Zamonaviy hisoblash tizimi (HT)ning foydalanuvchilar ixtiyoriga berayotgan imkoniyati texnikaviy qurilmalarga nisbatan ko‘proq operatsion tizimlar bilan aniqlanmoqda. Zamonaviy hisoblash tizimi (HT)ning foydalanuvchilar ixtiyoriga berayotgan imkoniyati texnikaviy qurilmalarga nisbatan ko‘proq operatsion tizimlar bilan aniqlanmoqda. OT EHMda turli masalalar yechilishini, ma’lumotlarni uzatish kanallarini va tashqi qurilmalarni masalalar orasida dinamik taqsimlashni, masalalar oqimini rejalashtirishni va ularni belgilangan mezonlarni hisobga olgan holda yechilishining ketma-ketligini, hisoblash kompleksi xotirasini dinamik taqsimlashni bir vaqtning o‘zida tashkil qiladi. Lekin OT o‘z faoliyati uchun ma’lum resurslarni: protsessor, tashqi va asosiy xotiralarni talab qiladi. OTning imkoniyati qanchalik ko‘p bo‘lsa, unga shunchalik ko‘p resurslar talab qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |