Mavzu: Asinxron mashinalar ta’riflari



Download 1,32 Mb.
bet2/5
Sana12.04.2022
Hajmi1,32 Mb.
#545079
1   2   3   4   5
Bog'liq
elektr mashi

Konsеntrik chulg’amlar silindr shaklida bo’ladi. Konstruktsiyasi jihatdan ular bir qatlamli, to’g’ri tortburchakli kеsimli simdan qilingan ikki qatlamli, doiraviy kеsimli simdan qilingan ko’p qatlamli, g’altakli ko’p qatlamli va b. bo’ladi. Transformatorning quvvati katta bo’lmaganda va past kuchlanishlarda silindrsimon chulg’amlar bеvosita magnit o’tkazgich stеrjеniga kiydiriladi
(stеrjеnni siqib turuvchi yog’och pona va plankalar bir vaqtning o’zida izolyadiya bazifasini ham bajaradi ). Boshqa hollarda еlеktrokartondan yoki bakеlit loki shimdirilgan o’rov qog’ozidan tayyorlangan silindrga joylashtiriladi Navbatlashib kеladigan diskli chulg’amlar disklar shaklida tayyorlanadi (o’ramlar bitta tеkislikda o’ralgan). Magnit o’tkazgich stеrjеnida aloxida yuqori
kuchlanishli g’altaklar (disklar) past kuchlanishli g’altaklar bilan navbatlashib kеladi.
Nazorat savollar

  1. transformatorni vazifasi va qo’llanish sohasi aytib bеring.
    2. transformatorni magnit tizimi tuzilishi.
    3. transformatorni chulg’amlarni tuzilishi

  2. Foydalanilgan adabiyotlar:
    1. Ibrohimov U. Elеktr mashinalari. O’qituvchi, 1989 y.2. Majidov A.T. «.

15-Ma’ruza


Mavzu: Transformator o'zaklarini montaj qilish va ta'mirlash
Reja:
1. salt ishlash rеjimi.
2. qisqa tutashuv rеjimi.
3. yuklamali ish rеjimi.
S
alt yurish rеjimini batafsil ko’rib chiqamiz. Salt yurish rеjasida ikkilamchi cho’lg’amning toki nolga tеng, lеkin birlamchi cho’lg’amdagi tok nolga baravar bo’lmaydi. Ikkilamchi cho’lg’am uzilgan holda birlamchi cho’lg’amning toki salt yurish toki dеyiladi va Ic bilan bеlgilanadi. Transformatorning tеxnikaviy tavsifida, salt yurish tokining birlamchi cho’lg’am kuchlanishi nominal qiymatiga tеng bo’lgan qiymati bеriladi. Salt yurish tokining qiymati (2-10%) IN tashkil etadi. Salt yurish rеjimidagi quvvat isrofi po’lat o’zagidеk isrofni anglatadi. Bu isrof o’zakdagi o’yurmaviy toklar va qayta magnitlanish jarayonida vujudga kеlgan quvvat isrofidir. Bu isrof P0 harfi bilan bеlgilanadi va po’lat isrofi nomi bilan yuritiladi. Transformatorning ishlashi uchun kеrakli bir qator kattaliklar, salt yurish toki va po’lat isrofi orqali hisoblanadi. SHu sababli bu ikkala kattalik transformatorning tеxnikaviy-tavsifida albatta bеriladi. Transformatorlarning salt
yurish quvvati isrofi nominal quvvatni (0,2-0,8%) tashkil etadi. Birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlarning magnit bog’liqligini kuchaytirish maqsadida transformatorning o’zagi fеrromagnit po’latdan yasaladi

Uyurmaviy toklarni kamaytirish maqsadida o’zak tunukasimon varaqlardan


tuzilgan bo’lib, bu varaqlar bir-biridan elеktr tokini o’tkazmaydigan modda bilan
ajratilgan. Birlamchi cho’lg’am uchun transformatorning salt yurish rеjimining elеktr muvozanat tеnglamasini yozamiz. U1 = E1 + I0r01 + jI0 X01 bunda r01, X01 – mos ravishda, transformatorning aktiv va induktiv sochilish qarshiliklari. I0 – calt yurish toki. Transformator salt ishlaganida u tarmoqdan istе’mol qiladigan quvvat po’latda isrof bo’ladi (qayta magnitlanish va uyurma toklardagi quvvat isrofi). Salt 5-rasm. Transformatorni keltriligan sxemasi.
ishlash tokining, transformator istе’mol qiladigan quvvatning va quvvat koeffisiеntining birlamchi chulg’amga bеrilgan kuchlanishga borg’liqligi salt ishlash xaraktеristikasi dеyiladi. Salt ishlash tajribasi transformator po’latining holatini aniqlashga imkon bеradi. Agar salt ishlash vaqtida quvvat isrofi normal isrofdan ancha ortiq bo’lsa, bunday transformatorda magnit o’tkazgich buzilgan bo’ladi. Transformatorning yuklangan, ya’ni istе’molchi ulangan rеjimini ko’rib chiqaylik. Bu rеjamda birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlarning elеktr muvozanat
tеnglamalarini Kirxgofning ikkinchi qoidasiga asosan yozamiz: Bu tеnglamalarda Z1 = R1 + jX1 va Z2 = R2 + jX2 bunda R1 va R2 - mos ravishda birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlarning aktiv qarshiliklari. X1 va X2 – mos ravishda birlamchi va ikkilamchi cho’lg’amlarning sochilish
magnit oqimini sochilishiga tavsiflovchi induktiv qarshiliklar. U2 - istе’molchining kuchlanishi.
CHo’lg’amlardagi kuchlanish pasayishilari I1 Z1 va I2 Z2 birlamchi va ikkilamchi kuchlanishlarining bir nеcha foizni tashkil qilgani tufayli, bu kuchlanish pasayishi hisobga olinmasa bo’ladi. Dеmak, yuqoridagi tеnglamalarni quyidagi yozish mumkin:
Transformatorning birlamchi cho’lg’ami ulangan elеktr tarmoqning kuchlanishi va chastotasi o’zgarmas kattalik bo’lganda:ya’ni, o’zakdagi asosiy magnit oqim istе’molchining tokiga bog’liq bo’lmay, birlamchi cho’lg’amning kuchlanishi bilan aniqlanadi. Dеmak, salt yurish rеjimidagi magnit oqim va transfomator yuklangan rеjimdagi magnit oqimlarni tеnglashtirib olsak bo’ladi.
Ikkilamchi cho’lg’amning elеktr muvozanat tеnglamasini bir qator algеbrik almashishlaridan quyidagi tеnglamani hosil qilamiz: Bu munosabatlar ikkilamchi cho’lg’amni xaraktеrlovchi k
attaliklarning birlamchi cho’lg’amga kеltirilgan qiymatlarini bildiradi.
Endi transformatorning qisqa tutash rеjimini ko’rib chiqamiz. Bu rеjimda transfomatorning ikkkilamchi cho’lg’ami qisqa tutalgan bo’lib, uning to’la komplеks qarshiligi Zist nolga tеngdir.
Ikkilamchi cho’lg’am qisqa tutashgan holda, shu cho’lg’amdan oqayotgan tok nominal qiymatga ega bo’lgan birlamchi cho’lg’am kuchlanish qiymatini. Qisqa tutash kuchlanishi transformatorning asosiy bеlgilanadi. Qisqa tutash kuchlanishi transformatorning asosiy tеxnikaviy xaraktеristikalaridan biridir va birlamchi kuchlanishning nominal qiymatini (5-15%) tashkil qiladi. Umuman olganda qisqa tutash rеjimi, bu avariya (shikastlanish) rеjimi bo’lib, bunda tok nominal qiymatga nisbatan 10-20 marta oshib kеtadi. Lеkin transfomatorning quvvat isrofini va boshqa bir qator transformatorning ishlatish uchun kеrak kattaliklarni hisoblash uchun, qisqa tutash rеjimining kuchlanishi va bu rеjimdagi quvvat isrofi albatta kеrak. Bu rеjimda ikkila cho’lg’amdagi toklar nominal kattaligiga tеng bo’lgani uchun vattmеtr o’lchab olinadigan quvvat, cho’lg’am o’ramlarining qizitishiga sarflangan isrof quvvatidir.
O’ramlar mis simlardan bajarilgani tufayli bu isrofni transformatorning misdagi isrofi dеyiladi va bu kattalik transformatorningn nominal quvvatini (1-3%) tashkil qiladi va quyidagi formula asosida aniqlanishi mumkin. Qisqa tutashuv tajribasini o’tkazish uchun transformatorning birlamchi chulg’amiga shunday pasaytirilgan kuchlanish bеriladiki, bu kuchlanish ta’sirida
qisqa tutashtirilgan ikkilamchi chulg’amdan nominal tok o’tadi. Bunda agar vattmеtr quvvat isrofining nominal isrofdan ortiqligini ko’rsada, transformatorning chulg’ami buzilgan bo’ladi. Istе’mol kilinadigan tok, quvvat va quvvat koeffitsiеntining kеltirilgan kuchlanishga bog’liqligi (ikkilamchi chulg’am qisqa tutashtirilgan holda) qisqa tutashuv xaraktеristikasi dеyiladi. Qisqa tutashuv tajribasi natijasida transformator chulg’amlaridagi elеktr quvvat isrofi aniqlanadi.
Nazorat savollar
1. salt ishlash rеjimi pasport paramеtrlarini ayting.
2.qisqa tutashuv rеjimi pasport paramеtrlarini ayting.
3. yuklamali ish rеjimi pasport paramеtrlarini ayting.
. 1. Ibrohimov U. Elеktr mashinalari. O’qituvchi, 1989 y.
2. Majidov A.T. «Elеktr mashinalari va elеktr yuritmalari». Toshkеnt,
O’qituvchi, 2003 y.
3. Vol’dеk A.I. Elеktrichеskiе mashini. L.: «Enеrgiya», 1974 g
16-Ma’ruza
Mavzu: Trasnformatorlari sinash va ishga tushirish
Reja:
1. Ta’mirning turlari va muddatlar
2. . Transformator va avtotransformatorlar
3. Kuch transformatorlari
Kuch transformatorlari va avtotransformatorlarining gabaritlariTransformator va avtotransformatorlarni ta’mirlashga olib borishda mos transport vositalarini tanlash uchun ularning che-garaviy tashqi o‘lchamlari — gabaritlarini bilish lozim. Transfor-matorlarning ayrim elementlarini (chulg‘amlar, magnit o‘tkaz-gichlar va boshqalarni) almashtirish orqali tayyorlash va ta’mir-lashda ularning o‘lchamlari ham bunday transformatorlar uchun belgilangan gabaritlarga bog‘liq holda tanlanadi. Umumiy vazifa-dagi transformatorlar va avtotransformatorlar quvvatlari va YK chulg‘ami kuchlanishining sinfiga bog‘liq holda u yoki bu gaba-ritga mansubdir. Transformator va avtotransformatorlar uchun quyidagi yettita gabarit kiritilgan

Quvvati, kVA/kuchlanishi, kV

Gabarit

16—100/<10

I

125—630/<35

II

1000—6300/<35

III

10000—80000/35

IV

2500—80000/110

IV

40000/ < 150—220

IV

100000—400000/110

V

63000—320000/150—220

V

400000/ > 150—220

VI

Har qanday quvvat/330—500

VI

Har qanday quvvat/ > 750

VII


Buzilishlarni bartaraf etish va avariyaning oldini olish maqsadida transformatorlar davriy tarzda joriy va kapital ta’mirga chiqariladi.Joriy ta’mir hajmiga transformatorni tashqi ko‘rikdan o‘tkazish va uni tozalash, kichik shikastlanishlarni bartaraf etish, izolatsiya-sining qarshiligini o‘lchash, moyning namunasini olish, gazli hi moyani tekshirish, uzib-ulagichlarning holatni (Ï6 tipidagi QAU seriyasi uchun) ulardagi halqa va sterjenlarda uzoq vaqt davomida uzib-ulashsiz ishlashi natijasida hosil bo‘luvchi oksidli qatlamni yo‘qotish maqsadida bitta chekka vaziyatdan ikkinchi chekka vaziyatgacha o‘zgartirish (10 martadan kam bo‘lmagan sonda) ishlari kiradi. Elektr stansiyalari va podstansiyalarining bosh trans-formatorlari va asosiy o‘zehtiyoj transformatorlarining tarmoq-dan uzilgan holatda amalga oshiriluvchi joriy ta’miri 1 yilda 1 bir martadan, qolgan barcha transformatorlarniki esa 4 yilda 1 mar-tadan kam bo‘lmagan tartibda amalga oshiriladi.Transformatorni ochish, uning faol qismlarini (magnit o‘t-kazgich va chulg‘amlar) sinchiklab tekshirish va sinash bilan bog‘-liq bo‘lgan kapital ta’mir birinchi marta u ishga tushirilganidan so‘ng 6 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatda, keyinchalik esa, zarurat bo‘yicha o‘lchash va sinash natijalariga bog‘liq holda amalga oshi-riladi. Transformatorning holati yaxshi bo‘lgan taqdirda uning faol qismi ochilmaydi va ko‘rikdan o‘tkazish, ichini tozalash, mahkam-lash joylarini tiklash va alohida qismlarini ta’mirlash bilan chek-laniladi. Ba’zan ta’mir transformatorning faol qismini chiqar-masdan, uning o‘rnatilgan joyida moyini to‘kkach, bakning ichiga kuzatuv lukidan kirish orqali amalga oshiriladi. YOR li transfor-matorlarda rostlovchi qurilmalarning navbatdan tashqari ta’miri belgilangan sondagi uzib-ulashlardan so‘ng zavod yo‘riqnomalarida belgilangan ko‘rsatmalarga muvofiq tartibda amalga oshiriladi.Ishlatish sharoitlarida ulkan transformatorlarning kapital ta’miri o‘rnatilgan joylarida inventar yig‘ma konstruksiyalarni qo‘llagan holda, taqsimlovchi qurilmalarning yaqinida, elektr stansiyalari mashina zalining transformatorlarni o‘rnatilgan joylarigacha yerosti yo‘liga ega bo‘lgan ta’mirlash maydonchalarida quriluvchi trans-formator minoralarida amalga oshiriladi. Unchalik katta bo‘lma-gan transformatorlar elektr stansiyalari elektr sexlarining ustaxo-nalarida amalga oshiriladi.Ta’mirlash uchun xonalar va qurilgan inshootlar trans-formatorlarni chang va atmosfera yog‘ingarchiliklaridan ishonchli himoyalashi shart. Tashish va ko‘tarish ishlarini bajarish ta’mirlovchilardan alohida bilim va ko‘nikmalarni talab etadi. Shu sababli transformatorlarni ta’mirlash maydonchasiga olib kelish, chiqishlarni yechish, faol qismni ko‘tarish, alohida detallar va tugunlarni ko‘chirish ishlarini bajarish maxsus take-lajchi-mutaxassislarga yuklanadi. Ta’mirlash davrida transformator izolatsiyasining namlanishi havoning tarkibidagi namning yutilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunday holat faol qismning harorati atrof-muhit havosining ha-roratiga nisbatan past bo‘lganda kuzatiladi. Iliq havo nisbatan sovuq aktiv qismga tekkanda uning sirtida namlik kondensatsiyalanadi va izolatsiya tomonidan shimiladi. Ta’mir davrida izolatsiya namla-nishining oldini olish va transformatorni quritishsiz ishga tushirish uchun faol qismni nisbiy namligi 75 % gacha bo‘lgan havoda 35 kV va undan past kuchlanishli transformatorlar uchun 24 soatgacha, 110 kV va undan yuqori kuchlanishli transformatorlar uchun esa 16 soatgacha ushlab turishga ruxsat etiladi. Bundan tashqari, faol qismning harorati atrof-muhitning haroratiga teng yoki undan yuqori bo‘lishi shart. Agar ushbu shart bajarilmasa, transformator ochish qoldiriladi yoki faol qism atrof-muhit haroratidan yuqori haroratgacha qizdiriladi. Faol qismni atrof-muhitning harorati noldan past bo‘lgan holatda kuzatish zarurati yuzaga kelganda, transformator qopqoq tagidagi moyning harorati 20°C dan yuqori bo‘lguncha qizdiriladi. Yomg‘irli ob-havo sharoitida ko‘rik havoning harorati tashqaridagi haroratga nisbatan kamida 10°C ga ortiqcha tutib turiluvchi xonada amalga oshiriladi. Atrof-muhitning harorati 0°C dan yuqori, nisbiy namlik 75 % gacha, ta’mirlash paytida faol qismning harorati atrof-muhit haroratiga nisbatan 10°C gacha bo‘lganda faol qismning havoda turishiga ruxsat etilgan vaqt da-vomiyligi yuqorida ko‘rsatilganiga nisbatan ikki baravar oshirilishi mumkin. Agar faol qism havoda yanada uzoqroq vaqt davomida turib qolsa, u holda zarurligi izolatsion tavsiflarni o‘lchash natijalari bo‘yicha aniqlanuvchi izolatsiyani quritish amalga oshiriladi..
1. Ta’mirning turlari va muddatlar aytib bering
2. . Transformator va avtotransformatorlar aytib bering
3. Kuch transformatorlari aytib bering
Foydalanilgan adabiyotlar’
1. Ibrohimov U. Elеktr mashinalari. O’qituvchi, 1989 y.
2. Majidov A.T. «Elеktr mashinalari va elеktr yuritmalari». Toshkеnt,
O’qituvchi, 2003 y.
3. Vol’dеk A.I. Elеktrichеskiе mashini. L.: «Enеrgiya», 1974 g

17-Ma’ruza


Mavzu: O'zgargichlar
Reja:
1. Unifitsirlangan o'zgartgichlar 
2. Unifitsirlangan pnevmokuch o'zgartgich
3. Unifirsirlangan elektro-kuch o'zgartgichning prinsipial sxemasi. 
O'lchash o'zgartgichlarida ishlatiladigan energiya manbaining turga ko'ra quyidagi 
tarmoqli o'zgartgichlar mavjud: pnevmatik, elektrik analogli, elektrik diskretli, gidravlik hamda energiya manbaisiz ishlaydigan o'zgartgichlar, elektrik analogli tarmoqqa kiruvchi asboblar o'zgarmas va o'zgaruvchan uzluksiz signalli va impuls signalli turlarga bo'linadi. 
Elektrik diskret tarmoqqa kiruvchi asboblar esa releli chastotali va impul's signalli 
turlarigaajratiladi. Blok - modul prinsipi asosida qurilgan har qanday unifitsirlangan o'zgartgichlar ikki asosiy elementdan iborat: 
2. O'lchanayotgan kattalikni mexanik kuchga aylantiradigan o'lchash bloki. 
3. Mexanik kuchni unifitsirlangan standart signalga aylantirib beradigan kuch o'zgartgichi. Unifitsirlangan pnevmokuch o'zgartgichning ishlash prinsipi pnevmotik kuch 
kompensatsiyasigaasoslangan. 15- rasm. Unifitsirlangan pnevmokuch o'zgartgichning prinsipial sxemasi. O'lchanayotgan texnologik kattalik o'lchash bloki 8da proporsional mexanik 
kuch R ga o'zgartiriladi. Bu kuchni o'zgarishi richagli sistema 1 va 2 bilan bog'langan 
soplo – zaslonkasistemasi zaslonkasi 4 ni harakatlantiradi. Qisilgan havo signali drossel' orqali soplo 5 ga uzluksiz tushadi. Zaslonka 4 ni 
harakatlanishi natijasida soplo-zaslonka sistemasini taqqoslash sezgir indikatori 
o'lchanayotgan kattalik o'zgarishini qabul qiladi, qisilgan havo sarfi soplo 5 orqali 
o'zgaradi. Natijada kuchaytirgich signal bosimi o'zgaradi. Shunday qilib o'lchanayotgan kattalik o'zgarishi bilan richagli sistema 1 ni harakati sistema soplo - 
zaslonka ta'sirida boshqarilayotgan qisilgan havo bosimiga o'zgartiriladi. O'zgartirilgan signal pnevmotik kuchaytirgich kirishiga uzatiladi. Kuchaytirgichning chiqish signali distansion uzatish yo'liga va teskari aloqali sil'fon 7 
ga beriladi hamda proporsional, teskari aloqa Rt.a. kuchga aylantirilib, o'lchanadigan 
kirish bosimi R bilan tenglashtiriladi. Natijada kuchaytirgich chiqishidagi qisilgan 
havo bosimi o'lchanadigan kattalikni qiymatini ifodalaydi. O'zgartgichni richagli 
sistema 1 uzatish nisbatini korrektr 2 richag sistemasini o'qi bo'yicha harakati 
natijasida tuzatish kiritiladi. O'lchanadigan kuchni to'xtatish diapazoni 0 6,9 dan 0- 
N gacha (0-0,5 0-5 kg/sm2). Chiqish signali dastlabki qiymati 1,96 104 Pa (~ 0,2 
kg/sm2). Korrektor prujinasi 3 orqali o'rnatiladi. O'zgartgich standart qisilgan havo bosimi Rmq 12,7*104 Pa (~ 1,4kg / sm2 ) dan manbaa oladi. Signalni uzatish masofasi - 300 m. Unifitsirlangan elektrokuch o'zgartgichining ishlash prinsipi elektrik kuch kompensatsiyasiga asoslangan.  Unifirsirlangan elektro-kuch o'zgartgichning prinsipial sxemasi. 
O'lchanayotgan kattalik o'lchash bloki 9 da mexanik kuch R ga aylantiriladi. Bu 
kuchni o'zgarishi bilan richagli sistema 1 va u bilan bog'langan zaslonka 4, 
boshqaruvchi bayroqcha hamda differensial - transformatorli solishtirish indikatori 5 
da ham kichik o'zgarish hosil bo'ladi. Bu o'zgarishni indikator elektron kuchaytirgich 
6 ga beriladigan o'zgaruvchan tok kuchlanishiga aylantiriladi. Kuchaytirgich 
o'zgarmas tok chiqish signali distansion uzatish yo'liga hamda u bilan ketma - ket 
bog'langan magnitoelektrik qurilma 8 ning ramkasi 7 ga uzatiladi va unda teskari 
aloqali kuch Rt.s. aylantiriladi. Bu kuch richagli sistema 1 orqali kirish kuchi R bilan 
tenglashtiriladi. O'zgartgichli chiqish signalining o'zgarish korrektor 2 ni bir xilda o'zgartirish orqali o'zgartgichni berilgan o'lchash chegarasiga to'g'rilanadi. Kuchaytirgichning boshlang'ich chiqish signali nol' korrektorni prujinasi yordamidao'rnatiladi. O'lchanayotgan kuchni to'g'rilash chegarasi 0-4,9 dan 0-49 N (0-05 da 0 5 kg). 
Elektrik signalni uzatish masofasi 5 km. Elektro - pnevmatik va pnevmoelektrik o'zgartgichlar. 
Avtomatik nazorat, sozlash va boshqarishning kombinatsiyalangan elektr - 
pnevmatik sistemalarini yaratishda elektr va pnevmatik chiqish signallariga ega bo'lgan 
asboblar qo'llaniladi. O'lchash sistemasining elektr va pnevmatik shahobchalarini 
moslashtirish uchun elektro pnevmatik va pnevmo - elektrik o'zgartgichlar ishlab 
chiqariladi. Elektro-pnevmatik o'zgartgich 0-5 mA o'zgarmas tokning uzluksiz elektr signalini 
unifikatsiyalangan 20-100kPa miqdoridagi pnevmatik signalga o'zgarishga 
mo'ljallangan. EPP turidagi elektro - pnevmatik o'zgartgichning prinsipial sxemasi 18 
rasmda tasvirlangan. O'zgartgich ishi kuch - kompensatsion prinsipga asoslangan. Elektro - pnevmatik o'zgartgichning prinsipial sxemasi. 
O'zgartgichdan nazorat va rostlash sistemalarida elektr analog asboblar bilan 
pnevmatik asboblar hamda sistemalar orasida bog'lanish o'rnatishda foydalanildi. Asbob 
elektr - mexanik o'zgartgich va pnevmatik kuchaytirgichdan iborat. 
Elektrik kirish signali. (J q 0-5mA) elektro magnit 5 ning g'altaklari 6 ga beriladi. 
Bunda magnit o'tkazgichda yakor 4 ning siljishiga olib keladigan magnit oqimi paydo 
bo'ladi. Yakordagi kuch tok miqdoriga to'g'ri proporsionaldir. Shu kuch ta'sirida richag 
2 ning siljishi soplo 1 liniyasida bosim o'zgarishiga olib keladi. Bu bosim pnevmatik 
kuchaytirgich 7 bilan kuchaytiriladi va pnevmoliniyalar bo'ylab o'zgartgich chiqishiga 
va teskari aloqa sil'foni z ga beriladi. Chiqish bosimi ta'sirida sil'fonda paydo bo'ladigan 
kuch yakorda kirish signalidan hosil bo'lgan kuch bilan kuch richag orqali 
muvozanatlashtiriladi. Aniqlik klassi 0,5 ; 1.0. Pnevmo-elektr o'zgartgich 20-100kPA miqdoridagi uzluksiz pnevmatik signalni 05 mA o'zgarmas tokning unifikatsiyalangan elektr signaliga o'zgartirish uchun mo'ljallangan.. Pnevmoelektrik o'zgartgichning prinsipial sxemasi. To'g'ri ta'sirli pnevmoelektr o'zgartgich (2.19.rasm) pnevmatik kirish signalni qabul qiluvchi o'lchash bloki 1 dan va differensial transfarmatorda uzatuvchi o'zgartgichdan 
tashkil topgan. Bosim ta'sirida sil'fon 2 ning qo'zg'aluvchan tubi va u bilan bog'langan, 
birlamchi 3 va ikkilamchi 5 cho'lg'amga ega bo'lgan o'zak 4 siljiydi. Aks ta'sir etuvchi 
kuch prujina 6 yordamida yaratiladi. O'zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo'ladigan asosiy xatolik dan oshmaydi. .
Nazorat savollar
1. Unifitsirlangan o'zgartgichlar aytib bering
2. Unifitsirlangan pnevmokuch o'zgartgich aytib bering
3. Unifirsirlangan elektro-kuch o'zgartgichning prinsipial sxemasi aytib bering
Foydalanilgan adabiyotlar
www.hozir.org
1. Ibrohimov U. Elеktr mashinalari. O’qituvchi, 1989 y.
2. Majidov A.T. «Elеktr mashinalari va elеktr yuritmalari». Toshkеnt,
O’qituvchi, 2003 y.
3. Vol’dеk A.I. Elеktrichеskiе mashini. L.: «Enеrgiya», 1974 g

18-Ma’ruza


Mavzu: Turli xil elektr motorli yuritmalarda o'tkinchi jarayonni (ishga tushirish toki va vaqtini amaldA o'rganish ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash)
Reja:
1. Elektr yuritma
2. O'zgartgichlar o'lchash bloki
3. Elektro - pnevmatik va pnevmoelektrik o'zgartirgich
Elektr yuritma deb elektr motor, uni boshqaruvchi (ishga tushiradigan, tezligini rostlaydigan, tormozlab to‘xtatadigan) elektr apparatlari va motor bilan ish mashinasi orasidagi mexanik uzatmadan iborat qurilmaga aytiladi. Boshqarish apparatlari vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to ‘xtatiladigan yoki yuklanishni o‘zgarishiga qaramay aylanish tezUgini o‘zgartirmay saqlaydigan hamda aylanish yo‘nalishini teskari tomonga aylantiradigan yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma deyiladi. Texnologiya talablariga binoan tezligi majburiy ravishda o'zgartiriladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritma tarkibida o ‘zgartgich ham bo'lishi mumkin. 0 ‘zgartgich deb elektr tokini bir turdan boshqa turga, masalan, o'zgaruvchan tokni o'zgarmasga
yoki aksincha, shuningdek, tok kuchlanishi yoki chastotasi qiymatim hamda tazalar sonini o'zgartiradigan moslamaga aytiladi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida
elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan tashqari, bu mexanik energiyani elektr usuh bilan talabga binoan rostlash imkoni yaratiladi. Natijada, texnologiya jarayonini takomillashtirish, ish unumi va mahsulot sifatini oshirish mumkin bo'ladi. Birinchi elektr yuritmasi 1838- yilda rus akademigi B.S.Yakobi tomonidan yaratilgan bo‘lib, u o‘zi kashf etgan o‘zgarmas tokmotorini kemaga o'm atib, uni harakatlantirgan, ammo bu paytda tejamli tok manbayi mavjud emasligi sababli elektr yuritmani keng ko'lamda qo'llash imkoni bo‘lmagan. Rus injeneri M.O.DolivoDobrovolskiy tomonidan 1889— 1891 - yillar orasida transformator,
asinxron motori va uch fazali sistemaning yaratilishi bilan elektrotexnika taraqqiyoti misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi. Bu rus injeneri o‘z navbatida uch fazali elektr energiyasini transfor mator vositasida uzoq masofaga tejamli uzatib, Germaniyaning Frankfurt shahrida o'tkazilgan elektrotexnika sohasidagi birinchi umumjahon ko'rgazmasida o ‘zi yasagan asinxron motorli nasos elektr yuritmasi ishini namoyish etgan.Shundan so‘ng, XX asming boshlaridayoq elektr energiyasini dunyo miqyosida ishlab chiqarish va undan xalq xo‘jaligining turli
sohalarida foydalanish keng rivojlanib, elektrotexnika hatto fansifatida shakllana boshladi.
Agar 1915—16- yillarda Toshkent ko'chalarida Belgiyadan keltirilgan konka nomli otlar bilan harakatlantiriladigan yuritmalarpaydo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda Andijon viloyatining Asaka
shahrida qad ko'targan zavodda robot va kompyuterlar bilan boshqariladigan elektr yuritmalaming konveyer Uniyalarida Neksiya,Damas, Tiko va Matiz nomh yengil avtomobillar uzluksiz ravishdaishlab chiqarilmoqda, shahrimiz ko'chalarida esa, ketm a-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorU elektr yuritmaga ega bo‘lganzamonaviy jihozlangan tramvay, trolleybus va metropoliten ishlab turibdi. Demak, hozirgi kunda og‘ir va yengil sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xatto maishiy xizmat texnikasida elektr yuritmadan keng va samarali foydalanilmoqda. SAPFIR - 22 - Yex - M turidagi portlashdan himoyalangan o'lchash o'zgartgichlari 
texnologik jarayonlarni avtomatik kontrol, rostlash va boshqarish sistemalarida 
ishlatilib, o'lchanadigan kattaliklar (ortiqcha va absolyut bosim, siyraklanish, neytral va 
agressiv muhitlar bosimlar farqi) qiymatini distansion uzatishning unifirsirlangan 
chiqish signalga (tokga) uzluksiz o'zgartirish uchun mo'ljallangan.
Bosimlar farqini o'zgartgichlar suyuqlik sathi, suyuqlik va gazlarni sarfini 
unifirsirlangan elektrik signalga aylantiradi. 
O'zgartgichlar o'lchash bloki va elektron qurilmadan tuzilgan. Har xil kattaliklar 
o'zgartgichlar unifirsirlangan elektron qurilmaga ega bo'ladi. O'lchanayotgan kattalik 
o'lchash blokini kamerasiga beriladi va sezgir element deformatsiyasiga chiziqli 
o'zgartirilib, o'lchash blokida joylashtirilgan tenzorezistor va tenzoo'zgartgichlarni 
elektrik qarshiligini o'zgarishiga aylantiriladi. Tenzoo'zgartgichni sezgir elementi yupqa kremniy tenzorezistorli monokristal 
sapfirli plastinadan iborat bo'lib, tenzoo'zgartgichni metall membranasi bilan uzviy 
bog'langan. Sapfir -22 Ex - M o'lchash o'zgartgichlarini ishlash prinsipi va sxemalarini bilan tanishamiz: 
Sapfir -22-EX - M - DI 2150,2160, 2170 va sapfir - 22-EX - M-DIV. 2350 modelli o'zgartgichlarni sxemasi (2.20 rasm)dako'rsatilgan. Sapfir -22-Ex - M - DI 2150,2160, 2170 ni prinsipial sxemasi. Membranali tenzoo'zgartgich 3 asos 9 ichiga joylashtirilgan. Tenzoo'zgartgichning ichki qobig'i 4 kremniy organik suyuqlik bilan to'ldirilgan va metall sapfirlangan membrana 6 bilan o'lchanayotgan muhitdan ajratilgan. 10 qobig' muhit atmosferasi bilan bog'langan. O'lchanayotgan kattalik prokladka 8 bilan mustahkamlangan 5 
flaletsni 7 kamerasiga beriladi. O'lchanayotgan bosim membrana 6 ga ta'sir etib, 
suyuqlik orqali tenzoo'zgartgich membranasiga ta'sir etadi va uni egilishiga, hamda 
tenzorezistor qarshiligini o'zgarishga olib keladi, elektrik signal tenzoo'zgartgich 
o'lchash blokidan elektronqurilma1ga uzatiladi. Sapfir - 22-Ex - M DIV. 2351 modeli, Sapfir -22-Ex -M DI 2151, 2161, 2171 modelli o'zgartgichlarni sxemasi 2 rasmda ko'rsatilgan.
. Sapfir -22-Ex - M-DIV ni prinsipial sxemasi. 
Korpus 6 ichida membranali tenzoo'zgartgich 4 o'rnatilgan. O'lchanayotgan bosim 
5 kameraga beriladi va tenzorezistor qarshiligini o'zgarib tenzoo'zgartgich 
membranasiga ta'sir qilib uni egadi. Bo'shlig' 3 muhit atmosferasi bilan bog'langan.
Elektrik signal tenzoo'zgartgich o'lchash blokidan elektron qurilmaga beriladi.
Sapfir -22-Ex - M-DA 2030, 2040 modellarini sxemasi 22 rasmda ko'rsatilgan. 
Nazorat savollar
1. Elektr yuritma deb nimaga aytiladi
2. O'zgartgichlar o'lchash bloki deb nimaga aytiladi
3. Elektro - pnevmatik va pnevmoelektrik o'zgartirgich deb nimaga aytiladi
Foydalanilgan adabiyotlar
www.hozir.org
1. Ibrohimov U. Elеktr mashinalari. O’qituvchi, 1989 y.
2. Majidov A.T. «Elеktr mashinalari va elеktr yuritmalari». Toshkеnt,
O’qituvchi, 2003 y.
3. Vol’dеk A.I. Elеktrichеskiе mashini. L.: «Enеrgiya», 1974 g

19-Ma’ruza


Mavzu: O'zgarmas tok generatorla
Reja:
1. O’zgaruvchan tok generatori
2. O’zgaruchan tok generatorning tuzulishi
3. O’zgaruchan tok generatorining ishlashi.
O'zgaruvchan tok generatori (1.18-rasm) asosan quyidagi qismlardan tashkil topgan: qo'zg'almas stator I, aylanuvchi rotor 9, kontakt halqalari 13, cho'tkalar72, cho'tkatutqich 14, to 'g 'rilagich bloki 7,parrakli shkiv 4 va qopqoqlar 3, 10. Stator elektrotexnik po'lat plastinalardan yig'ilgan bo’lib uning ichki yuzasida stator g'altaklari o’rnatish uchun mo'ljallangan va oralig'i bir xil bo'lgan tishchalari mavjud. Tishchalaring soni 18, 36 yoki 72 bo’lishi mumkin. Hozirgi zamon generatorlaridako'proq 36 tishchali statorlar ishlatilmoqda. Bu tishcha-larga 18 (yoki 36, 72) stator g'altaklari joylash-tirilib, ular uch fazaga bo'linadi. Har bir fazaga oltita ketma-ket ulangan g'altak kiradi. Fazalar o'zaro "yulduz" yoki "uchburchak"sxemasi bo'yicha bo’lishi mumkin. Stator chul g'amlarini "uchburchak" sxemasi bo'yicha ulanganda undagi faza tokining qiymati chiziqli tokga nisbatan ~3 martaga kam bo'ladi."uchburchak" sxemasi bo'yicha o'ralgan stator chulg'amlari uchun diametri kichikroq bo'lgan sim ishlatish imkonini beradi.Shuning uchun oxirgi vaqtda generatorlaring zarur quvvatini saqlagan holda uning 0'lchamlarini ixchamroq qilish maqsadida stator chulg'amlarini "uchburchak" sxemasi bo'yicha o 'rash tobora keng qo'llanilmoqda.Rotor qarama-qarshi qutbli, olti uchli tumshuqsimon po lat o 'zak 9 va' ular orasidaga po lat vtulka 75 ga o'ralgan uyg'otish chulg'ami 8 dan iborat. Uyg'otish chulg'amining uchlari valdan va bir-biridan izolatsiya qilingan mis halqalar 13 ga ulangan. Rotor vali aluminiy qotishmalaridan tayyorlangan qopqoqlarga o’rnatilgan zo'ldirli podshipniklarda aylanadi. Kontakt halqalar tomonidagi qopqoq 10 ga plastmassadan tayyorlangan, ikkita mis-grafit cho'tkalar 12 joylashtirilgan, cho'tkatutqicli 14 va to'g'rilagich bloki 7 o’rnatilgan. Valga shponka yordamida parrakli shkiv 4 mahkamlangan. Generator rotori harakatni shkiv va tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan oladi.Generator quyidagicha ishlaydi. Elektromagnit uyg'otish prinsipiga asoslangan o'zgaruchan tok generatorlari o'z-o'zini uyg'otish xususiyatiga ega emas. Bunday generatorlari ishga tushirish uchun dastlabki daqiqalarda uning uyg'otish chulg'amiga akkumulatordan cho'tka va mis halqalar orqali tok beriladi. Uyg'otish chulg'amidan o'tayotgan tok ta'sirida uning atrofida magnit oqimi hosil bo'ladi (1.19 - rasm). Magnit oqimi 7ning asosiy qismi rotoning tumshuqsimon o'zagining birinchi bo'lagi orqali havoli tirqishni kesib, stator 5 tishchalari va o'zagiga o'tadi, so'ngra havoli tirqishni yana bir bor kesib, rotoning tumshuqsimon o'zagining qarama-qarshi qutblangan ikkinchi bo'lagi 4 ga o'tib, uyg'otish chulg'ami vtulkasi 7 orqali tutashadi. Magnit oqimining qolgan qismi 8 o'zakdan tashqariga taralib ketadi.Rotor aylanganda statoning harbirtishchasi ostidan rotorning dam musbat, dam manfiy qutblangan tumshuqsimon uchliklari o'tadi, ya'ni stator chulg'amlarini kesib o'tayotgan magnit oqimi yo'nalishi bo'yicha ham, qiymati bo'yicha ham o'zgarib turadi. Natijada,statoning faza chulg'amlarida o'zgaruvchan elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi va uning qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:Bu yerda: k,-chulg'am koeffitsienti, f- induksiyalangan EYUK chastotasi, W- statoning bitta faza chulg'amlaridagi o'ramlar sbni, F -magnit oqimi. Stator chulg'amlarida induksiyalangan EYUK ning vaqt bo'yicha o'zgarish xarakteri magnit oqimining stator doirasidagi have) tirqishlarida taqsimlanishiga bog'liq, u esa, o'z navbatida rotor o'zagi uchlikianing shakliga bog'liq. O'zgaruvchan tok generatorlarda asosan, shakli trapetsiyasimon bo'lgan tumshuqsimon uchlik rotor o'zaklari qo'llaniladi. Rotor o'zagining bunday tuzilishi induksiyalangan EYUK ning sinusoidaga yaqin ko'rinishda o'zgarishini ta'minlaydi.Generatorning stator chulg'amlarida hosil bo'lgan o'zgaruvchan tokni o'zgarmas tokka aylantirish uchun uch fazali, ikki yarimdavrli, ko'priklito'g'rilash sxemasi ishlatiladi.Bu sxema yordamida to'g'rilangan kuchlanishning pulsatsiyasi nisbatan katta bo'lmaydi va hozirgi vaqtda avtomobillarda juda keng ko'lamda qo'llanilayotgan elektronjihozlari me'yorida ishlashinita'minlaydi. Generator chulg'amlari "yulduz" sxemasi (1.20-rasm) bo'yicha ulanganda, to'g'rilagich quyidagicha ishlaydi. To'g'rilagichdagi diodlar ikki guruhga bo'linib, birinchi guruhdagi diodlaning (VDl, VD2, VD3) anodlari generatoning musbat qutbiga, ikkinchi guruhdagi diodlaning (VD4, VD5, VD6) katodlari manfiy qutbga, ya'ni "massa''ga ulanadi.Har qaysi berilgan daqiqada to 'g 'rilagichda bir vaqtda ikkita diod ishlaydi (ya'ni ochiq bo'ladi)– birinchi guruhdan anodining musbat potensialistator chulg'amlari ulangan tugun 0 nuqtaga nisbatan eng katta bo'lgan diod va ikkinchi guruhdan katodining manfiy potensiali shu 0 nuqtaga nisbatan eng katta bo'lgan diod.a rasmda ko'rsatilgan to'g'rilagich ishining dastlabki daqiqalarini tahlil qilaylik.Tokning 0 tugun tomon harakatini musbat, teskari tomonga harakatini manfiy yo'nalish, deb qabul qilingan. Generator ishining dastlabki daqiqalarida statorning L3 chulg'amidagi kuchlanish musbat, L2 chulg'amidagi manfiy qiymatga ega bo'ladi. LI chulg'amda tok yo'q. Bu holda chulg'amlardagi tok rasmdagi ko'rsatkichlar yo'nalishi bo'yicha "+" dan "-" ga harakat qiladi: 0 tugun - L2 chulg'am - VD3 diod - yukiama qarshiligi R - "massa" - D4 diod - L3 chulg'am - 0 tugun. Ya'ni bu daqiqada, to'g'rilagichning VD3 va D4 diodlari ochiq bo'ladi. Boshqa, masalan t daqiqada, LI chulg'amdagikuchlanish musbat, L3 chulg'amdagi – manfiy qiymatga ega bo'ladi. L2 chulg'amda esa tok yo'q. Bu holda tok, iste'molchilarga, ochiq bo'lgan VDJ, VD5 diodlari orqali to'g'rilanib boradi. Harjuft diodlar kuchlanishdagi tebranish davrining taxminan 1/3 qismiga teng vaqt davomida ishlaydi. To'g'rilangan kuchlanishning pulsatsiyalanish chastotasi generator fazalar sonining ikkilangamga teng bo’lib, bir davr davomida olti pulsatsiyadan iborat ().O'zgaruvchan tok generatorlarining afzallik tomonlaridan bin, to'g'rilagich diodlari akkumulatorlar batareyasini stator chulg'amlari orqali razryad bo’lishiga yo'l qo'ymaydi. Bu generator bilan teskari tok relesini ishlatish zarurati yo'qoladi va rostlagich tuzilishi ancha soddalashadi.O'zgaruvchan tok generatorlari uyg'otilish usiubiga qarab tashqaridan uyg'otiladigan va o'z-o'zini uyg'otuvchi turlargabo'linadi. Avtomobillarda aksariyat holda tashqaridan uyg'otiladigan generatorlar ishlatiladi. Bu usulda (1.21-rasm) tok uyg'otish chulg'ami UCh ga o't oldirish kaliti 0' OK va kuchlanish rostlagichi KR orqali, generator va akkumulatorlar batareyasi AB ning umumiy musbat qutbidan keladi.
Nazorat savollar
1. O’zgaruvchan tok generatori aytib bering
2. O’zgaruchan tok generatorning tuzulishi aytib bering
3. O’zgaruchan tok generatorining ishlashi. aytib bering
Foydalanilgan adabiyotlar www.hozir.org
20-Ma’ruza
Mavzu: Elektr mashinaning nuqsonlari
Reja:
1. Elektr mashinalarining qizishi. Ish rejimlari
2. Elektr mashinalarining qizishi
3. Qoshimcha isroflar
Elektr mashina (EM) larida elektr energiyaning mexanik energiyaga yoki mexanik energiyaning
elektr energiyaga aylanishida energiyaning bir qismi issiqlik energiyaga aylanib isrof boiadi va EM ning qismlarini qizdiradi, shu sababli ularning foydali quwati unga berilgan quvvatdan kam.
Aylanuvchi qismli EM larida isroflarni asosiy va qoishimcha turlarga bo‘lib o‘rganiladi (I z o h: Mazkur kitobda aktiv quwat belgisi R dan farqli bo‘iishi uchun quwat isroflari P ' biian belgilangan).
Asosiy isroflarga: EM magnit sistemasining qayta magnitlanishidan uning asosiy qismlarida uyurma toklar (P'uyur= (f' Bmax-A)2> bunda A — po‘lat listining qalinligi) va gisterezis hodisasi tufayli (P'gis~ f* B 2lax) hosil bo‘lib, issiqlikka aylanadigan magnit isroflar (P'm), EM ning chulg‘amlarida va cho‘tka kontaktlarida elektr energiyaning issiqlikka aylanib sarflanadigan elektr isroflar; EM aylanuvchi qismlarining havoga urilib ishqalanishi, podshipniklardagi ishqalanish, sirpanuvchi
kontaktlardagi va ventilatordagi ishqalanishlar tufayli hosil boMadigan mexanik isroflar (P'mex) kiradi. Mexanik isroflar faqat rotorning aylanish chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. Q uw ati 10+500 kW bo‘lgan 0 ‘T
mashinalarida mexanik isroflar EM nominal quwatining tegishlicha 2+0,5 foizini tashkil qiladi.
0 ‘zgaruvchan tok mashinalari po‘lat o‘zagidagi asosiy isroflar berilgan kuchlanishning kvadrati (U2)ga mutanosib ravishda o‘zgaradi. Elektr isroflar. EMining har qaysi chulg‘am o‘tkazgichlaridan tok
o‘tganda tokning kvadratiga va chulg‘am qarshiligiga mutanosib bo‘lgan asosiy quwat isroflari (P'c = P • r) vujudga keladi. Chulg‘am qarshiligi uning temperaturasiga bogfliq bofladi. Agar biror ö0 temperaturada chulg‘am qarshiligi r0 ma’lum bo‘lsa, uni EMining hisobiy ishchi temperaturasi 9 ga quyidagicha qayta hisoblanadi QoKshimcha isroflar. Bu isroflar EM ga yuklama ulanganda har xil
ikkilamchi hodisalar tufayli sodir bo‘ladi. Masalan, odatdagi 0 ‘T mashinalarida ko'ndalang yakor reaksiyasi ta’sirida qutb uchligi chekkalarida va uning ro‘parasidagi yakor o‘zagi tishlarida magnit
oqimining notekis taqsimlanishi magnit isroflarni oshirsa, sirt effekti natijasida o‘tkazgichlarda tokning notekis taksimlanishi esa elektr isroflarni oshiradi. EM lari magnit o‘zagining tishliligi tufayli magnit
oqim katta chastota (fz= Z • n / 60) bilan pulslanadi. Natijada poflat o'zagida sirtiy va pulsatsion isroflar vujudga keladi. Qo‘shimcha isroflar tabiatining murakkabligi tufayli umumiy maqsadli EM lari uchun amaliyotdan aniqlangan ma’lumotlarga binoan EM nominal quwatining 0,5 1,0 foizi miqdorida (masalan, 0 ‘T m ashinalarining nominal yuklamadagi qo‘shimcha isroflari kompensatsion chulg‘ami boflmagan EM larida nominal quwatining 1,0 % ga, bunday chulg‘amli EM larda esa 0,5 foiziga teng, deb
hisoblanadi. EM laridagi to ‘la quvvat isroflari quyidagiga teng bofladi: IP ' = P' + I P ' + P' + P' .. . (34.8)
Misol tariqasida quwati 500 kW, kuchlanishi 460 V va aylanish chastotasi 375 ayl/min bo'lgan 0 ‘T generatorining nominal yuklamadagi quwat isroflari 55,8 %, magnit isroflari 23,3 %, mexanik isroflari 8,2 % va qo‘shimcha isroflari 12,7 % tashkil qilishini ko‘rsatish mumkin. Transformatorlarda quwat isroflari. Bularga o‘zgaruvchan magnit oqimning o‘zakda hosil qilgan magnit isroflari (R 'ra= R '0) va
chulg‘amlarining o‘tkazgichlaridan tok o‘tganda Joul-Lens qonuniga binoan vujudga keladigan elektr (R'c) isroflari (shu jumladan qo‘shimcha isroflari ham) kiradi: IP ' = P'0+ K ^P ', . (34.9) Transformatorga berilgan kuchlanish U t= const va uning yuklamasi salt ishlashdan nominalgacha boflgan qiymatlarda magnit oqim deyarli o‘zgarmas boflganligidan transformatorning magnit isroflari ham o‘zgarmas bofladi. Bu isroflar salt ishlash isroflariga taxminan teng (P' « P'n) bofladi. Asosiy va qo‘shimcha elektr isroflari tokning kvadratiga mutanosib ravishda o'zgaradi. Ulami nominal tokda olingan qisqa tutashuv isroflari
orqali ifodalash o‘ng‘ay bofladi. EM larining ish jarayonida energiyaning bir qismi ulardagi isroflami qoplashga sarflanadi. Energiya isroflarining barcha turlari (bularga oid ma’lumot 34.3-bandda berilgan)
issiqlikka aylanib, asosan EM ning aktiv qismlari temperaturasini oshirsa, uning bir qismi esa atrof muhitga uzatiladi. EM si chulg‘amlar, magnit o‘tkazgich elementlari va konstruktiv detallar majmuasidan iborat. Bu qismlarning issiqlik o‘tkazuvchanligi, issiqlik sig‘imi va sovitilish sharoitlari har xil bo‘ladi, bu esa, EM da issiqlik maydoni taqsimlanishining murakkab xarakterda ekanligini ko‘rsatadi. Lekin, EM ning qizish jarayonidagi umumiy qonuniyatlami aniqlash maqsadida EM sini bir jinsli qattiq jism sifatida qaralsa qo'yilgan masalani yechishdagi birinchi yaqinlashish bo‘ladi. Bunday taxminda EM ning qizishi uning butun hajmi bo'yicha bir tekis yuz beradi va issiqlik EM sirtining butun yuzasidan bir xil tarqaladi, deb hisoblanadi. Bunday shartlarda issiqlik energiyasining muvozanat tenglamasi (energiyaning saqlanish qonuni) quyidagicha yoziladi: Q dt = cm-dx + a-Ssov- t -dt , (34.21) bu yerda: cm dx — issiqlik energiyaning EM sida yutilib uning temperaturasini oshiradigan qismi; ct'Ssov- x • dt —issiqlik energiyaning atrof muhitga tarqaladigan qismi; s — EM sining solishtirma issiqlik sig‘imi (mashinaning 1 kg massasi temperaturasini 1 °C ga oshirish uchun zarur bo‘ladigan issiqlik miqdori), J/(kg °C); m — EM ning massasi, kg; cj)= 9mmh3alnij ~~ EM temperaturasining sovitish muhiti temperaturasidan oshishi, °C; a — EM sovitish yuzasining issiqlik berish koeffitsienti, W/(m2 °C); Smv — EM ning sovitish yuzasi, m2. Issiqlik atrof muhitga (yoki sovitish muhitiga) asosan issiqlik o‘tkazuvchanlik va konveksiya vositalarida o'tkaziladi (issiqlikning nurlanish ko‘rinishida uzatilish juda ham kam bo'ladi). EM sining
temperaturasi 3mash va (J) kattaligi oshgan sari atrof muhitga (sovitish muhitiga) tarqaladigan issiqlik miqdori o‘sib, EM ichki temperaturasini oshiradigan issiqlik qismi kamayadi. Bu jarayonning borishida EMsining temperaturasi o‘zining barqaror qiymatiga yetadi, ya’ni issiqlik muvozanati rejimi vujudga kelib, EM dan ajralib chiqadigan issiqlikning hammasi atrof muhitga beriladi. Bu holda cm d x = 0 bo‘lib, issiqlikning muvozanat tenglamasi (34.21) quyidagi ko‘rinishda yoziladi:

Q — w Ssov • x^..

(34.22)




(34.29) dan x ning barqarorlashgan qiymati (x^) aniqlanadi:







x,.r, = 0 / (a- S J ,

''

(34.23)

demak, x;/; ning qiymati mashina massasiga bog‘liq bo‘lmasdan, vaqt birligida EM dan ajralib chiqadigan issiqlik miqdori Q ga to‘g‘ri mutanosib bo‘lib sovitish sirti yuzasi Ssov ga va issiqlik berish koeffitsienti
a ga teskari mutanosibda boiar ekan. EM ning yuklamasi qancha ko‘p bolsa, Q ning oshishi tufayli xffl ning qiymati ham mos ravishda ko‘payadi. Sovitilish sharoiti yaxshilangan sari x,A kamaya boradi.
EM ni yaxshi sovitish maqsadida quyidagi usullardan va vositalardan foydalaniladi: a) o‘rta va kam quwatli EM larida staninaning tashqi sirtiga qovurg‘asimon shakl berib sovitish yuzasini oshirish; b) ichki
(yoki tashqi) ventilator qo‘yish (ayrim EM larida ikkalasini ham); d) katta quwatli EM larda sovitgich qurilmalaridan foydalanish; e) o'ta o‘tkazuvchanlikka asoslangan ístiqbolii sovitish sistemasidan foydalanish. EM sining sovitilishi yaxshilanganda issiqlikni konveksiya yo‘li bilan chiqarishning kuchayishi hisobiga koeffitsient a oshadi. Sovitishni sun’iy yo‘llar bilan jadallashtirish tufayli ma’lum gabaritdagi EM dan kata quwat olishga yoki ma’lum quwatda EM ning gabaritini kamaytirishga
erishiladi. (34.21) differensial tenglamani yechib quyidagini olamiz: x = x№ [1- exp ( - t / T) [ + V exp (— t / T) , (34.24) bu yerda xQ— EMsida temperatura oshishining boshlang‘ich qiymati;
T=cm/(a Ssov) — qizishning vaqt doimiyligi, ya’ni EM qizishining tezligini xarakterlovchi kattalik.
Agar EM ishlashiga qadar qizdirilmagan bo‘lsa, ya’ni uning temperaturasi atrof muhit temperaturasiga teng bolganda bo‘lardi, lekin EM temperaturasining atrof muhit (yoki sovitish muhiti) temperaturasidan oshishi x ning o‘sa borishi bilan issiqlikning sovitish muhitiga beriladigan qismi ko’payishi tufayli temperaturaning o‘sish tezligi kamayadi va mazkur muvozanat holat C nuqtaga to‘g‘ri keladi.
Nazorat savollar
1. Elektr mashinalarining qizishi. Ish rejimlari deb nimaga aytiladi?
2. Elektr mashinalarining qizishi deb nimaga aytiladi?
3. Qoshimcha isroflar deb nimaga aytiladi?
21-Ma’ruza
Mavzu: Sexlarning o'zgaruvchan va o'zgarmas tok tarmoqlari, kuch kabellari, kabel liniyalar va ularni montaj qilish
Reja

  1. O’tkazgichlarning kesim yuzalarini qizish bo’yicha tanlash shartlari.

  2. O’tkazgichlarning kesim yuzalarini himoya apparati toki bo’yicha tanlash.

  3. Kuchlanish yo’qotilishi

Elektr tarmoqlarining qiymatini qanday ko'rsatishingiz mumkinElektr tokini o'tkazadigan simlarning aniq ta'rifi bormi? Iste'molchilarning elektr inshootlarini texnik ekspluatatsiya qilishning tarmoqlararo qoidalarida aniq ta'rif mavjud. Shunday qilib, elektr uzatish liniyasi, birinchi navbatda, elektr liniyasi. Ikkinchidan, bu podstantsiyalar va elektr stantsiyalaridan tashqariga chiqadigan simlarning qismlari. Uchinchidan, elektr uzatish liniyalarining asosiy maqsadi masofadan elektr tokini uzatishdir.MPTEEP-ning xuddi shu qoidalariga binoan elektr uzatish liniyalari havo va kabelga bo'linadi. Shuni ta'kidlash kerakki, yuqori chastotali signallar telemetrik ma'lumotlarni uzatish, turli tarmoqlarni boshqarish dispetcherligi, avariya avtomatizatsiyasi va o'rni himoya signallari uchun ishlatiladigan elektr uzatish liniyalari orqali ham uzatiladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda 60 mingta yuqori chastotali kanallar elektr uzatish liniyalari orqali o'tadi. Keling, tan olaylik, ko'rsatkich muhim.Havo uzatish liniyalariElektr uzatish liniyalari, ular odatda "VL" harflari bilan belgilanadi - bu ochiq havoda joylashgan qurilmalar. Ya'ni simlarning o'zi havo orqali o'tkazilib, maxsus armatura (qavs, izolyator) ustiga o'rnatiladi. Shu bilan birga, ularni o'rnatish ustunlar, ko'priklar va yo'l o'tkazgichlar bo'ylab amalga oshirilishi mumkin. Faqatgina yuqori voltli ustunlar bo'ylab yotqizilgan chiziqlarni "havo liniyalari" ni hisoblash kerak emas. Demak, ferromagnit materiallarda tashqi magnit maydon domenlar magnit maydoni hisobiga kuchayar ekan. Shu sababli barcha elektr uskuna va apparatlarning turli shakldagi o‘zaklari ferromagnit materiallardan yasaladi. Masalan, keltirilgan misolda magnit maydon kuch chiziqlarining asosiy qismi ferromagnit o‘zak orqali tutashtirilgan. Chunki, ferromagnit o‘zakning magnit kirituvchanligi havoning magnit kirituvchanligiga nisbatan ancha katta bo‘lgani uchun uning magnit maydoni havodagi magnit maydondan bir necha marta ortiqdir. Demak, chulg‘am atrofidagi fazoviy muhitning magnit maydonini nazaiga olmasdan, magnit maydon faqat ferromagnit o'zakning geometrik o‘lchamlari bilan cheklangan, desak bo‘ladi. Yuqorida qo‘zg‘almas zaryadlangan zarracha elektr maydonini hosil qiladi, deb ta’kidlab o‘tdik. Lekin birorbir zarracha muhit temperaturasi faqat 0° K boMganda qo‘zg‘almas holatda bo‘lishi mumkin. Bu qiymat Selsiy shkalasida 273 °C demakdir. Demak, muqarrar sharoitda hech bir zarracha tinch holatda turishi mumkin emas. Hamma zaryadlangan zarrachalar doim harakatda bo‘ladi va elektr maydon bilan birga magnit maydonni ham hosil qiladi. Elektr va magnit maydonlar orasida chuqur ichki bog‘lanish mavjud bo'lib, bu bog‘lanish bu maydonlaming bir-biriga aylana olishida namoyon bo‘ladi. Elektr maydonning har qanday o'zgarishi doimo magnit maydon paydo bo‘lishi bilan yuz beradi va aksincha, magnit maydonning har qanday o‘zgarishi elektr toki paydo bo‘lishiga olib keladi. Bu mulohazalarga asoslanib, mantiqan fikr yuritadigan bo‘lsak, elektr va magnit maydonlar bir-biridan ajralmas bo'lib, ular bir jarayonning ikki tomonini anglatar ekan. Bunday maydon elektromagnit maydon deb ataladi. Elektromagnit maydon materiyaning alohida bir turidir. Materikning mavjudligi bevosita odamzodning sezgi a’zolari orqali his qilinadi. Elektromagnit maydon to‘lqin xossalariga ham ega, ya'ni bu maydon to‘lqin kabi fazoda tarqaladi. Zaryadlangan zarrachalarning tartibli oqimi (harakati) elektr toki deb ataladi. Kattaligi va yo'nalishi vaqt birligi ichida o‘zgarmaydigan tokka o‘zgarmas tok deb aytiladi. Elektr toki o‘tishi uchun uchta element berk zanjir, ya’ni kontur hosil qilishi zarur. Bu elementlarni EYK yoki tok manbayi, bog‘lovchi o‘tkazgich simlar va iste'molchilar tashkil etadi. Agar bu berk konturni tashkil etuvchi elementlar elektromagnit jarayonlarini EYK, tok, kuchlanish va qarshilik tushunchalari orqali ta'riflash mumkin bo‘lsa, bunday berk kontur elektr zanjiri deb ataladi
Nazorat savollar
1. Elektr tokini o'tkazadigan simlarning aniq ta'rifi bormi?
2. O’tkazgichlarning kesim yuzalarini qizish bo’yicha tanlash shartlari.
3.O’tkazgichlarning kesim yuzalarini himoya apparati toki bo’yicha tanlash.
22-Ma’ruza
Mavzu: Korxona va sexlarning o'zgarmas va o'zgaruvchan tok tarmoqlarini o'rganish
Reja:
1.Tarmoqlar
2.O’zgaruvchan va o’zgarmas tok
3.Korxonalar tarmoqlari
Elektr energiyasini iste’mol qilish nuqtayi nazaridan elektr iste’molchilar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: a) elektr yuritmalar. Elektr energiyasini elektr dvigatellar orqali mexanik energiyaga o‘zgartiradi, turli dastgohlarda ishlatiladi. Bu xil iste’molchilar eng katta guruhni tashkil etadi; b) yoritish uskunalari. Ko‘pincha bir fazali iste’molchi bo‘lib, elektr energiyasi yoritish energiyasiga aylantiriladi. Umuman olganda yoritish uchun umumiy quvvatning 10— 15% i sarflanadi; d) elektrotermik yoki termik uskunalar. Elektr energiyasi issiqlik energiyasiga o‘zgartiriladi. Bunday iste’molchilarga elektrotexnik po‘latning eng sifatli ko‘rinishlarini ishlab chiqaruvchi elektrotermik uskunalar kiradi; e) elektrotexnologik uskunalar. Elektr energiyasi bevosita ishlab chiqarish texnologiyalarida ishlatiladi. Masalan, elektrolit uskunalari, elektr payvandlash, chigitni saralash va hokazo. Har bir iste’molchining smena, sutka, kvartal va yil davomidagi iste’mol qilgan quvvati grafiklari olinadi. Bu grafiklar elektr iste’molini hisoblash, iste’molchi va tarmoq o‘rtasidagi oldi-sotdi munosabatlari va elektrotexnik uskunalarni tanlashda katta ahamiyatga ega. Har bir ishlab chiqarishning o‘ziga xos iste’mol grafigi mavjud va bu grafiklar ma’lumotnomalarda ko‘rsatiladi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, ma’lumotnomalarda keltirilgan grafiklar Rossiya obhavosiga moslangan. Iste’mol grafiklari o‘lchash asboblari yordamida aniqlab olinadi. Ikki xil o‘lchash asbobi bor. Birinchisi iste’molni uzluksiz o‘lchaydigan asbob. Elektr o‘lchash asbobining bu turi bilan olingan iste’mol grafigi 8.3- rasmda, elektr hisoblagichidan olingan ma’lumot asosida tuzilgan iste’mol grafigi 8.4- rasmda ko‘rsatilgan. Ko‘rinib turibdiki, 8.3- rasmdagi grafik aniqligi yuqori, chunki har bir nuqtaning iste’moli o‘lchanadi. 8.4- rasmda ko‘rsatilgan grafikda esa umumiy iste’mol oddiy yig‘indi asosida aniqlangan. Ikkinchi usul aniqligi uncha yuqori bo‘lmasa ham oddiy. Ko‘pincha aynan ana shu usul muhandislik hisoblarida qo‘llanadi. Elektr iste’mol grafiklari har bir iste’molchi uchun, bir guruh uchun, bir xil xossali iste’molchilar uchun, butun korxona uchun olinishi mumkin. Amalda grafik bir kvartal yoki yil uchun olinadi. Shu asosda korxona va tarmoq orasida hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Elektr iste’molchilarning ishonchlilik darajasi. Barcha iste’molchilar elektr bilan ta’minlashning uzluksizligi bo‘- yicha uchta ishonchlilik darajasiga bo‘linadi: 1. Birinchi darajali iste’molchilar jumlasiga elektr iste’moli uzilganda odamlarning hayotiga xavf tug‘diruvchi, ishlab chiqarish texnologiyasi uzoq muddatga buzilib, katta miqdorda iqtisodiy zarar keltiruvchi iste’molchilar kiradi. 2. Ikkinchi darajali iste’molchi deb, elektr iste’moli uzilganda ishlab chiqarish mahsulotlarining katta miqdori buzilishiga olib keladigan iste’molchilarga aytiladi. 3. Uchinchi darajali iste’molchilar jumlasiga birinchi va ikkinchi darajali iste’molchilarga kirmaydigan iste’- molchilar kiradi. E
lektr energiya iste’moli ko‘pincha „elektr yuklama“ yoki „yuklama“ tushunchasi bilan yuritiladi. Sanoat korxonalarini loyihalashda yuklamani hisoblash katta ahamiyatga ega, chunki aynan shu kattalik asosida barcha elektrotexnik asbob-uskunalar.
1.Tarmoqlar nima?
2.O’zgaruvchan va o’zgarmas tok nima?
3.Korxonalar tarmoqlari nima?

23-Ma’ruza


Mavzu: Aloqa optik kabellarning tuzilishi ishlatilishi va montaj qilishni o'rganish
Reja:
1.Optik kabellar
2.Aloqa optic kabellar
3.Optik tarmoqlar
T
o‘liq optik tarmoqlar (bundan keyin inglizcha qisqartma A O N / All Optical Networks dan foydalaniladi), ularning faoliyat yuritishida kommutatsiyada, multipleksorlashda retranslyatsiyada bosh rolni elektron (optoelektron) texnologiyalar emas, balki sof optik texnologiyalar o‘ynaydi [3]. To‘liq optik tarmoqlar ham bugungi kundagi, ham ertangi tarmoq axborot ilovalari uchun ham ulkan o‘tkazish polosasini ta’minlashga qodir. To‘liq optik tarmoqlar (AON) uch asosiy toifaga bo‘linadi [4,5]: ko‘p to‘lqinli aloqa liniyalaridan foydalanuvchi tarmoqlar, kanallari kommutatsiyalanuvchi kanallar va paketlari kommutatsiyalanadigan tarmoqlar (12.1-jadval). AON ning birinchi ikki toifasi bir muhim tavsifga ega — tarmoqning foydalanilayotgan ilovaga nisbatan shaffofligiga. Optik shaffoflikka WDM optik kanallarining istalgani bo‘yicha manba — bo‘g‘indan belgilangan joydagi bo‘g‘ingacha signalni o‘zgartimvchi optoelektron qurilmalardan foydalanilmasdan erishiladi. H ar bir WDM kanali- chegarasida signal formati tejamkorlikni va ulkan imkoniyatlarni to'plagan holda virtual jihatdan ixtiyoriy bo'lishi mumkin. Shaffof AON da optik terminal qurilmani eng umumiy holda qayta quriluvchi lazer uzatkichlar va/yoki qayta quriluvchi burish filtrlar ifodalaydi. Tarmoqning ikki chetki bo‘g‘ini bunday tarmoq orqali ma’lum ikki to'lqinga (qabul qilish va uzatish uchun) sozlash yo‘li bilan aloqa kanalini o'rnatishlari mumkin bo‘lib, bu to‘lqinlami ularga optik terminalning tarmoq kontrolleri tegishli dastlabki so‘rovga ishlov berib, taqdim etadi. Ulanish o‘rnatilgandan so‘ng magistral kanal foydalanilayotgan ilovaga nisbatan shaffof bo'lib qoladi Tarmoqning bu turi AON arxitekturasini tashkil etishning eng oddiy usulini taqdim etadi (12.1-rasm). Bunday aloqa kanali bir xil turdagi bo‘g‘inlar orasida «nuqta-nuqta» birikmalari to‘plamini tashkil etishga imkon beradi, ular m a'lum , aynan ular uchun moMjallangan to‘lqin uzunliklarida aloqada bo‘ladi. Mazkur tarmoqning afzalliklari: bir-biri bilan o‘zaro aloqada bo‘lgan har bir mufta ajratilgan katta o‘tkazish polosasi; kafolatlangan o‘tkazish polosasi oqibatida aloqaning yuqori darajada ishonchliligi (har bir kanalga alohida to ‘lqin uzunligiga ajratiladi); tarmoq har bir kanalining chetki bo‘g‘inlari orasidagi tarm oq ilovasini (ATM, Gigabit Ethernet, S D H /P D H va h.k.) tanlashga nisbatan shaffofligi. Kamchiligi kanallar bo‘yicha qat’iy qayd etilgan birikmalarning mavjudligi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda kabel televideniyesi tarmoqlarida simpleksli ko‘p to ‘lqinli aloqa liniyalari keng tarqaldi, ularda uzatish faqat bitta yo‘nalishda olib boriladi. Ko‘p to ‘lqinli aloqa liniyasi to ‘la qimmatga ega tarmoq hisoblanadi, chunki u «har biri har biri bilan» qoidasi bo‘yicha uzoqlashtirilgan bo‘g‘inlarni tutashtirishga imkon beradi. U, asosan, yuqori sig‘imga ega transport magistrali vazifasini bajaradi va SDH magistraliga o ‘xshab «nuqta-nuqta» statik tutashtirishlarni faqat chastotali multipleksorlash bilan ta’minlaydi. Ko‘p toiqinli liniyalar ancha murakkab to iiq optik tarmoqlar arxitekturalari tarkibida boiishi mumkin.
Nazorat savollar
1. Zamonaviy axborot xizmatlariga qanday talablar qo ‘yiiadi ?
2. Axborot xizmatlarining qanday talablari telekommunikatsiyalarning optik tarmoqlari xususiyatlarini belgilaydi?3. Fotonli tarmoq modeli nechta daraja (sath)dan iborat?

24-Ma’ruza


Mavzu: To'g'irlagichlar Invertorlar Kuchatirgichla
Reja:
1. Saqlagichlar
2. Boshqarilmaydigan to‘g‘rilagichlar
3. To‘g‘rilagichning asosiy sxemalari
S
aqlagichlar. Saqlagichlar ta’minot manbaini qisqa tutashuvdan, yuklamaga kuchli toklar o‘tib ketishidan va ta’minot manbaini ishdan chiqishidan himoyalaydi. Saqlagichlar sifatida eruvchan metall qo‘shimcha (bir martalik), bimetall (qo‘shmetall) va elektron (ko‘p martalik) saqlagichlardan foydalaniladi. Ta’minot manbaining eng ko‘p tarqalgan ishdan chiqishiga F2 filtrining kondensatori sabab bo‘ladi. Bunda transformatorning birlamchi cho‘lg‘amidagi tok bir necha amperga etishi mumkin (meyoriy rejimdagi 0,1-0,5 A o‘rniga). Bunda 220 V o‘zgaruvchan tok tarmog‘iga ulangan kuch transformatori maishiy elektrisitkich quvvatiga teng bo‘lgan quvvatni ajratadi (sochadi). Saqlagichlarning nisbatan keng tarqalganlari bu eruvchan metll qo‘shimchalardir. Saqlagichlarni shunday tanlash maqsadga muvofiqki, tok nominal qiymatidan deyarli 50 % ga katta bo‘lishi kerak. Bu birinchidan ulanishda o‘tish jarayoni tokining davriy yuzaga keluvchi sakrashlari bilan (F2 filtr kondensatorining zaryadlanishi), ikkinchidan saqlagichning “charchaganligi” bilan bog‘liq. To‘g‘rilagichlar o‘zgaruvchan kuchlanishni o‘zgarmas kuchlanishga aylantirib berishga mo‘ljallangan elektrotexnik qurilmalardir. To‘g‘rilagichlarning asosiy elementlari transformator va ventillar hisoblanadi, ular yordamida yuklama zanjiriga bir yo‘nalishda tok oqib o‘tishi ta’minlanadi, natijada o‘zgaruvchan kuchlanish bir qutbli pulslangan kuchlanishga o‘zgaradi. To‘g‘rilangan kuchlanish pulslanishini silliqlashda filtrdan foydalaniladi. To‘g‘rilangan kuchlanishni rostlash va (yoki) stabillash uchun to‘g‘rilagich chiqishiga rostlagich yoki stabilizator ulanadi. Chiqish kuchlanishi rostlanmaydigan to‘g‘rilagichning strukturaviy sxemasi 2.8-rasmda keltirilgan.
B
unday to‘g‘rilagichlardan quyidagi hollarda foydalaniladi: - ta’minlayotgan kuchlanish tebranishiga va pulslanish sathiga nokritik bo‘lgan (keskin bog‘liq bo‘lmagan) elektron qurilmalarning ta’minoti uchun; - stabillangan ta’minot manbalarining, shu jumladan etarlicha murakkab va qimmat bo‘lgan manbalarning funksional tugunlari sifatida. To‘g‘rilagichlar o‘zgaruvchan kuchlanish ta’minot manbaining fazalar soniga bog‘liq holda bir fazali va uch fazali to‘g‘rilagich sxemalariga bo‘linadi. Amaliyotda keng qo‘llaniladigan bir fazali to‘g‘rilagichlarning asosiy sxemalari quyidagilardir: 1) bitta diodli bitta yarim davrli sxema (2.9-rasm) asosan yuklamada quvvat KТ TB F Tarmoq ~ toki 𝑈 𝑈௖௛௜௤=௞௜௥~ 34 10-25 Vt gacha bo‘lganda, hamda kichik pulsatsiya koeffitsiyenti talab etilmagan holatlarda qo‘llaniladi. Sxemaning afzalligi elementlarning soni kam, narxi arzon. Kamchiligi pulslanish chastotasi past (ta’minlayotgan tarmoq chastotasiga teng), transformatordan foydalanish sifati past, magnit o‘tkazgichda o‘zgarmas tok magnitlanishi; o‘rta nuqtali ikki yarim davrli to‘g‘rilagich sxemasi (2.10-rasm) 100 Vt gacha bo‘lgan quvvatlarda keng qo‘llaniladi. Ushbu sxemadan yig‘ilgan to‘g‘rilagichlar yuqori pulslanish chastotasi bilan xarakterlanadi, diodlardan umumiy anod yoki katoddan foydalanish imkoniyati mavjud bo‘lib, ikkita diodni umumiy radiatorda qo‘llash qulay hisoblanadi.
Nazorat savollar
1. To‘g‘rilagichlar qanday qurilma va uning turlari.
2. Boshqarilmaydigan to‘g‘rilagichning strukturaviy sxemasini chizing va ishlash prinsipini tushuntiring.
3.To‘g‘rilagichning qanday asosiy sxemalarini bilasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Иброх;имов У. Э лектр м аш иналари. К а с б -\у н а р
коллежлари учун. «Ук,итувчи». Т., 2001.
2. Ковчин С. А., Сабини Ю.А. Теория электропривода.«Энергоатомиздат». СПб., 2000.
3. Мажидов С. М. Электр машиналар ва электр юритмалар.
«Ук,итувчи», 1979.
25-Ma’ruza
Mavzu: Bir va uch fazali to'g'rilagichlarda o'zgaruvchan tokni to'g'rilash jarayonini o'rganish,
invertorlarni ishlatishni va sozlashni o'rganish
Reja:
1. Tekislovchi filtrlarning asosiy parametrlari
2. Sinusoidal o‘zgaruvchan tok
3. Sig‘imli filtr sxemasi
Sinusoidal o‘zgaruvchan tokdan o‘zgarmas tok olish usuli bitta yoki ikkita yarim davrli to‘g‘rilagichdan foydalanilganda qator kamchiliklarga ega, ular to‘g‘risida so‘z yuritamiz.Bunday to‘g‘rilagichning asosiy kamchiligi shuki, to‘g‘rilagichdan pulsatsiyalanuvchi kuchlanish olinadi. Kuchlanish pulsatsiyalanishidan qutulish, ularni silliqlash ko‘p elektron apparaturalar, ayniqsa bunday ko‘rinishdagi kuchlanish yaxshi seziladigan xalaqit beruvchi shovqinlar yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan radioapparaturalarning korrekt ishlashi uchun zarur shartdir. Silliqlovchi filtrlar deb ataladigan quyidagi sxemalar chiqish toki va kuchlanishlari pulsatsiyalarini bartaraf qilish uchun qo‘llaniladi Sig‘imli filtr, induktivli filtr, G-shaklli filtr, P-shaklli filtr. Kuchlanishning zarur sifatiga erishish uchun yuqorida keltirilgan filtrlarning turli kombinatsiyalaridan ham foydalaniladi. Silliqlovchi filtrlarning ishlash prinsipi kondensator va induktivlik xossalariga asoslanadi. Ular energiya rezervuari rolini bajaradilar.
Ma’lumki, kondensatorda kuchlanish oniy o‘zgarishi mumkin emas, induktivlikda esa tok oniy o‘zgarishi yoki yo‘qolishining iloji yo‘q.

1-rasm. Sig‘imli filtr sxemasi


2- rasm. Induktivli filtr sxemasi
3- rasm. P-shaklli filtr sxemasi
Silliqlovchi filtrlarning ishlashi asosiga xuddi shu xossalar asos qilib olingan, misollarda ko‘rib chiqamiz. YUqoridagi rasmda birlamchi chulg‘amiga o‘zgaruvchan kuchlanish beriladi, ikkilamchi chulg‘amiga esa yuklama ulangan.
26-Ma’ruza
Mavzu: Elektr yuritmaning avtomatik boshqarish apparatlari. Dastaki boshqariladigan apparatlar. Rele-kontaktorli boshqarish apparatlar
Reja:
1. Rele-kontaktorli boshqarish apparatlar
2. 0 ‘zgarmas tok kontaktorlari
3. Dastaki boshqariladigan apparatlar
Rele-kontaktorli boshqarishapparatlari
Qo'l bilan boshqarish apparatlari kontaktlarining mexanik yemirihshi nisbatan katta bo'lgani uchun ulaming xizmat davri juda qisqa bo'ladi. Masalan, rubilniklaming o'rtacha xizmat davri 5000 marta ulanish, barabanli uzgich-ulagichlamiki 25000 marta bilan chegaralansa, kontaktorlamiki esa bir necha milhonga teng bo'ladi. Kelgusida eng katta istiqbolga ega bo'lgan yarim o'tkazgichh kontaktsiz apparatlar va mantiqiy elementlaming xizmat davri juda katta ulanish sonlari bilan aniqlanishi kerak. Lekin hozirgi
paytda, avtomatikada qo'Uanilgan apparatlar ichida rele-kontaktorlar ko'pchihkni tashkil qiladi. Bu apparatlar avtomatikada keng qo'llanilayotgan elektr mashinali va magnit kuchaytirgichlar hamda ventilh kuchaytirgichlar bilan birgalikda ishlatilmoqda. Elektr zanjirini soatiga 1500 marta uzib-ulab turuvchi elektromagnit apparati kontaktor deb ataladi. Bu apparatlami turli masofadan turib boshqarish mumkin.
0 ‘zgarmas va o‘zgaruvchan tok kontaktorlari, bir va bir necha qutbli, tutashadigan va ajraladigan kontaktli qihb ishlab chiqarilmoqda. Elektromagnit apparatlarining me’yoriy holati deb ular chulg'amiga tok berilmagan holatga aytiladi. 0 ‘zgarmas tok kontaktorlari. 0 ‘zgarmas tok kontaktorlari, asosan, qo‘zg‘almas va qo‘zg‘aluvchan qismlardan iborat bo'ladi. Kontaktoming qo‘zg‘almas qismi po‘lat o'zak va unga o‘rnatilgan o‘zgarmas tok beriladigan chulg‘am hamda qo‘zg‘almas kontaktlar sistemasidan iborat bo‘lib, qo‘zg‘aluvchi qism esa, yakor va unga o'matilgan qo‘zg‘aluvchi kontaktlar sistemasidan iborat bo‘ladi (6.7- rasm). Bosh zanjirni uzib-ulaydigan (2) va (3) kontaktlar orasida sodir bo'ladigan elektr yoyini tezda so‘ndirish maqsadida zanjirga ketma-ket ulangan uchqun so‘ndirgich maxsus chulg‘am (2) ishlatiladi. 6.8- rasmda elektr yoyini so'ndiruvchi chulg‘am ta’sirini ifodalovchi eskizlar ko'rsatilgan. Elektr yoyi paydo bo'lishi bilan bu chulg'amda hosil bo'lgan elektromagnit kuch ta’sirida chap qoi qoidasiga binoan yoy kontakt (2) va (3) lami o'z ichiga olganasbest kamerasiga itariladi va yoy unda so‘ndiriladi. Kontaktoming qo‘zg‘atish chulg'ami o'matilgan temir o'zagi bilan yakori o'rtasidagi havo bo'shlig'i magnit qarshihgini kamaytirish maqsadida 10 mm dan ko‘p bo'lmasligi lozim. O'zgarmas tok kontaktorlarining kontakt sistemasida bosh kontakt (2) va (3) lardan tashqari, kichik toklarga mo‘ljallangan va boshqarish zanjirlariga ulanadigan blok (yordamchi) kontaktlar bo'lishi ham mumkin.
6.7- rasm. O'zgarmas tok kontaktori: 1 - asos; 2 - uchqun so‘ndirgich chulg'am; 3 — uchqun o'chiruvchi xona; 4 - qo‘zg‘almas kontakt; 5 — qo‘zg‘aluvchi kontakt va 6 — uning sistemasi: 7 - prujina; 8 - yarmo; 9 — chulg‘am; 10 — yakor o‘qi; 11- yakor; 12 – tok o ‘tkazgich.
6.8- rasm. Kontaktor kontaktlari orasidagi elektr uchqunini so‘ndirgich chulg‘am va uning ta’sirini ifodalovchi eskizlar: 1 - uchqun so'ndirgich chulg'am; 2 va 3 - kontaktlar; 4 - uchqun so'ndirgich kamera.
Qo‘zg‘atish chulg‘ami ning o'ramlar soni katta bo‘lganligi uchun, uning induktivhgi ham katta bo'ladi. Shunga ko'ra, bu chulg'am zanjirida 220 V kuchlanishda 2 A tokni, 440 V kuchlanishda esa 0,5 A tokni uzish mumkin. Induktivhk katta bo'lganisababli elektromagnit vaqt doimiysi ham nisbatan kata qiymatga ega bo'ladi. Natijada chulg'amga tok berilib, 0,1 ÷ 0,2 s vaqt o'tgandan so'ng yakor o'zak tomon tortiladi. Chulg'amdagi tok induktivhk tufayli asta-sekin ortganligi uchun yakoming tortihshi ham bir tekisda silhq o'tadi. Shunga ko'ra, kontaktlarning yemirilishi ham nisbatan oz bo’lib, bunday kontaktorlaming xizmat davri 30 ÷ 50 min. ulanish soni bilan aniqlanadi. O'zgarmas tok kontaktorlari nominal toki 40 ÷ 2500 A bo'lgan elektr zanjirlarini soatiga 1500 martagacha uzib-ulab turishga hisoblab chiqariladi.
Nazorat savollar
1. Rele-kontaktorli boshqarish apparatlar nima?
2. 0 ‘zgarmas tok kontaktorlari nima?
3. Dastaki boshqariladigan apparatlarni aytib bering
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S . M a j i d o v . Elektrotexnika. « 0 ‘qituvchi», 2000- у (3- nashri).
2. S . M a j i d o v , A . V o h i d o v , R . G ' o z i y e v a , Y . S h o y i m o v .
Elektromexanik uskunalarva ulami avtomatlash asoslari. « 0 ‘qituvchi», 2002- у.
3. S . M a j i d o v . Elektr yuritma va elektr mashina atamalarining izohli lug'ati. «Fan», 1971- y.
27-Ma’ruza
Mavzu: Elektr boshqarish apparatlarini montaj qilish va sozlashni o'rganish
Reja:
1. Elektr yuritmaning ish rejimlari
2. Elektr yuritmaning avtomatik boshqarish apparatlari
3. Dastaki boshqarish apparatlari
Elektr yuritma yuklamasi, ko‘pincha, o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ammo u uzoq muddatli o‘zgarmas yoki o‘zgaruvchan yuklamada hamda qisqa muddatli va takrorlanuvchi qisqa muddatli rejimlarda ham ishlaydi. 7.1-a rasmda uzoq muddatli o‘zgarmas yuklama bilan ishlaydigan ish mashinasining yuklama diagrammasi ko‘rsatilgan. Bunday yuklama rejimini, ko‘pincha, ventilator, nasos, transportyor kabi mexanizmlarda uchratish mumkin. Uzoq muddatli ish rejimida motor o‘zining normal haroratigacha qiziy oladi. 7.1-b rasmda qisqa muddatli ish rejimiga tegishli yuklama diagrammasi ko‘rsatilgan. Bunda t1 ish vaqtida P1 quvvatga tanlangan motor o‘zining normal haroratigacha qiziy olmaydi. Zamonaviy elektr yuritmalardagi motorni berilgan tezlanishda ishga tushirish, berilgan ishlash chastotasini o‘zgartirmay saqlash, reverslash va uni berilgan sekinlanishda tormozlab to‘xtatish kabi murakkab vazifalarni boshqaruvchi sistemaga tegishli turli xildagi atomatik boshqarish apparatlari bajaradi.
Motorlarni boshqarishda dastaki, relekontaktorli, himoyalash, texnologik datchiklari, elektromagnit muftalar, elektr mashina kuchaytirgichlari va yarimo‘tkazgichli
kontaktsiz boshqarish asboblari, apparatlari va rostlagichlaridan keng foydalaniladi. Bunday apparatlar qo‘l bilan bevosita yoki mexanik uzatmalar yordamida harakatlantirilib, kuchlanishi 500 voltgacha bo‘lgan o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok zanjirlarini uzib-ulab turish uchun
qo‘llaniladi. Dastaki boshqarish apparatlariga rubilnik (uzgich), paketli o‘chirgich, barabanli almashlab ulagich, kontroller va shu kabilarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bu apparatlar nisbatan katta gabarit va kichik boshqarish quvvatiga ega bo‘lib, ularni harakatga keltirish uchun ancha kata qo‘l kuchi talab qilinadi. Nominal toki 1000 A gacha bo‘lgan elektr zanjirlarini uzibulab turishda qo‘llaniladigan eng oddiy asbob rubilnik deb ataladi. Rubilniklar bir, ikki va uch qutbli bo‘ladi. Qo‘zg‘aluvchi va qo‘zg‘almas kontaktlari o‘zaro izolatsiyalangan paketlar ichiga o‘rnatilgan apparatlar paketli o‘chirgich deb ataladi. Bu apparatdan kichik va o‘rtacha quvvatli qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlarni ishga tushirish, to‘xtatish, ularni yulduz sxemasidan uchburchaklik sxemaga o‘tkazishda foydalaniladi. Paketli o‘chirgichlar ham bir yoki bir necha qutbli bo‘lib, 220 V kuchlanishda, nominal toki 400 ampergacha bo‘lgan zanjirlarni uzib-ulashda qo‘llaniladi. Agar kuchlanish qiymati 380 V bo‘lsa, apparatning nominal toki 40% ga kamaytirilishi kerak. Bir vaqtda bir necha boshqaruvchi zanjirlarni uzib-ulab turishda hamda 3 kW gacha bo‘lgan asinxron motorlarni boshqarishda qo‘llaniladigan ko‘p kontaktli dastaki apparat barabanli almashlab ulagich deb ataladi. Kontrollerlar, asosan, barabanli va kulachokli bo‘ladi. Barabanli kontroller o‘zgaruvchan va o‘zgarmas tok motorlarini ishga tushirish va ular chastotasini rostlashda qo‘llaniladi. Barabanli kontroller aylanuvchi va qo‘zg‘almas qismlardan
(7.2-a rasm), aylanuvchi qism esa dasta 1 yordamida haroratlantiriladigan baraban 2 dan iborat bo‘ladi. Barabanga mis yoki bronzadan qilingan kontakt 3 lar o‘rnatilib, qo‘zg‘almas qismga esa izolatsiyalangan ustuncha 4 va unga prujinali kontakt barmoqlari 5 o‘rnatilgan. Kommutatsiya paytida kontroller kontaktlari orasida hosil bo‘ladigan uchqunlanishni tezda o‘chirish uchun uchqun o‘chiruvchi chulg‘am qo‘llaniladi. (7.2-b rasm)da barabanli kontrollerning yoyilma sxemasi ko‘rsatilgan. Bunday sxemada kontakt barmoqlari aylana yoki nuqta bilan belgilanadi.
Nazorat savollar
1. Elektr yuritmaning ish rejimlariga ta’rif bering
2. Elektr yuritmaning avtomatik boshqarish apparatlariga ta’rif bering
3. Dastaki boshqarish apparatlariga ta’rif bering
Foydalanilgan adabiyotlar

1. S . M a j i d o v . Elektrotexnika. « 0 ‘qituvchi», 2000- у (3- nashri).


2. S . M a j i d o v , A . V o h i d o v , R . G ' o z i y e v a , Y . S h o y i m o v .
Elektromexanik uskunalarva ulami avtomatlash asoslari. « 0 ‘qituvchi», 2002- у.
3. S . M a j i d o v . Elektr yuritma va elektr mashina atamalarining izohli lug'ati. «Fan», 1971- y.
28-Ma’ruza

Mavzu: Tiristorli ishga tushirgichning elektr sxemasini montaj qilish va sozlashni o'rganish


Reja:
1. Tiristоr.
2. Tiristоrning ishlаsh prinsipi.
Tiristоr – to’rt qаtlаmli, ya`ni uchtа r-n o’tishli yarim o’tkаzgich аsbоbdir. Undа turli hil o’tkаzuvchаnlikkа egа qаtlаmlаr kеtmа-kеt ulаnаdi. Chеtki p1 – qаtlаm – аnоd, n2-qаtlаm kаtоd dеb аtаlаdi. Ichki r2 vа n1 bоshqаruvchm elеktrоd yoki bаzа dеyilаdi. Bаzа qаtlаmlаri bir hil bulmаydi: n-bаzа r-bаzаgа qаrаgаndа qаlinrоk vа qоtishmа miqdоri оzrоq qilib yasаlаdi. Nаtijаdа n2 p-n o’tishning hususiyatigа bоg’liq bo’lаdi (tеskаri tоki kichik, tеskаri qаrshiligi еtаrlichа kаttа).Tаshqi kuchlаnish аnоd - kаtоd оrаlig’igа qo’yilgаn hоlni ko’rаylik. Mаnbаning musbаt qutbi аnоdgа, mаnfiy qutbi kаtоdgа ulаngаn bo’lsin. Bundа kuchlаnishning kichik kiymаtlаridа n1 vа n3 p - n o’tishlаr to’g’ri, n2 p - n o’tish esа, tеckаri yunаlishdа ulаngаn bo’lаdi. Shuning uchun tаshqi kuchlаnishni to’liq n2 p - n o’tishgа qo’yilgаn dеb qаrаsh mumkin. U yopiq bo’lgаni uchun tiristоrdаn o’tаdigаn tоk judа kаm (tеskаri tоkkа tеng) bo’lаdi. Tiristоrning qаrshiligi аnа shu yopik n2 o’tish qаrshiligi оrqаli hаrаktеrlаnаdi.1Аgаr tаshqi kuchlаnish оrtаbоshlаsа qаtlаmlаrdаgi tоk o’tishi bilаn bоg’liq jаrаyonlаr sifаt jihаtdаn o’zgаrаdi. n2 o’tishdаgi tеskаri tоknnng birоz оrtishi bilаn hаr ikki bаzаgа аsоsiy bo’lmаgаn tоk tаshuvchilаrning kirishi tutilib qоlishi zo’rаyadi. Mаsаlаn, R2 - bаzаdа kаvаklаr zichligi оrtаdi. Bu n2 utish pоtеnsiаl tusig’ining kichrаyishigа, ya`ni kаrshiligining kаmаyishigа оlib kеlаdi. Nаtijаdа tiristоrdаn o’tаdigаn tоk fаkаt tеskаri tоkkа emаs, bаlki n2 o’tishgа еtib kеlgаn bаzаlаrdаgi аsоsiy bo’lmаgаn tоk tаshuvchilаr tоkigа hаm bоg’liq hоldа оrtаbоshlаydi (6.1-rаsm).
9.1-rаsm. Tiristоrni strukturаli sxеmаsi: а)bоshqаruvchi elеktrоd; b) tiristоrning vоl`tаmpеr xаrаktеristikаsi.Tаshqi kuchlаnishning kаttаligi birоr Uyoq kuchlаnishgа еtgаch, tiristоr tоki ko’chkisimоn оrtа bоshlаydi. Bu kuchlаnish tiristоrning qаytа ulаnish to’g’ri kuchlаnishi dеb аtаlаdi. Bu vаqtdа tiristоrning qаrshiligi judа kichik bo’lgаni uchun undаgi pоtеnsiаllаr аyirmаsi hаm kichrаyadi (АV sоhа). Uning kаttаligi tаshqi nаgruzkа qаrshiligining kiymаti bilаn chеgаrаlаnаdi. Tiristоr tоkining оrtishi dаvоmidа аsоsiy bo’lmаgаn tоk tаshuvchilаr n2 o’tishdа to’plаnа bоshlаydi. Ulаrning kоnsеntrаsiyasi еtаrlichа bo’lgаch, n2 o’tish to’g’ri ulаnish hоligа kеlаdi. Nаtijаdа n2 o’tishning qаrshiligi eng kichik bo’lib, tiristоr kichik (to’yinish) hоlаtigа o’tаdi. Bu uning turg’un ish rеjimi bo’lаdi (VS chiziq). Yuqоridа kеltirilgаn tiristоrning ishlаshini uning ekvivаlеnt shеmаsidа tаsаvvur qilish qulаy. Buning uchun uni r-n-r vа n-r-n turdаgi trаnzistоrlаrning qo’shmаsi dеb qаrаsh kеrаk (6.1-rаsm). Bundа T1 trаnzistоrning emmitеr tоki IE1 miqdоrgа o’zgаrsа, uning kоllеktоr tоki IK1 gа o’zgаrаdi. U sоn jihаtdаn T2 trаnzistоrning bаzа tоki o’zgаrishigа tеng bo’lаdi. Shuning uchun, T2 trаnzistоrning kоllеktоr tоki IK2=Ib22=Ib12 mikdоrgа o’zgаrаdi (2-T2 trаnzistоrning tоki bo’yichа uzаtish kоeffisiеnti). Lеkin T2 tpanzictоrning kоllеktоri T1 trаnzistоrning bаzаsi bilаn tutаshgаn. IK2=Ib1 bo’lgаni uchun u T1 trаnzistоr emmitеr tоkining yanаdа оrtishigа оlib kеlаdi. Bu tiristоrdаgi ko’chki jаrаyonini hаrаktеrlаydi (АV chiziq).Ko’rib chiqilgаn ulаnishdаgi tiristоr diоd tiristоr yoki dinistоr dеb аtаlаdi. Tiristоrning yopiq hоlаtdаn оchiq hоlаtgа o’tishini fаqаt аnоd-kаtоd оrаsidаgi kuchlаnishni o’zgаrtiribginа emаs, bаlki bаzаlаrdаn birоrtаsidаgi tоkni qisqа muddаtgа оshirish yo’li bilаn hаm аmаlgа оshirish mumkin. Bu tоkni bоshqаrish tоki (Iu) dеb аtаlаdi. U tiristоr qаtlаtmаridа hоsil bo’lаdigаn jаrаyonlаrni o’zgаrtirmаydi. Fаqаt uning kаytа ulаsh to’g’ri kuchlаnishini kichrаytirаdi, hоlоs. Bundаy tiristоrlаr triоd tiristоr yoki trinistоr dеb аtаlаdi. Uning vоl`tаmpеr hаrаktеristikаsi 6.1 b-rаsmdа ko’rsаtilgаn. U bоshqаrish tоkining оrtishi bilаn qаytа ulаsh to’g’ri kuchlаnishi kichrаyishini ko’rsаtаdi. Iu= I0 bo’lgаndаgi hаrаktеristikа diоdning to’g’ri o’tish hаrаktеristikаsigа аylаnаdi. I0- yassilаnish tоki dеb аtаlаdi.
Nazorat savollar

  1. Tiristоr tuzilishini аyting.

  2. Tiristоrning ishlаsh prinsipini tushuntiring.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Kаrimоv А.S. Nаzаriy elеktrоtеxnikа. Dаrslik. –T.: O`qituvchi, 2003. -422 b.

  2. Kаrimоv А.S, Mirxаydаrоv M.M. Elеktrоtеxnikа vа elеktrоnikа аsоslаri. Dаrslik. – T.: O`qituvchi, 1995.- 468 b.

  3. X.K. Аripоv, А.M. Аbdullаеv, N.B. Аlimоvа. Elеktrоnikа vа sxеmоtеxnikа. O`quv qo`llаnmа. – T.: TАTU, 2008. -137 b.

29-Ma’ruza
Mavzu: Ximoya apparatlari
Reja:
1. Pastaki boshqarish apparatlari
2. Rele-kontaktorli boshqarish apparatlari
H
oziigi zamon avtomatlashtirilgan elektr yuritmalarini boshqarish apparatlari motorni avtomatik ravishda ishga tushirish, berilgan tezlikni o'zgartirmay saqlash, reverslash va tormozlab to'xtatish kabi murakkab vazifalami bajarishga mo'ljallangan. Bunday apparatlar quyidagi turlarga bo'linadi: 1) dastaki (qo‘1 bilan) boshqarish; 2) rele-kontaktorh; 3) himoya apparatlari; 4) texnologik datchiklar va avtomatikada qo'llaniladigan ba’zi bir apparatlar. Bunday apparatlar qo‘l bilan bevosita yoki mexanik uzatmalar yordamida harakatlantirilib, kuchlanishi 500 V gacha bo'lgan o'zgaruvchan va o'zgarmas tok zanjirlarini uzib-ulab turishda ishlatiladi. Bularga rubilnik, paketli uzgich, barabanh uzgich-ulagich, kontroller va shu kabilami misol qihb ko'rsatish mumkin. Bu apparatlar nisbatan katta o'lcham, kichik quwatga ega bo'ladi. Ulami harakatga keltirish uchun ancha katta qo'l kuchi talab qilinadi. Nominal toki 1000 A gacha bo'lgan elektr zanjirlaming uzibulab turishda qo'llaniladigan eng oddiy asbob rubilnik deb ataladi.
Rubilniklar bir, ikki va uch qutbli bo'ladi. 6.1- rasmda uch qutbli rubilnik ko'rsatilgan.
Qo'zg'almas va qo'zg'aluvchan kontaktlari bir-biridan izolyatsiyalangan hamda maxsus paketlar ichiga o'matilgan apparatga paketli uzgich deb ataladi (6.2- rasm). Bu apparat bilan kichik va
o'rtacha quwatli qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlami ishga tushirish, to'xtatish, ulami yulduz sxemasidan uchburchaksxemasiga o'tkazish va boshqarish zanjirlarini uzib-ulash mumkin. Paketli uzgichlar ham bir yoki bir necha qutbli bo'lib, 220 V
chlanishda nominal toki 400 ampergacha bo'lgan zanjirlarda ishlatilishi mumkin, 380 V kuchlanishda esa apparatning nominal toki 40% ga kamaytirilishi kerak Barabanli almashlab ulagich, birdaniga bir necha boshqaruvchi zanjirlami almashlab ulab turish hamda 3 kW gacha
bo'lgan asinxron motorlarni boshqarishda q o 'llan ilad i(6.3- rasm). Kontrollerlar, asosan,
barabanli va kulachokli bo'ladi. Barabanli kontroller o'zgaruvchan va o'zgarmas tok motorlarini ishga tushirish va ular tezligini rostlashda qo'llaniladi. Barabanli kontrollerning tuzilishi 6.4- rasmda ko'rsatilgan. V aylanuvchi va qo'zg'almas qismiardan iborat bo'ladi. Aylanuvchi qism baraban (2) dan iborat bo'lib, uni dasta (7) yordamida harakatlantiriladi. Barabanga mis yoki bronzadan qilingan kontakt (J) lar o'rnatiladi. Qo'zg'almas qism esa izolatsiyalangan ustuncha (4) dan iborat bo‘lib, unga prujinali kontakt barmoqlari (5) o‘matiladi. Kommutatsiya paytida kontroller kontaktlari orasida hosil bo'ladigan uchqunlami (elektr yoyni) tezda o‘chirish uchun
uchqun o‘chiruvchi chulg‘am qo'llaniladi. 6.5- rasmda barabanli kontrolleming yoyilma sxemasi ko'rsatilgan. Bunday sxemada kontakt barmoqlari aylana yoki nuqta bilan belgilanadi.
Agar kontroller barabanini I, II yoki 0 holatlarga aylantirib qo'yilsa, unda barabandagi shtrixlar
bilan ko'rsatilgan qo'zg'aluvchi kontaktlar qo'zg'almas kontaktlar bilan qo'shilishadi. Bunda Lv L2va L3 qo'zg'almas kontaktlar elektr tarmog'iga ulanihb, Cp C2 va C3 qo'zg'aluvchi kontaktlar esa asinxron m otornin stator chulg'amiga ulangan bo'ladi. , Shunga ko'ra, kontroller 0 holatdan \ holatga o'tkazilsa, motor bir tomonga, II holatga o'tkazilganda teskari tomonga aylanadi. Qo'l bilan boshqarish apparatlari kontaktlarining mexanik yemirihshi nisbatan katta bo'lgani uchun ulaming xizmat davri juda qisqa bo'ladi. Masalan, rubilniklaming o'rtacha xizmat davri
5000 marta ulanish, barabanli uzgich-ulagichlamiki 25000 marta bilan chegaralansa, kontaktorlamiki esa bir necha milhonga teng bo'ladi. Kelgusida eng katta istiqbolga ega bo'lgan yarim o'tkazgichh kontaktsiz apparatlar va mantiqiy elementlaming xizmat davri juda katta ulanish sonlari bilan aniqlanishi kerak. Lekin hozirgi paytda, avtomatikada qo'Uanilgan apparatlar ichida rele-kontaktorlar ko'pchihkni tashkil qiladi. Bu apparatlar avtomatikada keng qo'llanilayotgan elektr mashinali va magnit kuchaytirgichlar hamda ventilh kuchaytirgichlar bilan birgalikda ishlatilmoqda. Elektr zanjirini soatiga 1500 marta uzib-ulab turuvchi elektromagnit apparati kontaktor deb ataladi.
Nazorat savollar
1. Pastaki boshqarish apparatlari qanday vazifa bajaradi?
2. Rele-kontaktorli boshqarish apparatlari qanday vazifa bajaradi?

30-Ma’ruza


Mavzu: Turli eruvchan saqlagichlarning va avtomatlarning ishlash tamoyilini o'rganish, ularni montaj qilish va sozlashni o'rganish
Reja:
1.Naychali saqlagich
2. Avtomat uzgich
3. Maksimal tok relesi
H imoya apparatlaming asosiy vazifasi elektr yuritma va ish mexanizmlari uchun xavfh bo'lgan ish rejimi sodir bo'hshi bilan motorni o'z vaqti da elektr tarmog'idan ajratishdan iborat. Motor
qisqa tutashish (masalan, keskin o'tayuklanish natijasida), nol kuchlanish (kuchlanish nol yoki ma’lum miqdorgacha pasayganda motor to'xtab, elektr tarmoqdagi kuchlanish tiklanishi bilan o'zo'zidan ishga tushishi) va normalga nisbatan kattaroq bo'lgan yuklama bilan uzoq muddath rejimlarda ishlashi xavffi hisoblanadi. Motorni bunday rejimlardan himoyalash uchun turli saqlagichlar qo'llaniladi. Elektr motorlari va boshqarish zanjirlarini qisqa tutashish tokidan himoyalash uchun, ko'pincha, eng sodda va arzon apparat hisoblangan eruvchan simli saqlagichlardan foydalaniladi. Kichik va o'rta quwath motorlarda probkali, katta quwatli motorlarda esa trubkali (naychah) saqlagichlar qo'llaniladi (6.17- rasm). Saqlagich simi motoming elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi. Motorda qisqa tutashish rejimi sodir bo'lganda, saqlagich simidan o'tadigan qisqa tutashish toki uni kuydirib yuboradi, buning natijasida motor elektr tarmoqdan uzilib himoyalanib qoladi. Motor zanjirini elektr tarmog'iga qayta ulash uchun dastawal saqlagichdagi eruvchan sim yangilanishi kerak. Saqlagichlardagisimning erish harorati ko'p faktorlarga (simning diametri, uzunligi, ulanish kontakti, muhit harorati, sovish sharoitlariga) bog'liq bo'lgani sababli himoyalash aniqligi juda past bo'ladi.
Reostat bilan ishga tushiriladigan motorlar uchun saqlagich simining nominal toki motoming nominal tokiga teng qilib olinadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar uchun esa saqlagich simining nominal toki 6.17-rasm. Trubkali (2,5+3)7n ga teng qilib olinadi. Naychali
(naychali) saqlagich. saqlagichlar 6+1000 A ga mo'ljallab chiqariladi Elektr motorlarni (ayniqsa, katta quwatli) qisqa tutashish tokidan aniqlik bilan tez himoyalash hamda elektr tarmog‘idan ajralgan motomi bir onda qayta ishga tushirish uchun, ko‘pincha, avtomat uzgichlar ishlatiladi. Bunday avtomat, motomi nol kuchlanish paytida ishlash xavfidan ham himoyalaydi. Avtomatdagi kontakt sistemani dasta orqah (qo‘l bilan) tutashtirish va ajratish mumkin. Bundan tashqari, motorga xavfli bo'lgan rejimlarda uning kontakt sistemasi o‘z-o‘zidan harakatga kelib, motomi elektr tarmog'idan ajratish va shu bilan uni himoyalash imkoniyatiga ega bo'ladi. Bunda motoming uchala fazasi elektr tarmog‘idan ajratiladi. Eruvchan simli saqlagichlarda esa bir faza ajrahb, motor o‘ziga xavfli bo'lgan ikki fazada ishlashi mumkin. Avtomatlar esa maxsus ajratuvchi mexanizmlar bilan ta’minlangan bo'ladi. 6.18-rasmda avtomat
uzgich (A) elementlarining ulanish sxemasi ko'rsatilgan. Bunda 1 — elektromagnitli ajratuvchi mexanizm; 2 — uzoq muddath o'tayuklanish toki ta’sirida motorga xavfli bo'lgan qizishdan
ajratuvchi mexanizm. ba’zi bir ajratuvchi mexanizmlaming ulanish sxemalari ko'rsatilgan. Bunda a — maksimal tok ta’sirida bir onda. Bunday rele o'zgaruvchan va o'zgarmas tok motorlarini qisqa tutashish tokidan himoyalash uchun qo'llaniladi. Relening tok chulg'ami motor ulangan bosh zanjirga, uning kontaktlari esa boshqarish zanjiridagi kontaktorning qo'zg'atish chulg'amiga ketma-ket ulanadi. Shunga ko'ra tok relesi qisqa tutashish rejimida ishga tushib, kontaktor orqah motomi elektr tarmog'idan ajratadi. Bu relening ishga tushish toki motomi ishga tushirish va
tormozlash tokidan 30+50% ko'p bo'lishi kerak. O'zgarmas tok motori uchun bu tok kommutasiyaga ko'ra chegaralangan tok qiymatidan ortmasligi kerak. Maksimal tok relesining tuzilishi .РЭ-2100 seriyali tok relesidan deyarh farq qilmaydi.
Nazorat savollar
1.Naychali saqlagich aytib bering
2. Avtomat uzgich aytib bering
3. Maksimal tok relesi aytib bering
31-Ma’ruza
Mavzu: Elektr yuritmani tanlash
Reja:
1. Elektr yuritma ta’rifi, turlari
2. Rostlanadigan elektr yuritma
3. Elektr yuritmalarda qoilaniladigan motor turlari
Elektr yuritma deb elektr motor, uni boshqaruvchi (ishga tushiradigan, tezligini rostlaydigan, tormozlab to‘xtatadigan) elektr apparatlari va motor bilan ish mashinasi orasidagi mexanik uzatmadan iborat qurilmaga aytiladi. Boshqarish apparatlari vositasida avtomatik ravishda ishga tushiriladigan, to‘xtatiladigan yoki yuklanishni o‘zgarishiga qaramay aylanish tezUgini o‘zgartirmay saqlaydigan hamda aylanish yo‘nalishini teskari tomonga aylantiradigan yuritma avtomatlashtirilgan elektr yuritma deyiladi. Texnologiya talablariga binoan tezligi majburiy ravishda o'zgartiriladigan yuritma rostlanadigan elektr yuritma deb ataladi. Avtomatlashtirilgan va rostlanadigan elektr yuritma tarkibida o ‘zgartgich ham bo'lishi mumkin. 0 ‘zgartgich deb elektr tokini bir turdan boshqa turga, masalan, o'zgaruvchan tokni o'zgarmasga yoki aksincha, shuningdek, tok kuchlanishi yoki chastotasi qiymatim hamda tazalar sonini o'zgartiradigan moslamaga aytiladi. Shunday qilib, avtomatlashtirilgan elektr yuritma vositasida
elektr energiyasini mexanik energiyaga aylantirishdan tashqari, bu mexanik energiyani elektr usuh bilan talabga binoan rostlash imkoni yaratiladi. Natijada, texnologiya jarayonini takomillashtirish, ish unumi va mahsulot sifatini oshirish mumkin bo'ladi. Birinchi elektr yuritmasi 1838- yilda rus akademigiB.S.Yakobi
tomonidan yaratilgan bo‘lib, u o‘zi kashf etgan o‘zgarmas tok motorini kemaga o'm atib, uni harakatlantirgan, ammo bu paytda tejamli tok manbayi mavjud emasligi sababli elektr yuritmani keng
ko'lamda qo'llash imkoni bo‘lmagan. Rus injeneri M.O.DolivoDobrovolskiy tomonidan 1889— 1891 -yillar orasida transformator, asinxron motori va uch fazali sistemaning yaratilishi bilan elektrotexnika taraqqiyoti misli ko‘rilmagan darajada rivojlanib ketdi. Bu rus injeneri o‘z navbatida uch fazali elektr energiyasini transfor mator vositasida uzoq masofaga tejamli uzatib, Germaniyaning Frankfurt shahrida o'tkazilgan elektrotexnika sohasidagi birinchi umumjahon ko'rgazmasida o ‘zi yasagan asinxron motorli nasos elektr yuritmasi ishini namoyish etgan. Shundan so‘ng, XX asming boshlaridayoq elektr energiyasini dunyo miqyosida ishlab chiqarish va undan xalq xo‘jaligining turli sohalarida foydalanish keng rivojlanib, elektrotexnika hatto fan sifatida shakllana boshladi. Agar 1915—16- yillarda Toshkent ko'chalarida Belgiyadan keltirilgan konka nomli otlar bilan harakatlantiriladigan yuritmalar paydo bo‘lgan bo‘lsa, bugungi kunda Andijon viloyatining Asaka shahrida qad ko'targan zavodda robot va kompyuterlar bilan boshqariladigan elektr yuritmalaming konveyer Uniyalarida Neksiya, Damas, Tiko va Matiz nomh yengil avtomobillar uzluksiz ravishda ishlab chiqarilmoqda, shahrimiz ko'chalarida esa, ketm a-ket qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok motorU elektr yuritmaga ega bo‘lgan zamonaviy jihozlangan tramvay, trolleybus va metropoliten ishlab turibdi. Demak, hozirgi kunda og‘ir va yengil sanoat, qurilish, qishloq xo‘jaligi va xatto maishiy xizmat texnikasida elektr yuritmadan keng va samarali foydalanilmoqda. Sanoat, transport, qurilish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi va maishiy xizmat texnikalari elektr yuritmasining motoriario‘zgaruvchan, o'zgarmas tok va katta quwatlarda, turh tuzilishlarda ishlab chiqariladi. Xususan, ishlashda ishonchU, sodda tuzilishli, o'lchamlari va massasi kichik, arzon bo‘lgan asinxron motorlar keng qo'llanilmoqda. Jumladan, uzluksiz ishlaydigan transport, nasos, kompressor, ventilyator mexanizmlarining yuritmasida 4A, 5А, АИ va PA seriyali kichik quwatli asinxron motorlar ishlatiladi. Ishga tushirish sharoiti og‘ir va tezhgi rostlanishi kerak bo‘lgan mexanizmlar yuritmasida 4 AK va 4AHK seriyali faza rotorli asinxron motorlaridan foydalaniladi. Katta quwatli, rotori qisqa tutashtirilgan asinxron motorlar safiga АТДИ, A4, ДА304, АДО, BAH seriyaUlari kirib, faza rotorlilar safiga esa AK4, BAK3, AOK, АКСБ va boshqa seriyalilar kiradi. АТДИ seriyali asinxron tu rbom otorlar esa 6—10 kV kuchlanishda, 500—8000 kW quwatlarda ishlab chiqariladi, faza rotorli AK4 seriyali motorlar esa, 250—1000 kW quwatlarda chiqarilib, tezligi rostlanuvchan mexanizmlar yuritmasida qo‘llaniladi.
Nazorat savollar
1. Elektr yuritma ta’rifi, turlarini aytib bering.
2. Rostlanadigan elektr yuritmani aytib bering.
3. Elektr yuritmalarda qoilaniladigan motor turlarini aytib bering.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Kаrimоv А.S. Nаzаriy elеktrоtеxnikа. Dаrslik. –T.: O`qituvchi, 2003. -422 b.
2.Kаrimоv А.S, Mirxаydаrоv M.M. Elеktrоtеxnikа vа elеktrоnikа аsоslаri. Dаrslik. – T.: O`qituvchi, 1995.- 468 b.
3.X.K. Аripоv, А.M. Аbdullаеv, N.B. Аlimоvа. Elеktrоnikа vа sxеmоtеxnikа. O`quv qo`llаnmа. – T.: TАTU, 2008.

32-Ma’ruza


Mavzu: Uzoq muddatli rejim uchun motor quvvatini tanlashga doir masalalar yechish
Reja:
1. Elektr yuritmani to'g'ri tanlash
2. . Elektr motori aylanish tezigi
3. Elektr motorining xillari
Elektr yuritmani to'g'ri tanlash va hisoblash asosida ishlab chiqarish mexanizmining unumli va tejamli ishlashiga sharoit yaratiladi. Elektr yuritma yordamida mashina yoki mexanizmlami ishga tushirish, to‘xtatish va teskari tomonga harakatlantirish (reverslash) kabi o‘tkinchi hamda turg‘un ish rejimlarini qulay sharoitda bajarish vazifalari amalga oshiriladi. Bu jarayonlaming o ‘tishi, awalo, m otor aylanish tezligining uning aylantiruvchi momentiga nisbatan o'zgarish xususiyatiga qarab aniqlanadi. Bu xususiyat
m otor xiliga qarab turlicha bo‘ladi.Elektr motorining xillari quyidagi belgilarga ko‘ra aniqlanadi.
Elektr tokining turiga ko'ra o'zgarmas va o‘zgaruvchan tok motoriari bo'ladi. O'zgarmas tok motoriari, o‘z navbatida, qo‘zg‘atish chulg'amining ulanish sxemasiga ko'ra parallel, ketma-ket va aralash (shuntli, series va kompaund) qo‘zg‘atishli motorlarga bo‘linadi. O'zgaruvchan tok motoriari esa rotor bilan stator magnit maydonining bir-biriga nisbatan aylanish tezliklariga ko‘ra — asinxron va sinxron deb ataluvchi motorlarga bo'linadi. Asinxron motorlar, o‘z navbatida, rotor chulg'amiga ko‘ra qisqa tutashtirilgan rotorli
va faza rotorli (kontakt halqali) motorlarga bo‘hnadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motoriari esa rotoming tuzilishiga ko‘ra, bir va ikki katakdan iborat qisqa tutashtirilgan chulg‘amli hamda chuqur pazli motorlarga bo‘linadi. Qisqa tutashtirilgan rotorli asinxron motorlar fazalar soniga ko‘ra, uch fazali va bir fazali boiadi. Motor tezhgining uning aylantiruvchi momentiga bog'lanishini ko'rsatuvchi со= f(M ) yoki n = f(M ) egri chiziqni motoming mexanik tavsifi deb ataladi. M otoming aylantiruvchi momenti

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish