1-rasm. Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblash normalari 5-sonli BHMS «Asosiy vositalar»ga muvofiq amortizatsiya quyidagi usullardan birini qo’llash orqali hisoblanishi mumkin:
- amortizatsiyani teng maromli (to’g’ri chiziqli) hisoblash;
- bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash(ishlab chiqarish usuli);
- ikki barobar amortizatsiya me‘yori bilan qoldiqni kamaytirish usuli
(kamayib boruvchi qoldik usuli);
- yillar summasi usuli (kumulyativ usul).
Bir maromli (to’g’ri chiziqli) usul deb tugatish qiymati ayrilgan asosiy vositalar ob‘ekti qiymatini davrlar bo’yicha foydalanish muddati davomida teng nisbatda hisoblash usuliga aytiladi. Amortizatsiya me‘yori o’zgarmaydi. Amortizatsiya summasi quyidagi formula bo’yicha hisoblanadi:14
Tugatish qiymati ahamiyatga molik summani tashkil etmasa, uni hisobga
olmasa ham bo’ladi. Misol. ,,O‘zbektelekom AK Andijon filialidagi kompyuter qiymati 500 ming so’m, tugatish qiymati 30 ming so’m, xizmat muddati 5 yil. To’g’ri chiziqli usulga muvofiq mazkur misolda har yilgi amortizatsiya 100 : 5 = 20% ni yoki 94 ming.so’mni tashkil etadi (500 000 - 30 000) : 5 = 94 000 so’m.
5 yil davomida amortizatsiya hisoblashni quyidagicha aks ettirish mumkin:
Asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning bir maromli (to’g’ri chiziqli) usuli
Binobarin, amortizatsiya hisoblashning berilgan usulida uning summasi foydalanish muddati davomida bir hil bo’ladi, jamg’arilgan eskirish bir tekisda oshib boradi, qoldiq qiymati esa, baholangan tugatish qiymatiga yetguncha – bir tekisda kamayib boradi.Bajarilgan ishlar hajmiga mutanosib ravishda amortizatsiyani hisoblash (ishlab chiqarish) usuli har yilda asosiy vositalarning bajargan ishini hisobga olishga asoslangan.Mazkur usul bo’yicha har yillik eskirish miqdorini hisob-kitob qilish uchun butun foydalanish muddatidagi umumiy baholangan jami bajariladigan ish hajmini va muayyan yildagi bajarilgan ish hajmini bilish lozim. Ishlab chiqarish sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot, ishlangan soatlar miqdori va hokazolar olinishi mumkin.
Jadvallardan ko’rinib turibdiki, amortizatsiya hisoblashning oxirgi ikkita usulida asosiy vositalardan foydalanish muddatining boshida hisoblangan amortizatsiya ajratmalari ob‘ekt xizmat muddatining oxirida hisoblangan amortizatsiya qiymatidan sezilarli darajada kattadir. Ushbu usullar ishlab chiqarishga mo’ljallangan asosiy vositalarning amortizatsiyasini hisoblash uchun
qo’llaniladi, chunki mazkur vositalar ulardan foydalanishning birinchi yillarida
samaraliroq ishlaydi va ularning ta‘miriga harajatlar unchalik katta bo’lmaydi.
Keyingi yillarda amortizatsiya harajatlari kamayadi, ta‘mirlash harajatlari esa
odatda oshib boradi. Amortizatsiya hisoblashning tanlangan usuli korxonaning hisob siyosati bilan belgilanishi va bir hisobot davridan boshqasigacha yil davomida o’zgarmagan holda ketma-ket qo’llanilishi lozim.15