I- variant.
1. Elektrolitik dissotsiatsiyalanish nazariyasini kim fanga kiritgan?
A) Kablukov B) Arrenius D) Kolbe E) Vyoler
2.Kuchli elektrolitlar berilgan qatorni belgilang
A) Sulfat, nitrat, xlorat B) Bromid, nitrit, sianid D) Xlorid, sulfid, Perxlorat
E) Nitrit, fosfat, karbonat
3.Dissosilanish darajasi 95 % ga teng bo’lgan elektrolitning 120 ta molekulasining nechtasi dissotsiatsiyalanishi mumkin?
A) 114 B) 94 D) 104 E) 84
4. Qaysi tuzlar gidrolizga uchramaydi? 1) MgCl2; 2) NaNO3; 3) K2CO3; 4) ZnCl2; 5) NaCl; 6) KCN; 7) Al2(SO4)3; 8) Na2SO4.
A) 2, 5, 8 ; B) 1, 4, 7; D) 2, 6; E) 2, 3, 8.
5. Qaysi moddalar kuchsiz elektrolit hisoblanadi? 1) vodorod ftorid; 2) nitrit kislota; 3) kaliy karbonat; 4) natriy gidrokarbonat; 5) ammoniy gidroksid; 6) ammoniy sulfat.
A) 3, 4, 6 ; B) 2, 3; D) 1, 5 ; E) 1, 2, 5.
6. Ayuminiy sulfat molekulasidagi ionlar sonini toping .
A) 3 B) 4 D) 5 E) 6
7. Qaysi tuzlar faqat kation bo‘yicha gidrolizga uchraydi? 1) Na2CO3; 2) AlCl3; 3) CH3COONH4 ; 4) ZnCl2; 5) (NH4)2SO4; 6) CH3COOK; 7) Zn(NO3)2; 8) NaCN
A) 1, 6, 8; B) 2, 4, 5, 7; D) 3, 8 E) 2, 3, 4, 7.
8. Quyidagi birikmalardan ham kation, ham anion bo‘yicha gidrolizga uchraydiganlarini aniqlang. 1) natriy sulfat; 2) ammoniy atsetat; 3)litiy nitrat; 4) ammoniy karbonat; 5) kaliy xlorid. A) 4, 5; B) 1, 3, 5; D) 1, 2, 5; E) 2, 4.
9 . Qaysi tuzlar faqat anion bo‘yicha gidrolizga uchraydi? 1) ZnCl2; 2) (CH3COO)2 Ca; 3) (NH4)2SO4; 4) KCN; 5) K2SO3; 6) NH4Cl; 7) Zn(NO3)2
A) 2, 4, 5; B) 1, 3, 6, 7 ; D) 2, 4, 5, 6; E) 1, 3, 7.
10. Agar modda molekulalarining dissotsiatsiyalanish darajasi 15 % ga teng bo’lsa, 120 ta molekuladan qanchasi dissotsiyalangan bo’ladi?
A) 6 B) 18 D) 7 E) 12
11.Agar 96 ta molekuladan 6 tasi dissotsiatsiyalansa, , elektrolitning dissosilanish darajasi (%) qanchaga teng bo’ladi?
A) 2,05 B) 3,10 D) 6,25 E) 12,75
12.Yil davomida odam 7 kg osh tuzi iste’mol qilganda, har kuni qabul qiladigan xlorid Cl- ionlarining massasi qancha bo’ladi?
A) 11,6 B) 12,1 D) 22,2 E) 10,7
13. Tuzlarning dissotsiatsiyalanishidan hosil bo‘lgan ionlarni suv bilan o‘zaro ta’sirlashuvidan kuchsiz elektrolitning hosil bo‘lishi nima deb ataladi ?
A) Elektroliz B) Gidroliz D) Gidrofil E) Elektrofil
14. Kaliy karbonat ( Potash ) gidrolizga uchratilganda eritma muhiti qanday bo’ladi?
A) Ishqoriy B) Kislotali D) Neytral E) To’g’ri javob yo’q
15. Qaysi tuz eriganda, muhit neytral bo’ladi?
A) ammoniy sulfat B) natriy sulfit D) natriy karbonat E) natriy sulfat
16.Dissotsiatsiyalanish darajasi qaysi belgi bilan ifodalanadi?________________________
17. Gidroliz so’zining ma’nosi __________________________________________________
18. Gidrolizga uchramaydigan tuzlarga misollar keltiring. ____________________________
19. Kuchsiz kislota bilan kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuz gidrolizga uchratilganda, gidrolizga qanday ionlar qatnashadi va muhit qanday bo’lishi mumkin? _________________
_____________________________________________________________________________
20. Temir (III) sulfat qanday muhitga ega? ______________________________
Do'stlaringiz bilan baham: |