Mavzu: Asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta,minlanish va qurollanich ko,satkichlarining tahlili



Download 13,92 Kb.
Sana26.04.2022
Hajmi13,92 Kb.
#584221
Bog'liq
Hujjat (6)


MAVZU: Asosiy ishlab chiqarish vositalari bilan ta,minlanish va qurollanich ko,satkichlarining tahlili

Xo’jalikning asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanish ko’rsatkichlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:


1.Fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyenti– bu ko’rsatkich asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatini (AIF) qishloq xo’jalik yerlari maydoni (M) hajmiga bo’lish orqali aniqlanadi. Energetik resurslar bilan ta’minlanish koeffisiyenti (ET) – bu xo’jalikdagi mavjud energetik resurslar quvvatlarining (ot kuchi hisobidagi) (EQ) jamini qishloq xo’jalik yerlari maydoniga(M) bo’lish orqali aniqlanadi
Ushbu ko’rsatkich 1 gektar hisobiga to’g’ri keladigan energetik resurslar quvvatini ifodalaydi..
Xo’jalikning asosiy ishlab chiqarish fondlari bilan ta’minlanish koeffisiyentining tahlilini uslubiga to’xtalamiz
Hisobot yilidagi fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyentidan bazis yilidagi ta’minlanish koeffisiyentini chegirish orqali uning umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
Ushbu o’zgarishga qishloq xo’jalik yerlari maydoni hajmi o’zgarishining ta’siri:
Fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyentining o’zgarishiga asosiy fondlarning o’rtacha yillik hajmi o’zgarishining ta’siri:
Ushbu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi fondlar bilan ta’minlanish koeffisiyentining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak..
. Asosiy ishlab chiqarish vositalaridan foydalaish ko,satkichlarini hisoblash va tahlili qilish usullari
Asosiy fondlaridan foydalanish samaradorligi Fond kaytimi, Fond sigimi va Fond rentabelligi ko’rsatkichlari bilan ifodalanadi.
1. Fond qaytimi (FQ) – bu yalpi mahsulot hajmini (YM) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga (AIF) nisbati tariqasida aniqlanadi:
2. Fond sig’imi (FS) – fond qaytimini aksini ifodalovchi ko’rsatkichdir:
Bu ko’rsatkich 1 so’mlik yalpi mahsulot hajmiga to’g’ri keladigan asosiy ishlab chiqarish fondlari summasini bildiradi.
3. Fond rentabelligi (FR) – sof foydani (SF) asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik hajmiga (AIF) bo’lish orqali aniqlanadigan ko’rrsatkich:
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining tahlili solishtirish va zanjirli bog’lanish usullari yordamida amalga oshiriladi.
Asosiy fondlardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlarining har-bir turi bo’yicha hisobot yilidagi ko’rsatkichini bazis yilidagisiga solishtirib o’zgarishi aniqlanadi, so’ngra o’zgarishning sabablari topiladi. Omillar ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» yoki «Indeks» usullaridan foydalanib, aniqlash mumkin.
Biz asosiy fondlardan foydalanish samaradorligining tahlilini uning asosiy ko’rsatkichi bo’lgan fond qaytimi misolida ko’rib chiqamiz.
Hisobot yilidagi fond qaytimini bazis yilidagi fond qaytimiga solishtirib, uning umumiy o’zgarishi (oshgan yoki kamayganligi) aniqlanadi:
bunda, AIF0, AIF1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymati (hajmi);
YaM0, YaM1 – mos holda bazis va hisobot yillaridagi yalpi mahsulot qiymati (hajmi).
Bu o’zgarish ikki omil hisobiga sodir bo’ladi:
1. Asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik hajmining o’zgarishi;
2. Yalpi mahsulot hajmining o’zgarishi.
Fond qaytimining o’zgarishiga omillarning ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib aniqlaymiz. Omillarning ta’sirini aniqlashdan oldin «Shartli fond qaytimi» ko’rsatkichini aniqlab olish zarur. Buni aniqlash uchun bazis yilidagi yalpi mahsulot hajmini hisobot yilidagi asosiy ishlab chiqarish fondlarining o’rtacha yillik qiymatiga bo’lish kerak:
Fond qaytimining o’zgarishiga birinchi omilning, ya’ni asosiy fondlar hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli fond qaytimi ko’rsatkichidan bazis yilidagi fond qaytimi ko’rsatkichini chegirib tashlash kerak:
Fond qaytimining o’zgarishiga ikkinchi omilning, ya’ni yalpi mahsulot hajmi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun hisobot yilidagi fond qaytimi ko’rsatkichidan shartli fond qaytimi ko’rsatkichini chegirib tashlash kerak:
Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi fond qaytimining umumiy o’zgarishiga teng kelishi shart. Shu hisob-kitoblardan so’ng fond qaytimi dinamikasining o’zgarishiga xulosa qilinadi, uni oshirish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi kerak. Asosiy vositalar va ulardan foydalanish darajasi o’zgarishining ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga ta’sirining tahlili.
Ishlab chiqarish hajmining oshishi ko’p jihatdan asosiy vositalar bilan ta’minlanish va ayniqsa, ulardan foydalanish darajasiga bevosita bog’liq bo’ladi. Ushbu bog’liqlikni quyidagicha ifodalash mumkin:
MH=AIF · FQ
bu yerda, MH – mahsulot hajmi (yalpi mahsulot, sof mahsulot hajmlari);
Ushbu formuladan ko’rinib turibdiki, mahsulot hajmi asosiy ishlab chiqarish vositalarining o’rtacha yillik hajmi bilan fond qaytimi ko’rsatkichlari ko’paytmalarining yig’indisiga teng.
Demak, ishlab chiqarilgan yalpi mahsulot (sof mahsulot) hajmining o’zgarishiga shu ikki birlamchi omil ta’sir qiladi:
1. Asosiy fondlar hajmining o’zgarishi;
2. Fond qaytimi darajasining o’zgarishi.
Ushbu omillarning ta’sirini «Zanjirli bog’lanish» usulidan foydalanib aniqlaymiz. Buning uchun birinchi navbatda, quyidagi 3 ta bog’lanish ko’rsatkichi aniqlab olinadi:
I. AIF0 x FQ0 – bazis davridagi mahsulot hajmi
II. AIF1 x FQ0 – shartli mahsulot hajmi
III. AIF1 x FQ1- hisobot davridagi mahsulot hajmi.
III-bog’lanishdan I-bog’lanish ko’rsatkichini ayirish orqali mahsulot hajmining umumiy o’zgarishi aniqlanadi:
Shundan keyin yalpi mahsulot hajmining o’zgarishiga omillarning ta’siri aniqlanadi.
Yalpi mahsulot hajmining o’zgarishiga 1-omil – «asosiy ishlab chiqarish fondlari hajmi o’zgarishi»ning ta’sirini aniqlash uchun shartli yalpi mahsulot hajmidan (II-bog’lanishdan) bazis yilidagi yalpi mahsulot hajmini (I-bog’lanishni) chegirib tashlash kerak:
2-omil fond qaytimi o’zgarishining ta’sirini aniqlash uchun haqiqiy yalpi mahsulot hajmidan (III-bog’lanishdan) shartli yalpi mahsulot hajmini (II-bog’lanishni) chegirib tashlash kerak:
Shu ikki omil ta’sirlarining yig’indisi yalpi mahsulot hajmining umumiy o’zgarishiga teng kelishi kerak. Tenglik ma’lum bo’lgandan keyin omillar ta’siriga baho berilib, xulosa qilinadi.
Download 13,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish