Mavzu: arab davlatlari ligasi



Download 0,51 Mb.
bet2/4
Sana05.06.2022
Hajmi0,51 Mb.
#638871
1   2   3   4
Bog'liq
Mavzu arab davlatlari ligasi

Tarixi va faoliyati

Arab davlatlari keng hududni egallagan bo’lib, ularda 300 mln. dan ziyod aholi yashaydi. Zamonaviy xalqaro munosabatlarda davlatlar o’rtasidagi o’zaro aloqalarda xalqaro tashkilotlarning ahamiyatini hisobga olgan arab davlatlari rahbarlari butun arab davlatlarini birlashtirigan tashkilot – Arab Davlatlari Ligasini tuzishdi. Buday uyushmani tuzish ishlari o’tgan asrning 40- yillaridan boshidan boshlangan edi.


Arab davlatlari ligasi – dunyodagi yirik diniy-siyosiy tashkilotlardan biri bo’lib, a’zo bo’lib kirgan davlatlarning siyosiy yo’nalishlarini muvofiqalashtirish, ular mustaqilligi va suverentetini himoya qilish, iqtisodiy, madaniy-ijtimoiy aloqa sohalarida hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan.
Arab davlatlari ligasi 1945-yilda quyidagi sabablarga ko’ra tuzilgan.
1. Arab davlatlari xalqlarining umumiy o’xshashligi, ularning tili, geografik joylashuvi, an’analari, diniy va madaniy qadriyatlari yaqinligi
2. Arab davlatlarining birlashishga intilishlari
Hozirgi kunda arab jamiyati birlashgan arab davlati shaklida emas. Chunki har bir arab davlati o’zining ma’lum maqsadli qarashlariga ega. Ularda Yevropa sivilizatsiyasi ta’siri tufayli davlat boshqaruv shakllari, iqtisodni rivjlantirish yo’llari, etnik qarashlari turli xil edi. Arab davlatlari ligasi1 – arab davlatlari iqtisodiyotini rivojlantiruvchi va mudofaasini kuchaytiruvchi organ sifatida vujudga kelgan.
Arab davlatlari ligasi – xalqaro diniy - siyosiy tashkilot bo’lib, 1945-yil 22- martda Qohirada Saudiya Arabistoni qiroli Abdulaziz Ibn Saud ishtirko etgandan so’ng rasmiyalshtiriladi. Uning tashabbuskorlari – Misr, Iroq, Livan, Saudiya Arabistoni, Suriya , Iordaniya va Yaman respublikasi edi. Liganing arabcha nomi “Jamiyat at-Duval al-Arabiya” dir. Ligani tuzish haqidagi protokol 1944-yil 7- oktabrda Aleksandriya (Misr) da Suriya, Transiordaniya, Misr va Livan o’rtasida imzolanadi. 1945-yil 5-mayda ligaga Shimoliy Yaman ham a’zo bo’lib kiradi. Arab davlatlari ligasiga Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi 19 ta davlat kirgan bo’lib, ularning aholisi asosan arab tilida so’zlashadi. Mavritaniyadagi mavr xalqi arab – ber-ber aralashuvidan kelib chiqqaan bo’lib, ular arab tilining xassaniya lahjasida so’zlashadilar.




Arab davlatlari ligasining doimiy shtab-qarorgohi Misr poytaxti Qohira shahridir (1979-1989-yillardagi Misr- Isroil kelishuvidan so’ng qarorgoh vaqtinchalik Tunis poytaxti Tunis shahriga ko’chiriladi.
Liga nizomiga ko’ra, arab davlatlari ligasining maqsadi a’zo davlatlar o’rtasida aloqalarni mustahkamlash, ularning siyosiy faoliyati, mustaqilligi va suverenitetini himoya qilishdir. Arab davlatlari ligasining rahbar organi – Kengash ( Majlis) hisoblanadi, uning tarkibiga har a’zo mamalaktdan bitta vakil kiritiladi.
Hamma a’zolar uchun majburiy qarorlar faqat yakdil ovozlar bilan qabul qilinadi. 1947-yilda BMT ADLni mintaqaviy tashkilot sifatida tan oladi.Hozirda ADL BMT huzuridagi kuzatuvchi tashkilot maqomiga ega.
Hozirgi kunda ADL quyidagi bo’limlarga bo’linadi.
1. Liga kengashi
2. Doimiy komitetlar
3. Iqtisodiyot kengashi
4. Birlashgan mudofaa kengashi
5. Bosh kotibiyat
6. Ixtisoslashtirilgan tashkilotlar va institutlar
Liga kengashi – tashkilotning yuqori organi bo’lib, uning tarkibi a’zo davlatlar vakillaridan iboratdir. Har bir a’zo davlat hududi, aholisi va vakillari qancha bo’lishidan qat’iy nazar bitta ovoz berish huquqiga ega. Agar liganing a’zolari bo’lgan xohlagan ikki davlat biron-bir masalani hal etish uchun favqulodda ham chaqirilishi mumkin. Kengashni bosh kotib boshqaradi. Bosh kotib kengash tomonidan 5 yilga saylanadi. 2011-yil 15-maydan bu postni Misr tashqi ishlar vaziri Nabil al-Arabi boshqarib kelmoqda.

Arab Davlatlari Birlashmasining bosh kotiblari jadvali


Kengashni chaqirishda avvalo Misr hukumati vakili haqli bo’lib keyiniroq uni bosh kotibiyat chaqirishi mumkin. Bu nizomda qat’iy belgilab qo’yilgan. Kengash liga paktiga ko’ra, tashkilot nomidan barcha qaror, farmonlarni chiqaradi, muhim masalalarni ko’rib chiqadi va o’z xulosalarini beradi. Kengash,shuningdek, quyidagi vazifalarini bajaradi:
1. Liga a’zo davlatlari tomonidan iqtisod, ijtimoiy hayot, madaniyat, transport va huquqga doir qabul qilingan qarorlarning ijro etilishini nazorat qiladi
2. Ikki yoki undan ortiq a’zo davlatlar o’rtasida vujudga kelgan munozarali masalalarni hal qilishda vositachi va hakam rolini ijro etadi.
3. Har xil doiradagi arab davlatlariga to’laligicha yordam ko’rsatadi.
4. Biron-bir a’zo davlatga agressiya uyushtirilsa, kerakli chora-tadbirlarni ko’radi.
5. Xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik o’rnatish, xalqaro xavfiszlik va tinchlikni o’rnatishda ishtirok etish, davlatlar o’rtasidagi iqtisodiy-ijtimoiy muammolarni yaxshilash.
6. Arab davlatlari ligasining Bosh kotibiyatini tasdiqlash.
7. Kengashning ichki qismi va doimiy komitetlarini tasdiqlash.
8. Arab davlatlari ligasi byudjetini tasdiqlash kabi vazifalar.
Bosh kotibiyatni tasdiqlash uchun a’zo davlatlari ovoz berishlari kerak bo’ladi. Shuningdek muhim masalalarni hal qilish ham ovozga qo’yilib, agar ovozlar teng kelib qolinsa unda masalani hal qilish uchun qo’yilgan takliflar rad etiladi. Liga kengashi o’zining har sessiyasida nodoimiy komitetlarni tuzadi. Ular quyidagilar:
1. Siyosiy masalalar bo’yicha komitet
2. Iqtisodiy masalalar bo’yicha komitet
3. Ma’muriy va moliyaviy masalalar bo’yicha komitet
4. Ijtimoiy v madaniy masalar bo’yicha komitet
5. Huquqiy masalalar bo’yicha komitet Bosh kotibiyat Arab davlatlari ligasining ma’muriyati bo’lib, uning tarkibida2 Bosh kotib, kotibning yordamchilari va bir nechta xodimlar bor. Bosh kotib liga kengashi qaroriga ko’ra 2/3 ovoz bilan tayinlanadi. Bosh kotibning yordamchilari va xodimlari liga kengashining roziligi bilan Bosh kotib tomonidan tayinlanadi.
Bosh kotib liga kengashining yig’ilishini olib boradi. Shuningdek, u liganing byudjet loyihasini tuzadi va kengash ko’rib chiqishi uchun kengashga taqdim etadi. Bosh kotib 5 yilga saylanadi. Uning muddati uzaytirilishi mumkin. Bosh kotib yuqori ma’muriy shaxs hisoblanadi va Bosh kotibiyat, uning bo’limlarida yuritgan har qanday faoliyati va xatti-harakati uchun liga kengashi oldida javob beradi. Bosh kotibiyatning bo’limlari quyidagilar:
1.Bosh kotibiyat byurosi 2. Harbiy masalalar bo’yicha kotibyat . 3. Siyosiy masalalar bo’yicha boshqarma 4. Falastin muammosi bo’yicha boshqarma 5. Iqtisodiy masalalar bo’yicha boshqarma 6. Ijtimoiy va madaniy masalalr bo’yicha boshqarma 7. Ommaviy axborot vositalari bo’yicha boshqarma 8. Huquqiy masalalar bo’yicha boshqarma 9. Ma’muriy va moliyaviy masalalar bo’yicha boshqarma
Kotibiyatning har bir mamalakatda axborot byurosi mavjud. Nyu -Yorkdagi BMT qarorgohida arab davlatlari ligasining doimiy delegatsiyasi joylashgan. Bosh kotibiyatbning faoliyati Arab davlatlari ligasining ichki dasturiga to’g’ri kelishi shart.

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish