Mavzu: Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi


Asosiy vositalar harakatini hisobga olish



Download 68,09 Kb.
bet6/13
Sana02.07.2022
Hajmi68,09 Kb.
#729470
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Mavzu Asosiy vositalarni ijaraga olish va ijaraga berish hisobi

Asosiy vositalar harakatini hisobga olish

Asosiy vositalarni buxgalteriya hisobida hisobga olish uchun quyidagi hisob varaqlar ochilgan:


0110-«Yer»;
0111-«Yerni obodonlashtirish»;
0112-«Moliyaviy lizing shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositala o‘zlashtirish»;
0120-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalar»;
0130-«Mashina va jixozlar»;
0140-«Mebel va ofis jixozlari»;
0150-«Kompyuter jixozlari va hisoblashish texnikasi»;
0160-«Transport vositalari»;
0170-«Ish hayvonlari va maxsuldor xayvonlar»;
0180-«Ko‘p yillik ekinlar»;
0190-«Boshqa asosiy vositalar»;
0199-«Konservatsiyaqilingan asosiy vositalar».
Ushbu hisobvaraqlar aktiv bo’lib, ularning debet tomonidagi saldo korxoda mavjud asosiy vositalarning dastlabki qiymatini aks ettiradi. Asosiy vosita ob’ektlarining ko‘payishi hisobvaraqlarning debet tomonida, kamayishi esa kredit tomonida aks ettiriladi.


Asosiy vositalarning kirim qilinishi quyidagi ko‘rinishlarda bo‘ladi:

  • Korxona tomonidan yaratilishi;

  • Boshqa korxonalardan sotib olish;

  • Tekinga olish;

  • Asosiy vositalarni muassislar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga ularning ulushi tarzida yoki aksiyalarning haqini to‘lash hiobiga kiritish.

Asosiy vositalar korxonaga qabul qilinayotganda maxsus tuzilgan komissiya tomonidan asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasini tuzish orqali rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnomada asosiy vositalarning dastlabki bahosi, eski so’mmasi, qabul kilinayotgan vositaning qisqacha tavsifi, komissiya a’zolarining ism-sharifi, moddiy javobgar shaxs tomonidan qabul qilinishi ko‘rsatiladi. Bunda dalolatnomaga ta’riflovchi texnik va boshqa xujjatlar ilova qilinadi, dalolatnoma korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Asosiy vositalarni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi tasdiqlangandan korxona buxgalteriyasiga beriladi, shu dalolatnoma asosida xar bir ob’ektga inventar varakasi ochiladi. Tegishli shartnomalar asosida korxona mutaxassislari va chetdan jalb etilgan mutaxassislar kuchi bilan barpo etilgan asosiy vositalar ob’ektlari «tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ining krediti bilan korrespondensiyada 0110-0199 hisobvaraqlar debeti bo‘yicha haqikiy tannarxiga karab asosiy vositalar sifatida qabul qilinadi. Korxonaning o‘z kuchi bilan ko‘rilgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymatiga o’sib boruvchi yakun bilan barcha bevosita xarajatlar: material, ishchi kuchi boshqa xarajatlar, shuningdek qurilish jarayoniga bevosita daxldor bo‘lgan barcha xarajatlar kiritiladi.
O‘sib boruvchi yakun bilan hisoblangan xarajatlar qurilish davomida «Tugallanmagan qurilish» hisobvarag‘ida aks ettiriladi. Qurilish tugallanguniga qadar bino 0120-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalar» hisob varag‘ida xisobga olinmaydi, chunki u xali foydalanishga topshirilmagan, qurilish tugallanganidan keyin va foydalanishga topshirilganida 0810-hisobvaraqda jamlangan barcha xarajatlar so’m 0120-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalar» hisobvarag‘iga o‘tkaziladi va keyingi oydan boshlab undan amortizatsiya hisoblanishi lozim.
Misol. «Bobur» xissadorlik jamiyati sex binosini o‘z kuchi bilan qurib, foydalanishga topshirdi. Qurilishga sarflangan jami xarajat 92179000 so’mni tashkil qildi. Ushbu hisobda quyidagicha provodka beriladi: D-t 0120-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalar» - 92179000 so’m K-t 0810-«Tugallanmagan qurilish» - 92179000 so’m.
Boshqa korxona va shaxslardan sotib olingan asosiy vositalarni 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish», 0840-«Asosiy podani shakllantirish», 0890-«Boshqa capital quyilmalar» hisobvaraqlarining krediti bilan korrespondensiyada 0110-0190-hisob-varaklar debeti bo‘yicha kirim qilinadi.
Misol. «Bobur» xissadorlik jamiyati yangi ishlab chiqarish faoliyati uchun bino sotib oldi, uning xarid qiymati - 20000000 so’m, broker xizmati uchun 200000 so’m xayda yurist xizmatiga 150000 so’m to’lagan, xujjatlarni rasmiylashtirishga 250000 so’m xarajat qilingan. Ushbu muomalaga hisobda quyidagicha provodka beriladi:
bino xarid kilindi:
D-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 20600000 so’m
K-t 5110-«Pul mablag‘lari» - 20600000 so’m.
bino balansga qabul kilindi:
D-t 0120-«Binolar, inshootlar va o‘zatuvchi moslamalar» - 20600000 so’m
K-t 0820-«Asosiy vositalarni sotib olish» - 20600000 so’m.
Foydalanishga qabul qilingan asosiy vositalar bo‘yicha QQS ularning dastlabki qiymatini ko‘paytiradi hamda eskirish qiymatini oshirgan xolda, korxona xarajatlariga sekin-asta o‘tkaziladi. Boshqa korxona yoki jismoniy shaxslardan tekinga, shuningdek hukumat organlarining subsidiyasi sifatida olingan asosiy vositalar 8530-«Tekinga «olingan mol-mulk» hisobvarag‘i bilan korrespondensiyada 0110-0190-hisobvaraqlar debeti bo‘yicha kirim qilingan sanada ekspert yo‘li bilan, bozor qiymati bo‘yicha belgilangan bahoda aks ettiriladi.
Misol. transport vositasi bepul olindi. Ushbu muomalaga xisobda quyidagicha provodka beriladi: D-t 0160-«Transport vositalari» K-t 8530-«Tekinga olingan mol-mulk».
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq bepul olingan asosiy vositalarning qoldiq qiymati (idora ichida beriladiganidan tashkari) foyda (daromad) solig‘ini hisoblash bazasiga kiritiladi va undan soliq undiriladi.
Ta’sischilar ustav kapitaliga ulush sifatida kiritgan yoki aksiyalar xaqini to‘lash hisobiga bergan ta’sischilar asosiy vositalarni kirim qilish 4610-«Ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzlari» hisobvarag‘i krediti hamda 0110-0190-hisobvaraqlar debetida aks ettiriladi.
Misol. Kompaniyaning muassislaridan biri ustav kapitalini shakllantirish bo‘yicha qarzini transport vositasini qo‘shish yo’li bilan uzdi. Qiymati – 20000000 so’m. Ushbu muomalaga hisobida quyidagicha provodka beriladi: D-t 0160-«Transport vositalari» - 20000000 so’m K-t 4610-« Ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzlari » - 20000000 so’m.
Mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmat ko‘rsatish yoxud tashkilotni boshqarish uchun foydalanilmayotgan asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati buxgalteriya balansidan hisobdan chiqarilishi kerak.
Quyidagi xo‘jalik operatsiyalari natijasida asosiy vositalar ob’ektlarining qiymati korxona aktivlari tarkibidan chiqib ketadi:

  • Realizatsiya qilinganida;

  • bundan buyon foydalanish maqsadga muvofiq emasligi sabablariga ko‘ra hisobdan chiqarilganida;

  • chetdagi korxona va shaxslarga bepul berilganida;

  • boshqa korxonalarning ustav kapitaliga ulush sifatidaqo‘shilganida;

  • moliyaviy lizing shartnomasiga ko‘ra topshirilganida;

  • kamomad yoki yo‘qotish aniqlanganida.

Asosiy vositalar chiqib ketganida ularning dastlabki qiymati asosiy vositalarni hisobga olishning tegishli hisobvaraqlari kreditidan 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i debetiga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalarni chetga sotishdan tushgan tushum 9210-«Asosiy vositalarning realizatsiyasi va boshqacha chiqib ketishi» hisobvarag‘i krediti bo‘yicha 4890-«Boshqa shaxslarning qarzlari joriy kismi» va 0990-«Boshqa uzoq muddatli debitorlik qarzlari» hisobvaraqlari debet bilan korrespondensiyada aks ettiriladi.

Download 68,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish