Mavzu: arab jamiyatida ayollarga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosatning o’ziga xos xususiyatlari


Malakaviy bitiruv ishining vazifalari



Download 173,5 Kb.
bet3/7
Sana05.06.2022
Hajmi173,5 Kb.
#639404
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Arab jamiyatida ayollar

Malakaviy bitiruv ishining vazifalari: Ayollar jamiyatning real ko’zgusiga aylanib bormoqda. Ayollarining faoliyati faqat oila, farzand tarbiyasi bilan cheklanib qolmasdan, balki ularning qobiliyat va iste`dodlarini ijtimoiy hayotning barcha sohalarida namoyon qilishga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Mana shunday fidoiy va oliyjanob insonlarni jamiyatdagi faollik darajalarini yanada oshirish kurs ishining vazifalaridan biri hisoblanadi.
Malakaviy bitiruv ishining obyekti va predmeti: Malakaviy bitiruv iishining ob`ekti arab jamiyatida istiqomat qilayotgan jami aholining 50,5 fizini tashkil qiladigan ayollardir. Ya`ni ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohalarda faoliyat yuritayotgan, xotin-qizlaridir. Ularning faoliyatlari, hatti-harakatlari, jamiyatdagi o’rni va roli kurs ishining predmetini tashkil qiladi.
I BOB. Arab jamiyatida ayollarga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosat va uning nazariy metodologik jihatlari

    1. Ayollarga yo’naltirilgan ijtimoiy siyosat davlatning ustuvor yo’nalishi sifatida

Davr ayolining qalbidagi yangilanishlar qay jihatlari bilan afzal? Uning voqelikka munosabati idrok va taxlil etishdagi nuqtai-nazarichi? Oilasi va jamiyat oldidagi mas’uliyat va burchlarini ayol qay darajada tushunib yetmoqda. Farzand tarbiyalayotgan ona ertaning talab-ehtiyojlarini anglay biladimi? Ijtimoiy fikrni o’rganish markazi sotsiologik tadqiqotlar jarayonida shunday savollarga ham javob izlaydi.
Bugungi kunda ayol o’z-o’zi ga katta talab qo’yib yashashi kerak. Navoiy satrlarining mazmunini anglamagan, Yassaviy xikmatlaridan, «Kur’oni Karim oyatlaridan yod olmagan, jamiyatdagi o’zgarish va yangiliklardan bexabar ayol juda ko’p narsani bilmay, anglamay qolaveradi». Jamiyat to’xtovsiz rivojlanib borayotgan ekan, ayol hech qachon fikrlashdan to’xtamasligi kerak.
Hozirgi kunda jamiyat yuksalgan sari tarixga milliy qadiriyatlarga e’tibor juda kuchayib bormoqda. Mana shunday milliy qadiryatlardan biri
«Ayolga munosabat» masalasidir. Bu masala eng dolzarb masala bo’lib, jamiyat taraqqiyoti bilan bog’liqdir. Chunki oila ayol bilan farovon, tinch, mustahkamdir. Oila tinch bo’lsa, jamiyatimiz, butun davlatimiz, yurtimiz tinchdir. Oila bilan ayollar erkaklarga nisbatan ko’prok bog’langandir.
«Ayol farzand tarbiyachisi bo’lishi bilan birga mehribon rafiqa hamdir. Jamiyatimizda esa olima, shoira, murabbiy, ijodkor, tadbirkor, moxir boshqaruvchi kabi mas’uliyatli o’rinlarni egallaganlar. Ayolga bo’lgan munosabatni birinchi o’ringa qo’yish, ya’ni ayolning hurmatini, izzatini joyiga qo’yish, uning mavqeini yanada yo’ksaklarga ko’tarish davr talabidir.
Tarixga nazar solsak, qadimdan ota-bobolar ham ayollarga munosabat masalasiga juda katta e’tibor berib, ularning hurmat-izzatlarini joyiga qo’yganlar. Masalan bundan 2 ming yil oldin yashagan bobomiz Alp Er Tunga davrida ayollar shunday katta hurmatga ega bo’lganlarki, agar uy to’rida ota-ona yonma-yon o’tirgan bo’lsa, bolalari eshikdan kirganda avval onasiga, so’ngra otasiga ta’zim bajo keltirgan ekanlar. Bu odat o’sha davrning eng oliy oilaviy an’anasi bo’lgan ekan.
Eng avvalo ayol har bir oila ko’rki hisoblanadi. Oilada farzand tarbiyasi, farzandning kim bo’lib yetishishiga bevosita ayol sababchi. Bu esa bevosita jamiyat bilan bog’liq hodisadir. Ayolning oilada farzandga bergan tarbiyasi bilan jamiyatga foyda keltirish mumkin.
Arab jamiyatida da ayolning shirin suxanligi, odobiga qarab mehmon keladi, degan gap bor. Asosan ayol oilaning ko’rki, oilaning sham chirog’i hisoblanadi. Bola hayotga muhabbat muomilali, madaniyatli, kattalarga hurmatda, kichiklarga izzatda bo’lishni o’rganish, ko’chada, uyda o’zini tutishni onaga taxlit qiladi. Onaning xati harakati, odobi bolada aks etadi. Bola tarbiyasida onaning roli alohida ekanligini takidlagan holda buyuklar ham shunday degan: «Kimki ayol huquqini ximoya qilsa, bola huquqini ham ximoya qilgan bo’ladi, boshqacharoq aytganda u kelajakni ximoya qiladi».
Alohida bir shaxs uchun bo’lganidek, umuman inson uchun oila davlatdan ko’ra muhimroqdir. Insoniyat shaxs tushunchasi, shaxs (inson) oila tushinchasi bilan bog’liq. Oila-inson beshigi, uning ota uyi, uning ijtimoiy boshpanasidir. Azal-azaldan insoniyat davlatdan emas-shaxs va oiladan tashkil topgandir. Insoniyatga davlat tushinchasi begona. Davlat-bu, sun’iy siyosiy, iqtisodiy, ba’zan harbiy ko’rilmadir, bularning insoniyat tushunchasi bilan bogliqliq joyi yo’k, unga qech qanday aloqasi ham yo’q.
Qandaydir oilaning birligiga putur yetkazadigan va uning yashnashiga xavf soladigan jamiyat o’simlik ildizidan sug’urib olinadigan namlik yetishmay, o’t tushib yoki shunchaki qarovsizlikdan qurib ado bo’ladigan o’simlik tajribaxonasiga o’xshaydi.
Insonning oila sharoitida tabiiy ravishda shakllanishi yo’lga qo’yilgan, odam o’zi bilmas rishtalar bilan bog’langan oila chinakam gullayotgan oiladir. Bunday jamiyat o’zi ko’kargan navdasida o‘sib unayotgan yaproqqa o’xshaydi. Xuddi shu
sababdan ham odamni oiladan tashqari tasavvur qilish samarasiz va ijtimoiy mazmundan begonadir. Bordi-yu insoniyat jamiyati qandaydir zamonlar kelib oilasiz jamiyat bo’lar ekan, bunday jamiyat-sun’iy o’simlikka o’xshash beboshlar jamiyatiga aylanadi.
Ayol-odam. Erkak - u ham odam. Bu mutloq shak-shubxasiz xaqiqat. Ayol va erkak birdek insonlarki, ular orasidan inson sifatida qandaydir tafovutlar topish oshkora va hech qanday asosga ega bo’lmagan adolatsizlikdir.
Shularga qaramay, erkak-erkak, ayol-ayoldir. Nega shunday? Nega insoniyat jamiyati fakat erkaklardan yoki bo’lmasa, nuqul ayollardan iborat emas. Negaki, erkak va ayol tabiat tomonidan yaratilgandir.
Erkak va ayolning bir vaqtda mavjudligi tabiiy zaruratdir. Shundan ham bilish mumkinki, ularning har biriga o’ziga yarasha vazifa belgilangan. Ayni shuning uchun ham ularning har biri tabiat tomonidan o’z zimmasiga belgilangan vazifani bajarish uchun shart-sharoitga ega bo’lishi kerak. Har ikki tomonning burchi, vazifasini tushinmoq uchun erkak va ayol tanasiga tabiat tomonidan ato etilgan organizimni farqlay bilish kerak. Ularning har ikkisining o’ziga yarasha vazifalari borki, biri ikkinchisining yoki ikkinchisi birinchisining zimmasidagi vazifani o’z zimmasiga ololmaydi. Ayol zimmasidagi biologik vazifaning naqadar mashaqqatli ekanligini, ular juda katta kuch-quvvat sarflashlar evaziga bo’lishini nazardan qochirmaslik kerak. Ayolning bu vazifasidan voz kechish bilan insoniyat hayotini tasavvur qilish mumkin emas. Bu vazifa ayol tomonidan qungilli ravishda tanlab olingan emas, balki u tabiat tomonidan belgilangandir1.
Ayolni onalik burchidan mahrum qilishga moyillik va ona vazifasini yasli (bog’cha) zimmasiga yo’klash insonparvarlikdan cheklanishning boshlanishidir, insoniy jamiyatdan cheklanish va uni sun’iylashtirishdir. Bolalarni onalardan ajratish va yaslilarda boqishga o’tish bolalarni jo’jaga o’xshatib qo’yadi, zotan yaslini, inkubatorda ochilgan jujalar boqiladigan tovuq fermalariga qiyoslash mumkin. Tabiiy onalik saklansagina, bolaning o’zi tuqqan onasi bag’rida o’nib- o’sishiga insoniy jamiyatga xosdir. Bolani onasidan judo etish va yasliga jo’natish
.
unga nisbatan qilingan zo’ravonlikdir, uning tabiiy maromda rivojlanishi uchun tuskinlikdir. Ona va bolani bir biridan ajratishga olib keladigan har qanday urinish zurovonlik va o’zboshimchalikdir. Ona o’z tabiiy burchini ado etishi uchun barcha huquq va yetarli shart-sharoit yaratishimiz shart. Ayol qandaydir sabablarga ko’ra bola ko’rish va uni tarbiyalashdek tabiiy burchni bajarishdan bosh tortishga majbur bolar ekan, bu ayol zo’ravonlik va o’zboshimchalik qurboni deb qaraladi. O’zining ayollik burchiga zid vazifalarni bajarishga majbur etilgan ayol ozod emasdir. Xomiladorlik chog’ida ogir jismoniy mehnat bilan band etish g’ayri insoniylikdir1.
Ayolning jismoniy mehnat bilan o’z ixtiyoriga ko’ra shug’ullanayapman deb tan olish xaqiqatga to’gri kelmaydi. Aslida moddiy qiyinchilik tug’dirgan jamiyatdagina u o’zi anglamagan holda shunday sharoitga bo’ysunishi mumkin. Biroq hozirgi erkak va ayol o’rtasidagi teng huquqlilik sharoitida aksariyat hollarda ayol o’zi tanlash huquqidan mahrumdir.
«Har sohada teng» degan iboraning o’zida ayolga nisbatan katta yolg’on yotibdi, negaki bu ibora ayolni erkakdan farqlab turgan va hayotdagi o’rnini belgilaydigan bosh tabiiy xususiyatlarni yo’kka chiqaradi.
Homilador holatdagi ayol bilan erkak kishini og’ir yuk tashishda teng huquqli deydigan bo’lsak, shuning o’zi shafkatsizlikdir. Bolasini emizish chog’idagi ayol bilan erkak kishining ro’za kunlaridagi ahvoli teng huquqli deydigan bo’lsak, bu-kaltabinlikdir. Og’ir mehnat turlariga mahkum ayol bilan erkak orasiga tenglik alomatini qo’yar ekanmiz - bu, johillikdir. Ayollarni ayollik tabiatiga zid keladigan kasb-kori o’rgatishning o’zi vaxshiylikdir.
Ayol-ayol zotidan bo’lganligi uchun uning biologik tabiati erkak tabiatidan farqli. Shuning uchun ham ayol ham mohiyatan, ham zoxiran erkakdan tubdan farq kiladi2.
Bu tabiatning mislsiz va o’zgarmas qonunidir. Nabotot va xayvonot dunyosida ham erkak tabiatan o’zining kuchi va qo’poligi bilan, ayol esa go’zalligi va nozikligi bilan ajralib turadi. Qo’pol kuch sohibi bo’lish erkakka, go’zallik va

nafosat sohibasi bo’lish ayolga taqsimlangani shuning uchun ham adolatdiki, bir jihatdan bu nihoyatda tabiiy bo’lsa, ikkinchi jihatdan bu hurlikning bosh qonunidir, zero, har qanday maxluq avvalo hur yaratgandir. Bu hurlikka putur yetkazadigan har qanday tashki aralashuv esa ozodlikka ziddir, mantiqsizdir. Tabiiy o’ziga xoslikka e’tiborsizlik, uning sarhadlaridan ko’ngilli ravishda chiqib ketish hayot qadriyatlarini oyoqosti qilish va uni yo’k etishga tengdir.


Tug’ilgandan to umrning so’nggi daqiqalargacha barcha narsa tabiatning o’z qonunlari asosida majburlanmay, chetga og’ishmay yashashga moslashtirilgan. Bu tabiiydir, buning zamirida tabiiy xurlik boqiydir. Qayerdaki, ayol va erkak tabiat tomonidan ato etilgan vazifa - burchlarni bajarishdan bosh tortsa, o’sha yerda hayotning tabiiy oqimi buzilgan hisoblanadi. Shunga qaramay, qariyb, butun dunyoda ayolni erkakka aylantirishga urinish kuzatiladi. Bu tabiat ustidan zo’ravonlikdir. Bu hurlik qonuniga ziddir, hayotga qarshilikdir va mavjudlik qonunlariga xilofdir. Xizmat burchi taqqozasi bilan oila qurishdan, homilador bo’lishdan saklanadigan ayol sharoit majburiyati ostida o’z tabiiy vazifasidan voz kechgan hisoblanadi.
Shunday qilib, hurlik cheklangan yashash xavf ostida qolgan g’ayriinsoniy sharoitlardagina ayol yoki erkak tabiat o’zlariga yo’qlangan burch va vazifalaridan bosh tortishi mumkin. Shu bois ayol o’zining tabiiy vazifasini ado etish imkon beradigan moddiy sharoitlarni yaxshilash uchun va ayolni erkak bilan teng huquqli degan da’voda erkaklar mehnatidan ozod etmoqlik uchun dunyo miqyosida qayta qurish qilmok kerak.
Ayol bilan erkakning tabiiy tafovutlarini aralashtirib yuborish madaniyatli inson kadriyatlariga va tabiatning mangu qonunlariga tomomila zid urinishdir. Bu inson hayoti hayotlarini izdan chiqaradi va uning ijtimoiy turmushidagi barcha falokatlarining asl manbai bo’lib qoladi.
Ayolni og’ir mehnatlarga mubtalo etgan taraqqiylashgan mamlakatlar madaniylashgan emas, balki moddiylashgan jamiyatdir.
Gap ayol ishlashi kerakmi yoki kerak emasmi degan masalada emas, masalani bunday ko’ndalang qo’yish bema’niylikdir, negaki jamiyat erkakdir-
ayoldir mehnatga yaroqli barcha a’zolarni ish bilan ta’minlashga majburdir, gap har kim o’ziga yarasha mehnat bilan ta’minlanishi haqida, hech kim tabiatdan o’ziga begona mehnatga majburlanmasligi xususida borayapti.
Bolalarni kattalar mehnatiga majburlash yaramaslik va zo’rovonlik bo’lganidek, ayolni erkaklar mehnatiga solish ham g’ayriinsoniylik va zo’ravonlikdir.
Ruhiy-ma’naviy munosabatlar tizimida ayol alohida o’rinni egallaydi. U qator ijtimoiy shaxsiy va oilaviy salohiyatini o’ziga mujassam etadi. Oiladagi munosabatlarni va ruhiy ma’naviy iqlimni vujudga keltirishda o’ziga xos poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ayolning oilada asosiy o’rnini egallashi uning zimmasida vazifalar ko’pligidan kelib chiqadi. Doimiy yuk esa uning jismoniy va ayniqsa ruxiy salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Oilada go’zal va osoyishta ruxiy ma’naviy iqlim vujudga keltirishda munosabatlarning pisixologiyasini yo’ksaltirishga intilish kerak. Bundan maqsad ayollarni ruxiy salomatligini saqlash va turli nevrozlarni (asab sistemasi faoliyatining vaqtinchalik bo’zi lishi) kelib chiqishining oldini olishdir1.
Ayol ruxiy salomatligining muvozanatdan chiqishi hali kam o’rganilgan uning sabablari ko’p albatta:

  • Mojaroviy vaziyatni keltirishi mumkin bo’lgan ba’zi oila a’zolarining xususiyatidagi ta’javuzkorligi.

  • Turli xil vaziyatlarda qo’rquv, bezovtalik.

  • Oiladagi tarbiyalovchi shaxslardan birining faqat mening aytganim - aytgan, deganim-degan, kayfiyatida ish ko’rishi.

  • Oilada o’zaro tafakkuriy munosabatlar, ya’ni oila a’zolari o’rtasida muloqotning yetishmasligi.

  • Zarali odatlar mavjudligi, ya’ni taksakamaniya, narkamaniya, chekish, alkagol istemol qilish.

  • Bir-birining yoshi, jinsiy individual fizialogik va pisixologik xususiyatlarini baholay olmaslik.




1 Тўраева О. «Оилавий ҳаёт этикаси ва психологияси». Т., «Ўқитувчи», 1998-й. 122-бет.

  • Yashash joylardagi ijobiy mikro iqlim sharoitlarini yaratishga yetarli e’tibor bermaslik.

  • Kundalik tartibga loqayd munosabatda bo’lish.

  • Ota-ona va boshqa oila a’zolarida pedagogik madaniyatining yetishmasligi tarbiyalovchi kuchlarning bir yoqadan bosh chiqarmasligi bu esa o’sib kelayotgan avlodni tarbiyalash masalasida kelishmovchilikka olib keladi va x.k.

Yuqoridagi muammolarni hal etish sog’lom turmush tarzini shakillantirishga yordam beradi. Ayolga nisbatan odil, hurmatli munosabat shakillantirishni ta’minlaydi, bu esa uning ruxiy salomatligi garovidir.
Bolalarni kattalar mehnatiga majburlash yaramaslik va zo’rovonlik bo’lganidek, ayolni erkaklar mehnatiga solish ham g’ayriinsoniylik va zo’ravonlikdir.
Ruxiy-ma’naviy munosabatlar tizimida ayol alohida o’rinni egallaydi. U qator ijtimoiy shaxsiy va oilaviy salohiyatini o’ziga mujassam etadi. Oiladagi munosabatlarni va ruxiy ma’naviy iqlimni vujudga keltirishda o’ziga xos poydevor bo’lib xizmat qiladi. Ayolning oilada asosiy o’rnini egallashi uning zimmasida vazifalar ko’pligidan kelib chiqadi. Doimiy yuk esa uning jismoniy va ayniqsa ruxiy salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Oilada go’zal va osoyishta ruxiy ma’naviy iqlim vujudga keltirishda munosabatlarning pisixologiyasini yuksaltirishga intilish kerak. Bundan maqsad ayollarni ruxiy salomatligini saqlash va turli nevrozlarni (asab sistemasi faoliyatining vaktinchalik buzilishi) kelib chiqishining oldini olishdir.

Download 173,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish