qaram bo‘lib qolgan jamiyatlarni vujudga keltirish maqsadida
izchil harakatlar tushunchasi shundan kelib chiqadi.
Globallashuv jarayonida jamiyatimizga bunday illatlar goh oshkora, goh
pinhona tarzda kirib kelishini unutmaslik lozim. Ma’naviy olam o‘zaro ta’sirlar
jarayonida rivojlanadi. Buni yurtimiz istiqlolga erishganidan buyon madaniy,
ma’naviy hayotimizda yuz bergan o‘zgarishlar misolida ham ko‘rish mumkin.
Globallashuv jarayonida milliy ma’naviyatga qarshi turli tahdidlardan himoya
qilish uchun eng samarali vosita – milliy istiqlol g‘oyasi, yoshlar ongi va qalbida
mafkuraviy immunitetni tobora oshirib borishdir. Hozirgi paytda jahonda 20 ga
yaqin davlatda yadro quroli ishlab chiqarish harakatlari davom etayotgan bo‘lsa,
120 ga yaqin mamlakatda “axborot xuruji” uyushtirilayotgani tashvishli holdir. Bu
axboriy tajovuzlar millat ruhiga, insoniyat taraqqiyotiga so‘zsiz salbiy ta’sir
ko‘rsatishi turgan gap. Axborot sohasidagi globallashuvning ijobiy jihatlari bilan
bir qatorda mamlakat milliy xavfsizligiga, milliy qadriyatlarga, millat ruhiyatiga
tahdid solish xavfi ham borligini doimo yodda tutish va unga qarshi yoshlar
qalbida mafkuraviy immunitetni oshirib borish hayotiy zaruratga aylangan.
Globallashuv
aslida
yaxshilikka xizmat
qilsa-da,
yuzaga kelyotgan
ko’ngilsizliklar «axborot xuruj»lari unga soya solmoqda. Natijada globallashuv
deganda ko’ngillarda g’ashlik paydo bo’lib, u go’yo yengib bo’lmas tog’dek
tuyuladi. Yuzaga kelayotgan tartibsizliklarga yuksak ma’naviyat bilan qarshi
chiqishimiz lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |