Mavzu: Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil etish metodikasi Reja


Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi



Download 147,4 Kb.
bet7/36
Sana24.06.2022
Hajmi147,4 Kb.
#698826
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36
Bog'liq
Mavzu Applikatsiya va mozaika bilan ishlash darslarini tashkil

Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasi.
Reja
1.Mutafakkirlar merosida mehnat tarbiyasining targ„ib etilishi.
2.Mutafakkirlaming kasb-hunarga oid fikrlari.
3.Kasb-hunarga yo„naltirishga oid o„yin va tadbir turlari
Odam hunarning yaxshi va yomon sifatlarini bilgandagina hunarga oid bilimlarni
mukammal egallashi, hunarmandlar ahlini qo‟llab-quvvatlashi mumkin.
Darhaqiqat SHarq mutafakkir allomalari hunar va hunarmandlarga katta ehtibor
berganlar. Jumladan, Alisher Navoiy o‟z zamonasida zargarlar, kulollar, tikuvchilar kabi
turli tuman hunar sohiblarining hammasiga zo‟r hafsala, qunt, ehtibor bilan maslahatlar
berib, husniga rag‟bat ko‟rsatib, hamda ularga homiylik qilganlar. Alisher Navoiyning
fikricha “Inson bo‟lib dunyoga keldingmi? Biron-bir kasbni egalla, hunar o‟rgan, shunda
dunyodan hammomga kirib toza yuvinib chiqmagan kishidek o‟tmaysan”- deydilar.
Shuningdek donishmandlarimiz ugit qilganlarki, vaqtida ilm hunarga muhabbat
qo‟ying, o‟rgatilgan narsalarni yodingizda tuting, ilim hunar o‟rganishga chin ixlos bilan
kirishing, yoshligingizni bekorga o‟tkazmang.
Hattoki, ulug‟ shayxlarimizning o‟zlari ham biror hunar egasi bo‟lganlar.
Masalan SHayxul Mashoyix Abu Said Xarros etikdo‟zlik qilgan. Shayx Muhammad
Sakko mashhur pichoqchi, SHayx Hoja Bahouddin Naqshbandiy ajoyib naqqosh bo‟lganlar,
boshqalarni hunar o‟rganishga dahvat etganlar.
Hoja Bahouddin Naqshbandiy aytadilar – “Dil bayoru dast bakor” ya‟ni “Dilinng
ollohda, qo‟ling doim mehnatda bo‟lsin”.
Insoniyat qadr-qiymati mehnatda, bilimda, hunarga tayanishda, birovga xor
bo‟lsamlikda deb bilgan Sahdiy shunday tahlim beradi.
O‟z mehnatidan non yegan kishi,
Xotam minnatidan ozod yoz-qishi.
Muqaddas kitob Avestoda ham mehnat moddiy boyliklar manbai bo‟lgani uchun
emas, balki u mehnatni asosan ahloqiy jihat, yaxshilik manbai deb bilganligi uchun
insonlarcha mehnat qilishga chaqiradi.
Halq pedagogikasida
“Yoshlikda egallangan bilim, hunar toshga o‟yib yozilgan hikmatdur” – deb
tahkidlanadi.
“Farzandlarga odob-hunar o‟rgatmak merosdur” – deb nasihat qilinadi Qobusnomada
“Sen odob, hunar va donishini o‟zingdan meros qilgin, toki uning haqqini bajo kelturmish
bo‟lgaysan”. CHunki xos kishilarning farzandiga odob va hunardan yaxshiroq meros
yo‟qdir. Oliy xaloyiqning farzandlariga xirfa (savdo hunari) pesha (kasb) din yaxshiroq
meros yo‟qdir.
Agar xos odamlarning farzandlari yuz hunar bilsa va lekin hech kasbni bilmasa ayb
emasdur. Hunar esa bir kun ishga yaragusidir. Demak albatta hunar o‟rganmoq zarurdir:
O‟tay o‟g‟lingga bilan desang agar,
Sen o‟qishdi, o‟rgatgin ilmu-hunar.
Agarda senda koruncha ham bo‟lmasa zar,
O‟z o‟g‟ishmingni qoldirmagin behunar.
Hunarning nechog‟lik zarur ekanligini qator rivoyatlar, naqllar, ertak dostonlarda ham
o‟z aksini topgan. “Oltin baliqcha”, “Savdogar bilan podachi”, “Sirli gilamcha”, “Baliqchi
bola”, “Ikki naqqosh ishi” kabi ertaklar “Hasanxon”, “Rustam”, “Ziyod” kabi dostonlar shular
jumlasidandir.
Hunar egallash ham bir fazilatdir mahoratdir. Hunar egallashda halollik, poklik, sabrqanoat, matonat, mehnat madaniyatiga rioya qilish muhim rol o‟ynaydi
Ota-bobolarimiz ham hunar o‟rganishni asosiy vazifa ekanligini o‟rgatib kelganlar.
Nizomiy Ganjaviy shunday degan:
Hunar o‟rgan chunki hunarda ko‟p sir,
Yopiq eshiklarni ochar birma-bir.
Abur Rayhon Beruniy mehnat va hunar avloddan-avlodga meros bo‟lib o‟tishini
sinchiklab o‟rgangan va hunarni yuqori baholagan. U “Hunarmandchilikda, mehnatda to‟liq
ustozlik sahnatini egallab olishi kerak”, degan fikrni aytadi. Odatda o‟sha davrda hunar
va tabiiy bilimlar maktablarda o‟rgatilmay yakka tartibda berilgan.
1. Ota kasbini egallash, oiladagi kattalardan yakka shogird shaklida.
2. SHogird etish tanilgan usta qo‟lida yakka shogird bo‟lish.
3. Ustaxonalarda yakka shogirdlik tartibida o‟rganiladi.
Halqimiz bolalarda mehnatsevarlik va mehnatga qiziqishni tarbiyalash, otalarimiz
izidan borib turli kasb-hunar egallash, ularda mehnat munosabatlarini kamol toptirish,
kelajak hayotga tayyorlashni o‟zlariga muhim vazifa deb hisoblaganlar. O‟z farzandiga kasbhunar o‟rgatgan ustazodalari (usta darajasiga ko‟tarilgan farzand) bo‟lib yetishganlar.
Tanlangan usta hunarmandlar uyida yakka shogirdlikka tushgan bolalar bir necha yil
hunarga tahluqli bo‟lmagan yumushlarni ham bajarib yuraverganlar.
Zardushtiylarning muqaddas kitobi «Avesto»da ham mehnat ta‟lim-tarbiya masalalariga
katta ahamiyat berilgan. Unda: «tarbiya xayotining eng muxim tirgagi, tayanchi bo„lib
hisoblanishi lozim. Har bir yoshni shunday tarbiyalash lozimki, u avval yaxshi o„qishni, keyin
esa yozishni o„rganish bilan eng yuksak pog„onaga ko„tarilsin» deyilgan.
Quldorlik davriga kelib, bilimlarni tabaqalashtirish an‟anasi paydo bo„ldi. Masalan qullarning
bolalari og„ir ishlarni bajarishga o„rgatiladi. Quldorlarning bolalari esa, qullar ustidan
xukumronlik qilishiga tayyorlanadi. SHu bois ularga saboq berish zaruriyati to„g„iladi. Bu esa
o„qishga, o„rganishga maxsus, shu soxani biladigan odamlarni jalb etishni taqazo qiladi. Bu xol
maktab va o„qituvchilarga bo„lgan zaruratni keltirib chiqaradi. Keyin esa maktablarni
rivojlantirish, yangi o„quv yurtlarini barpo etish, jamiyat taraqqiyoti talabiga javob beradaigan
kadrlarni tayyorlashni turli usul va yo„llarini ko„rib chiqmoqda.
Pedagogika fanining mazmunini boyitib va rivojlantirib boradigan qator manbalar mavjud.
Maqollarda, ertak va dostonlarda, ashulalarda, udumlarda, topishmoqalarda tarbiya xaqidagi xalq
donishmandligi qamrab olingan.
O„zbek xalqining ko„p asrlik tarixidan ma‟lumki, xalq amaliy bezak san‟ati va
xunarmandchiligi boy va rang-barang holatlarda madaniy merosimizning eng ajoyib ommaviy
qismini tashkil qilib kelmoqda.
Bunday kamolot va taraqqiyot bosqichlari xaqida fikr yuritadigan bo„lsak, o„zbek amaliy
san‟ati va hunarmandchilik turlarining shox ildizlari insoniyatning bolaligi, ya‟ni ibtidoiy;
jamiyatga borib taqalishini guvoxi bo„lamiz.
Ma‟lumki Respublikamiz mustaqilligi e‟lon qilingan sana 1991 yil 31 avgust xalqimiz
xayotiga ulug„vor voqealardan xisoblanadi. Endi xalqimiz o„zining boy tili tarixi, madaniyati,
urf-odatlarini o„rganishi targ„ib qilish, o„zligini tanish imkoniyatiga ega bo„ladi.
Bu voqeadan so„ng ko„p sonli mexnat ta‟limi o„qituvchilar jamoalari oldiga Vatan ravnaqi
uchun xormay-tolmay xizmat qila oladigan, Vatan yulida o„z jonini ham ayamaydigan yoshlarni
tarbiyalash vazifasi qo„yiladi.
IX-X asrlar O„rta Osiyoda naqqoshlik san‟ati avj olib rivojlandi. Arxitektura g„isht kesib
naqsh solish yuksak rivojlandi, binolarning ichki tomonlariga ganch, yog„och o„ymakorligi
yuksak rivoj topdi. Ayniqsa maktablarning peshtoqlari devor va romlar ganch naqshlar bilan
nafis bezatilgan.
XVIII asirning oxiri XIX asrda Qo„qonda, Farg„ona, Buxoro kabi shaxarlarda etuk
usularni etishib chiqdi. Misgarlik, naqqoshlik, ganchkorlik va boshqa sa‟nat turlari rivojlandi.
Qadimda xunar o„rganish muqaddas sanalgan. Xar bir kishi kelajak avlodlariga o„zidan
qoldirgan takrorlash hunarlari bilan qadirlangan. O„zbekiston qadimda hunarmandlar markazi
bo„lgan desak xato qilmagan bo„lamiz, Andijon viloyatida SHaxrixon, Samarqand viloyatida
Urgut, Farg„ona viloyatida, Qo„qon, Marg„ilon, Namangan viloyatini CHustda xalq,
hunarmandchiligi gullab yashnagan, hunarmandlar o„zga Davrda mahallalarga bo„linib
egallagan, chunonchi zargarlik mahallasi, pichoqchilik mahallasi deb yuritilgan. Usha davrlarda
yana misgarlik, zargarlik bo„yrachilik, sandiqchilik, pichoqchilik, aravasozlik, qulolchilik
maxallalari mavjud bo„lgan.
Masalan XIX asir oxiri va XX asr boshlarida Buxoro bo„yrachi mahallasi bo„lib, u erda
umuman Buxorodagi bo„yra to„qiydigan ustalar yashagan. Bo„yrachi mahallasida 120 ta oila
yashagan.
Har bir kasbkorlik mahallasida qo„ni-qo„shnilar o„rtasida raqobat bo„lgan. CHunki
kimning mahsuloti sifatli bo„lsa xalq o„shaning mahsulotini sotib olgan. SHuning uchun har bir
usta sifatli mahsulot tayyorlashga intilgan. Har bir ustaning o„zini rastasi bo„lgan. Bozorda
odatda bozor belgi bo„lgan, u barcha rastalarga keltilgan mollarni kuzatib ularga narx belgilagan
Buxorodagi hamma ganchkor ustalar ganch sotadigan boylardan biri Abduqodir bir kuni usta
Xayotni chaqiradi va yangi yilni ganch bilan bezamoqni aytadi. So„ngra usta Xayot bu ishni 22
yoshli SHirin Murodovga topshiradi. Bu ish SHirinning birinchi mustaqil ishi bo„ldi. SHirin
mehmonxona bezaklarini oddiy bejirim nisbatlarni saqlagan xolda bir butun ko„rinish va
boshqalarni hisobga oladi. U mehmonxona va ayvonlarni sharaflar bilan bezaydi. Undagi o„yma
ganchlar juda mayin bejirim chiqqanligi sababli ustalar orasida hurmat obro„si yanada oshadi.
Usta Xayot kunlardan bir kuni SHirinni oldiga chaqirib, men sendan hursandman endi mastaqil
ishlayversang ham bo„ladi deydi. Azaliy odat bo„yicha unga ustalar o„rtasida usta nomini
berishdi. SHirin Murodov shundan so„ng xalq, o„rtasida usta degan sharafli nomga muyassar
bo„ladi.
O„zbek me‟morlari yaxshi yashash uchun qulay shinam, chiroyli uylar qurganlar.
O„zbeklarning hovli-joyi tugal bir me‟moriy ansamblni tashkil etib o„ziga xos sharqona fayz
bo„lgan. Bu qurilgan uylarni bir-biriga uzviy qilib qurish va bezatilishi bir san‟at darajasida
bo„lgan.

SAVOLLAR.
1.A.Navoiy mehnat to‟g‟risida nima degan.
2. Qanday allomalarni bilasiz.
3.Kasb-hunarni o‟rganish usullari qanday.

Download 147,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish