Mavzu: Asosiy vositalar tahlili va uni takomillashtirish Reja: Kirish


Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobini tashkil etishning metodologik asoslari



Download 0,54 Mb.
bet3/9
Sana30.06.2022
Hajmi0,54 Mb.
#718422
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Asosiy vositalar tahlili va uni takomillashtirish

2.Asosiy vositalarning buxgalteriya hisobini tashkil etishning metodologik asoslari
Asosiy vositalarning kelib tushishi hisobi haqida gapiradigan bo‘lsak, asosiy
vositalar quyidagilar natijasida korxona balansiga kiritiladi:
- oldi-sotdi shartnomasi bo’yicha ob‘ektni sotib olish;
- ustav kapitaliga ta‘sischi ulushi ko’rinishida kelib tushishi;
- tekinga kelib tushish (hadya shartnomasi bo’yicha);
- ayirboshlash;
- tovar-moddiy zaxiralar tarkibidan o’tkazish;
- uzoq muddatli ijara (lizing) shartnomasi bo’yicha olish;
Asosiy vositalarning har qanday kelib tushishiga korxona rahbari buxgalter
boshchiligida tashkil etilgan komissiya tomonidan qabul qilish-topshirish
dalolatnomasini tuzadi, unda ob‘ektning tavsifi, joylashgan joyi, olish manbasi,
chiqarilgan yoki qurilgan yili, foydalanishga topshirish sanasi, ob‘ektning sinov
natijalari, uning texnik talablarga muvofiqligi va hokazolar ko’rsatiladi. Ushbu
dalolatnoma asosida har bir ob‘ektga inventar varaqasi rasmiylashtiriladi yoki
inventar daftarida qayd etiladi. Asosiy vositalarning korxona ichida harakatlanishi
yukxatlar bilan rasmiylashtiriladi. Asosiy vositalardan foydalanish joylarida asosiy
vositalarning inventar ro’yxatlari yuritiladi.Yurtboshimiz ta‘kidlab o‘tganlaridek, ―2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishdagi Harakatlar strategiyasining amalga oshirilishi O’zbekiston Respublikasining mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash, rivojlangan bozor iqtisodiyotiga asoslangan huquqiy demokratik davlat, kuchli fuqarolik jamiyatni barpo etish, qonun ustuvorligini, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlat chegaralarining daxlsizligini, jamiyatda millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta‘minlash yo’lidagi shaxdam harakatlariga yangi kuch bag’ishlaydi.Asosiy vositalar sifatida kapital qo’yilmalar hisobi 0810 «Tugallanmagan qurilish» va 0820-«Asosiy vositalarni xarid qilish» hisobvarag’larida yuritiladi.Ushbu hisobvarag’lar debetida asosiy vositalarni qurish, xarid qilish, yetkazib berish, montaj qilish va sozlash xarajatlari to’planadi. Ob‘ekt foydalanishga tayyor bo’lganidan keyin xarajatlarning umumiy summasi 0810- 0820-hisobvarag’lar kreditidan 0110-0199-hisobvarag’lar debetiga hisobdan chiqariladi.5
Asosiy vositalar qurilishi pudrat yoki xo’jalik usullarida amalga oshiriladi.
Pudrat usulida qurilishni amalga oshirganda qurilish tashkiloti tomonidan taqdim
etiladigan va buyurtmachi tomonidan imzolanadigan bajarilgan qurilish ishlari
dalolatnomasi summasiga buyurtmachi quyidagi yozuvni amalga oshiradi:
D-t 0810-«Tugallanmagan qurilish»
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schotlar» hisobvaraqni to’lagan paytda: D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schotlar» K-t 5110-«hisob-kitob schoti» Ta‘sischilar tomonidan korxonaning ustav kapitaliga (fondiga) ulush sifatida
kiritilgan asosiy vositalar kirimi quyidagicha aks ettiriladi: D-t 0110-0199 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvarag’lar K-t 4610-«Ustav kapitaliga ta‘sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi». Bepul olingan asosiy vositalar quyidagicha rasmiylashtiriladi: D-t 0110-0199 Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvarag’lar K-t 8530-«Tekinga olingan mulk».
Asosiy vositalarning eskirishi (amortizatsiya) va qayta baholash hisobi.
Asosiy vositalar ob‘ektlarining eskirishi – ularning fizik sifatlari yoki xususiyatlari
yo’qolib borishining va to’zib borishining, buning oqibatida esa qiymat yo’qolib
borishining qiymat ko’rsatkichidir. Shuning uchun har bir korxona asosiy
vositalarni xarid qilish va eskirganlarini tiklash uchun zarur mablag’larni
jamg‘arishni ta‘minlashi kerak.Asosiy vositalarning eskirishi bilan amortizatsiya o‘rtasida mustahkam aloqa bor. Biroq ular bir xil tushunchalar emas. Eskirish asosiy vositalardan foydalanish vaqtida ularning texnik ishlab chiqarish xossalarini asta-sekin yo‘qotish jarayonini aks ettiradi. Eskirish amortizatsiyaning dastlabki shart-sharoitidir.Amortizatsiya (lotincha amortisatio – qoplash) baholangan xizmat muddati davomida aktivning amortizatsiyalanayotgan qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot, bajarilayotgan ishlar, ko’rsatilayotgan xizmatlarga muntazam ravishda taqsimlash va o’tkazish ko’rinishida eskirishning qiymat ifodasidir. Har bir ob‘ektga eskirishni hisoblash har oyda amalga oshiriladi. Amortizatsiya qiymati korxona xarajatlariga to’liq o’tkazilganda asosiy vositalarning bundan keyin foydalanishda bo’lish davri uchun eskirish hisoblanmaydi (eskirish boshlang’ich qiymatning 100% dan oshishi mumkin emas).Quyidagi asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblanmaydi: yer uchastkalari va tabiatdan foydalanishga doir boshqa ob‘ektlar (suv, yer osti boyliklari va boshqa
tabiiy resurslar), mahsuldor chorva mollari; kutubxona fondi, muzey qimmatliklari,
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda konservatsiyalashga o’tkazilgan asosiy
vositalar, arxitektura yodgorliklari; umumiy foydalanishdagi avtomobil yo’llari,
yo’laklar, sayilgohlar, xiyobonlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida
bo’lgan obodonlashtirish inshootlari, qiymati ilgari to’liq chegirilgan mol-mulk,
asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tarkibiga o’tkazilmagan kapital
qo’yilmalariga.6
Soliq solish maqsadida amortizatsiya hisobi respublikaning soliqqa oid qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Jadallashtirilgan usulda hisoblangan
amortizatsiya summasi bilan soliq qonunchiligida belgilangan me‘yorlar bo’yicha
hisoblangan amortizatsiya summasi o’rtasidagi farq O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 146-moddasi 4-bandiga muvofiq joriy davrda soliq solinadigan
bazadan chegirmasdan xarajatlar tarkibida, ammo keyingi davrlarda soliq
solinadigan bazadan chegirgan holda xarajatlar tarkibida aks ettiriladi.10
1-jadvalda keltirilgan asosiy vositalarga amortizatsiya hisoblashning
normalaridan barcha turdagi korxonalar o‘zining balansidagi asosiy vositalariga
amortizatsiyasi hisoblashda keng qo‘llaniladi. Yangi kelib tushgan asosiy vositalar
bo’yicha eskirish, foydalanish boshlangan oydan keyingi oyning birinchi kunidan
boshlab hisoblanadi, chiqib ketgan ob‘ektlar bo’yicha eskirish esa chiqib ketish
oyidan keyingi oyning birinchi kunidan boshlab to’xtatiladi.
1-rasm


Download 0,54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish