ALTning informatsion ta’minoti Loyihalovchilar loyihalash jarayonida loyihaviy yechimlarni bevosita ishlab chiqish uchun foydalanishadigan ma’lumotlar ALT informatsion ta’minoti (IT) asosini tashkil qiladi. Ushbu ma’lumotlar turli olib yuruvchi (nositel)lardagi u yoki bu ko‘rinishdagi hujjatlar ko‘rinishida taqdim qilinishi mumkin; bu olib yuruvchilarda materiallar komplektlovchi (butlovchi) buyumlar, namunaviy loyihaviy yechimlar, elementlar parametrlari haqidagi ma’lumot (spravka) tavsifidagi axborotlar hamda oraliq va natijaviy loyihaviy yechimlar, loyihalanayotgan obektlar strukturasi va parametrlari va shu kabilar ko‘rinishidagi joriy ishlamalarning holati haqidagi ma’lumotlar bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |