Mavzu: Arxeografiya va uning vazifalari
Kirish.
Reja:
1.Arxeografiya haqida tushuncha
2.Arxeografik toʻplam mavzusini tanlash
3.Toʻplamning ish rejasi
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
Arхеоgrafiya – arхiv hujjatlari va bоshqa tariхiy manbalarni
nashrga tayyorlashning qоida va usullarini o‘rgatadigan
fandir.“Arxeografiya” atamasi yunon tilidan olingan bo‘lib, “arxeo” – qadimgi va “grafos” – yozaman, deb tarjima qilinadi. Arxeografiya ko‘makchi tarix fanlaridan biri bo‘lib, yozma tarixiy yodgorliklar, shu jumladan, arxiv hujjatlarini nashr etish uslublarini o‘rgatadi. Qadimgi yozma yodgorliklarni tavsiflash va ularni nashr etish arxeografiya fanining asosiy vazifasi hisoblanadi Tarixiy manbalarni nashr qilish birinchi marta G‘arbiy Yevropada XV asrda paydo bo‘lgan . O‘rta asr tarixiy manbalarining birinchi tanqidiy nashri XVI asrda paydo bo‘ldi. O‘zbekiston bir necha ming yillik davrni o‘z ichiga olgan boy arxeografik material (tarixiy hujjatlar, qo‘lyozma) larga ega. Arxeografiyaning namunalari O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik institutida, arxiv va muzeylarda to‘plangan.1
Arxeografiya – yozma manbalarni ilk tavsifga olish yoki ularni qidirib topib, birinchi marta tavsiflash, ilmiy muomalaga olib kirishni nazarda tutadi. Bu ilmiy yo‘nalish Respublikamiz Fanlar Akademiyasining Abu Rayhon Beruniy va sobiq Qoʻlyozmalar institutida boshlangan boʻlib maʼlum davrgacha Farg’ona vodiysi, Samarqand, Buxoro va Xorazm viloyatlariga qator arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirilgan bo‘lib, ularda A. Murodov, A.Irisov, I.Abdullaev, A.Ahmedov, B.Hasanov, O.Jalilov, M.Hakimov, Yu. Tursunov va boshqalar ishtirok etganlar. Bular natijasida bir qancha nodir qoʻlyozmalar va hujjatlar aniqlanib, davlat xazinalariga olib kelingan. Hamid Sulaymon Angliya, Frantsiya va Hindiston kutubxonalariga arxeografik ekspeditsiyalar uyushtirgan edi va buning natijasida qator yozma manbalar toʻg’risida malumotlar, ayrim mikrofilm va fotokopiyalari yurtimizga keltirilgan edi. Hozirgi paytda Sharqshunoslik instituti va Islom universiteti qoshida sharq qoʻlyozmalarini qabul qilish arxeografik komissiyalari mavjud boʻlib, ularda aholi oʻrtasida mavjud yozma manbalarni qiymatini aniqlashga qodir mutaxassislar bor.
Arxeografiyaning ahamiyati:
- Hujjatlarni e’lоn qilish tariх fanining rivоjlanishida muhim rоl o’ynaydi.
- Arхivlar, ilmiy-tadqiqоt institutlari va ayrim tadqiqotchilar tоmоnidan tayyorlab, nashr qilingan hujjatlar to’plamlari tariхni chuqur o’rganishga, tariхiy haqiqatni tiklashga yordam bеradi.
- Bunday hujjatlar to’plamlari tariхchilar tоmоnidan ilmiy asarlar yozishda muhim manba hisоblanadi.
- Hujjatlar to’plamining tariх fani taraqqiyotida, tariхchilar ilmiy-ijоdiy faоliyatida o’rni va ahamiyati bеqiyosdir.
Arxeografik toʻplamning mavzusiga qoʻyilgan talablar:
Mavzuning dоlzarbligi, ilmiy, siyosiy va amaliy ahamiyatga ega ekanligi.
Mavzu bo’yicha arхivlarda hujjatlar qay darajada saqlanganligini (ya’ni, bоr yoki yo’qligini, ko’p yoki оzligini hisоbga оlish lоzim).
Mavzu ilmiy jihatdan yangi, fanda kam tadqiq qilingan bo’lishi kerak.
Mavzuning nоmida tanlangan muammо hamda uning hududiy va хrоnоlоgik dоiralari ko’rsatilishi zarur.
Arхеоgrafik to’plamning rejasiga qo’yiladigan talalar:
Rеjadagi bоblar va paragraflar mavzuning mazmunini to’liq оchib bеrishi lozim.
Rеjani tuzishdan avval adabiyotlar va manbalar bibliоgrafiyasini tuzib оlish hamda adabiyotlarni sinchiklab o’rganib chiqish zarur.
Dastlab arхеоgrafik to’plamning taхminiy rеjasi tuziladi. Bu rеjada mukammal bo’lmaydi. Chunki unda hali barcha mavjud manbalar hisоbga оlinmagan bo’ladi.
To’plamni yozish uchun zarur bo‘lgan barcha manbalar tоpilganidan keyin qat’iy rеja tuziladi.
Arхеоgrafik to’plamning rеjasi mavzuiy va хrоnоlоgik tamоyilga ko’ra tuziladi.
Rеjaning strukturasi so’z bоshi, bоblar, paragraflar va so’ng so’zdan ibоrat bo’ladi.
Hujjatlar to’plami arхiv matеriallari, statistik ma’lumоtnоmalar, davriy matbuоt matеriallari asоsida tuziladi.
To’plamni tayyorlashda hujjatli matеriallarni tоpish va tanlash ma’suliyatli bоsqich hisоblanadi.
Hujjatlardan olingan har bir ko’chirmalarni alоhida-alоhida varaqlarga yozish maqsadga muvоfiq. Shunda ularni istalgan tartibda jоylashtirish оsоn bo’ladi.
Gazеta va jurnallarni o’qish chog’ida mavzuga dоir zarur ko’chirmalar оlish kеrak.
Hujjatlar to’plamini tuzishda ko’prоq arхiv hujjatlaridan fоydalanish lozim. Arхivdan faqat yangi, bоshqa оlimlar hali fоydalanib ulgurmagan hujjatlarni оlish maqsadga muvоfiqdir.
Arхiv hujjatlaridan ko’chirma qilinayotganda quyidagi qоidalarga e’tibоr bеrish kеrak: Hujjatdan ko’chirma to’la, so’zma-so’z ko’chiriladi. Ko’chirilgan hujjatning birоr qismi tushirib qоldirilsa, uch nuqta qo’yiladi, ko’chirmaga birоr so’z yoki jumla qo’shiladigan bo’lsa u kvadrat qavs ichida yoziladi. Ko’chirmadan оldin hujjat-tamg’adagi ma’lumоtlar, hujjatning sarlavхasi, sanasi yozib qo’yiladi. Shu bilan birga hujjatdagi rеzоlyutsiya, bеlgi, muhr ko’chirmadan kеyin yoziladi. Ko’chirilgan hujjatning охirida arхiv shifri ko’rsatiladi.
Shu tariqa, arхivlarda barcha kеrakli fоndlar, yig’majildlar, hujjatlar sinchiklab o’rganiladi va tadqiq etilayotgan mavzuga оid zarur hujjatlar ko’chirib оlinadi.
Arхiv hujjatlari tanlab оlingandan kеyin kоmppyutеrda ular bоb va paragraflar bo’yicha tartib bilan jоylashtirilib, to’plamning nusхasi tayyorlanadi.Uni chоp etishga tayyorlash jarayonida arхiv hujjatida mavjud bo’lgan imlо хatоlari to’g’rilanadi, qisqartirib yozilgan so’zlar kvadrat qavs ichida to’la yoziladi. Bu ishdagi asоsiy talab arхiv hujjati mazmunining o’zgarmasligidir. Hujjatlarda rеzоlyutsiya va har хil bеlgilar bo’lsa, ular tushirib qоldirilmaydi, hujjatning asоsiy matnidan kеyin bеriladi.
Оdatda arхiv hujjatining охirida imzо bo’ladi. Imzоni o’qib, uning egasi ism-sharifini aniqlab, yozib qo’yish lоzim. Mabоdо uni o’qishning ilоji bo’lmasa, «imzо» so’zi yozilib, imzоning egasi ism-sharifini o’qib bo’lmaganligi haqida izоh bеrib o’tiladi.
Hujjatga sarlavha yoziladi va hujjatning arхiv shifri, manzili ko’rsatiladi. Hujjat sarlavhasida uning sanasi, turi, nоmi, muallifi, kimga qarata yoki kimga nisbatan yozilgani (adrеsati), mazmuni ko’rsatiladi.
Hujjatning охirida «lеgеnda», ya’ni nazоrat-ma’lumоtnоma yoziladi. Bu qismda arхivning nоmi, shifri, ya’ni fоnd nоmi, tartib raqami, ro’yхat raqami, yig’majildning tartib raqami va varaqlari, shuningdеk hujjatning asl nusхa yoki ko’chirma ekanligi ko’rsatiladi. Hujjatning «lеgеnda»si quyidagicha ko’rinishga ega bo’ladi: O’zR MDA. F. 837. R. 2. Y. 24. V. 10-12. Asl nusхa.
Hujjatlar to’plam ichida хrоnоlоgik, mavzular bo’yicha yoki bоshqa bеlgilar asоsida jоylashtiriladi.
Оdatda to’plam mavzularga bo’lingan bo’ladi. Hujjatlar mavzular ichida хrоnоlоgik tartibda jоylashtiriladi.
To’plamning ilmiy-ma’lumоtnоma apparatida kirish, izоhlar, har хil ko’rsatkichlar (ismlar, gеоgrafik, prеdmеt va h.), mundarija bo’ladi.2
Arxeografiya – arxiv hujjatlarini nashr qilishga tayyorlashning qoida va usullarini o’rgatadigan fan. Hujjatlarni e’lon qilish tarix fanining rivojlanishida muhim rol o’ynaydi. Arxivlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan tayyorlab nashr qilingan hujjatlar to’plamlari tarixni chuqur o’rganishga, haqiqatni tiklashga yordam beradi. Bunday hujjatlar to’plamlari tarixchilar tomonidan ilmiy asarlar yozishda muhim manba hisoblanadi. Hujjatlar to’plamlarining tarix fani taraqqiyotida, tarixchilar ilmiy-ijodiy faoliyatida o’rni va ahamiyati beqiyosdir. Hujjatlar to’plamini tayyorlash mavzu tanlash va reja tuzishdan boshlanadi.Ilmiy tadqiqotga tayyorgarlik ishi, shuningdek hujjatlar to’plami chop etishga tayyorgarlik mavzu tanlashdan boshlanadi.
Mavzuni tanlash uchun eng avvalo shu tanlanayotgan mavzuga doir masalalar xususida chuqur bilimga ega bo’lish kerak. Mavzu tanlash masalasi shu mavzuning dolzarbligi va qimmatliligiga, uning ilmiy, siyosiy va amaliy ahamiyatiga qarab hal etilishi kerak. O’zbekistonning o’rta asrlar tarixi, shuningdek O’rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilik davri, tarixi, milliy ozodlik, jadidchilik harakatlari, sovet davri hamda Turkiston, Xorazm, Buxoro va O’zbekiston Respublikasi tarixi bilan bog’lik mavzular, istiqlolchilik harakati, kollektivlashtirish muammolari shunday mavzular sirasiga kiradi. Hujjatlar to’plami uchun mavzu tanlanayotganligini nazarda tutib, shu mavzu bo’yicha qoʻlyozma hujjatlar arxivlarda qay darajada saqlanayotganligini, ya’ni bor yoki yo’qligini, ko’p yoki ozligini ham hisobga olish lozim. Tanlangan mavzu bo’yicha manbalar yetarli bo’lsagina bu mavzu davlat arxivi tomonidan tasdiqlanadi va ish boshlanadi.Mavzu yangiligi, shu mavzuga oid ilmiy adabiyotlarda u qanday ishlab chiqilganligi ishning ahamiyatini belgilashda muhim o’rin tutadi. Tanlangan mavzu yangi va fanda hali kam tadqiq qilingan bo’lishi zarur. Tarixiy adabiyotlarda yetarlicha to’la yoritib berilgan mavzuni qayta ishlashning foydasi yo’q. Shuning uchun hali o’rganilishi ahamiyatli bo’lgan, yangilik elementlari bor mavzularni tanlashga harakat qilish kerak. Buning uchun mavzuga oid adabiyotlar bilan tanishib chiqish talab etiladi.Mavzuni tanlashda yana shu narsa muhimki, tadqiqotchi, tarixchi-arxivchi O’zbekiston tarixi bilan shug’ullanadigan ilmiy-tadqiqot institutlarining bu sohadagi istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda ish boshlasa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Shunday qilib, ilmiy ishning mavzui tarix fanining vazifalaridan kelib chiqqan xolda tanlanishi zarur.Mavzuni aniq, ifodalash juda muhim ahamiyat kasb etadi. U aniq ifodalangan bo’lishi lozim. Shundagina olib borilgan tadqiqot muvaffaqqiyatli chiqishi mumkin.Mavzu nomida masala, muammodan tashqari hududiy va xronologik doiralar ham ko’rsatilishi zarur. Agar hududiy doiralar tor bo’lsa, u holda xronologik doiralarni kengaytirish, va aksincha, agar xronologik doiralar tor bo’lsa, hududiy doiralarni kengaytirish kerak. Tadqiq qilinishi ko’zda tutilayottan mavzuning rejasi ham chuqur o’ylanib tuzilishi lozim, toki boblar va paragraflar mavzu mazmunini to’la ochib bersin.
Ish rejasini tuzishdan avval adabiyotlar va manbalar bibliografiyasini tuzib olish hamda adabiyotlarni sinchiklab o’rganib chiqish zarur. Adabiyotlarni o’rganish jarayonida mavzuga doir asosiy masalalar doirasi aniqlab olinadi va shu asosda ish rejasi tuzib chiqiladi. Reja tadqiqotchining ilmiy ishni tayyorlash borasida qilinadigan ishlarida ma’lum bir qo’llanma bo’lib xizmat qiladi. Ishda qanday masalalar yoritilishi zarurligini aniq belgilab olish va uni chuqur tasavvur etish materiallar, hujjatlarni to’g’ri topish, hamda tanlash uchun juda muhim davr hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot rejasi boshqa har qanday ilmiy ish rejasi singari to’plam tuzuvchilar tomonidan to’plamning mas’ul muharriri rahbarligida tuziladi.Dastlab ilmiy ish rejasi tuziladi. Demak, bu rejada hali mukammal bo’lmaydi. Taxminiy rejadagi savollar hajmi ilmiy ishning tuzilajak mukammal rejasidagi savollar hajmiga qaraganda keng yoki tor bo’lishi mumkin. Chunki unda hali barcha mavjud manbalar hisobga olinmagan bo’ladi.Ishning davom ettirish jarayonida taxminiy reja topilgan hujjatlar tarkibi, mazmuniga qarab o’zgarib, aniqlashib, mukammallashib boradi. Ilmiy ishni yozish uchun zarur bulgan barcha manbalar topil-ganidan keyingina ishda aniq masala yoki masalalarni to’la yoritish imkoniyati tug’iladi. E’lon qilingan, e’lon qilinmagan manbalarning hammasi topilganidan keyin shu asosda qat’iy reja tuziladi. Reja tuzishga ijodiy yondashib uni yangi boblar va paragraflar bilan to’ldirish yoki biron-bir bobdan, paragrafdan voz kechish, ayni paytda ayrim bob va paragraflarni kengaytirish, yiriklashtirish mumkin. Rejaning strukturasi so’z boshi, boblar, paragraflar va so’ng so’zdan iborat bo’ladi. Quyida ilmiy ishning dastlabki taxminiy rejasiga, uning o’zgarib borishiga misol keltiramiz.Mavzuga taalluqli adabiyotlarni o’rganib chiqish asosida mana bunday taxminiy reja tuzildi.Mana shu rejaga binoan yig’ilgan hujjatlar va materiallar rejani o’zgartirishni talab qildi.Yig’ilgan manbalar tarkibi va mazmuni rejadagi boblarni paragraflarga bo’lishni taqozo kildi. Shu sababli ilmiy ishning uzil-kesil variantini tayyorlash jarayonida bu boblar bir necha paragraflarga ajratildi va yana bir bob qo’shildi. Natijada ilmiy ishning qat’iy rejasi quyidagicha ko’rinish oldi.Shuni ta’kidlash lozimki, ilmiy ish rejasi muayyan muammo va mavzu tamoyiliga ko’ra (mavzu tadqiq, qilinayotgan masalani umuman ochib beradigan muammolarga bo’linadi), shuningdek xronologik tamoyilga ko’ra (boblar ma’lum tarixiy davrlarga bag’ishlanadi, mavzu esa tarixiy izchillikda ochib beriladi) tuzilishi mumkin. Bizning rejani muammoli tarzda tuzish usuli qulay ko’rinadi. Bunda mavzudagi asosiy, bosh muammolar boblarning nomlarida aks eggirilgan bo’ladi. Paragraflar bobning alohida tomonlarini ochib beradi. Barcha paragraf va boblar birgalikda tadqiq qilinayotan mavzuni butunlay o’z ichiga oladi.
Shunday qilib, mavzu tanlash, ilmiy ish tuzilishining ishlab chiqilishi, aniqrog’i bob va paragraflar sarlavhalarini aniqlash tarixga oid tadqiqotning, hujjatlar to’plami qo’lyozmasi ustida ishlashning muhim va mas’uliyatli bosqichi hisoblanadi.Ilmiy tadqiqotga tayyorgarlik ishi, shuningdek xujjatlar to‘plami chop etishga tayyorgarlik mavzu tanlashdan boshlanadi. Mavzuni tanlash uchun eng avvalo shu tanlanayotgan mavzuga doir masalalar xususida chuqur bilimga ega bo’lish kerak. Mavzu tanlash masalasi shu mavzuning dolzarbligi va qimmatliligiga, uning ilmiy, siyosiy va amaliy axamiyatiga qarab xal etilishi kerak. O’zbekistonning oʻrta asrlar tarixi, shuningdek, Oʻrta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi va mustamlakachilik davri, tarixi, milliy ozodlik, jadidchilik xarakatlari, sovet davri, shuningdek Turkiston, Xorazm, Buxoro va O’zbekiston Respublikasi tarixi bilan bogʼliq mavzular, yana shuningdek istiqlolchilik xarakati, kollektivlashtirish muammolari shunday mavzular sirasiga kiradi. Xujjatlar to‘plami uchun mavzu tanlanayotganligini nazarda tutib, shu mavzu bo’yicha koʻrgazma xujjatlar arxivlarda qay darajada saqlanayotgani, ya`ni bor yoki yoʻq, koʻp yoki ozligini xam xisobga olish lozim. Tanlangan mavzu bo’yicha manbalar yetarli boʻlsagina bu mavzu davlat arxivi tomonidan tasdiqlanadi va ish boshlanadi.Mavzu yangiligi, shu mavzuga oid ilmiy adabiyotlarda u qanday ishlab chiqilganligi ishning axamiyatini belgilashda muxim oʻrim tutadi. Tanlangan mavzu yangi va fanda xali kam tadqiq qilingan bo’lishi zarur. Tarixiy adabiyotlar yetarlicha toʻla yoritib berilgan mavzuni qayta ishlashning foydasi yoʻq.Shuning uchun xali oʻrganilishi ahamiyatda bo’lgan, yangilik elementlari bor mavzularni tanlashga xarakat kilish kerak. Buning uchun mavzuga oid adabyotlar bilan tanishib chiqish talab etiladi.Mavzuni tanlashda yana shu narsa muximki, tadqiqotchi, tarixchi arxivchi O`zbekiston tarixi bilan shug‘ullanadigan ilmiy tadqiqot institutlarining bu soxadagi istiqbolli rejalarini hisobga olgan holda ish boshlasa, maqsadga muvofiq boʻladi. Shunday qilib, ilmiy ishning mavzui tarix fanining vazifalaridan kelib chiqqan xolda tanlanishi zarur.Mavzuni aniq ifodalash juda muxim axamiyat kasb etadi. U aniq ifodalangan bo’lishi lozim. Shundagina olib borilgan tadqiqot muvaffaqiyatli chiqishi mumkin.Mavzu nomida masala, muammodan tashqari hududiy va xronologik doiralar ham ko’rsatilishi zarur. Agar hududiy doiralar tor bo‘lsa, u holda xronologik doiralarni kengaytirish, va aksincha, agar xronologik doiralar tor bulsa, hududiy doiralarni kengaytirish kerak. Tadqiq qilinishi koʻzda tutilayotgan mavzuning rejasi xam chuqur oʻylanib tuzilishi lozim, toki boblar va paragraflar mavzu mazmunini toʻla ochib bersin.
Ish rejasini tuzishdan avval adabiyottlar va manbalar bibliografiyasini tuzib olish xamda adabiyotlarni sinchiklab o‘rganib chiqish zarur. Adabyotlarni o’rganish jarayonida mavzuga doir asosiy masalalar doirasi aniklab olinadi va shu asosda ish rejasi tuzib chiqiladi. Reja tadqiqotchining ilmiy ishni tayyorlash borasida qilinadigan ishlarida ma`lum bir qoʻllanma bo’lib xizmat qiladi. Ishda qanday masalalar eritilishi zarurligini aniq belgilab olish va uni chuqur tasavvur etish materiallar, xujjatlarni toʻgri topish, xamda tanlash uchun juda muxim davr hisoblanadi. Ilmiy tadqiqot rejasi boshqa xar qanday ilmiy ish rejasi singari to‘plam tuzuvchilar tomonidan toʻplamning mas`ul muxarriri rahbarligidan tuziladi.Dastlab ilmiy ish rejasi tuziladi. Demak, bu reja xali mukammal bo‘lmaydi. Taxminiy rejadagi savollar xajmi ilmiy ishning tuzilajak mukammal rejasidagi savollar xajmiga qaraganda keng yoki tor bo’lishi mumkin. Chunki unda xali barcha mavjud manbalar xisobga olinmagan buladi.Ishning davom ettirilishi jarayonida taxminiy reja topilgan xujjatlar tarkibi, mazmuniga qarab oʻzgarib, aniqlashib, mukammallashib boradi. Ilmiy ishni ezish uchun zarur bo’lgan barcha manbalar topilganidan keyingina ishda aniq masala yoki masalalarni toʻla yoritish imkoniyati tugʼiladi. E`lon qilingan, e`lon qilinmagan manbalarning hammasi topilganidan keyin shu asosda, qat’iy reja tuziladi. Reja tuzishga ijodiy yondashib uni yangi boblar va paragraflar bilan to‘ldirish yoki biron bir bobdan, paragrafdan voz kechish, ayni paytda ayrim bob va paragraflarni kengaytirish, yiriklashtirish mumkin. Rejaning strukturasi so’z boshi, boblar, paragraflar va soʻng so’zdan iborat buladi. Quyida ilmiy ishning dastlabki taxminiy rejasiga, uni oʻzgarib borishiga misol keltiramiz.Mavzuga taalluqli adabiyotlarni oʻrganib chiqish asosida mana bunday taxminiy reja tuzildi:Mana shu rejaga binoan yigilgan xujjatlar va materiallar rejani o‘zgartirishi talab qildi.Yig‘ilgan manbalar tarkibi va mazmuni rejadagi boblarni paragraflarga bo’lishni taqazo qildi. Shu sababli ilmiy ishning uzil-kesil variantini tayyorlash jarayonida bu boblar bir necha paragraflarga ajratildi va yana bir bob qoʻshildi. Natijada ilmiy ishning qat`iy rejasi quyidagicha koʻrinish oldi.Shuni ta`kidlash lozimki, ilmiy ish rejasi muayyan muammo va mavzu tamoyiliga ko’ra (mavzu tadqiq qilinayotgan masalani umuman ochib beradigan muammolarga bo‘linadi), shuningdek xronologik tamoyilga ko’ra (boblar ma`lum tarixiy davrlarga bag‘ishlanadi, mavzu esa tarixiy izchillikda ochib beriladi) tuzilishi mumkin. Bizning rejani muammoli tarzda tuzish usuli qulay koʻrinadi. Bunda mavzudagi asosiy, bosh muammolar boblarning nomlarida aks ettirilgan boʻladi. Paragraflar bobning alohida tomonlarini ochib beradi. Barcha paragraf va boblar birgalikda tadqiq qilinayotgan mavzuni butunlay oʻz ichiga oladi.Shunday qilib, mavzu tanlash, ilmiy ish tuzilishining ishlab chiqishi, aniqrogʻi bob va paragraflar sarlavxalarini aniqlash tarixga oid tadqiqotning, xujjatlar to‘plami qoʻlyozmasi ustida ishlashning muxim va mas`uliyatli bosqichi hisoblanadi.
Hujjatlar to‘plami asosini arxiv xujjatlari, gazeta materiallari, statistik ma`lumotlar, memuarlar va xokazolar tashkil etadi. Manbalar va adabiyotlarni o’rganishni mavzuga oid tarixiy asarlarda e`lon qilingan manbalardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Bu ilmiy adabiyotlar tarixiy dalillar va hodisalarni toʻgʻri baxolash sari yo‘llaydi.Mavzuga oid adabiyot tadqiq qilinayotgan masalaning mohiyati bilan tanishtiradi, unga tadqiq qilinayotgan voqealar sodir bo’lgan tarixiy davr shart-sharoitlari toʻgrisida bilim beradi. Yaqin vaqt ichida chikkan adabiyotdan hozirgi paytda masalaning qanday qoʻyilayotganligini bilsa boʻladiki, bu ilgari chiqqan adabiyotlardan ancha tankidiy nuqtai nazardan foydalanish imkoniyatini .beradi. Tor sohadagi emas, balki umumiy sohaga bag‘ishlangan adabiyotni oʻrganish maqsadga muvofikdir. Chunki umumiy sohadagi masalalarni anglab yetgandan soʻng tor soxani tushunib bolish oson buladi.
Ilmiy ishni tayyorlash uchun xujjatli materiallarni aniklab topish va tanlash mas`uliyatli boskich xisoblanadi. Manbalarni aniqlash xar tomonlama va tula bo’lishi lozim. Chunki busiz tadqiqot mavzuini toʻgri va toʻliq yoritib boʻlmaydi. Ijtimoiy hodisalar sohasida ayrim kichik dalillarni yulib olib, misolbozlik qilish usuli sovet davrida keng tarqalgan edi. Voqealar tor sinfiylik tamoyili asosida yondashgan xolda bir tomonlama yoritilar edi. O’zbekistonning mustaqilligi sharoiti bilan tarixiy xodisalarga umuminsoniy, milliy qadriyatlardan kelib chiqqan xolda yondashilib, ular xolisona yoritilmoqda.Mustaqil O’zbekistonning tarix fani ayrim xodisalarni anik tarixiy sharoit bilan bog‘lab tadqiq qilishni, dalillarni butunligicha, bir-biriga bog‘lab olishni, voqealarni atroflicha, ularning ijobiy va salbiy oqibatlarini inobatta olgan xolda yoritish talab qilmokda. Mavzuni yoritish uchun zarur bo’lgan hujjatlar va materiallar, dalillar va misollar arxivlardan, vaqtli matbuotdan, e`lon qilingan manbalardan olinadi. Kuyida eng muxim manbalar va ulardan foydalanish yoʻllari haqida qisqacha toʻxtalib oʻtamiz.Bibliografiya tuzish. O’zbekistonda sobik ittifoq davrida juda koʻp miqdorda adabiyot, shu jumladan tarixga oid adabiyotlar nashr etilgan. Mana shunday koʻp kitoblar ichidan kerakligini qay yoʻsinda tanlab olish mumkin?Shu narsa ma`lumki, bu ishda tadqiqotchiga eng birinchi yordamchi kutubxona hisoblanadi. Xar bir kutubxonada adabiyotlarning alfabitli va sistemali kataloglari mavjud.Xuddi shunday qoʻllanmalar O’zbekiston Respublikasi davlat kitob palatasi tomonidan xam chiqarilgan va unda respublikada chiqqan adabiyot, maqolalar ko’rsatilgan. «O’zbekiston SSR kitoblarining yilnomasi» kitoblar ko’rsatkichining ko‘plab jildlarida respublikada sovet xokimiyati yillarida chop etilgan kitoblar qayd etilgan.Kundalik umumiy bibliografiya bilan bir katorda maxsus tarixiy bibliografiya xam nashr qilib borilgan.O’zbekiston tarixiga oid bibliografik qoʻllanmalar juda koʻp. Tarixning barcha asosiy muammolari yuzasidan tavsiya qilinadigan tarixiy adabiyotlarning bibliografik ruyxatlari e`lon qilingan. Bularni kutubxonalarning bibliografiya bo‘limlaridan topish mumkin.O’zbekistonda sovet hokimiyati yillarini oʻz ichiga olgan qator bibliografik ko’rsatkichlar e`lon qilindiki, ular tadqiqotchilarimiz ishini ancha yengillashtiradi. A. Navoiy nomidagi O’zbekiston Respublikasi Davlat kutubxonasi 60-yillar oxirida O’zbekistonning qadimgi zamondan boshlab 60-yillar oxirigacha bo’lgan tarixi bo’yicha «Istoriya Uzbekistana. CH. 1, 2. Ukazatel’ Sovetskoy literaturn» (Toshkent, 1967, 1969 tg.) nomli maxsus ko’rsatkich chiqargan edi. 1953 yildan e`tiboran O’zbekiston bo’yicha chiqqan adabiyotlarning yillik bibliografik ko’rsatkichlari e`lon qilinmoqda. Shu bilan birga «O’zbekistonda ijtimoiy fanlar» jurnali O’zbekiston tarixi bo’yicha chiqqan adabiyotlarning yillik ruyxatini e`lon qilib borgan. Shunday qilib, tadqiqotchilar matbuotda O’zbekiston tarixi haqida barcha adabiyotlarning toʻla ruyxatiga egadirlar.Umuman olganda yuqorida tilga olib oʻtilgan asosiy bibliografiya tadqiqotchiga tanlangan mavzu bo’yicha adabiyotlar ruyxatini tuzib olib, ularni ma`lum bir izchillikda o‘rganib yordam beradi.Manba va adabiyotlarni oʻrganish chogida ularni konspekt qilish, kerakli hujjatlardan ko’chirma olish foydalidir. Xujjatlardan ko’chirmalarning xar birini aloxida aloxida varaklarga yozish maqsadga muvofiq. Shunda ularni ayrim masalalar bo’yicha istalgan tartibda joylashtirish oson boʻladi.Adabiyotlar, e`lon qilingan manbalar bilan birga vaqtli matbuotni xam o‘rganib borish foydadan xoli emas. Gazeta va jurnallardan to‘plam uchun hujjatlari yigiladi. Shuningdek, ular tadqiq qilinayotgan davrni, mavzuga oid tarixiy jarayonlarni xar tomonlama o’rganishda ko‘maklashadi.
Vaqtli matbuot. yuqorida xujjatlar to‘plamini tayyorlashda kitoblardan, e`lon qilingan manbalardan foydalanibgina qolmasdan, balki vaktli matbuotdan, ya`ni gazeta va jurnallardan xam foydalanish kerak deyildi. Vaqtli nashrlarda muxim davlat xujjatlari, davlat raxbarlarining nutqlari e`lon qilinadi, iqtisodiyot, fan, madaniyat soxasida erishilgan soʻnggi yutuqlar, jamiyat hayotidagi muxim voqealar yoritib boriladi. .Gazetadagi materiallar tematikasi, ularning joylashtirilishi, maxsus boʻlimlar, ruknlar talabaga, tadqiqotchiga uni qiziqtirayotgan mavzu uchun materialni qiynalmasdan topish imkonini beradi. Jurnallarda esa ulardagi mundarijalar, xamda yil boʻyi e`lon qilingan maqola va materiallar ruyxati (odatda, bunday ruyxatlar jurnalning xar yili oxiridagi sonida e`lon qilinadi) kerakli maqola va chiqishni topishda yodam beradi. Gazeta va jurnal materiallarini oʻqish chogida ulardan zarur ko’chirmalar olib borish maqsadga muvofiq. Bu ish materialning mazmuniga qarab qilinadi. Shuningdek, gazeta va jurnallardan mavzuga doir hujjatlardan xam nusxa olinadi.Vaqtli matbuotda rasmiy xujjatlar (Oliy Majlis sessiyalari materiallari va boshqa muhim anjumanlarning qarorlari, stenografik xisobotlari va protokollari) bilan bir qatorda jamoat tashkilotlari, jamoalar, mexnatkashlarning alohida vavashlari haqidagi materiallar xam muntazam berib boriladi.Aynan mana shunday materiallarning arxivlarda kamligi vaqtli matbuot materiallarining tadqiqot uchun muhim manbaga aylanishidan dalolat beradi.
Arxiv xujjatlari. Ilmiy asar tayyorlashda arxiv xujjatlarining axamiyati benixoyat katta. O’zbekiston tarixiga doir ko‘plab voqea va ijtimoiy xodisalarni faqat arxiv xujjatlari orqali bilish mumkin. Shuning uchun xujjatlar to‘plamini tuzishda asosan arxiv xujjatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq.Yuqorida ta`kidlanganidek respublikada bir necha davlat arxivlari mavjud. Shu bilan birga O’zbekistonda bitta respublika va 12 ta viloyat partiya arxivi bor edi. Xozir bu arxivlar UzR Prezidenti devoni arxivi (PDA) va uning viloyatlardagi filiallaridir.UzR PDA Markaziy Osiyodagi eng katta arxivlardan biri hisoblanadi. Arxivda Turkiston, Buxoro, Xorazm, O’zbekiston Kompartiyasi va komsomol Markaziy qoʻmitalari, ularning nashriyotlari, va boshqa jamg‘armalar jamlangan. O’zbekiston Kompartiyasi MK jamg‘armasida 1924 yildan 1990 yillargacha bo’lgan davrni oʻz ichiga oluvchi 70 mingdan ortiq yigma jildlar saqlanmoqda. Bu hujjatlarda respublika hayotidagi barcha voqealar oʻz aksini topgan va tadqiqotchilar uchun muxim manba bo’lib xizmat qilishi mumkin.Davlat arxivlarining tarmog‘i partiya arxivlarinikiga nisbatan ancha keng. O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, 11 ta viloyat davlat arxivi va ularning 40 dan ortik filiallari bor. UzR MDAda O’zbekiston va Markaziy Osiyo xalqlarining oktyabr to‘ntarishidan oldingi va sovet davri tarixiga oid qimmatli hujjatlari saqlanadi. Bu yerda bir milliondan ortik saqlov birligida hujjatlar to‘langan. Viloyat arxivlarida va ularning filiallarida faqat sovet davri tarixiga oid hujjatlar saqlanmoqda.Arxiv xujjatlarini yig‘ishga, tanlab olishga qachon kirishish kerak? Degan savol tugʻiladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bunga bayon qilingan kitoblarni oʻqib, hujjatlarni yig‘ib bo’lgandan keyin maʼquldir. Chunki ilmiy ishlarda foydalanilgan hujjatlarni, dalil va misollarni arxivdan olishning hojati yoʻq. Bunday xollarda tadqiqotchilarga zarur ma`lumot va hujjatlarni kitoblardan, matbuotdan olish tavsiya qilinadi. Arxivdan faqat yangi, boshqa olimlar xali foydalanib ulgurmagan hujjatlarni olish maqsadga muvofikdir. Shunday arxiv xujjatlari asosida yangi xuloslar kilish, fikrlar aytish va fanga yangilik kiritish mumkin.Ayrim mavzu boʻyicha arxiv xujjatlarini qanday qilib topish mumkin? Arxivda, yuqoridagi boʻmlarda aytilganidek, materiallar jamg‘armalar bo’icha saqlanadi. Bir tashkilot, korxona eki ayrim shaxslarning xujjatlari bir arxiv jamg‘armasi hisoblanadi. Demak, tadqiqotchi birinchi galda ilmiy ish mavzuidan kelib chiqib kanday arxiv jamg‘armalari o‘rganilishini aniqlab oladi. Masalan, madaniyat tarixiga doir mavzu bo’lsa, madaniy masalalar bilan shugullanadigan tashkilotlarning arxiv jamg‘armalaridan foydalanish kerak. Kerakli arxiv jamg‘armasini topishda, tanlab olishda arxivlardagi xilmaxil ma`lumotnomalar, ko’rsatkich (putevoditel’)lar, jamg‘armalar ro‘yxati, qo‘llanmalar, kataloglar, sharxlar yordam beradi.Xar bir arxiv jamg‘armasida yuzlab, katgalarida minglab yigma jildlar jamlangan. Bulardan kerakli jildlarni tanlab olishda jamg‘arma ruyxatlari, jild ruyxatlaridan foydalanish mumkin. Xujjatlar yigma jildlarning ichida saqlanadi. Arxiv yigma jildi oʻrganilib, kerakli xujjatdan ko’chirma qilinayotganda quyidagi qoidalarga e`tibor berish kerak: xujjatdan ko’chirma to’la, so’zma so’z ko’chiriladi. Ko’chirilgan xujjatning biror kismi tushirib koldirilsa, uch nukta ko’yiladi, ko’chirmaga biror so’z eki jumla ko’shiladigan bo’lsa, u kvadrat kavs ichida yoziladi. Ko’chirmadan oldin hujjatdagi ma`lumotlar, hujjatning sarlavxasi, sanasi yozib qo‘yiladi. Shu bilan birga hujjatdagi rezolyutsiya, belgi, muxr ko’chirmadan keyin yoziladi. Ko’chirilgan hujjatning oxirida arxiv shifri ko’rsatiladi.Shunday qilib, arxivlarda barcha kerakli jamg‘armalar, yigma jildlar, hujjatlar sinchiklab oʻrganiladi va tekshirilayotgan mavzuga oid zarur xujjatlar koʻchirib olinadi.Yuqorida qisqacha ta`riflangan manbalar va boshqa turdagi manbalar (statistik materiallar, esdaliklar va xokazo) hujjatlar to‘plamini tayyorlashga asos boʻladi.Arxiv xujjati e`lon qilish uchun tanlab olingandan keyin mashinkada uning nusxasi tayyorlanadi. Uni chop etishga tayyorlash jarayonida arxiv xujjatida mavjud bo’lgan imlo xatolari to‘g’rilanadi, qisqartirib yozilgan so’zlar kvadrat qavs ichida toʻla yoziladi. Bu ishdagi asosiy talab arxiv xujjati mazmunining o‘zgarmasligidir. Hujjatlarda rezolyutsiya va xar xil belgilar bo‘lsa, ular tushirib qoldirilmaydi, hujjatning asosiy matnidan keyin beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1. Arxivshunoslik. – Andijon, 2014.
2. Arxiv ishi toʻgʻrisida: Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 3-noyabrda qabul qilingan; Senat Kengashida 2010-yil 7-mayda maʼqullangan. Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni // Xalq soʻzi. 2010. 16-iyun.
3. Arxivi // Istoricheskaya ensiklopediy. T. 1. – Moskva, 1961.
4.Arxivlar // Oʻzbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 1-jild. – T., 2000.
5. Arxivovedeniy. http: // www.hist.msu.ru.
Do'stlaringiz bilan baham: |