2.3. Avtomatika elementlarning tasniflanishi
Avtomatika elementi deb kirish x signalini chiqish y signaliga aylantirib beradigan eng oddiy avtomatik moslamaga aytiladi. Kirish va chiqish bir nechta bo'lishlari mumkin. Signallarni o'zgartirish miqdoriy (sonli), sifatli yoki axborotli bo'lishli mumkin. Miqdoran o'zgartirishda, x va y signallar bir xil o'lchamga ega, ammo ko'rsatkichlari (amplituda, chastota, faza va sh.o'. lari) bo'yicha farq qilishadi. Miqdoran o'zgartirgich elementlarga–kuchaytirgichlar, transformatorlar, stabilizatorlar va boshqalar kiradi. Sifatni o'zgarishda, х va y signallarni turi o'zgartiriladi va ana shu sababli, ular har xil o'lchamga ega bo'lishadi. Bunday o'zgartirishni datchiklar, dvigatellar, generatorlar va boshqalar bajarishadi. Axborotli o'zgartirish–element kirishlaridagi holat haqidagi qandaydir axborot (ma‟lumot), uni chiqishida aks etganida (namoyon bo'lgan) yuzaga keladi. Bunday o'zgartirishni mantiqiy elementlar bajarishadi. Ikkita diod va rezistorda bajarilgan element (2.1-rasm), yoki mantiqiy funksiyani amalga oshiradi. Chiqishda manfiy y potensial bo'lganida, ya'ni qachonki K1 yoki K2 knopka bosilgan, ya'ni x1 yoki x2 kirishlardan birida manfiy potensial paydo bo'lsa, faqat shundagina chiqishda manfiy y potensial paydo bo'ladi.
у=f(х) funksional bog'lanishni xususiyatiga qarab, uzluksiz va diskret ishlaydigan elementlarni ajratishadi. Uzluksiz ishlaydigan elementlarda kirish x signali uzluksiz o'zgarganda, chiqish y signali uzluksiz o'zgaradi (2.2,a-rasm). Ayrim elementlar gisterezislik xossasiga, yani x 8 kattartirib-kichraytirganda, y qiymati bir xil bo'lmaydi. Diskret (uzlukli) ishlaydigan elementlarda, x uzluksiz o'zgarganda, chiqish y signalini sakrab o'zgarishi kutiladi (2.2,c-rasm). Bunda x ning ma'lum uzluksiz o'zgarish chegaralarida, y ni o'zgarmas (yoki deyarli o'zgarmas) qiymati mos keladi. Shunday qilib, bunday elementlarning holatlar to'plami diskret bo'lsa, uni ko'p turg'unli deb atashadi. Ikki turg'un holatga ega elementlar (2.2,d-rasm), eng ko'p tarqalgandir. (2.2,d-rasm) y=f(x) bog'lanishlik, gisterezis xossasiga ega va u releli ta'sir deb ataladi. Bu bog'lanishlikni xususiy holatiga bo'lib, xotiraga ega bog'lanishlik (2.2,e-rasm) bo'lib, u releli tavsif hisoblanadi. Bu holatda, kirish signali olib tashlanganda (x=0), element o'zining avvalgi holatini eslab qoladi.
ABT tuzilmasida (1.1-rasmga qarang) bajaradigan vazifasiga qarab, elementlar boshlang'ich yoki dastlabki (o'lchagich), oraliq (boshqaruvchi) hamda so'nggi (ijrochi) elementlarga bo'linishadi. Avtomatik tizimni kirishida joylashgan o'lchagich elementlar, axborotga dastlabki ishlov beradigan va o'lchovchi qurilmalarni qurishida qo'llaniladigan elementlarning ko'pchiligini tashkil etadi. Bular qatoriga tashqi va ichki ko'rsatkichlar o'zgarishidan ta‟sirlanadigan turli datchiklar kiradi. ABT ning ko'pchilik elementlarini, boshqaruvchi elementlar tashkil etadi. Ular, o'lchagich elementlardan signallar olib, ushbu tizimning ishlash algoritmini amalga oshirishadi. Boshqaruvchi elementlar signallarni kuchaytirishadi va o'zgartirishadi, xotirada saqlashadi, mantiqiy bog'lanishlar va hisoblashlarni bajarib, ijrochi elementlarga tasir o'tkazishadi. Ulardan dasturiy qurilma, boshqaruv buyruqlarini shakllantiradigan va kuchaytirib o'zgartiradigan qurilmalar yaratiladi. ABT tuzilmasida tashkil etadigan ijrochi elementlar boshqariladigan ob‟ektlarga ta‟sir o'tkazishadi. Bularga elektr, pnevmatik va gidravlik yuritmalar, turli klapanlar, elektromagnit mexanizmlar va boshqalar kiradi. Bir xil funksiyani bajaradigan avtomatika elementlari turli xil energiya ishlatadigan qilib bajarilgan bo'lishi mumkin. Elektr elementlar–elektr magnitli, elektr dinamikli, elektronli, yarim o'tkazgichli, magnitli va sh.o'.lar amaliyotda eng ko'p ishlatiladi. Amaliyotda, shuningdek, gidravlik, pnevmatik, akustik (tovushli), optik va issiqlik elementlar ham ishlatiladi.
Nosozlik ishlikni jadalligi bo'yicha ishonchlikni ko'pgina asosiy ko'rsatkichlarini masalan, beshikast (nosozlik etmasdan) ishlash ehtimolligi va nosozlikgacha o'rtacha ishlashlik muddatini hisoblab topish mumkin. Avtomatika elementlarining sifatini baholashda, ularning tezkor ishlashligi muhim ahamiyatga ega. Bunda ularning vaqt doimiysi, ulanish (ishga tushish) vaqti, uzilish (ajralish) vaqti va boshqa ko'rsatkichlari ham ko'rib chiqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |