Mavzu: element atomlarining spektrlari.Mozli qonuni Tuzuvchi:Boysoatova Farangiz Tekshiruvchi:Qorayev Sarvar Reja: 1.elementar atom spektrlari 2.mozli qonuni
Atom spektrlari – erkin yoki kuchsiz bogʻlangan atomlarning (bir atom-li gazlar yoki bugʻlar) elektromagnit toʻlqin chiqarganda (nurlanish Atom spektrlari) yoki yutganda (yutilish Atom spektrlari) paydo boʻladigan optik spektrlari. Atom spektrlari chiziqchiziq, ya’ni alohida-alohida joylashgan spek-tral chiziqlardan tashkil topgan. Atom spektrlari nurlanishning koʻrinuvchi, ultrabinaf-sha va infraqizil sohalarida kuzatiladi. Nurlanish Atom spektrlari atomni turli yoʻllar bilan uygʻotilganda (yorugʻlik, elektronlarning urilish va hokazo) hosil boʻladi.
Yutilish Atom spektrlari uzluksiz spektrli yorugʻlik atomar gazlar yoki bugʻlardan oʻtganda pay-do boʻladi. Atom spektrlari spektral asboblar yorda-mida kuzatiladi. Ionlarning Atom spektrlari katta chastotalar tomoniga surilgan boʻlishi bilan neytral atomlarning A. sdan farq qiladi.Atom spektrlaridagi spektral chiziqlar ma’lum qonuniyatlarga boʻysunadi va sodda hollarda spektral seriyalar hosil qiladianiqlangan
. Har bir spektral seriya yuqori energetik sathlardan pastdagi yagona energetik sathga mumkin boʻlgan kvant oʻtishlari natijasida yuzaga keladi. Vodorod atomidagi spektral seriyalar ayniqsa ajralib turadi. Vodorod ato-mida Layman, Balmer, Pashen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari aniqlangan
Bu seriyalardagi toʻlqin sonlarini quyidagi formula yordamida topish mum-kin: bunda R = 109677,58 sm"1 –Ridberg doimiysi, pk va p– kvant oʻtishlari boʻlayotgan energetik sathlarining bosh kvant sonlari. Layman, Balmer, Pa-shen, Breket, Pfund va Hamfri seriyalari uchun pk mos ravishda 1, 2, 3, 4, 5, 6 ga teng. qoʻllaniladi.
Bunday seriyalar boshqa elementlar atomlari uchun ham kuzatiladi. Elementning atom soni oshib borishi bilan seri-yalardagi spektral chiziqlar soni ham oshib boradi va murakkab koʻrinishga ega boʻladi. Elementlar Atom spektrlarining uziga xosligi modda tarkibini aniqlashda, ulardagi spektral chiziqlar ravshanligining 765atomlar konsentratsiyasiga bogʻliqligi – element miqdorini aniqlashda qoʻllaniladi Mozli qonuni — nurlanuvchi kim-yoviy element rentgen nurlanishi spektr chiziqlari chastotasining uning tartib raqamiga bogʻliqligini ifodalovchi qonun. 1913-yilda G.Mozli tajriba yoʻli bilan aniqlagan. Mozli qonuniga binoan, elementning biror spektr seriyasiga tegishli rentgen nurlanishi chizigʻi chastotasi v ning kvadrat ildiz ostidagi qiymati uning atom tartib rakami Z ga proporsionaldir a(Z-a), bunda R — Ridberg doimiysi, a — Z oʻsishi bilan suyet oʻsuvchi ekranlash doimiysi, a— energetik oʻtish sodir boʻluvchi qobiqlardagi kvant sonlarshga bogʻliqboʻlgan oʻzgarmas kattalik. Mozli qonuni elementlarning Mendeleyev davriy sistemasiae. toʻgʻri joylashganligini isbotlovchi qonun hisoblanadi. Bu qonun atomlarning kimyoviy xususiyatini atom ogʻirligi boʻyicha emas, balki atom adrosining zaryadini belgilovchi atom tartib raqami bilan aniqlanishini koʻrsatdi.[ Etiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |