Abdulloh Muhammad Ibn Ahmad Ibn Abu bakr al-Muqaddasiydir. Olim 947 yili
olingan aniq ma`lumotlar asosida 985 yili “Ahsan at taqosim fi ma`rifat al-aqolim”
(“Iqlimlarni o`rganish uchun eng yaxshi qo`llanma”) asarini yozgan. Kitobning
ikkita tahriri mavjud: birinchi tahriri 986 yili amalgam oshirilgan bo`lib
yozilish tartibini bayon etgan va o`zidan avval o`tgan geograf olimlarning
asarlariga to`xtalib o`tgan. 14 ta bobida esa Arab xalifaligiga kiruvchi
viloyatlarning geografik holati, tabiiy sharoitlari, yirik shaharlari, me’moriy
yodgorliklari, aholisi, xo`jaligi, karvon yo`llari, urf-odatlari, soliq va jarima turlari,
har bir mamlakatning mashxur kishilariga doir aniq ma`lumotlar berilgan.
Asarning keyingi boblarida ajam mamlakatlari (Xuroson, Seiston,
Movaraunnahr) tavsiflangan. Birinchi qismda arab mamlakatlari, Arabiston yarim
orolida joylashgan mamlakatlar Iroq, Mesopatamiya, Suriya, Misr, Mag`rib hamda
kichik Osiyoning geografik holati, mashxur shaharlari osor-atiqlari har bir
mamlakat va viloyatning ma`muriy tuzilishi haqida ma`lumotlar keltirilgan.
“Ahsan at-taqosim” ijtimoiy-iqtisodiy tarixiy hamda madaniy hayotga oid
qimmatli ma`lumotlari bilan boshqa geografik asarlardan ajralib turadi va arab
mamlakatlari, shuningdek O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy
tarixini o`rganishda muhim manba bo`ladi.
Asarning arabcha matni de Gue tomonidan 1877-yili chop etilgan edi. U
yana 1906-1967-yillari nashr etildi.
Bu asarda ko`plab toponomik ma`lumotlar rivoyat va afsonalar keltirilgan.
Jumladan Xorazm toponimi haqida shunday rivoyat keltirilgan. Podsho g`azabnok
bo`lib o`zining bebosh fuqarolarini kimsasiz uzoq joyga badarg`a qilinishini
buyuradi. Lekin bu yerda o`tin va go`sht (ya`ni Amudaryoda baliq) ko`p
bo`lganligidan ular omon qoladilar. Musofirlar bu o`lkani obod qilib, Xorazm deb
atadilar(xovar-go`sht, azim-o`tin).
Farg’ona so’zi haqida ham rivoyatlar bor. Masalan, Farg’onani Nushirvon
(Anushirvon) bunyod qilgan va podsho bu yerga har bir joydan bittadan qabila olib
kelgan ekan. Shunday qilib, turli joylardan kelgan kishilar imoratlar qurib, ekinlar
ekkan. Kishilar ularni turli joylardan kelganligidan Az, har, xona “turli
xonadonlardan kelganlar” deb atay boshlaganlar. So’ngra az qo’shimchasi tushib
qolib, Harxona bo’lib ketgan , bu esa bora-bora Farg’ona shaklini olgan emish.
Bundan tashqari Muqaddasiy ma`lumotlariga ko`ra, Chag`aniyonda 1600 ga
yaqin qishloq bo`lgan. Sayyoh Farg`onada Axsikat, O`zgand, O`sh, Qubo,
Marg`inon, Rishton, Koson, Bob,(Pop) Asht, Avval, Andukon,(Andijon),
Xuqand(Qo`qon) kabi 40 ta shahar hamda jomiy masjidli qishloqni sanab o`tadi.
Muqaddasiy va arab geograflarining asarlarida nomlari hozirgacha saqlanib
qolgan toponimlar tilga olingan: Zomin, Jizzax, Sobot, Xovos, Kurkat, Samg`ar,
Xo`jand va boshqalar
2
.
Bu kabi ma`lumotlar Vatanimiz toponimiyasini qamidiy ekanligini
ko`rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: