Mavzu: Avestodagi ta’lim-tarbiyaga oid fikirlar Tayyorladi : Qabul qildi : Reja: - Avesto tarixidan.
- Avesto turli davrlarda.
- Avestoning ahamyati.
- Avestodagi pandlar.
O’rta Osiyoning qadimgi tarixini o’rganishda “Avesto” ning o’rni beqiyosdir. Unda diniy e’tiqod va xalqlarning o’zaro aloqalari bilan bir qatorda ularning hayoti, turmushi, urf-odatlari, marosimlari aks ettirilgan. Shuningdek bu buyuk asarda tarix, falsafa, dinshunosli, manbashunoslik, geografiya, etnografiya va umuman, ijtimoiy-siyosiy hayotnig barcha jabhalariga oid eng qadimgi ma’lumotlar to’plangan. “Avesto” da bayon etilgan asosiy g’oyalar, diniy e’tiqodning ilk sodda bilimlari Zardusht nomi bilan bog’langan. Olimlar zardushtiylik dini ta’limotini quyidagi uchta tarixiy qism (davr) ga bo’lib o’rganadilar, birinchisi, eng qadimiy qismi miloddan avvalgi uch ming yillikda vujudga kelgan ilohlarga aytilgan madhu sanolar-yashtlardir; ularda qabila-urug’chilik tuzumidagi e’tiqodlar, ko’p xudolik tasavvurlari tasvirlangan; ikkinchisi, gatlardeb atalgan qismidir. Bunda Axuramazda nomli xudo haqida fikrlar yozilgan; uchinchisi, qadimiy ko’pxudolik va keyingi yakkaxudolik g’oyalari orasidagi kurash sharoitlarida eramizdan oldingi V asrda har ikkisini kelishtiruvchi mazdaviylik dini shakllangan. “Avesto” bu dinning oxirgi va asosiy qismini bayon etgan. Juda ko’pchilik tadqiqotchilarninig fikricha, Zaratushtra afsonaviy bo’lmasadan, tarixiy shaxs hisoblanadi. U yunon-rim manbalarida Zoroastr, qadimgi fors tilida Zardusht, o’rta fors tilida Zaratushtra nomi bilan eslatiladi.Manbalarning guvohlik berishicha, u Spitama avlodidan bo’lib, otasini Porushasp, onasini Dugdova deb atashgan. Uning nomi “oltin tuchli”, “oltin tuya yetaklagan odam” ma’nosini beradi.Zaratushtraning otasi kohinlar tabaqasiga mansub bo’lib, u tug’ilgan mamlakat bizga noma’lum. Bularning barchasi Zaratushtra hayoti tarixi, uning tug’ilgan joyi va sanasi, zardushtiylikning vatani hamda dastlabki yoyilgan hududlari haqida to’la ma’lumot bera olmaydi. Ammo, Avestoning maxsus boblari Zaratushtrani tarixiy shaxs sifatida yoritadi. Sharqshunoslar orasida “Avesto” ning yaratilishi haqida turli fikrlar mavjud: ularninig ayrimlari yodgorlik tarkibidagi eng ko’hna madhiyalar, miflar va mifologik borazlarga suyanib, uning dastlabki qismlari eramizdan oldingi IX asrlarda yaratilgan, degan hulosaga kelishgan.
“Avesto” 21 nask (kitob) dan iborat bo’lgan. Bu haqda “Tarixi Balamiy”da ham aniq ma’lumot mavjud. Makedoniyalik Iskandar Eronni bosib olgach, “Avesto” ning “dijnabisht”-arxivd, otashkada, xazinalarida saqlanayotgan eng nodir nus’hasini tarjima qildirib olib, o’zini yoqtirib .Sosoniylar sulolasining dastlabki podshosi Ardasher Bobokan Xirbadan nomli donishmandga “Aveston” ni qayta tiklash vazifasini topshiradi. U bir qancha zardushtiy ulamolar bilan hamkorliada obidani asl holiga keltiradi. Keyingi tadqiqotlardan aniqlanishicha, Xirbadan yuborgan yetti mu’bad Seiston, Balx, Marv hamda Eron Vij (Xorazm)ni kezib chiqadilar.Ular Turonzaminda “avesto”ni yoddan biladigan baxshilarni qidirib topadilar.
Sarchashmalarning guvohlik berishicha, zardushtiylik uzil-kesil shakllangan davrlarda markaziy shaharlarda podsho yoki hokim farmonlari. Markaziy hokimiyatning mahalliy boshqaruvchilarga, qo’shni davlatlarga yo’llagan maktublarining nus’halari har xil nask (kitob)lar saqlanadigan “dijnabisht” (arxivlar) mavjud bo’lgan. Samarqand dijnabishtida “Avesto”ning nodir nus’halaridan biri saqlangan.
Arablar istilosi davrida o’z e’tiqodlarida sobit qolgan yuzlab eroniylar xonadoni Janubiy Hindistonga hijrat qiladilar va hozirgi ajdodlar udumini asrab qolishgan. Ularning Bombeyda zardushtiylik udumini o’rganadigan Koma ilmiy markazi ham mavjud. Ana shu ma’naviyat o’chog’ida Ardasher davrida ko’chirilgan “avesto” nusxalari saqlanadi. Shuningdek, kitobning bir qo’lyozmasi Rossiya Federasiyasining Sankt-Peterburgdagi Saltikov Shchedrin nomidagi Davlat kutubxonasining Sharq qo’lyozmalari bo’limida ham mavjud. Bundan tashqari “Avesto” XIX asrning o’rtalarida fransuz, ingliz va nemis, rus tillarida ilmiy izohlar bilan bir necha marotaba nashr etilgan: endilikda biz “Avesto”ning ikki muallif tomonidan bajarilgan nomukammal tarjimasiga ham egamiz. Zoroastrizm – otashparastlik, miloddan avvalgi VI – milodning VI asri dinining muqaddas kitobi bo’lib, miloddin avvalgi VI- milodning VI asrlarida yozilgan, Eron hamda O’rta Osiyo xalqlarining qadimgi madaniyati, ‘‘tiqodi, tili, adabiyoti va qisman tarixini o’rganishda asosiy manba hisoblanadi.
Ma’lumki, mazdoparastlik diniga Zardusht asos solgan. U butparastlik, ashyoparastligu devparastlikka asoslangan ko’pxudolik, uning kasofati o’laroq hukm surgan johiliyatga qarshi uzoq davom etgan kurash natijasida paydo bo’ldi. Zardusht Ahuramazdadan vahiy kelib, xalq orasida yangi dinga da’vatni boshlab yuborar ekan, o’zining ta’limotida “Andeshai nek” (eng avvalo, pok e’tiqod), “Guftori nek” (to’g’ri, rost so’z), “Kirdori nek” (Tangrini kuylab madh etmoq yaxshi amal)ga suyanadi. Demak, Zardushtiylikda bosh masala e’tiqodda sobitlik, rostkashligu halolu fidoyilik ustun turadi. Hot va yashtlarni ko’zdan kechirar ekanmiz, ana shu bosh masala bir qizil ipdek tizilib o’tadi. Ayni paytda Zardusht ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy hayotda bir inqilobchi, reformator sifatida gavdalanadi. Zardusht ta’limoti kishilarni faqat diniy ahkomlarni o’rganib, ibodat bilangina shug’ullanish, go’shanishinlikka undaydi. U ruhiyatda Tangrini asrab, tilda ibodat qilib, yerga ikki qo’llab ishlov berish lozim, chorvani ko’paytirib, bog’lar o’stirish zarurligini qayta-qayta takrorlaydi.
AVESTODAGI PANDLAR Dono o’z aqlu farosati bilan nodon qalbini yorutmog’i lozim . Dono o’zgalarni o’z bilimidan bahramand etmog’i zarur . Ey mardum! Shunday kishi gapiga quloq tutginki, u donishmand va rostlik tarafdori bo’lsin. Kim farosatli , oqil va to’g’ri bo’lsa, parvardigori olam uning homiysidir . Keksalar gapiga quloq soling va andisha bilan mulohaza yuritib, yaxshi bilan yomonni o’zingiz ajratib oling. Pokhilqat kishigina Tangri inoyatiga erishadi. Ey Axuramazdo! Seni qalb ko’zi bilan ko’rgandagina hamma narsaning yaratuvchi va boshlovchi, pok ruhning moyasi sen ekanligingni angladim. Ey Axuramazdo! Bizni o’zingning muqaddas aqling moyasidan bahramand et. Jahonga haqorat ko’zi bilan qaraydigan kishilar poktiynatlikdan yiroqdirlar. Poktiynat kishilar to’g’rilik va do’stlik tarafdorlaridirlar. Pok xulqli yurt hamisha yuksalish va taraqqiyotda bo’ladi.
Jannat muqaddas mazdoga aql bilan payravlik qilganlarga nasib etadi. Axuramazdagina o’g’il qalbiga Osha ehtiromini jo etadi. Kishilar yaxshi xulq bilan kamolot va mangulikka erishadilar. Yaxshilik odamni mangulik kishvari – jannatga eltadi. Har bir kishi andisha, guftor va kirdorda muqaddas aqlga suyanmog’i lozim. Ey Mazdo! Jahonda sulhu tinchlikni ta’minlaydigan donishmandlikning padari sensan? Aqli raso bo’lgan kishi baxtli va farovon yashaydi. Yuksak aql Puli Sirotda yaxshi va yomonni ajratib oladi. Har bir zardushtiy adolatli, sulhjuy va nekondosh bo’lishi lozim. U gina – kudratli va jangari bo’lmasligi kerak . Biz hayvonlarning ko’payishi, parvarishi, ularga oziq- ovqat tayyorlash, binolar qurish payidan bo’lmog’imiz darkor. Hatto, o’zimiz uchun oziq – ovqat, kiyim – kechak hozirlash uchun ham biz chorvador bo’lmog’imiz lozim. Ey Mazdoparastlar! Chorva mollarini yaxshi parvarish qiling, ularni behuda ozor va qatldan asrang.
Yaxshi ustozlar Tangriga yaqin odamlardirlar. Nodon ibodat paytida raqsga tushgisi keladi. Odamlarga yaxshilik qilmoq – dunyodagi eng mo’tabar odatdir. Tangri shomu sahar bandalariga yordam beradigan odamlarni yoqtiradi. Rost so’z sendan qoladigan eng qutlug’ yodgorlikdir . Adashganlarni to’g’ri yo’lga boshlagan odamnigina yaxshi odam deyish mumkin. Tangri barcha bilim va hunarlarni kalitidir. Yazdon ogohlik va bilim sarchashmasidir. Qayerda ikki tan bir-birni qo’llasa, o’sha yerda ish yurishadi. Haqgo’ylik va rostlik Tangri odatdir. Rost amaldan boshqa hech narsa bilan shug’ullanma. Hammaga yaxshilik tilaydigan odamlarga yaxshilik yetsin. Tog’ jilg’alaridan bittasin qurtgan odam Tangri dushmanidir. Do’stlik rishtasini poklik bilan mahkam tuting. Poklik - inson tug’ilganidan umrining oxirigacha qilinadigan eng yaxshi amaldir.
Etiboringiz uchun RAXMAT!
Do'stlaringiz bilan baham: |