axborot mulkdori – o’z mablag’iga yoki boshqa qonuniy yo’l bilan olingan axborotga egalik qiluvchi, undan foydalanuvchi va uni tasarruf etuvchi Yuridik yoki jismoniy shaxs;
axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka taxdidlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;
axborot resurslari – alohida hujjatlar, hujjatlarning alohida to’plamlari, axborot tizimlaridagi (kutubxonalardagi, arxivlardagi, fondlardagi, ma’lumotlar banklaridagi va boshqa axborot tizimlaridagi) hujjatlar va hujjatlarning to’plamlari;
axborot sohasi – sub’ektlarning axborotni yaratash, qayta ishlash va undan foydalanish bilan bog’liq faoliyati sohasi;
Do'stlaringiz bilan baham: |