Dt. Asosiy vositalarni sotib olish (turlari bo’yicha)
Kt. Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar
«Asosiy vositalarni sotib olish» hisobvarag’ining debet aylanmasi asosiy vositalarni sotib olish, o’rnatish va montaji bilan bog’liq bo’lgan barcha xarajat-
larni ko’rsatadi, kredit aylanmasi esa foydalanishga berilgan asosiy vositalar qiymatini aks ettiradi.
Mol etkazib beruvchilar yoki pudratchilarga pul to’langanda:
Dt Mol etkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan hisobvaraqlar
Kt Hisob-kitob hisobvarag’i
2. Asosiy vositalar foydalanishga berilgan vaqtida:
Dt Asosiy vositalar (turlari bo’yicha)
Kt Asosiy vositalarni sotib olish (turlari bo’yicha)
Boshqa sub’ektlardan hadya sifatida olingan asosiy vositalarni qiymati uni be-ruvchi tomon aniq aytilishi yoki ekspert yo’li bilan aniqlanishi mumkin. Bun-day yo’l bilan olingan asosiy vositalar, bir tomondan korxonaning asosiy vosi-talarini ko’paytirsa, ikkinchi tomondan, uning xususiy kapitali hajmini oshi-radi.
Bunday operatsiyani buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |