Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi kirish, ikkita bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
I bob. Asosiy vositalarni turkumlash va amortizatsiyasi (eskirishi) hisobi
1.1. Asosiy vositalarni turkumlash va baholash
O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonunning 4-moddasida «Asosiy va joriy aktivlar, majburiyatlar, xususiy kapital, zahiralar, daromadlar va xarajatlar, foyda, zararlar hamda ularning harakati bilan bog’liq xo’jalik operatsiyalari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridir»- deb ko’rsatib o’til-gan.
Buxgalteriya hisobini ob’ektlaridan biri hisoblanuvchi aktivlarni korxona faoliyatida ishlatish yoki foydalanish muddati nuqtai nazardan ikkita yirik guruhga ajratish mumkin:
Bir yildan ortiq muddat mobaynida foydalaniladigan aktivlarni «uzoq muddatli aktivlar» deb aytiladi va ular tarkibiga moddiy va nomoddiy aktivlar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |