Mavzuning maqsadi: Ishning maqsadi ilk o`rta asrlarning yirik davlati bo`lgan Arab xalifaligi va uning butun dunyo siyosiy tarixiga o`tkazgan ta`siri,xususan O`rta Osiyoda yuritilgan siyosiy tuzum, islomning vujudga kelishi va uning arab xalqlari birlashuvidagi va buyuk davlat tuzilmasi barpo etishidagi o`rni va buyuk davlat sifatida Arab xalifaligining qilgan yurishlari, shu jumladan, O`rta Osiyo mulklariga qilgan harbiy xarakatlari ularning xarakterli xususiyatlarini, o`sha davrdagi siyosiy ahvol O`rta Osiyo mulklarining umumiy ko`rinishi va ularga qarshi janglar, arablarga qarshi harakatlar, arablarning mustamlakachilik tizimlarini o`rganishdan iborat.
Mavzuning vazifasi: Ishning vazifasi o`quvchilarga arablar bosqini davrida Movarounnahrda kechgan siyosiy jarayonlar va uning xarakterli xususiyatlari haqida to`liq va mukammal ma`lumot berish. Bu davrdagi ijtimoiy siyosiy va iqtisodiy hayotning to`liq jihatalarini ochib berishdan iborat. Nafaqat arablarning Movarounnahrga yurishlari, balki Arab xalifaligining jahon siyosatida tutgan o`rni, uning butun dunyo bo`ylab qilgan yurishlari shu bilan birgalikda Islom dinining vujudga kelishi va yoyilishi yo`lidagi harakatlar mavzuning ilmiy qimmatini oshiradi.
Kursh ishining tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 5 bob, 5 band, hamda xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati va ilovalardan iborat. Hajmi 36 bet.
VII asr o`rtalariga kelib xalifalik e’tibori O`rta Osiyo erlarini bosib olishga qaratiladi. 651-yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so’ngra Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu erlarni arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kidlab o’tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshlari qo’shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu erlarning boyliklarini talab, ma’lum o’ljalarni qo’lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko’zda tutilgan asosiy maqsad- bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko’rish edi. Masalan, arab lashkarboshlari Ziyod ibn Abu So’fiyonning 654- yilda Maymurg’ga, 667- yilda Chag’oniyonga, 673 -yilda uning o’g’li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o’tib Poykand, Romiton erlarini egallashi, so’ngra Buxoro hukmdorini engib, o’z foydasiga sulh tuzib, katta xazina, boyliklarni qo’lga kiritishi va nihoyat, 675-676 yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo’shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni engib, katta boylik va ko’p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O’rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi.
O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Xususan, 704- yilda Qutayba ibn Muslim1ning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707- yilda Amudaryodan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini engib shaharni qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og’ir janglar bilan fath etiladi. 710 -yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o’zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug’dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko’radi. Shu orada Xorazm shohi Chag’on o’z ukasi Hurzod boshchiligidako’tarilgan xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711- yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o’ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning bojdoriga aylanadi. Chag’onning qo’shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 720-722- yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo’lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri - Divashtich ham ushlanib qatl etiladi. 725-729 yillar davomida xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi arab ma’murlari siyosatiga norzilik bildirib, islom dinidan chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to’qnashuvi rostmona jangu jadal tusini olgan. 736-737 yillarda Tohariston va Sug’dda yangidan ko’tarilgan kuchli qo’zg’olon o’z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi xukmdori, usta diplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalarni xal etish borasidagi epchil tadbirlari tufayligina qo’zg’olon harakatlarini bartaraf etish, o’lkada muvozanatni bir qadar saqlash mumkin bo’ldi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa uning nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga majbur bo’ldi. Jumladan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O’zi ham Buxorxudot Tog’shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juzyadan ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj solig’i to’lash barcha uchun baravar deb e’lon qilinadi. Arablar istilosi va hukmronligi Vatanimiz hududida qanchalik murakkab ijtimoiy-siyosiy oqibatlar bilan bog’liq bo’lmasin, shu bilan birlikda yakkaxudolik g’oyasi, ilg’or ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlarni o’zida mujassam etgan islom dini va ta’limotining o’lkamizda asta-sekin ildiz otib borishi ulug’ ajdodlarimiz hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Butun arab dunyosini birlashtirish, uning ma’naviy qudratini kuchaytirishda etakchi omil rolini o’ynagan islom dini va uning muqaddas kitobi - Qur’oni Karim g’oyalari va oyatlarining mahalliy xalqlarning ongi, shuuriga singib, ularning turmush va fikrlash tarzining ajralmas qismiga aylanib borishi, shubhasiz, ularning ma’naviy olamiga sezilarli hayotbaxsh ta’sir ko’rsatdi hamda yuksak moddiy va ma’naviy madaniyat namunalarini ijod qilib borishlarida yangi ufqlar ochib berdi. Buning asosiy boisi shundaki, Allohning yagonaligiga imon keltirish, uning muqaddas kitobida ifoda etilgan yuksak insonparvarlik g’oyalariga ishonch va e’tiqod - bular yurt kishilarida bir-birlarini quvvatlash, birlashish, o’zlarini yagona makonda his qilish, o’zaro hamkorlikda, keng sa’y-harakatlarda bo’lish tuyg’usini shakllantirib bordi. Negaki, islom ta’limoti, Qur’oni Karim g’oyalarining o’lkamizga yoyilishi, o’tmishdoshlarimizning Alloh buyurgan olijanob amallarga rioya etib, ruhiyma’naviy poklanish sari harakatlanishi, tabiiyki, jamiyat hayoti va uning asosiy tamoyillarining sog’lom negizlarda rivojlanib, takomilashib borishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Shu ma’noda Yurtboshimiz ham: «Biz ota-bobolarimizning muqaddas dini bo’lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy dunyosida iymon- e’iqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o’rni va ta’sirini yuksak baholaymiz», deb bejiz ta’kidlamagan. Zero, o’lka xalqlarining ma’naviy yuksalishini ta’minlash, ularning bir-biriga qon-qardoshligi, hamjihatligini jipslashtirishda muhim omil sanalgan asriy bebaho qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan islomiy ahkomlarning bugunda ham hayotimizda o’z munosib o’rnini topayotganligi islomning jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin tutishidan dalolat beradi. Darhaqiqat, islom dini va musulmonchilik tamoyillarining O’rta Osiyo hududida tarqalishi, chuqur ildiz otishi barobarida o’lkamiz xalqlari keng musulmon olami bilan tutashib, uning boy diniy va dunyoviy madaniyati, ilmu urfoni bilan yaqindan oshno bo’lib bordi. Ayni chog’da azaldan ilmu ma’rifat o’chog’i bo’lib kelgan ko’hna yurtimiz bag’ridan bu davrda jahonga dovrug’ solgan, dunyo madaniyati va tsivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo’shgan ko’plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu ulamolar etishib chiqdi. Arablarning mamlakatimiz hududiga uyushtirgan harbiy yurishlarini ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davr 650-705-yillarni o'z ichiga olsa, ikkinchi davr 705-yildan keyingi davrdir. Arablar birinchi davrda O'rta Osiyo hududlarini zabt etishni eraas, balki bunday maqsaddagi harbiy yurishlar uchun tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlarning kuch-qudratlarini sinovdan o'tkazish, o'lkaning geografik joylanish hududiy sharoitlarini o'rganish va kichik-kichik harbiy yurishlar qilib, o'lkaning boylik va o'ljalarini tashib olib ketishni o'z oldilariga vazifa qilib qo'ygan edilar. Birinchi yurish 651-yilda noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida bo'lgan. 651-652-yillarda arablar Xurosondagi bir qator shaharlarni egallab, Balx va Chag'oniyonni bosib oladilar. 666 (46)-yilda Ziyod bin Abu Sufyon Amudaryo bo'ylariga keladi, Marvni qayta talaydi. 670-yilda Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga qo'shin tortib keladi, Romiton va Boykandni egallaydi. Buxoroda bu davrda taxtni malika Xotun boshqarar edi. 676 (56)-yilda Buxoroga Sa'id ibn Usmon qo'shin tortib kelgan. So'g'diyona, Kesh, Nasaf qo'shinlarini tor-mor qilgan. Ana shu yurishlar davrida arablar O'rta Osiyodan juda ko'plab zeb-ziynat, boyliklar va asirlarni o'z yurtlariga olib ketadilar.
685-705-yillarda xalifalik taxtini Abdumalik ibn Marvon boshqardi. U Qutayba ibn Muslimni Xurosonga o'zining noibi (704-705) etib tayinladi. Ana shu davrdan boshlab arablar tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri boshlandi. Endi ular O'rta Osiyoni batamom bosib olishni o'z oldilariga asosiy maqsad qilib qo'ydilar. 705-yilda boshlangan hujum natijasida Qutayba ibn Muslim Balx, Chag'oniyon, Shumanni egallab, O'rta Osiyo janubidagi kichik viloyatlarni o'ziga bo'ysundiradi. U 706-yilda Boykandni, 708-709-yillarda Buxoro va uning atrofidagi yerlarni egallaydi. 710—712-yillarcia Xorazmshoh Chag'on Qutayba bilan tinchlik bitimi tuzadi va 10 ming qoramol miqdorida boj to'laydi. Qutayba endi o'z nigohini Samarqandga qaratadi.2 Unga Xorazmshoh va Buxorxudot qp'shinlari yordam berdilar. Bu paytda Samarqandda norozilik qo'zg'oloni bo'lib, Tarxun taxtdan ag'darilgan edi. Samarqand taxtiga Tarxunning ukasi G'urak (710-737) o'tirgan edi. U arablarga qattiq qarshilik ko'rsatsa-da, yengildi. Ikki o'rtada sulh tuzildi. Shartnomaga ko'ra, G'urak So'g'd, Kesh, Nasaf hokimi sifatida tan olindi. G'urak Qutaybaga 3000 ta qo'y, 50.000 misqol oltin, 2 mln. dirham pul, 2000 boiak gazmol to'lash majburiyatini oldi. Qutayba Samarqanddan ketish paytida bu erda o'z ukasi Abdurahmon ibn Muslimni saralangan qo'shin bilan qoldiradi. Ammo 712-yilda shaharda arablarga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon faqat 713-yil bahoridagina Qutayba tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Biroq arablarga qarshi kurash lo'xtamadi. Bu gal arab istilochilariga qarshi So'g'd, Choch, Farg'ona ittifoq tuzadi. Ittifoqqa Panjikent hokimi Divashtich ham qo'shiladi. Qutayba faqat 715-yil boshidagina Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazmdan 20 ming askar yordam olgach, raqiblarini tor-mor keltira oldi, xolos. U o'sha yili Qashqargacha bo'lgan yerlarni bosib oldi va hamma viloyatlarda arab amirlarini noiblikka qo'ydi. Xuddi shu yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Uning o'rniga taxtga Sulaymon ibn Abdumalik o'tiradi. Qutayba unga bo'ysunmay qo'zg'olon ko'tardi. Biroq Qutaybaning o'zi 715-yilda Farg'onada askarlar tomonidan o'ldirildi.
Shunday qilib, arablar O'rta Osiyoni bosib olish uchun o'n yil jang qildilar va uni o'z mustamlakalariga aylantirdilar. Buning eng asosiy va bosh sababi o'lka xalqlari o'rtasida birlik va ahillikning bo'lmaganligi, aholining har xil diniy g'oyalarga sig'inganligidir.
Arablar Movarounnahrni istilo qilganidan so'ng, bu hududning yer-mulklari xalifaga qarashli bo'lib qoldi. Ilgarigi yerlar, masalan, Buxoroda yirik zodagon qatlam - buxorxudotlarning xususiy mulki sanalsa, endilikda ular xalifalik mulklariga aylandi. Yirik yer egalari - dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o'z yerlarining egalari bo'lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorga aylanib, daromadning ma'lum qismini xaljfalik xazinasiga jo'natish majburiyatini olgan edilar. Ko'p xudolilikka sig'inuvchi xalqlarning hududlari arablar tasarrufiga o'tganidan so'ng, bu aholining katta qismi, asosan islomni qabul qilmaganlar soliq to'lovchilar sanalar va ular zimmiylar deb atalar edi.
Movarounnahrdagi qishloqlarda yerlar mayda xo'jaliklar tomonidan ishlov berilgan. Yirik yer egalari - dehqonlar yerlarini mayda bo'laklarga taqsimlab ziroatkorlarga ijara tarzida bo'lib berishgan. Mehnatkashlar tarkibiga yarim ozod kadivaiiar, ozodlikka chiqqan qullar va qaram qullar kirar edi. Dehqonlarning arablar bilan yaqinlashuvi, ularni istilochilar uchun ishonchli xizmatkorligini ta'minlash bilan bir qatorda, yer-mulklari va boshqa boyliklarini muhofaza qilinishiga imkoniyat yaratdi. So'gdiylarning asosiy qismi jiz'ya va xiroj to'lashgan (jiz'ya jon solig'i bo'lsa, xiroj yer solig'i hisoblanar edi). Xiroj hosilning ma'lum miqdorida, ko'pincha u yalpi mahsulotning uchdan bir qismi hisobida olingan. Soliqning bunday turi «muqassama» degan nomda ham aytilgan.
Movarounnahrning xiroj to'lovchi mehnatkashlar guruhi «harros» atamasi bilan nomlangan. Xo'janddagi aholining qo'zg'oloni 723-yilda bostirilgandan so'ng arablar jamoatchilarni xiroj va jiz'ya solig'i to'lashga majburlab, ularning bo'yinlariga qo'rg'oshindan qilingan muhrlar - xavatim osib yurishni talab qilganlar. Bunday muhrlarda ma'lum joyning norfii bilan bir qatorda to'lanadigan soliq miqdori qayd etilgan. Arab manbalarida ijarachilar akkor, sharik, munasif, fors manbalarida barzikor yoki kadivar deyilgan.
Movarounnahr va unga qo'shni hududlarda jamoachilar soliqlar, uzluksiz urushlar, talon-tarojlardan qiynalib yirik yer egalaridan panoh izlashga intilishgan. Bu jarayonda jamoachilar yerni ishlash huquqini saqlab qolgan holda yirik zamindorga soliq to'lash asosida o'zaro kelishib olganlar. Zamindorlarning jamoachilar bilan bunday munosabati «ilja'», «at-talji'a», «al-malaja» atamalari bilan izohlangan.
Soliq yig'uvchilar «amil» degan nom bilan yuritilardi. Bag'doddan Buxoroga maxsus soliq yig'uvchi kelib, soliqlarni o'zi jamlab olib I ketardi. Soliqlar pul yoki mahsulot shaklida olingan.
Soliq Movarounnahrda boshqa viloyatlardagi singari uch xil shaklda yig'ilgan: 1. Qavonin yoki muqati'a - mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig'in. 2. Maqosima - hosilning ma'lum ulushi miqdorida to'langan. Uning hajmi sug'orishga bog'liq holda belgilangan. 3. Misoxa - yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo'lib, unda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e'tibor berilmagan. Shunday qilib, xiroj xalifalikning mulki va xazinaga tushadigan daromadning asosini tashkil etar edi. Yer solig'ining bir qismi sug'orish inshootlari barpo etishga sarflangan, boshqa qismi esa xalifa xazinasini fo'ldirar edi.
Oziq-ovqat narxi oshgan taqdirda, soliq to'lovchilardan ortib qolgan mahsulot ham yig'ilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgan taqdirda soliq to'lovchilardan faqat mahsulot olinar edi. Mabodo soliq to'lashga qurbi yetmasa, u holda sotib olib bo'lsa ham to'lashga majbur edi.
Soliq yig'uvchilarning o'zboshimchaliklari, talon-tarojliklar, urushlar, hosilsizliklardan zarar ko'rgan oddiy ijaradorlar tobora xonavayron bo'lib bordilar. Movarounnahrda bu jarayon ijtimoiy toifalar orasidagi farqni keskin o'zgartirdi. Ozod va erkin jamoachilar orasidan ko'pchiligi yer-mulkni ijaraga olib soliq to'Jar va umuman zodagon kishi - dehqonga qaram edi. Soliq yig'ish va xalifalik xazinasini toidirishning boshqa bir usuli - bu islomni qabul qilmaganlardan jon solig'i va xiroj olinishi bo'lgan. Isyon ko'targan va qo'zg'olonlarda qatnashgan aholining mulklari. tortib olinar, o'zlari qatl qilinar, ular joylashgan joylar iqta tarzida harbiylar va amaldorlarga bo'lib berilar edi. Shu tarzda xalifalik iqtisodiy hayoti Movarounnahrdagi xo'jalikka, aholi turmushiga katta ta'sir ko'rsatdi.
O'zbekiston hududi arablar tomonidan bosib olinganidan so'ng Arab xalifaligi tarkibiga kirgan. Arab xalifaligi feodal teokratik davlat bo'lib, uning tepasida xalifa turgan. Xalifaga davlatdagi barcha dunyoviy hamda diniy hokimiyat tegishli bo'lgan. Arab xalifaligi tomonidan bosib olingan viloyatlar tepasida xalifa tomonidan tayinlanadigan amirlar turgan. O'zbekiston hududini xalifaning Xuroson va Movarounnahr bo'yicha noibi idora etgan.
Noib3 alohida shaharlar va aholi punktlarining hokimlarini, shayxlarini tayinlagan. Ular mahalliy aholidan o'lponlar yig'ish hamda jamoat tartibni saqlab turish kabi vazifalarni bajarib turgan. Ba'zi shaharlarning hokimlari ma'muriy-moliyaviy ishlardan tashqari, hatto harbiy kuchlarni ham boshqarganlar. Ko'p joylarga arablar o'z harbiy qismlarini joylashtirgan edilar. Ular mahalliy aholini tutqunlikda ushlab turganlar. Arablarning ma'muriy apparati va mirshablari bo'lgan, hokimlarning esa shaxsiy qo'riqchilari mavjud edi.
VIII asr o'rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So'g'diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo'li ostidagi ma'muriy idora usuli o'z shaklini saqlab qolgan bo'lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar.
Arablar Movarounnahrni istilo qilganlaridan so'ng, bu hududning yer-mulklari xalifaga qarashli bo'lib qoldi. Ilgari yerlar Buxoroda yirik zodagon - buxorxudotlarning xususiy mulki sanalsa, endilikda ular xalifalik mulklariga aylandi.
Xalifa davlatni boshqarishda vazir ul-vuzaro (ulug' vazir)ga tayangan. Harbiy ishlar, harbiy qo'shinlar amir ul-umaro qo'li ostida edi. Xalifa turli masalalarni devon ad-dar, ya'ni kengashda ko'rib chiqar edi. Devon ad-dar uchta asosiy devonga bo'lingan: ular devon al-mashriq, devon al-mag'rib va devon al-harajdan iborat bo'lgan. Movarounnahrga tegishli masalalar devon al-mashriqda hal etilar edi.
Xalifa viloyat noiblarini lavozimiga tayinlash yoki bo'shata olish huquqiga ega edi. Xalifalikning huquqiy masalalari Qur'oni Karim va Rasululloh (s.a.v.) ko'rsatmalari, nasihatlariga asoslangan holda ko'rib chiqilgan.
Shunday qilib, VIII asr o'rtalariga kelib Movarounnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. So'g'diyonada buxorxudotlar va boshqa hukmdorlarning qo'li ostidagi ma'muriy-idora usuli o'z shaklini saqlab qolgan bo'lishiga qaramay, hokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko'pchiligi o'z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabul qilgan edilar. Islomni qabul qilmagan zodagonlar o'z yerlaridan mahrum etilar yoki tovon to'lar edilar. Shu tarzda arablar Movarounnahr siyosiy tizimi va diniy e'tiqodiga o'z ta'sirini o'tkaza oldilar.Movarounnahr singari badavlat o'lkani istilo qilish arab zodagonlariga qisqa muddat ichida juda katta boylik keltirildi. Urushda qo'lga tushirilgin o'ljaning 1, 5 ulushini xalifalik olardi, qolgan qismi esa askarlarga bo'lib berilardi. Arablar bosib olingan yerlarda o'zlarini mahalliy xalq vakillaridan ustun tutar edilar. Ular o'zlarining «sahobalar», »xojalar» va «saidlar»4 avlodiga mansub ekanliklari bilan gerdayardilar. Xalq orasida «Xoja» va «fuqaro»degan tushunchalar ham mavjud ijtimoiy tengsizlikning ramzi sifatida xuddi shu davrdan qolgan. Arab istilochilarining mahalliy xalqqa o'tkazgan jabru sitamlari ayniqsa islomlashtirish siyosatini amalga oshirishda yorqin nomoyon bo'ldi. Buning asl maqsadi yerli aholini majburiy tarzda islom diniga bo'ysundirish, islomdan boshqa dinlarni va ularning namoyondalarini yo'q qilish, yohud taqiqlashni ko'zda tutardi. Islomni tarqatish uchun iqtisodiy tadbir qo'llaniladi. Bunda islomdan boshqa dindagi odamdan »juz'ya» olinardi. Har kim musulmon bo'lib, masjidga nomozga keladigan bo'lsa, ikki dirhamdan pul to'lardi. Islomni qabul qilganlar juz'ya solig'idan ozod qilinar edi. Lekin bu hol vaqtinchalik bo'lib, keyin bekor qilindi. Bulardan tashqari yana «xiroj»va «zakot» soliqlari joriy qilindi. «Zakot» solig'i chorvadan, hunarmandchilik va savdodan keladigan daromadning qirqdan biri hisobida olinardi. Bu davrda arablar tomonidan joriy qilingan soliq turlaridan biri «ushr» bo'lib, u odamlar daromadining 10dan 1 qismini berishni ko'zda tutardi.Kezi kelganda shuni e'tirof etish lozimki, odamlar har xil xudolar, chiltonlarga, muqaddas narsalarga topinishdan, sig'inishdan xolis bo'lib, yakkayu-yagona Ollox -taolo timsoliga, uning Rasuli Muhammad Alayhissallom ko'rsatmalari va ruknlariga e'tiqod bilan amal qiladigan bo'ldilar.Islomning muqaddas kitobi «Qur'oni Karim" va uning odamlarni xurlik, ozodlik, tenglik, yaxshilik, sahiylik ham birodarlik, qarindoshlikka da'vat etuvchi g'oyalari O'rta Osiyo xalqlari ongi va shuuriga asta-sekinlik bilan singib bordi.Lekin arablar O'rta Osiyoda ko'z ko'rib, quloq eshitmagan vaxshiyliklar qildilar. Abu-Rayxon Beruniy -»O'tmish avlodlar yodgorliklari» asarida Qutayba va uning sheriklari mahalliy din, san'at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni halok qildilar va ularning yaratgan meroslarni olovda yondirdilar.Arab istilochilari mahalliy yozuvni, ko'plab qimmatbaho xujjatlarni, qo'xna tariximiz asori atiqalarining kulini ko'kka sovurdilar.O'rta Osiyoni bosib olgan arablar bu yerda o'zlariga qaraganda ancha yuqori darajada turgan moddiy va ma'naviy madaniyatga, yuqori turmush darajasiga duch keldilar. Shu boisdan ular pirovardida bu yerdagi xalqlarning ilg'or madaniyatini, urf-odatlari, an'analarini qabul etib, singib ketgandi. O'rta Osiyoning mag'rur, erksevar xalqi uzoq vaqt mobaynida arab bosqinchilarining zo'rovonligi, zulmi va asoratiga qarshi kurash olib bordilar. 720-721 yillarda Sug'dda katta qo'zg'olon ko'tarildi, unga Yettisuvdagi ko'chmanchi qabilalar ham yordamga keldi. Ammo qo'zg'olon xuroson noibi Said Xaroshiy qo'shtini tomonidan bostirildi. Keyin 755 yilda xuroson va Nishopurda yirik chiqishlar bo'ldi. Oradan 20 yil o'tgach Sug'diyonada tarixga «oq kiyimlilar» nomi bilan kirgan Muqanna ( 775-776-783-784 ) qo'zg'oloni boshlandi. Muqanna odamlarga xudo nomidan ish yuritayotganiligini ilgari Odam Atoda, Nuxda, Ibrohimda, Musoda, Isoda, Muhammad Payg'ambarda bo'lganidek e'lon qiladi. Shu yo'l bilan Muqanna o'zi yuritayotgan ta'limoti va harakat dasturining nufuzini oshirishga erishayotgan edi. Muqanna qo'zg'olonning asosiy g'oyasi Mazdakiylikka asoslangan bo'lib uning negizida ijtimoiy tenglik va erkin hayotga da'vat etadi. Qo'zg'olon avval Marvda boshlanib keyin Movarounnahrga yoyildi. Muqanna turli viloyatlarga ta'limoti bayon etilgan maktubnomalar yubordi. Unda yozilishicha «xudo unda gavdalanadi», «Kuch, hokimiyat, shon- shuhrat va xokazolar kamoliga (Muqannaga) mansub, menga itoat eting « va xokazo «Kimda-kim men bilan bo'lsa jannatga, qarshi bo'lsa do'zaxga tushadi». U maktublar bilan targ'ibotchilar yubordi. Muqanna safdoshlari orasida asli arablardan bo'lgan Abdulla ibn Amir degan kishi bo'lib, uning qaynotasi edi. Abdullo ibn Amir Amudaryodan o'tib Naxshab (Qarshi), Kesh (Shahrisabz) shaharlarda katta muvoffaqiyat bilan targ'ibot ishlari olib bordi. Qo'zg'olon Qashqadaryodan Zarafshon vodiysiga o'tadi. Buxoro atroflari qo'zg'olonning yirik markazlaridan biri bo'lib qoldi. Bu yerda buxorxudot Bunyod ibn Tug'shodaning o'zi Muqannani quvvatladi. Sug'diyonada qo'zg'olon ko'lami kengaygandan so'ng Muqanna 36 nafar muridi bilan Amudaryodan o'tib Kesh viloyatiga yo'l oladi. Hisor tizma tog'iga mansub Sanam tog'ida mustahkam o'rnashdi va shu yerdan turib qo'zg'olonga rahbarlik qiladi. »Muqannani asosan Sug'd dehqonlar qo'llab -quvvatlashdi. Muxtorlar (o'lpon yig'uvchilar )ning ko'pchiligi Muqanna izidan bordi. Qo'zg'olon davrida arablar va arablashgan unsurlar Movarounnahrni tark etib Bog'dodda paydo bo'ldilar.
Asosiy xalifa Al-Mahdiy5 qo'zg'olonni bostirishga shaxsan o'zi rahbarlik qildi. Muqanna ham turkiylarni katta imtiyozlar evaziga yordamga chaqirdilar.Lekin katta kuch tufayli Muqanna safdoshlari Buxoroda tor-mor etildilar. 780 yilda xalifa Al-Mahdiy qo'mondonlikda o'zgarish qilib, qo'zg'olonchilarni tor-mor etishga obdon tayyorgarlik ko'rdi. Samon qal'asini Xirot amiri Sayid al-Xaroshiy uzoq qamaldan so'ng qo'lga oldi.Muqanna qo'zg'olonidan so'ng 806 yilda Rofe ibn Lays yetakchiligidagi qo'zg'olon Sug'dda boshlandi. Qo'zg'olon Toshkent, Farg'ona, Qashqadaryo va Xorazm yerlariga ham tarqaldi. Ular xalifalik qo'shinini yenga olmadilar. Xalifa Xorun ar-Rashidning o'g'li, , xuroson noibi Ma'mun yordam so'rab mahalliy feodallarga murojaat qildi. Bu qo'zg'olon 810 yilgacha davom etdi.Arab bosqinchilari VIII asr boshlarida O'rta Osiyoga katta ziyon keltirdi. Bu davrda O'rta Osiyodagi davlatlar feodal rivojlanish bosqichiga kirib, og'ir ijtimoiy-siyosiy inqirozni boshidan kechirayotgan edi. O'rta Osiyoda bir qancha mustaqil davlatlar paydo bo'ldi. Ulardan eng kuchlisi Sug'diyona va Xorazm edi. Shahar va qishloqlar vayron etildi.O'rta Osiyodagi davlatlar Arab xalifaligining feodal hokimlari tasarufiga tushib qolishining sababi ularning tarqoqligi va tinkani quritadigan feodal urishlardir.
O'rta Osiyo xalqlari bosqinchilarga mardonavor qarshilik ko'rsatishdi. Shuning uchun O'rta Osiyodagi davlatlarning arab harbiy boshliqlari tomonidan zabt etilishi qariyb yuz yilga cho'zildi. Ammo birdamlikning yo'qligi va hukmron boshliqlarning sotqinligi g'arbda Pirent yarim orolidan Sharqda Ximolay tog'larigacha ulkan hududga ega bo'lgan arab xalifaligiga O'rta Osiyoning kirishiga olib keladi.
VI asrning birinchi yarmida Arabiston yarim orolida asosini ko‘chmanchi seliy qabilalari tashkil etgan Arab xalifaligi paydo bo‘ladi. Arabiston yarim orolida islom dinini yoyish orqali mustahkamlangan bu davlat VII asrning boshlaridan boshlab o‘z hududlarini g‘arb va Sharq tomonga kengaytirish harakatini boshladi. Xususan 642- yilda Naxavanddagi jangda Eron sosoniylari tor-mor etilgach O‘rta Osiyo yerlariga hujum uchun imkoniyat yaratiladi.
Arablarning O‘rta Osiyoga dastlabki yurishlar Ubaydulloh ibn Ziyod boshchiligida 651- yilda Marvni egallash bilan boshlandi. Arablar Amudaryo (Jayxun)dan shimolda joylashgan yerlarga "Movarounnahr", ya’ni, "daryoning ortidagi yerlar" deb nom berishadi. Narshaxiy va arab muallifi Yoqut bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Muhammad payg‘ambarning shaxsan o‘zi Movaraunnahrni buysundirishni muqaddas deb hisoblagan va islomga e’tiqod etuvchilarni bu muqaddas ishga da’vat etgan.
652- yilda arablar Balx shahrini egallashga muvaffaq bo‘ldilar. O‘sha yili Amudaryodan o‘tib Movaraunnahrga hujum qilish rejasi arablar uchun muvaffaqiyatsiz tugaydi. Ammo, Xuroson noibi Abdulloh ibn Amir 652- yilda Chag‘aniyonni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa ilk bor Movaraunnahr yerlarini egallash edi. 654 -yilda Sug‘ddagi Maymurg‘ qal’asiga arablarning birinchi hujumi bo‘ladi. 657- yilda arablar Chag‘aniyonga qayta yurish qilib eftalitlarga kuchli zarbalar berdilar. Arablar keng miqyosdagi hujumlarga tayyorgarlik ko‘ra boshlagan edilar. Manbalarning ma’lumot berishicha, Movarounnaxrga yurish qilishdagi harbiy-siyosiy tayyorgarlikdan biri, xalifalikning Basra va Kufa shaharlaridan 50 ming arab oilasi ko‘chirib keltirilishi va Xurosonning turli shaharlariga garnizon sifatida joylashtirilishi bo‘ldi.
673- yilning oxiri 674 yilning boshlarida arablarning Xurosondagi noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Movaraunnahrga hujum qilib Romiton va Poykandni egallaydi hamda Buxoro shahrini qamal qiladi. Ammo, buxoroliklar va turklarning ittifoqchi qo‘shinlaridan qattiq qarshilikka uchragach, sulh tuzishga majbur bo‘ladi.
676- yilda Xurosonning yangi noibi Said ibn Usmon Buxoroga yurish qilib Buxoro malikasi Xutakxoto‘n qo‘shinlarini tor-mor etadi va Samarqandga hujum boshlaydi. Ammo, bir oy davom etgan bu urushda Sug‘diylar arablarga qattiq qarshilik ko‘rsatdilar. Natijada arablar sulh to‘zib orqaga qaytadilar va yo‘l-yo‘lakay Termizni talon-taroj etadilar. 683- yilda xalifa Yazid vafot etganidan so‘ng xalifalikda toj-taxt uchun kurash boshlanib ketadi. Bunday vaziyatda arablar yana Movaraunnahrga hujum qilishdan deyarli to‘xtab, o‘z ichki nizolari bilan band bo‘lib qoladilar. Xalifa Abdumalik ibn Marvon (685-705 yy.) davrida o‘zaro ichki kurashlarga chek qo‘yilib arablar Movaraunnahrga jiddiy harbiy xarakatlar boshladilar.
Umuman olganda, arablarning yarim asr davomida Xuroson noiblari Abdulloh ibn Amir, Ubaydulloh ibn Ziyod, Sayd ibn Usmon, Salmo ibn Ziyod qabilar tomonidan uyushtirilgan hujumlar talon-taroj qilish, o‘lkadagi harbiy-siyosiy vaziyatni o‘rganish, boyliklarini olib ketish maqsadida uyushtirilgan edi. 705 yilda Qutayba ibn Muslim Xuroson noibi etib tayinlangach, Movaraunnahrni butunlay bosib olish harakati boshlanadi. O‘rta Osiyodagi siyosiy parokandalik va kichik davlatlarning bir-birlari bilan tez-tez nizolarga borib turishi Qutaybaga nihoyatda qo‘l kelgan edi. 706- yilda u katta qo‘shin bilan Movaraunnahrga yurish boshladi va Poykand shaxri 15 kunlik kamaldan so‘ng egallandi.
Arablarga qarshi turklar, Sug‘diylar umuman, mahalliy aholi o‘zaro ittifoq tuzishga erishgan bo‘lsa-da, Qutayba nayrang yo‘li bilan bu ittifoqni bo‘zishga muvaffaq, bo‘ldi va 708-709 yillarda Buxoro va uning atroflariga bir necha marta yurishlar qilib Buxoroni zabt etdi. Qutayba 710- yilda Shuman, Nasaf va Keshni egalladi. 710-712- yillarda Samarqand ixshidi Tarxun va Xorazmshoh Xurzod Qutayba bilan tinchlik sulhi to‘zib unga yirik mikdorda boj to‘laydilar. Ammo, Samarqand aholisining tovon to‘lashga qarshilik ko‘rsatishi, norozilik natijasida Tarxunning taxtdan ketishi va o‘limi, Sug‘d podshosi va Samarqand afshini sifatida Gurakning taxtga o‘tirishi arablarning Samarqandga hujumlari uchun bahona bo‘lgan edi. Shuningdek, Qutayba "Tarxunning o‘limi uchun qasd olaman", deb e’lon qildi va Samarqandga hujum uyushtirib, 712- yilda uni bosib oldi. Mug‘ tog‘i hujjatlarining ma’lumot berishicha, 712-713 yillarda Sug‘d, Choch, Farg‘ona va Panjikent hokimlari arablarga qarshi ittifoq to‘zib vaqtincha g‘alabalarga erishgan bo‘lsa-da, Qutayba bu ittifoqka rahna solib, ularni tor-mor etishga muvaffaq bo‘ldi. 714- yilda Qutayba ibn Muslim turklardan kelayotgan yordam kuchini to‘xtatib qo‘yish maqsadida Choch vohasiga qayta bostirib kirdi va Isfijobni egalladi. 715- yilda Qutayba Farg‘onaga ikkinchi marotaba yurish uyushtiradi. Shu yili Qutayba o‘ziga dushman bo‘lgan xalifa Sulaymonga qarshi isyon kutaradi va mag‘lubiyatga uchrab, o‘ldiriladi. Shunday qilib, arablar qisqa muddat ichida Movaraunnahr hududlarini bosib oldilarki, buning sabablari quyidagicha edi:
O‘lkada hukm surayotgan siyosiy tarqoqlik va mahalliy hukmdorlarning o‘zaro kurashlari arablarga juda qo‘l kelgan edi. Chunki, parokanda va siyosiy jihatdan tarqoq hududlarni alohida-alohida zabt etish Qutayba uchun qulay edi.
O‘zaro birlashish harakatida bo‘lgan va ittifoqchilik uchun harakat qilgan mahalliy hokimlar orasiga Qutayba turli nayranglar bilan rahna solishga erishgan edi.
Arablar o‘zaro kurashayotgan hokimlarning biriga ikkinchisini yengishi uchun yordam ko‘rsatib, keyin ularning har ikkisini ham birin-ketin buysundirdilar. Misol uchun, Sug‘dni zabt etishda Qutayba arab qo‘shini bilan bir qatorda Xorazm, Buxoro va Nasafning kuchlaridan foydalangan edi.
Arablar Movarounnahrga qadar juda katta hududlarni bosib olgan bo‘lib, katta boylik va harbiy zahiralarga ega edilar. Arablar qo‘shiniga muntazam ravishda bosib olingan yerlar va ichki viloyatlardan yangi harbiy kuchlar safarbar kilinib turilar edi.
Arablar olib borayotgan bosqinchilik siyosatiga qarshi birinchi bo‘lib, 720- yilda Sug‘d aholisi bosh ko‘targan va bu harakatta Samarqand ixshidi Gurak va Panjikent hokimi Devashtichlar boshchilik qiladilar. Bu harakat umumxalk ko‘zg‘oloniga aylanib ketganligi bois, Xuroson noibi Sayd ibn Abdulaziz bu ko‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘la olmadi. 721- yilda xalifa Yazid ibn Abdumalikning tavsiyasi bilan Sayd ibn Amir al-Xaroshiy Xuroson noibi etib tayinlanadi. U ko‘zg‘olonchilar bilan mo‘zokaralar olib borishi natijasida ko‘zg‘olonchilarning bir kismi arablar tomoniga (Gurak boshchiligida) o‘tgan bo‘lsa, bir qismi shafqatsizlarcha bostiriladi.
VIII asrning 2-choragidan boshlab arab xalifaligida ikkita sulola -Ummaviylar va Abbosiylar o‘rtasida kurash avj oldi. Ma’lumki, ulkan xalifalikni 667- yildan boshlab Ummaviylar sulolasi boshqarib kelar edi. Bu sulola davrida juda ko‘p siyosiy o‘zgarishlar, diniy mazhablar, guruhlarning kuchayishi, boshqarishdagi nomutanosiblik, mustamlakachilik siyosati, zo‘ravonlik, adolatsizlikning avj olishi ruy berdi-ki, bu narsa sulolaning keyingi davrida uning faoliyatini qiyin ahvolga solib qo‘ydi. 718- yildan boshlab Muhammad payg‘ambarning amakilari Abbosning tarafdorlari - Abbosiylar o‘z g‘oyalarini targ‘ib qila boshladilar. Ularning hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim va uning harakati muhim ahamiyat kasb etdi. 749- yilda Abu Muslim qo‘shini xalifalikning markaziy viloyatlariga yurish qilib, Iroq va Jazoirda Ummaviylarga hal qiluvchi zarbalar berdi. Qo‘zg‘olonchilar poytaxt Damashqni ham qo‘lga olib, xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dardilar hamda Abbosiylardan bo‘lgan Abo‘labbos Safaroh (749-754) taxtga o‘tiradi. Ammo, hokimiyat tepasiga boshqa sulola vakillari kelsa ham arablarga qarshi kurash tuxtamadi.
751- yilda Buxoro shaxrida Sharik ibn Shayxulmaxr boshchiligida ko‘zg‘alon ko‘tariladi. Qo‘zg‘olonchilar shialik talablarini ilgari surib, Ali avlodidan xalifa tayinlash shiorini kutarib chiqishadi. Bu ko‘zg‘olon Abu Muslim jo‘natgan Ziyod ibn Solih boshchiligidagi qo‘shinlar va buxorxudot Qutayba ibn Tug‘shod yordamida bostiriladi. 755- yilda Abu Muslim xalifa Abu Ja’far tomonidan Bag‘dodda xiyonatkorona o‘ldiriladi. Uning do‘sti va safdoshi Sumbad o‘sha yiliyoq do‘sti uchun o‘ch olish maqsadida ko‘zg‘olon ko‘taradi. Qo‘zg‘olon tez orada Xuroson va Tabaristonga yoyiladi. 70 kun davom etgan qo‘zg‘olon xalifa qo‘shinlari tomonidan qattiqqo‘llik bilan bostiriladi.
VIII asrning 70-80-yillarida Movaraunnahrda juda ulkan xalq Qo‘zg‘oloni ko‘tariladi. Tarixda "oq kiyimlilar" qo‘zg‘oloni" deb nom olgan bu harakatga asli kelib chiqishi Marv atroflari yoki Balxdan bo‘lgan Muqanna taxallusli Xoshim ibn Hakim boshchilik qiladi. Qo‘zg‘olon 776 yilda boshlanib, o‘sha yili Muqanna Amudaryodan o‘tib Kesh viloyatiga keladi va Kesh yaqinidagi Sanam qal’asini o‘ziga qarorgoh, qiladi. Qo‘zg‘olon tez orada Sug‘d, Iloq Shosh, Naxshab va Chag‘aniyon hududlariga yoyiladi. Arab qo‘shinlari bir necha yil davomida Muqanna qo‘zg‘oloniga qarshi qaqshatqich kurash olib borib, VIII asr 80-yillari boshlarida qiyinchilik bilan qo‘zg‘olonni bostirishga muvaffaq bo‘ldilar.
Arablar O‘rta Osiyoni bosib olgach bu hududdagi hamma shahar va aholi joylarida o‘z qo‘shinlarini joylashtirdilar. Bu harbiy kuchlar o‘z vaqtida mahalliy aholi ustidan nazorat qilib turardi. Arab xalifaligi tasarrufiga o‘tgan Movaraunnahr hududida ko‘pgina yirik yer egalari - dehqonlarning mavqei avvalgi holaticha saqlanib qoldi. Ular siyosiy jihatdan xalifa va uning noibiga buyso‘nar edilar.
Butun VIII asr davomida arab zodagonlarining dehqonlar bilan til topishuv hollari kuchayadi va aynan mana shu davrda yirik dehqon urug‘ aymoqlari qo‘li ostidagi yer-mulklarning yuqori arab harbiy mulkdoriga o‘tishi ruy beradi. Arab qo‘shini tarkibiga mahalliy aholi ichidan ko‘plab erkaklar majburan safarbar qilindi. Harbiy harakatlar natijasida aholining bir qismi halok bo‘ldi, bir qismi asirga olindi. Barcha shahar va qishloqlarda o‘z harbiy garnizonlarini joylashtirgan arablar, shu harbiy kuchlarga tayanib aholidan turli soliqlar undirishar, ularni turli jamoa ishlariga safarbar qilishar edi.
Yirik yer egalari o‘rtasidagi ziddiyat va qarama-qarshilik arablarning aralashuviga sabab bo‘lar yoki mulkning bir shaxsdan ikkinchisiga o‘tishini ta’minlar edi. O‘rta asr mualliflari ma’lumotlariga ko‘ra, dehqonlar qo‘li ostida kishlok jamoalari bo‘lib, bu jamoadan yer olgan kishilar xiroj to‘laganlar. Dehqonlar mustaqil qo‘rg‘onlarda hayot kechirib, ularning yaxshi qurollangan harbiy bo‘linmalari bo‘lgan. Bunday bo‘linmalarning askarlari chokarlar deb atalgan. Dehqonlar xalifa noibining mahalliy aholi orasidan bo‘lgan vakiliga buysunadilar. Mehnatkash aholi, asosan kadivarlar, kashovarzlar hamda qo‘llar dehqonlarda mavjud bo‘lgan yer-mulklarning ma’lum ulushini ijaraga olib ishlashgan va buning evaziga soliq to‘laganlar.
Dehqonlar orasida yer-mulk, shaxsiy uy-joy va qo‘rg‘onlar masalasida nizo va janjallar chiqib qolsa, muammoni xalifa hal qilgan. Har bir huquqiy muammo islom qono‘n-qoidalariga binoan ko‘rib chiqilgan.
VIII asr o‘rtalariga kelib Movaraunnahr hududida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirilgan edi. Viloyatlardagi hokimlar va boshqa hukmdorlarning qo‘li ostidagi ma’muriy-idora usuli o‘z shaklini saklab dolgan builshiga qaramay, xokimlarning xalifa noibiga itoat etishlari shart edi. Mahalliy davlat boshliqlarining ko‘pchiligi o‘z huquqlari va imtiyozlarini saqlab qolish maqsadida islom dinini qabo‘l qilgan edilar. Islom dinini qabul qilmagan zodagonlar o‘z mol-mulklaridan mahrum etilar yoki katta miqdordagi tovon tular edilar.
Arablar iqtisodiy hayotni o‘z qo‘llaridan chiqarmaslik maqsadida bosib olingan hududlarda sosoniylar tartibidagi soliq tizimini joriy qildilar.
Bular asosan quyidagilar edi:
Qavonin yoki mukati’a - mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig‘in.
Maqrsima – hosilning ma’lum ulushi miqdorida to‘langan. Uning hajmi sug‘orishga bog‘liq holda belgilangan.
Misoxa yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo‘lib, o‘nda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e’tibor berilmagan.
Bu soliq tizimiga yer solig‘i - xiroj (hosilning undan bir yoki undan ikki kismi miqdorida), chorva, hunarmandchilik, savdo-sotiqdan zakot (qirqdan bir miqdorda) hamda islomni qabul qilmagan shaxslardan olinadigan - jizya solig‘i ham qushilgan.
Zamonaviy ilmiy adabiyotlarda ta’kidlanishicha, arablarning O‘rta Osiyoni bosib olingan hududlarini boshqarish markazi Marv shahri bo‘lib, bu yerdan turib xalifaning noibi Movaraunnahr hamda Xurosonni idora qilgan. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, VIII asrning o‘rtalari va oxirlariga kelib Movaraunnahr va Xuroson hududlarida siyosiy boshqaruv arab xalifaligi siyosiy tizimiga moslashtirib bo‘lingan edi. Bu davrda Movaraunnahrda Sug‘d, Shosh, Farg‘ona, Xorazm, Ustrushona, Toxariston qabilardagi mahalliy hokimlar zimmasiga aholidan belgilangan soliqlarni yig‘ish, ma’muriy boshqaruvni amalga oshirish asosida islom dini g‘oyalarini aholi o‘rtasida yoyish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Mahalliy hokimlar faoliyati xalifa tomonidan tayinlanadigan maxsus amirlar tomonidan katta nazorat ostiga olingan bo‘lib, bundan tashqari ular xalifaning Xurosondagi noibiga itoat etishi shart bo‘lgan.
Arablar istilosidan keyin Movaraunnahrda musulmon qonunchilik tizimi ham joriy etildi. Islom huquqsho‘nosligining asosini tashkil etuvchi shariat muqaddas kitob - Qur’oni karim va Hadisi sharifga hamda fikhshunos olimlarning turli savollarga javoblari va qarorlariga tayanar edi. Masalaning yana bir jihati shundaki, Islom dinining ko‘p jihatdan afzalligi, ahloq va intizom nuqtai nazaridan ommaviyligi xususiyati arablar bosib olgan mamlakatlar aholisi tomonidan uning tez orada qabul etilishiga sabab bo‘ladi. Qutayba singari uni bosqinchilik va zo‘ravonlik bilan olib kelish mumkin emas edi. Qachonki islom moxiyatiga yetilgachgina unga rag‘bat va e’tiqod kuchayib ketadi. Olik-soliq, maishiy hayot bobida, zakot masalasida Qur’on va Shariat ahkomlarining qoidalari mehnatkash aholi tomonidan tezda qabul qilindi. Alloh oldidagi tenglik esa dinning ahamiyatini kuchaytirar edi. Bu o‘rinda islom dinining xakparvarlik ruhi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ldi.
IX asrga kelib O`rta Osiyo, xususan Movaraunnahrda arab halifaligiga qarshi olib borilgan kurashlar natijasida mahalliy sulola vakillarining mustaqillikka bо`lgan intilishlari kuchayib ketdi. Chunonchi, halifalikning ichki hududlarida ham ziddiyatlar keskinlashib borayotgan Xalifa Horun ar-Rashid6 vafotidan keyin uning o`g`illari Ma'mun va Amin o`rtasida o`zaro kurash boshlanib ketdi. Mahalliy sulola vakillari bu kurashlarga aralasha boshladilar.
Hirot viloyatining Bushang shahridan bо`lgan Tohir ibn Husayn o`z nomidagi sulolaga asos soldi. Bu davrda Xorun ar-Rashidning kichik o`g`li Ma'mun (asli ismi Abdulla bо`lgan) Xurosonning noibi edi. Amin va Ma'mun o`rtasida hokimiyat uchun bo`lgan kurashda Tohir ibn Husayn Ma'mun tomonidan turib Aminga qarshi kurashdi. Ayrim manbalarning guvohlik berishicha, 813-yilda Ma'mun xalifalik markazi Bog`dodni egallaydi hamda bir necha yil mobaynida Tohir ibn Husayn xalifa saroyida yuqori lavozimlarda xizmat qiladi. 821-yilda esa Tohir ibn Husayn Xurosonga noib etib tayinlanadi (O`sha davrda Movaraunnahr ham Xuroson tarkibiga kirar edi). Tohir ibn-Husayn Nishopur shahrini o`zining qarorgohi etib tanladi. U o`zi noiblik qilayotgan viloyatlarni xalifalikdan mustaqil boshqarishni orzu qilar edi. Natijada Tohir xalifaliklar mustaqil siyosat yurgizishga harakat qildi. Noiblikka o`tirgandan so`ng oradan ko`p o`tmay Tohir xutba nomozidan xalifaning nomini chiqarib tashlaydi. Bu esa uning xalifa Ma'munga qarshi ochiqdan ochiq isyoni belgisi edi.
Ba'zi manbalarda qayd etilishicha, 822-yilda Tohir ibn Husayn Ma'mun odamlari tomonidan o`ldirildi. Uning o`rniga Talxa ibn Tohir (822-830-y.) noib etib tayinlandi. Buning sababi shunda ediki, xalifalik aynan mahalliy hukmdorlarning kuchidan arablarga qarshi, qo`zg`olonlarni bostirishda foydalanar edi. Xuroson noibining muhim vazifalaridan biri esa o`ziga qarashli hududlarda viloyat hokimlarini saylash bо`lgan. Xususan, Tohir dastlabki somoniylar vakillarini Samarqand, Ustrishona, Farg`ona va Shoshga hokim qilib tayinlagan.
Talxadan keyin taxtga o`tirgan Abdulloh ibn Tohir o`zigacha bо`lgan noiblar siyosatini davom ettirdi. Bu davrda Xuroson noibligiga Movarounnahr, Xorazm, Seyiston, Ko`histon, Tabariston va Jurjon hududlari kirgan. Har bir viloyat bir necha ma'muriy birliklarga bo`lingan. Bu birliklar katta va kichik tumanlardan iborat bо`lgan. Abdulloh o`z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida ayrim harbiyi islohotlar o`tkazgan edi. Bundan tashqari Tohiriylar yuritgan siyosatning xususiyatlaridan yana biri, ularning islomlashtirish siyosati edi. Ayrim ma'lumotlarga ko`ra, Tohiriylar davrida O`rta Osiyoning barcha hududlarida islom dini tarqaladi.Tohiriylar davlat boshqaruvida turli toifa va qatlamlar mavjud edi-Shunga alohida e'tibor berish kerakki, Tohiriylar qishloq xo`jaligin rivojlantirish maqsadida yer-suv masalalariga alohida e'tibor qaratdilar.Shu soha bilan shug`ullanuvchi qonunshunoslar "Kitob alkuniy" nomli qonunlar to`plamini tuzdilar. Bu to`plam yerdan unumli foydalanish va sug`orish tizimi masalalariga qaratilgan edi.IX asrning 60-70-yillaridan e'tiboran tohiriy hukmdorlarga qarshi xalq harakatlari kuchaydi. Bu harakatga G`oziylar boshchilik qildilar. ("G`oziylar" asosan ko`chmanchi qabilalar hujumini bartaraf qilish maqsadida kambag`al hunarmandlar va yersiz ziroatchilardan tashkil topgan qurolli qo`shin). G`oziylar harakatini aka-uka Yoqub va Amir binni Lays boshqardilar, Ular dastlab Seyislonda hokimiyatni qo`lga olgach, 873- yilda tohiriylarning qo`shinlariga katta zarba berib, Xuroson poytaxti Nishopurni egalladilar. Shu davrdan e'tiboran tohiriylar sulolasi barham topdi va Xurosonda hokimiyat Safforiylar (misgarlar, Yoqub va ; Amir asli hunarmand-misgar-"saffbr" edilar.) qo`liga o`tib ketdi. Rasmiy jihatdan Xuroson va Movaraunnahr ustidan hukmronlik qilib turgan tohiriylar sulolasining inqirozga uchraganligi Movaraunnahrdagi mahalliy hokimlarning o`lkani to`la mustaqilligvni ta'minlash sari harakatlari uchun qulay imkontyatlar yaratib berdi. Endi bu davrda somoniylar siyosiy maydondagi kurashda erkin harakat qila boshladilar va ular Movaraunnahrda markazlashgan bir butun davlat barpo qilishga kirishdilar. Birlashtirish g`oyasini shaharliklar ham, dehqonlar ham qo`llab quvvatladilar. Chunki birlashgan va markazlashgan yagona va qudratli davlatgina ko`chmanchi qabilalarning hujumini daf qila olishi mumkinligini ular yaxshi bilar ediiar. Markaziashgan yagona hamda qudratli daviat kuchli harbiy kuch yaratish imkoniyatini berardi.Somoniylar davlatiga Somon qishlog`i (Balx yaqinida, ba'zi manbalarda esa, - Termiz yaqinida) oqsoqoli Somonxudotning avlodlari . asos solgan. Xalifa Ma'munga bo`lgan sadoqatlari evaziga 819-820-yillarda Sotnonxudotning nabiralari Nuh Samarqandga, Ahmad Farg`onaga, Yahyo Choch va Ustrushonaga, Ilyos Hirotga hokirn etib tayinlandilar,
839-840-yillarda Nuh ibn Asad Isfijob viloyatini bosib oldi va uni mustahkamladi. U So`g`dning bir qismi va Farg`onaga hokim bo`lib oldi. Lekin somoniylar davlatini bunyod etishda Ahmadning hissasi ko`proq bo`ldi. Uning Nasr, Ya'qub, Yahyo, Asad, Ismoil, Is'hoq va Homid ismli o`g`illari bor edi. Nuh ibn Asad 842 yili vafot etgach, Samarqandni ukalari Ahmad va Yahyo boshqardi; keyin hokimlik Nasr (865-892) Ro`liga o`tdi. 859-yilda Yahyo ibn Asad vafot etgach, Choch va trushona Ahmadning ikkinchi o`g`li Ya'qubga nasib etdi. Keyin ashabbus Ismoil ibn Ahmad qo`liga oldi. Buxoroda tohiriylar mavqei sust edi. 874-yilda Husayn ibn Tohir Xorazm shaharlarini talayotgan bir paytda Buxoro zodagonlari iltimosi bilan Nasr Buxoroga Ismoil ibn Ahmad (849-892)ni hokirn qilib jo`natadi.
Nasr Movaraunnahrda markazlashgan davlat tuzishga kirishdi. Xalq bu ishda unga xayrxoh edi. 875-yilda u Shovga (Turkiston yaqinida)ni qo`lga kiritdi. Xalifa Mu'tamiddan Movaraunnahrni boshqarish uchun yorliq olishga muvaffaq bo`ldi. Bu paytda Buxoroda kuchayib ketgan Ismoil akasiga tobe' bo`lishni istamadi. 888-yili ikki o`rtadagi jangda Nasr yengildi. 892-yilda Nasr vafot etgach, Ismoil Movaraunnahrning yagona hukmdori bo`lib qoldi (892-907). 893- yilda u Tarozni, so'n Ustrushonani qo`lga kiritdi.
Mustahkamlanib borayotgan Somoniylar davlatini zaiflashtirish maqsadida Arab xalifasi 898 -yilda Movarounnahr hokimligidan Ismoilni tushirib uning o`rniga safforiylar sulolasidan Amr ibn Laysni hokim etibj tayinlash haqida yorliq jo`natadi. Ismoil 899- va 900- yillardagi harbiy to`qnashuvlarda Amr ibn Lays boshliq safforiylar qo`shinlarini tor-mor keltirdi. Xalifa Ismoil ibn Ahmadni hokim sifatida tan olishga majbur bo`ldi.
Shunday qilib, Xorazm, Isfijob, Chag`oniyon va Xuttalondan tashqari (ularning hokimlari somoniylarga tobe' edilar). ulkan hudud (Movarounnahr va Xuroson) somoniylar tomonidan bo`ysundirilgan edi. Ular bu yerda 100 yilcha hukmronlik qildilar. 992-yili Qoraxoniylar xoni Bug`roxon Buxoroni egalladi. Xurosonda Abu Ali Simjuriy va Balxda Foyiq amirga qarshi isyon ko`tardi. Nuh II yordam so`rab G`azna hokimi 1 Sabukteginga murojaat etadi. Sabuktegin 20.000 nafarli qo`shin bilan kelib, Simjo`riy va Foyiq kuchlarini tor-mor keltiradi. Sabuktegin bu xizmati uchun xalifadan "Nasir-ud-din va ad-davia" (dinu davlat homiysi), uning o`g`li Mansur esa "Sayf- ud-davla (davlat shamshiri)" laqabini oladi.997- yili Nuh II ham, Sabuktegin ham vafot etadi. Nuh II ning o`g`li I Mansur ibn Nuh (997-999)ga qarshi Nishopur hokimlari Bektuzin va Foyiq isyon ko`tardilar. Amirning Mansurga e'tiqodi zo`rligini nazarda j tutib, isyonchilar amirning ko`ziga mil tortadilar. Mansur ibn Nuhl vafotidan so`ng uning ukasi Abdulmalik II ibn Nuh Buxoro taxtiga o`ltirdi. Mahmud intiqom bahonasida Bektuzin va Foyiqqa qarshi qo`shinl tortib butun Xurosonni bosib oldi. Abdulmalik ibn Nuh qo`lida faqat 1 Movaraunnahr qoldi.Ko`p o`tmay qoraxoniylar xoni Nasr Iloqxon Buxoroni zabt etdi-Amir xonadoni asirga olindi. Somoniylar davlati tugatildi.Somoniylar Movaraunnahr va Xurosonda mustaqil davlat tuzish uchun avvalambor, kuchli markazlashgan hokimiyat tuzish kerakligini yaxshi tushunishgan. Bu ayniqsa Ismoil Somoniy hukmroniigi davrida kunning doizarb masalasiga aylandi. Chunki Ismoil Somoniy Vlovaraunnahr va Xurosonni birlashtirishga va yagona markazlashgan davlat tuzishga muvaffaq bo`ldi. Endi bu davlatni idora qilish lozim edi. Shuning uchun Ismoil bir qancha islohotlar o`tkazdi. Mana shunday isiohotlardan biri davlatni boshqarish ma'muriyatini joriy qilish bo`ldi. Bu islohotga binoan davlatni idora qilish saroyi (dargoh) va 10 ta devon (harbiy -fuqaro mahkamalari) tashkil etildi. Ismoil Somoniy davlatning majmuini tashkil etishda Sosoniylar Eron va Arab xalifaligida qabul qilingan tajribalardan foydalandi va uni zamon talabiga qarab mukammallashtirdi.Hokimiyatning eng yuqori pog`onasida somoniylar turib, ular amir unvoni bilan davlatni idora qilganlar. Davlat majmuini mustahkamlashda, Nasr II Somoniyning ma'rifatli vazirlari Abuabdullo Muhammad Jayhoniy va Abufazl Muhammad Balamiylarning xizraatlar katta bо`lgan. Umuman, Somoniylar hukmdorligi davrtda vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola vakillari tayinlangan. Davlat majmuini dargoh va devonlarga boMinishi ma'lum darajada rasmiy bо`lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko`p xollarda devonlarning ishlariga aralashib turganlar. Saroyda siyosiy hokimiyat "Sohibi xoras" qo`li ostida bо`lgan. Sohibi Xoras Amirning farmonlari bajarilishini nazorat qilgan. Saroyda Sharbatdorlar, Dasturxonchilar, Tashtadorlar, Otboqarlar, xo`jalik beklari kabi turli xizmatchilar bо`lgan. Saroydagi hamma xo`jalik ishlarini "vakil" boshqargan. Vakil saroydagi e'tiborli kishilardan biri hisoblangan. Narshaxiyning yozishicha, Nasr II Somoniy hukmronligi davrida o`n devonga Buxoro registonida o`nta maxsus bino qurilgan.Devonlar orasida vazir yoki "xo`ja buzurg" devoni alohida o`rin tutgan. Bu devonga boshqa hamma devonlar bo`ysungan. U hamma «na'muriy, siyosiy va xo`jalik mahkamalarini nazorat qilgan.Davlatni idora etishda "mustaufiy devon" ham muhim ahamiyatga ega bо`lgan. Bu devon davlatning butun moliya ishlarini boshqargan va nazorat qilgan. Devon xazinador tomonidan boshqarilgan.
Xulosa qilib aytadigan bo`lsak, Movarounnahrda balki butun O`rta Osiyoda Arablar yuritgan boshqaruv tuzumi alohida o`ringa ega bo`lib tarix zarvaraqlariga muhrlangan.
IX-X asrlarda. Oʻrta Osiyoda yashagan bir qancha turkiy qabilalar islom dinini qabul qildilar. Ular orasida XI asr o'rtalarida saljuqiy turklar ajralib turardi. Bag‘dodga yetib keldi, uni egalladi va ularning boshi “Sharq va G‘arb sultoni” nomini oldi. XII asr oxiriga kelib. Saljuqiylar imperiyasi bir qancha davlatlarga parchalanib ketdi. XII asrning oxirgi o'n yilligida. Sulton Usmon I saljuqiylarni oʻziga boʻysundirib, Usmonlilar saltanatiga hukmdor boʻldi. XIV asrda. Usmonlilar imperiyasi tarkibiga Arab xalifaligining deyarli barcha yerlari, shuningdek, Bolqon, Qrim, Eronning bir qismi kirgan. Turk sultonlarining armiyasi dunyodagi eng kuchli edi, turk floti O'rta er dengizida hukmronlik qildi. Usmonli imperiyasi Evropa va Muskovitlar davlati uchun xavf tug'dirdi - kelajak Rossiya. Evropada imperiya "Brilliant port" deb nomlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |