Legirlangan asbobsozlik po’latlarining kimyoviy tarkibi (% da) va qattiqligi
XV5 po’lati 820...840 °C haroratda suvda toblanadi, so’ngra 150...180°C da bo‘shatiladi. Martensitda uglerod konsentratsiyasi yuqori bo’lganda po’lat tarkibida ko‘p miqdorda murakkab karbidlarning bo’lishi juda qattiq po’lat olish imkonini beradi (HRC 65...67). XV5 po’lati yomon qiziydi va mustahkamligi jihatidan U12A po’latidan qolishmaydi. Ammo o’ta qattiqligi tufayli kichik plastik deformatsiyalarga ham qarshiligi yuqori bo'lib. Undan tayyorlangan asboblar tig’larining shakli barqarordir.
Bu po’latdan razvyortkalar va past kesish tezligida ishlaydigan shakldor keskichlar tayyorlanadi. XVG po’lati 830—850 C da moyda toblanadi va 150—180°C da bo‘shatiladi. Tob berilgandan va bo‘shatilgandan keyin HRC 63...65 qattiqlikka va yelarli darajada qovushqoqlikka ega bo’ladi. Po’latlining tarkibida marganes bo’lganda ham yaxshi toblanadi, qoldiq austenit miqdorini ko‘paytirib beradi. Po’lat toblash paytida yuz beradigan hajm o'zgarishlarga kam uchraydi. Shu sababli, bu po’latdan tayyorlangan asboblar оz deformatsiyalanadi va uni to‘g‘rilash oson. Qoldiq austenitning ko‘pligi tufayli kichik plastik deformatsiyalarga qarshiligining kichikligi, karbid miqdorining turli-tumanligi va jilvirlashda darzlar hosil bo’lishga moyilligi XVG po’latining kamchiliklari hisoblanadi. XVG po’lati, asosan, yirik o’lchamdagi protyajkalar tayyorlash uchun ishlatiladi. 9XS po’lati 865...875 °C da moyda toblanadi. So’ngra 150...180°C da bo‘shatiladi. Bunda u HRC 63...64 qattiqlikka ega bo’ladi. Po’lat yaxshi qilish va toblanish xususiyatlariga ega. Moyda tob berilishi tufayli 9XC po’latidan tayyorlangan asbobning deformatsiyasi kamayadi. Tarkibidagi kremniy po’latni o‘ta qizib ketishga chidamli qiladi, mayda donalarning saqlanishiga imkon beradi va karbidlarning asbob ko’ndalang kesimi bo'ylab bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi. Mazkur po’latning kamchiligi uning uglerodsizlanishga moyilligi, ishlov berilgan yuza g’adir-budurligini tckislash uchun kesib ishlov berish qulay emasligi hisoblanadi. 9XS po’lati karbidining yuqori darajada bir jinsliligi sababli undan juda yupqa kesuvchi qismi bo’lgan asboblar yasash (kichik diametrli parmalar, metchiklar, razvyortkalar, rezba kcsuvchi asboblar, frezalar) imkonini beradi.
Ko’rib o’tilgan barcha legirlangan po’latlar issiqlikka chidamlilik darajasiga ko’ra U12A ( ki ~ 250°C) uglerodli po’latidan kam farq qiladi. Shu sababli, ulardan tayyorlangan asboblar past kesish tezliklarida ishlay oladi (20...25 m/min).
Tezkesar asbobsozlik po’latlari legirlangan po’latlardan tarkibida karbid hosil qiluvchi elementlarning (volfram, vanadiy, molibden va xrom) katta miqdorda mavjudligi bilan farq qiladi va bu hol mazkur po’latlarni issiqqa chidamliligini ancha oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |