Маvzu: Auditorlik faoliyatining tashkiliy asoslari reja


I.2. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi



Download 80,73 Kb.
bet2/5
Sana18.04.2022
Hajmi80,73 Kb.
#560533
1   2   3   4   5
Bog'liq
DILFUZA

I.2. Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi.

«Auditorlik faoliyati tug’risidagi qonunning 11-moddasiga muvofiq: «Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xo’jalik yurituvchi subyektning yoki boshqa auditorlik tekshiruvi buyurtmachilarining qaroriga binoan, qonun xujjatlarida nazarda tutilgan tartibda o’tkazilishi mumkin.Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvining predmeti muddatlari va boshqa shartlari auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi bilan auditorlik tashkilotlari o’rtasida tuziladigan auditorlik tekshiruvini o’tkazish tug’risidagi shartnomada belgilab qo’yiladi.Tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy) auditorlik tekshiruvi odatda xo’jalik yurituvchi subyektning qaroriga ko’ra o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi o’tkazishda xo’jalik yurituvchi subyekt o’z oldiga asosan quyidagilarni maqsad qilib ko’yishi mumkin:


>buxgalteriya xisobini tashkil etishning amaldagi qonunchilikka muvofiqligini aniqlash
> butun buxgalteriya xisobi tizimini yoki uning ayrim bo’limlarining axvolini nazorat va taxlil qilish;
> buxgalteriya xisobi bo’yicha ish yuritishni tashkil etish;
> buxgalteriya xisobini tashkil etish, yuritish va hisobot tuzish ishlarining me'yoriy ta'minlanganligini aniqlash;
> hisobni kompyuterlashtirishda qo’llaniladigan vosita va uslublarni baxolash;
> soliq qonunchiligiga rioya qilinishi va soliqqa tortishga doir xisob- kitoblar axvolini tekshirish va x- k.
Tashabbus tarzidagi auditorlik tekshiruvi xar xil sabablarga ko’ra o’tkazilishi mumkin. Birinchidan, bozor iqtisodiyotiga o’tish munosabati bilan xususiylashtirilgan va aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirilgan ko’plab sobiq, davlat korxonalari maxsus idoraviy davlat nazorat organlari tomonidan tekshirilishi barxam topdi. Shuningdek, mulkchilik va munosabatlarning yangi turlari xisob obyektlariga aylandi.Ikkinchidan, mulk egalari, investorlar va aksiyadorlarning korxona moliya-xo’jalik faoliyatining axvoli to’g’risidagi xolis axborotlarni talab qilishlari. Shuningdek, buxgalter xodimlarining betsarorligi ya'ni o’zgarib (almashlanib) turishi, ular malakasining pastligi va boshqalar. Uchinchidan,iqtisodiyotning erkinlashtirilishi va isloxotlarning chuqurlashtirilishi munosabati bilan me'yoriy xujjatlarning tez-tez o’zgarib turishi va yangilarining qabul qilinishi va x- k. Bunday muammolar bilan tuqnashayotgan korxonalarda malakali auditorlik xizmatlariga extiyoj kuchayib, ularning raxbarlari mustaqil auditorlik tashkilotlariga yordam so’rab murojaat qilmoqdalar. Yuqorida ta'kidlanganidek, majburiy auditorlik tekshiruvi to’liq (kompleks) o’tkaziladi. Tashabbus tarzidagi ya'ni ixtiyoriy audit esa to’liq yoki qisman o’tkazilishi mumkin. Shuningdek, tashabbus tarzidagi audit tekshiruvlar chuqurligi xam xar xil bo’lishi mumkin. Masalan: xisob ma'lumotlarini dastlabki xujjatlardan boshlab To’la va yoppasiga tekshirish; dastlabki xisob ma'lumotlarini yoki faqat xisob registrlari va xisobotlardagi ma'lumotlarni tanlab tekshirish.Tekshiruv mijoz korxonaning xisob siyosatini o’rganish va baxolashdan boshlanadi.
I.3Nazorat qiluvchi yoki xuquqni muxofaza qiluvchi organlar tashabbusiga ko’ra audit o’tkazish xususiyatlari.
«Auditorlik faoliyati to’grisida»gi qonunning 15-moddasiga muvofiq, auditorlik tekshiruvi nazorat qiluvchi yoki xuquqni muxofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra auditorlik tashkiloti tomonidan, ular o’rtasida xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini auditorlik tekshiruvidan o’tkazish yuzasidan tuzilgan shartnomaga asosan o’tkaziladi .Shuningdek, auditorlik tekshiruvini o’tkazish bo’yicha ishlarga ha q to’lash auditorlik tekshiruvini belgilagan organ xisobidan amalga oshiriladi. O’zbekistan Respublikasi protsessual qonunchiligiga muvofiq, xuquqni muxofaza qilish organlari (tergov organlari sud va arbitraj sudi) xo’jalik yurituvchi sub'ektlarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishga topshiriq berishlari mumkin. Bunday topshiriq xuquqni muxofaza qilish organlarida quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lganida beriladi:
> qo’zg’atilgan ( qayta ko’rilayotgan) jinoiy ishlar;

> fuqorolik ishini qabul qilish (qayta ko’rish);


> arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar.
Xuquqni muxofaza qilish organlari tomonidan beriladigan bunday topshiriqlar mazmuni jinoiy ish qo’zg’atish(qayta ko’rish), fuqarolik ishini qabul qilish (qayta ko’rish), arbitraj sudining idoraviy tasarrufidagi ishlar uchun asos bo’lgan xolatlarga mos kelishi lozim. Bunday topshiriqga muvofiq o’tkaziladigan auditorlik tekshiruvlar muddati auditorlik tashkiloti bilan kelishilgan xolda aniqlanib, odatda 1 oydan oshmasligi lozim.Auditorlik tekshiruvi o’tkazishga topshiriq bergan xuquqni muxofaza qilish yoki nazorat qiluvchi organlar tekshiruv o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishlari, zarur xollarda auditorlar va ular oila a'zolarining shaxsiy xavfsizliklarini xam ta'minlashi lozim. Shuningdek, oldin tekshirilgan xo’jalik yurituvchi subyekt faoliyati aynan bir xil asoslarga ko’ra oldingi tekshiruvni o’tkazgan auditorlik tashkiloti tomonidan qayta tekshirishga ruxsat etilmaydi.Nazorat qiluvchi yoki xuquqni muxofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkazilgan auditorlik tekshiruvlar jarayonida olingan ma'lumotlar faqat mazkur organlar ruxsati bilan va ular ruxsat qilgan hajmda oshkor qilinishi mumkin.Xuquqni muxofaza qilish organlarining tashabbusiga ko’ra o’tkazilgan tekshiruvlar natijalari bo’yicha tuzilgan auditorlik xulosasi O’zbekistan Respublikasi jinoy atprotsessual kodeksiga muvofiq taynlangan sud-buxgalteriya ekspertizasi xulosasiga tenglashtiriladi.Sud-buxgalteriya ekspertizasi ayrim o’ziga xos xususiyatlari bilan auditorlik tekshiruvlaridan tubdan farq qiladi.Ko’p xollarda ekspertiza ekspert muassasalarining maxsus xonalarida o’tkaziladi. Zarur xollarda ekspertiza o’tkazish joyi ekspert tomonidan, ekspertizani tayinlagan organ bilan kelishilgan xolda aniqlanadi.Xulosa tuzish uchun zarur bo’lgan dastlabki va yig’ma buxgalteriya xujjatlari, xisob registrlari va hisobot shakllari ekspertiza obyektlari bo’lib xisoblanadi. Shuningdek, ekspertiza o’tkazish jarayonida taftish dalolatnomasi, ekspert xulosalari, ayblanuvchilar, jabrlanuvchilar va guvoxlarning ko’rsatmalari va ishdagi boshqa materiallarda keltirilgan ma'lumotlardan xam foydalanish mumkin.Sud-buxgalteriya ekspertizasini amalga oshirishda quyidagilarni aniqlashga doir masalalar xal etiladi:

> tovar-moddiy zaxiralar, pul mablag’larining kamomadi yoki oshiqcha chiqishi va moddiy zarar summalari bilan boq’liq ma'lumotlarning xaqqoniyligi;


> tovar-moddiy zaxiralarni qabul qilish, saqlash, sotish va pul mablag’larining xarakatiga doir muomalalarni rasmiylashtirishning to’g’riligini;
> moliya-xo’jalik faoliyatiga doir muomalalarni xujjatlarda aks ettirishning buxgalteriya xisobi xalqaro va
milliy standartlari xamda boshqa tegishli me'yoriy xujjatlarga muvofiqligi;
> tergov olib borilayotgan ishga aloqador shaxslar ko’rsatmalarining buxgalteriya xisobi ma'lumotlariga muvofiqligi;
> materiallar, tayyor maxsulotlar, tovarlar va pul mablag’larini kirimi, chiqimi xamda xisobdan o’chirilishining xujjatlar bilan asoslanganligi; xisobga olinmay qolgan maxsulotlar xajmi va qiymatini texnologlar, tovar-shunoslar va boshqa mutaxassislar xulosalarini xisobga olgan xolda aniqlash;.
> fuqorolik sudlov ishlari tartibida xal etiladigan davolarga doir summalar miqdorining xujjatlar bilan asoslanganligi;
> tovar-moddiy zaxiralar va pul mablag’lari kamomadi yoki oshiqcha chiqishi vujudga kelgan davrda moddiy javobgar hisoblangan shaxslar, xamda ekspertiza jarayonida buxgalteriya xisobi va nazorat talablariga rioya qilinmaganligi aniqlanganda, buning uchun mas'ul shaxslar;
> moddiy zarar yetkazilishiga olib kelgan yoki uning o’z vaqtida aniqlanishiga to’sqinlik qilgan, buxgalteriya hisobi va nazorat tizimining kamchiliklari.
I.4 Auditorlik tashkilotlarining professional xizmatlariAuditorlik tashkilotlari majburiy va tashabbus tarzidagi (ixtiyoriy)
auditorlik tekshiruvlaridan tashqari, O’zbekiston Respublikasi «Auditorlik faoliyati to’g’risida»giqonuni va N 90-«Auditorlik tashkilotlarining
professional xizmatlari» nomli auditorlik faoliyati milliy standarti(AFMS)da ko’rsatilgan, istalgan professional xizmatlarni ko’rsatishlari mumkin.Bunday xizmatlarga quyidagilar kiradi:

a) buxgalteriya hisobini yo’lga quyish, qayta tiklash vayuritish


b) moliyaviy hisobotni tuzish;
v) milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish;
g) xo’jalik yurituvchi sub'ektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini taxlil qilish;
d) buxgalteriya hisobi, soliq solish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati;
e) soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha xisob-kitoblar va deklaratsiyalarni tuzish;
j) auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyatining milliy standartlarida nazarda tutilgan boshqa professional xizmatlarni xam ko’rsatishlari mumkin.
Ushbu keltirilgan professional xizmatlar ro’yxati kengaytirilishi va to’ldirilishi mumkin, ammo hozirgi ko’rinishda xam auditorlik tashkilotlari tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarning qanchalik xilma-xil ekanligini kursatmokda.Auditorlik tashkiloti yuqori sifatli professional xizmat ko’rsatishga erishishi uchun o’z faoliyatini shundaytashkil etishi kerakki uning ish bajarish yoki xizmat ko’rsatishda qatnashayotgan xodimlari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
> xalollik va haqqoniylik;
> professional kompetentlilik va zarur tajriba hamda malakaga egalik;
> professional axloq normalariga rioya qilish va belgilangan standartlar (shu jumladan korxonadagi ham) talablarini bajarish;
> professional majburiyatlarini bajarish chog’ida xodimlarga ma'lum bo’lgan axborotlarni maxfiy (sir) tutish printsipiga rioya qilish va xokazo.
Mijoz-korxona raxbariyati shartnoma asosida professional xizmatlar ko’rsatayotgan auditorlar faoliyati ustidanjoriy nazorat o’rnatishi va ko’rsatiladigan xizmatlar sifatiga ta'sir etuvchi muammolar yuzaga kelganda ularga ma'lum qilishi mumkin.Ta'kidlash, joizki odatda buyurtmachi auditorlik

tashkilotiga murojat qilganida bitta emas, balki bir necha xizmatni olishni xoxlaydi. Shuning uchun ayrim xizmat turlarini aloxida ko’rib chiqamiz.


a) buxgalteriya xisobini yo’lga qo’yish, qayta tiklash va yuritish. Buxgalteriya xisobini yo’lga qo’yish xizmati ko’plab tadbirlarni va avvalo uzoq muddatli xisob siyosatini aniqlash, buxgalterlik xisobining shaklini tanlash; texnik vositalar majmuini tanlash, buxgalterlik xizmatining tuzulmasini shakllantirish, xujjatlar aylanish grafigini va buxgalter xodimlarning xizmat vazifalarini ishlab chiqish va boshqalarni o’z ichiga oladi. Ushbu tadbirlarni o’tkazish natijasida buyurtmachi korxonada buxgalteriya xisobini tashkil etish to’g’risida qaror qabul qilinadi.Mazkur xizmat turining o’zi bir martalik xususiyatga ega bo’lib, yangidan tashkil etilayotgan korxonalarda aloxida auditorlik tashkilotlari tomonidan buxgalteriya (moliyaviy,boshqaruv) xisobini tashkil etish texnologiyasiga talab juda katta. Buxgalteriya xisobini yo’lga ko’yish bo’yicha ko’rsatiladigan professional xizmatning davomi sifatida auditorlik tashkiloti mijoz-korxona buxgalteriya uchun bo’lim buxgalterlaridan tortib to bosh buxgalter va moliya ishlari buyicha xodimlarni tanlashi va o’qitib berishi ham mumkin.Buxgalteriya yartsobini qayta tiklash xizmati xam ma'lum davr ichida bajariladi va bir martalik xususiyatga ega.Xisobni qayta tiklash — ancha murakkab ish bo’lib, u auditorlik tashkilotining eng malakali mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi.O’zbekistan Respublikasi «Buxgalteriya xisobi to’g’risida» gi qonunning 7- moddasiga muvofiq o’zining buxgalteriya xizmatiga ega bo’lmagan tashkilotda buxgalteriya xisobi shartnoma asosida ixtisoslashtirilgan buxgalteriya markazi yoki tarkibiga buxgalteriya subyekti xam kiradigan xo’jalik birlashmasining xisobga olish bo’limi tomonidan amalga oshiriladi. Shu munosabat bilan auditorlik tashkilotlari bunday ixtisoslashtirilgan tashkilot rolini muvaffaqiyat bilan bajarishlari mumkin.Auditorlik tashkiloti o’z mijoziga xisob yuritishi uchun xisob siyosatini ishlab beradi, buxgalterlik xisobining ishchi schyotlar rejasini tuzadi, analitik schyotlar va xisob registrlarining tarkibini loyixalashtiradi, xisob yuritish shaklini tavsiya etadi. Agar mijoz-korxona professional xizmatlar uchun shartnoma tuzilayotgan paytda zarur tashkiliy texnikalar kompyuterlar, printerlar, alotsa vositalariga ega bo’lmasa, u Xolda auditorlik tashkiloti xodimlari o’z mijozi uchun qulay texnik vositalarni tanlash bo’yicha tavsiya berishi yoki tanlab, o’rnatib va dastur ta'minotini tuzib berishi, xamda ma'lumotlar bazasini to’ldirishga doir ishlarni bajarishi mumkin.Auditorlik tashkilotining xodimi (xodimlari) mijoz xoxishiga ko’ra bevosita buyurtmachining ish joyida ishlab, u
buyurtmachi auditorlarni zarur uskunalar bilan ta'minlash,ish joyini tashkil etish va boshqa majburiyatlarni o’z zimmasiga oladi. Agar mijoz-korxona tashkiliy texnikalarni sotib olish uchun yetarli mablag’a ega bo’lmasa yoki uni sotib olishni maqsadga muvofiq emas deb xisoblasa, xamda auditorlik tashkiloti xodimlari mijozning ish joyida ishlashlari uchun shart-sharoitlar bo’lmasa, u xolda buyurtmachi dastlabki xujjatlarni o’z vaqtida taqdim etish bo’yicha majburiyatlarni to’liq zimmasiga oladi. Dastlabki xujjatlarni auditorlik tashkilotiga yetkazib berish, xujjatlarning saqlanishini ta'minlash, kompyuter yordamida xujjatlarga ishlov berish, analitik va sintetik xisob registrlarini yuritish, dastlabki xujjatlar va tuzulgan buxgalteriya xisobi registrlarini mijozga yetkazib berish va boshqalarga doir ishlarni auditorlik tashkiloti o’z zimmasiga oladi.Xisob yuritish xisobning barcha turlari va uchastkalari(to’liq, xisob yuritish) kabi, xisobning aloxida
uchastkalariva bo’limlari bo’yicha xam (moddiy boyliklar xarakatinixisobga
olish — agar buyurtmachining ombori uning markaziyofisidan uzoqda
joylashgan bo’lsa; mexnatga xaq to’lashbo’yicha xisob-kitoblar va boshqalar
bo’yicha) amalga oshiri-lishi mumkin.Ushbu professional xizmat bayonidan ko’rinib turibdi-ki, buyurtmachi-korxonada, buxgalteriya xizmati yo’q,
natijadaXisobot tuzish, soliq deklaratsiyalarini to’lgazish, buxgalteriya xisobotlari va soliq deklaratsiyalarini davlat soliqinspektsiyasi (DSI) va boshqa muassasalarda himoya qilishnitopshirish mumkin bo’lgan malakali xodimi ham yo’q Shuninguchun qoidaga ko’ra, mijoz-korxona buxgalterlik (moliyaviy)hisobotni tuzish, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlar va soliq deklaratsiyalarini davlat soliq inspektsiyasi (DSI) himoya qilish kabi xizmat turlarini xam shartnomaga kiritishi mumkin.
b) moliyaviy xisobotni tuzish. Professional xizmatningushbu turi asosan ikki xil bo’lishi mumkin. Birinchidan, auditorlik tashkiloti tomonidan buxgalterlik hisobini yuritishga doir bajarilgan ishlar majmuining yakunida hisobot ham tuzib berilishi mumkin. Ikkinchi holatda auditorlik tashkilotining mustaqil ishi sifatida ya'ni buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan buxgalterlik registrlarining ma'lumotlari asosida faqatgina xisobotning o’zi tuzib berilishi ham mumkin.Auditorlik tashkilotlar mijoz-korxonaga buxgalterlik(moliyaviy) hisobotni tuzib berish bilan birga byudjetdantashqari fondlar va statistika organlariga topshiriladigan hisobotlarni tuzish bo’yicha ham xizmat ko’rsatishi mumkin.
v) Milliy moliyaviy hisobotni buxgalteriya hisobi xalqaro standartlariga o’tkazish.Milliy iqtisodiyotga xorijiy investitsiyalarni jalb etish iqtisodiyotni erkinlashtirish va islohotlarni chuqurlashtirishning muxum belgilaridan biri hisoblanadi. Bu ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun milliy korxona-larimiz moliyaviy xisobotlarini xorijiy investorlar «o’qiy oladigan til»ga — moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MXXS) ga yoki investor faoliyat ko’rsatayotgan mamlakatdagi umum qabul qilingan xisob printsiplari (ma-salan, GAAP tizimi)ga o’tkazish zarur. Buning uchun auditor MX.XS yoki investor mamlakatidagi GAAP tizimini, ularning xususiyatlarini va bizning milliy moliyaviy hisobotlarimiz bilan siyosiy taeushlini chuqur bilishi zarur.
Milliy iqtisodiyotimizga investitsiyalarni jalb qilishdan maqsad faqat o’zaro manfaatlarni qondirish emas balki investorning investitsiya obyekt hisoblangan korxona faoliyatiga ta'sir ko’rsatadigan, o’zaro munosabatlarni
o’rnatishdan iborat.Nazorat o’rnatish yoki jiddiy ta'sir ko’rsatish uchun qilingan investitsiyalar hisobi, faqat birgina maqsadni qo’shimcha daromad olishni ko’zlab qilingan investitsiyalar hisobidan farq qiladi. Bunday tafovutning negizida investor korxona va investitsiya oluvchi korxona o’rtasidagi o’zaro munosabatlar yotadi. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MX.XS) tizimida har xil

moliyaviy qo’yilmalarni investor tomonidan xisobga olish tartibini belgilaydigan bir qancha standartlar mavjud. №25-“Investitsiyalar hisobi” MX.XS, №27-“Umumlashtirilgan moliyaviy hisobot va shu'ba kompaniyalarga qilingan investitsiyalar hisobi” MX.XS, № 28-“Birlashgan kompaniyalarga qilingan investitsiyalar hisobi” MX.XS, №31-“Xamkorlikdagi faoliyatda ishtirok etish to’g’risidagi moliyaviy hisobot” MX.XS, №32-“ Moliyaviy dastaklar: axborotlarni bayon qilish va taqdim etish” MX.XS, № 39-“Moliyaviy dastaklar: tan olish va baholash ” MXXMshular jumlasidandir.


g) Xo’jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo’jalik faoliyatini taxlil qilish masalalariga so’ngi yillarda talab kuchaymoqda. Bu shu bilan bog’liqki, bir necha yillar bozor iqtisodiyoti sharoitida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar,o’zlarining moliyaviy axvoliga baxo berish, iqtisodiy barqarorlikka erishish va maxsulot (ish, xizmat) larning qaysi turlari eng ko’p daromad (yoki zarar) keltirishi va shu kabilarni bo’lishni istaydilar. Ko’pchilik korxonalar (xususan, ko’pchiligi aktsiyadorlik jamiyatlariga, qishlok, xo’jalik kooperativlari (shirkat xo’jaliklari) ga aylantirilgan sobiq, davlat(yoki jamoa korxonalari)) iqtisodiy nochor va bankrotlik holatida. Aksariyat korxonalarning iqtisodiy xizmat xodimlari bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy axvolni korxona balansining likvidligi va to’lov layoqatini taxlil qilish, xamda moliya-xo’jalik faoliyatini taxlil qilish bilan bog’liq usullarni bilmaydilar, biznes rejalar tuzish tajribasiga ega emas.
d) buxgalteriya xisobi, soliqqa tortish, rejalashtirish, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari yuzasidan konsalting xizmati. Ushbu masalalarga doir professional xizmatlar: soliqqa tortish bo’yicha tushuntirishlar (yozma va og’zaki shaklda) tayyorlash, soliq qonunchiligini buzganlik uchun jarima xisob-kitobi hamda jarima undirishning to’g’riligini (yoki noto’griligini) asoslash, dastlabki xisobni tashkil etish, mijozning boshqa xo’jalik yurituvchi sub'ektlar bilan tuziladigan xo’jalik shartnomalari (bitimlari)ni takomillashtirish kabi ishlarni o’z ichiga oladi.

Yaqin paytga qadar amalda bo'lgan “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun 2000 yilda qabul qilingan. So'nggi 20 yil ichida bu bozorda katta o'zgarishlar ro'y bergani va qator islohotlar amalga oshirilgani tufayli u bugungi kun talabiga to'liq javob bermasligi ayon bo'lib qolgan edi. Zamonaviy talablar va xalqaro amaliyot printsiplariga asoslangan auditorlik faoliyatini tartibga solishning samarali tashkiliy-huquqiy mexanizmini yaratish, qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish maqsadida 2021-yil 25-fevralda yangi tahrirdagi “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan auditorlik xizmatini tashkil etishga, ushbu kasbning nufuzini va ular ishining sifatini oshirishga qaratilgan bo'lib, pirovard natijada jamiyat manfaatlarini qondirishga va investorlar himoyasini kuchaytirishga yo'naltirilgan. Ushbu huquqiy hujjatda amaldagi qonunning eskirgan va havolaki me'yorlari qayta ko'rib chiqildi va auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi yagona me'yoriy hujjat ko'rinishida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan qonun sifatida qabul qilindi.Dunyoda auditorlik xizmatlaridan foydalanish rivojlanib boryapti. Xususan, IFAC – Xalqaro buxgalterlar federatsiyasining rasmiy hisobotiga ko'ra, 130 ga yaqin davlatda 175 dan ziyod professional buxgalterlar uyushmasi, 3 milliondan ziyod professional auditor, 100 mingdan ortiq auditorlik tashkiloti mavjud. Birgina Deloitte tashkilotining o'zi 150 ta davlatda 1600 dan ziyod shartnoma asosida auditorlik tekshiruvlarini o'tkazib, 46,2 milliard AQSH dollari miqdoridagi daromadni qayd etdi. Respublikamizda 2021-yilning 1-yanvar holatiga 99 ta auditorlik tashkiloti faoliyat ko'rsatib kelyapti, auditorlar soni 572 kishini tashkil qiladi. 19 ta mahalliy auditorlik tashkiloti yirik xalqaro tarmoq va uyushmalar a'zolari hisoblanadi. Yurtimizda ham katta to'rtlik (Big-4) - “Ernst &Young”, “PricewaterhouseCoupers”, “Deloitte and Touche” va “KRMG” xalqaro auditorlik tashkilotlarining sho'ba jamiyatlari faoliyat yurityapti.Qonun auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshirish, uni litsenziyalanadigan turlar tarkibidan chiqarish, maxsus vakolatli davlat organi



sifatida Moliya vazirligi auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (Auditorlar palatasi hamda Buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi) bilan birgalikda, moliya-xo'jalik sohasiga aralashmagan holda, auditorlik tashkilotlari ishi sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish, majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi zarur bo'lgan ijtimoiy ahamiyatga ega bo'lgan tashkilotlar ro'yxatini shakllantirishni nazarda tutadi. Ayni kezda unda auditorlar malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish, jahonning ilg'or tajribalarini tatbiq qilish, tartibga soladigan qoida va normalarni hamda me'yoriy hujjatlarni yagona normativ-huquqiy hujjatda unifikatsiyalash va tizimlashtirish, manfaatlar to'qnashuvining oldini olishga yo'naltirilgan auditorlar professional faoliyatining axloq qoidalarini joriy etish kabi muhim masalalar ham qamrab olingan. Hujjatda qonunning maqsadi, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik, asosiy tushunchalar, printsiplar va uning standartlari yoritilgan. Mustaqillik, xolislik va halollik, kasbiy bilimga egalik hamda axborotning maxfiyligi sohaning asosiy printsiplari hisoblanadi. Moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli axborotlar bilan ta'minlash maqsadida O'zbekistonda auditorlik faoliyatini faqat auditning xalqaro standartlar asosida amalga oshirish belgilangan. Bu esa, o'z navbatida, moliyaviy axborotlarning ishonchliligini oshiradi va axborot xatarini kamaytiradi. Qonunda auditorlik faoliyati boradasigi davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari belgilab berilgan. Auditor va uning yordamchisi, auditorlarni sertifikatlash tizimida to'g'ridan-to'g'ri amal qiladigan normalar asosida batafsil ifodasini topgan. Unga ko'ra, auditor faqat bitta auditorlik tashkilotida auditorlik xizmatlarini ko'rsatishi hamda o'zi ishlaydigan faqat bitta auditorlik tashkilotining muassisi (ishtirokchisi) bo'lishi mumkin. SHuningdek, auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonunchilik talablarini buzganligi sababli Auditorlik tashkilotlari reestridan chiqarilgan auditorlik tashkilotini ilgari boshqargan auditor uch yil mobaynida boshqa auditorlik tashkiloti rahbari bo'lishi mumkin emasligi qat'iy belgilab qo'yilgan.Xalqaro tajribadan kelib chiqib, auditor malaka sertifikatini dastlab besh yillik muddatga berish, uning amal qilishini navbatdagi o'n yillik muddatga va keyinchalik muddatsiz davrga uzaytirishni nazarda tutuvchi normalar kiritildi. Bu hujjatni olish uchun talabgor oliy ma'lumotga hamda oliy ta'lim tashkilotini tamomlaganidan keyin oxirgi o'n yildan kamida uch yil buxgalteriya hisobi va audit sohasida ish stajiga ega bo'lishi lozim. Xalqaro buxgalter sertifikatiga yoki kamida o'n yillik uzluksiz auditorlik ish stajiga ega bo'lgan auditorlarga malaka sertifikatining amal qilish muddatini uzaytirish imtihon topshirmasdan amalga oshiriladi. Auditorlik tashkilotlariga qulaylik va engilliklar yaratish maqsadida bir qator yangi normalar kiritildi. Jumladan, auditorlik tashkilotlarining ustav kapitali miqdoriga bo'lgan talab bekor qilindi. Ustav fondi (ustav kapitali) auditorlik tashkiloti o'z faoliyatini amalga oshirishda bevosita foydalanadigan mol-mulkdan, shu jumladan, pul mablag'laridan shakllantiriladi. Tashkilot o'z faoliyatini amalga oshirishda mustaqil bo'lib, vazirliklar, davlat qo'mitalari, idoralar hamda boshqa davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilishi mumkin emas. Unda asosiy ish joyi hisoblangan kamida to'rt nafar auditor bo'lishi, filialining rahbari esa, albatta, auditor bo'lishi kerak. Tadbirkorlik sub'ektlarining yagona davlat reestriga kiritilgan sanadan e'tiboran uch oy davomida u haqidagi ma'lumotlar Auditorlik tashkilotlari reestriga kiritilmagan tijorat tashkiloti o'z nomida “auditorlik tashkiloti” degan so'z birikmasidan foydalanishga haqli emas. Qonunga ko'ra, xalqaro amaliyot asosida auditorlik xizmatlarining tarkibi aniqlandi. Aynan shunday xizmat turlari MDH mamlakatlari qonun hujjatlarida va auditning xalqaro standartlarida mavjud. Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlari va auditorlik xizmatlarini ko'rsatadi, shartnoma asosida ish olib boradi. Qonunda auditorlik tekshiruvlarini o'tkazish tartibi bayon qilingan. Unda manfaatlar to'qnashuvi yuzaga kelishining oldini olishga yo'naltirilgan va audit mustaqilligini ta'minlovchi auditorlik tekshiruvi o'tkazishdagi cheklovlar sanab o'tildi. Xususan, ketma-ket etti yildan ko'proq ayni bir xo'jalik yurituvchi sub'ektning auditorlik tekshiruvini o'tkazishga haqli emas. Soha tashkilotlarining majburiy auditorlik tekshiruvini o'tkazishi uchun shtatida kamida ketma-ket uch yillik uzluksiz ish stajiga yoki xalqaro buxgalter sertifikatiga ega bo'lgan kamida ikki nafar auditor bo'lishi hamda ish sifatini tashqi nazoratdan o'tkazish natijalariga ko'ra, qonunchilik buzilishi hollari mavjud bo'lmaganda ruxsat berildi. Qonun bilan

Auditorlik tashkilotlari reestri va uning yuritilishi hamda mazkur reestrlarga kiritish va chiqarish masalalari tartibga solingan. Shu bilan birga, vakolatli organ hisoblangan Moliya vazirligining veb-saytida auditorlik tashkilotlari va malaka sertifikatiga ega bo'lgan auditorlar haqida ma'lumotlar joylashtirib borilishi va ularni monitoring qilish tizimi joriy etildi. Hujjatda auditorlik tashkiloti ishi sifatining tashqi nazoratini o'tkazish muddati va asoslari, asosiy ko'rsatkichlari va uni baholash mezonlari belgilab qo'yildi. Lekin ish sifatining tashqi nazoratini o'tkazishda auditorlik tashkilotining moliyaviy-xo'jalik faoliyatiga aralashishga yo'l qo'yilmaydi. Qonunda xalqaro xamkorlik masalalarini tartibga soluvchi, nizolarni hal etish va auditorlik faoliyati to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun javobgarlikni belgilovchi qoidalar ham mavjud. Muxtasar aytganda, “Auditorlik faoliyati to'g'risida”gi qonunning yangi tahrirda qabul qilinishi tartibga solish va audit jarayonidagi tartib-taomillarning shaffofligini, moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarni ishonchli audit xulosasi bilan ta'minlaydi, xalqaro standartlar asosida mustaqil audit o'tkazish amaliyotini tatbiq etadi, auditorlik tashkilotlari xizmatlari sifatini va raqobatbardoshligini oshiradi, sohadagi hujjatlarni tizimlashtiradi va qonunosti hujjatlarning qisqarishiga olib keladi.


Auditorlik tashkiloti auditorlik faoliyati bilangina shug'ullanishi mumkin hamda auditorlik faoliyatini amalga oshirayotganida ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlarining talablariga rioya etishi;
auditorlik tekshiruvi o'tkazishga doir shartnoma tuzishdan oldin buyurtmachining talabiga binoan auditorlik faoliyatini o'tkazish huquqini beruvchi tegishli litsenziyani, auditor (auditorlar)ning malaka sertifikatini taqdim etishi;
xo'jalik yurituvchi sub'ektning so'roviga binoan auditorlik tekshiruvini o'tkazish bo'yicha qonun hujjatlarining talablari to'g'risidagi, auditorning e'tirozlari asoslanilgan qonun hujjatlarining normalari to'g'risidagi axborotni taqdim etishi;
auditorlik tekshiruvini amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya etishi;

jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg'in qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to'g'risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etishi;


(7-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2019 yil 15 yanvardagi O'RQ-516-sonli Qonuniga asosan oltinchi xatboshi bilan to'ldirilgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 16.01.2019 y., 03/19/516/2484-son)auditorlik hisobotida moliyaviy-xo'jalik operatsiyalarining qonuniyligi buzilishi faktlarini hamda ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni aks ettirishi;
auditorlik xulosalari va hisobotlarining nusxalari auditorlik tashkilotida kamida besh yil saqlanishini ta'minlashi;(7-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) auditorlarning bir yilda bir marta malaka oshirish kurslaridan o'tishlarini ta'minlashi; auditorlik tashkilotlarini majburiy reyting baholash uchun auditorlarning respublika jamoat birlashmasi so'roviga ko'ra axborot taqdim etishi;(7-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2007 yil 17 sentyabrdagi O'RQ-110-sonli Qonuni asosida yettinchi—to'qqizinchi xatboshilar bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2007 y., 37-38-son, 378-modda) xo'jalik yurituvchi sub'ektga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari zarar yetkazganligini aniq tasdiqlab turgan faktlarni aniqlagan taqdirda bu haqda xo'jalik yurituvchi sub'ektning rahbariyatiga (mulkdoriga) ma'lum qilishi hamda auditorlik hisobotiga tegishli qaydni kiritishi shart. Zarur hollarda auditorlik tekshiruvining natijalarini ma'lum qilish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qatnashchilarning (aktsiyadorlarning) umumiy yig'ilishi chaqirilishini talab qilishi;
LexUZ sharhi
Qo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida»gi Qonunining 65-moddasi hamda «Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida»gi Qonunining 33-moddasiga qarang.
(7-moddaning birinchi qismi o'ninchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) auditorlar ishining sifati nazorat qilinishini ta'minlashi shart.
(7-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'RQ-352-sonli Qonuniga asosan o'n birinchi xatboshi bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Auditorlik tashkiloti zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo'lishi mumkin.
8-modda. Auditorlik tashkilotining javobgarligi
Auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvi buyurtmachilari, xo'jalik yurituvchi sub'ekt va moliyaviy hisobotdan boshqa foydalanuvchilar oldida moliyaviy hisobot hamda xo'jalik yurituvchi sub'ektning boshqa moliyaviy axboroti to'g'risida noto'g'ri yakundan iborat bo'lgan auditorlik xulosasini tuzish oqibatida ularga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo'ladi.Auditorlik tekshiruvini sifatsiz o'tkazganlik yoki lozim darajada o'tkazmaganlik oqibatida xo'jalik yurituvchi sub'ektga va (yoki) auditorlik tekshiruvining buyurtmachisiga yetkazilgan zarar, shu jumladan boy berilgan foyda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi shart. LexUZ sharhiQo'shimcha ma'lumot uchun O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 706-moddasiga qarang.
9-modda. Auditorlik tekshiruv
Auditorlik tekshiruvi moliyaviy hisobot va boshqa moliyaviy axborot to'g'riligi va buxgalteriya hisobi to'g'risidagi qonun hujjatlariga mosligini aniqlash maqsadida xo'jalik yurituvchi sub'ektning moliyaviy hisobotini hamda u bilan bog'liq moliyaviy axborotini auditorlik tashkilotlari tomonidan tekshirishdi. (9-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)Auditorlik tekshiruvi majburiy va tashabbus tarzidagi shakllarda o'tkaziladi. Auditning xalqaro standartlari asosida amalga oshiriladigan auditorlik tekshiruvi ushbu Qonunning 16-moddasida nazarda tutilgan cheklovlarga rioya etish sharti bilan o'tkaziladi (9-modda O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'RQ-352-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
10-modda. Majburiy auditorlik tekshiruvi Quyidagilar har yili majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishi kerak:
aktsiyadorlik jamiyatlari;
aktivlarining balans qiymati bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari miqdoridan ko'p bo'lgan mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar;
(10-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2020 yil 22 yanvardagi O'RQ-603-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan to'ldirilgan — Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.01.2020 y., 03/20/603/0071-son — 2020 yil 24 apreldan kuchga kiradi)
banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
sug'urta tashkilotlari;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya fondlari hamda yuridik va jismoniy shaxslarning mablag'larini jamlab turuvchi boshqa fondlar hamda ularning investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar;
(10-modda birinchi qismining beshinchi xatboshi O'zbekiston Respublikasining 2009 yil 9 sentyabrdagi O'RQ-216-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2009 y., 37-son, 403-modda) manbalari yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari bo'lmish xayriya fondlari va boshqa ijtimoiy fondlar; mablag'larining hosil bo'lish manbalari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qilinadigan majburiy ajratmalar bo'lmish byudjetdan tashqari fondlar; ustav fondida davlatga tegishli ulush bo'lgan xo'jalik yurituvchi sub'ektlar va davlat unitar korxonalari.
(10-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'RQ-352-sonli Qonuni tahririda — O'R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda) fond va tovar birjalari.
(10-moddaning birinchi qismi O'zbekiston Respublikasining 2013 yil 30 apreldagi O'RQ-352-sonli Qonuniga asosan to'qqizinchi xatboshi bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2013 y., 18-son, 233-modda)
Majburiy auditorlik tekshiruvining buyurtmachisi xo'jalik yurituvchi sub'ekt bo'ladi. Auditorlik tashkilotini tanlash xo'jalik yurituvchi sub'ekt mulkdori, shuningdek qatnashchilari (aktsiyadorlari)ning umumiy yig'ilishi bilan kelishib olinadi.Qonun hujjatlariga muvofiq o'tkaziladigan majburiy auditorlik tekshiruvidan bosh tortish xo'jalik yurituvchi sub'ektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma'muriy jazo qo'llanilishiga sabab bo'ladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning mansabdor shaxsiga nisbatan ma'muriy jazo qo'llanilganidan keyin kalendarь yil tugaguniga qadar majburiy auditorlik tekshiruvini o'tkazishdan bosh tortish xo'jalik yurituvchi sub'ektdan bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima undirishga sabab bo'ladi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektning oxirgi hisobot sanasidagi joriy aktivlari summasining jami yigirma foizidan ortiq miqdorda jarima undirish unga undiriladigan summani undirish to'g'risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran olti oy mobaynida oyma-oy bo'lib to'lash imkoni berilgan holda amalga oshiriladi. Jarimaning to'lanishi xo'jalik yurituvchi sub'ektni majburiy auditorlik tekshiruvidan o'tishdan ozod qilmaydi.

Kirish


Download 80,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish