Mavzu: Arab geograflari: Muqaddasiy, Istaxriy, Ibn Xavqal asarlarida toponomik ma’lumotlar


  Muqaddasiy  va  uning  “Ahsan  at-taqosim”  asarida  berilgan



Download 176,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.01.2022
Hajmi176,46 Kb.
#372077
1   2   3   4   5
Bog'liq
arab geograflari muqaddasiy istaxriy ibn havqal asarlarida toponomik malumotlar (1)

1.  Muqaddasiy  va  uning  “Ahsan  at-taqosim”  asarida  berilgan 

toponomik ma’lumotlar. 

Yirik  arab  geografi  va  sayyoh  olim  Muqaddasiy  to`liq  ismi  sharifi  Abu 

Abdulloh  Muhammad  Ibn  Ahmad  Ibn  Abu  bakr  al-Muqaddasiydir.  Olim  947  yili 

Quddusi sharifda tug`ilgan, butun dunyo musulmon mamlakatlari bo`ylab sayohat 

qilgan va 1000 yilda vafot etgan

1



Al-Muqaddasiy  sayohat  vaqtida  to`plagan  hamda  boshqa  manbalardan 

olingan aniq ma`lumotlar asosida 985 yili “Ahsan at taqosim fi ma`rifat al-aqolim” 

(“Iqlimlarni  o`rganish  uchun  eng  yaxshi  qo`llanma”)  asarini  yozgan.  Kitobning 

ikkita  tahriri  mavjud:  birinchi  tahriri  986  yili  amalgam  oshirilgan  bo`lib 

Somoniylarga, 989 yilgi ikkinchisi esa Fotimiylarga bag`ishlangan.  

Asar  muqaddima  va  ikki  qismdan  iborat.  Muqaddimada  muallif  asarning 

yozilish  tartibini  bayon  etgan  va  o`zidan  avval  o`tgan  geograf  olimlarning 

                                                 

1

 O'zME. 5-jild. – T.: O’zbekiston Milliy Ensklopediyasi, 2004. –B. 174. 




asarlariga  to`xtalib  o`tgan.  14  ta  bobida  esa  Arab  xalifaligiga  kiruvchi 

viloyatlarning  geografik  holati,  tabiiy  sharoitlari,  yirik  shaharlari,  me’moriy 

yodgorliklari, aholisi, xo`jaligi, karvon yo`llari, urf-odatlari, soliq va jarima turlari, 

har bir mamlakatning mashxur kishilariga doir aniq ma`lumotlar berilgan.  

Asarning  keyingi  boblarida  ajam  mamlakatlari  (Xuroson,  Seiston, 

Movaraunnahr) tavsiflangan.  Birinchi qismda arab  mamlakatlari, Arabiston yarim 

orolida joylashgan mamlakatlar Iroq, Mesopatamiya, Suriya, Misr, Mag`rib hamda 

kichik  Osiyoning  geografik  holati,  mashxur  shaharlari  osor-atiqlari  har  bir 

mamlakat va viloyatning ma`muriy tuzilishi haqida ma`lumotlar keltirilgan.  

“Ahsan  at-taqosim”  ijtimoiy-iqtisodiy  tarixiy  hamda  madaniy  hayotga  oid 

qimmatli  ma`lumotlari  bilan  boshqa  geografik  asarlardan  ajralib  turadi  va  arab 

mamlakatlari,  shuningdek  O`zbekistonning  ijtimoiy-iqtisodiy  hamda  siyosiy 

tarixini o`rganishda muhim manba bo`ladi.  

Asarning  arabcha  matni  de  Gue  tomonidan  1877-yili  chop  etilgan  edi.  U 

yana 1906-1967-yillari nashr etildi.  

Bu asarda ko`plab toponomik  ma`lumotlar rivoyat va afsonalar  keltirilgan. 

Jumladan Xorazm toponimi haqida shunday rivoyat keltirilgan. Podsho g`azabnok 

bo`lib    o`zining  bebosh  fuqarolarini  kimsasiz  uzoq  joyga  badarg`a  qilinishini 

buyuradi.  Lekin  bu  yerda  o`tin  va  go`sht  (ya`ni  Amudaryoda  baliq)  ko`p 

bo`lganligidan ular omon qoladilar. Musofirlar bu o`lkani obod qilib, Xorazm deb 

atadilar(xovar-go`sht, azim-o`tin).  

Farg’ona  so’zi  haqida  ham  rivoyatlar  bor.  Masalan,  Farg’onani  Nushirvon  

(Anushirvon) bunyod qilgan va podsho bu yerga har bir joydan bittadan qabila olib 

kelgan ekan. Shunday qilib, turli joylardan kelgan kishilar imoratlar qurib, ekinlar 

ekkan.  Kishilar  ularni  turli  joylardan  kelganligidan  Az,  har,  xona  “turli 

xonadonlardan  kelganlar”  deb  atay  boshlaganlar.  So’ngra  az  qo’shimchasi  tushib 

qolib, Harxona bo’lib ketgan , bu esa bora-bora Farg’ona shaklini olgan emish.  

Bundan tashqari Muqaddasiy ma`lumotlariga ko`ra, Chag`aniyonda 1600 ga 

yaqin  qishloq  bo`lgan.  Sayyoh  Farg`onada  Axsikat,  O`zgand,  O`sh,  Qubo, 

Marg`inon,  Rishton,  Koson,  Bob,(Pop)  Asht,  Avval,  Andukon,(Andijon), 




Xuqand(Qo`qon)  kabi  40  ta  shahar  hamda  jomiy  masjidli  qishloqni  sanab  o`tadi.    

Muqaddasiy    va  arab  geograflarining  asarlarida  nomlari  hozirgacha  saqlanib 

qolgan  toponimlar  tilga  olingan:  Zomin,  Jizzax,  Sobot,  Xovos,  Kurkat,  Samg`ar, 

Xo`jand va boshqalar

2

.  


Bu  kabi  ma`lumotlar  Vatanimiz  toponimiyasini  qamidiy  ekanligini 

ko`rsatadi. 




Download 176,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish