Lug`at birliklarining iste’moldan chiqishi lingvistik va ekstorolingvistik taomillari asosida, tilning tabiati, tilning taraqqiyoti qonuniyatlari asosida ro`y beradi Bunda ikki asosiy hodisa kuzatiladi: 1) Jamiyat va tabiatdagi narsa-hodisalarning yo`qolishi bilan bilan ularning ifodachisi bo`lgan so`zlar ham yo`qoladi. Til strukturasidan chiqadi va tarixiy so`zlarga aylanadi. 2) Tilning takomillashuvi jarayonida narsa-hodisaning mohiyatini aniq, to`liq va to`g`ri ifodalay olmaydigan lug`aviy birliklar iste`molidan chiqib, ularning o`rnini hodisani aniq, to`g`ri va to`la ifodalaydigan lug`aviy boyliklar egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |