Мавзу: Аҳолини ижтимоий ҳимоялаш тадбирларини амалга оширишда буджетдан



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/11
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#218503
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
aholini ijtimoiy himoyalash tadbirlarini amalga oshirishda byudjetdan tashqari fondlarning ahamiyati

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

                                                 

16

  I.  A.  Karimov.  “Barkamol  avlod  –  O’zbekiston  taraqqiyoti  poydevori”.  Oliy  majlisning  IX  sessiyasida 



so’zlagan nutqi. // “Xalq so’zi”. 1997 yil 29 avgust. 


25 

 

3 Aholini ijtimoiy himoya qilish tadbirlarini amalga oshirish            



yuzasidan xorijiy mamlakatlar tajribasi 

 

     Ma’lumki,  ijtimoiy  himoya  va  ijtimoiy  ta’minot  tushunchalari  bir-

biridan  farq  qiladi.  Ijtimoiy  himoya  fuqarolarning  nafaqat  ijtimoiy  ta’minotini, 

shuningdek  mehnatni  muhofaza  qilish  va  bandlik  masalalari,  sog‘liqni  saqlash 

va  atrof-muhim  salomatligini  ta’minlash,  ish  haqi  to‘lashining  minimal 

kafolatlari  va  inson  hayot  va  faoliyatini  ta’minlaydigan  boshqa  huquqiy 

kafolatlarni o‘z ichiga qamrab oladi. 

Ijtimoiy  himoya  va  uning  ilmiy  talqini  mazkur  tushunchaga  nisbatan 

yondoshuv va o‘ziga xos ta’limotlarni yuzaga keltirdi.  

Rivojlangan  Yevropa  mamlakatlarida  aholini  ijtimoiy  himoya  qilishning 

o‘ziga  xos  shakl  va  vositalari  tizimlari  tarkib  topgan  bo‘lib,  ular  o‘zaro 

qo‘shilgani  holda  ayrim  mamlakatlardagi  ijtimoiy  himoyalashga  oid  bo‘lgan 

o‘ziga  xos  modellarni  tashkil  qiladi.  Bunday  ijtimoiy  himoya  modellarining 

o‘ziga  xos  xususiyatlari  ijtimoiy  himoyaga  muhtoj  qatlamlar  doirasini 

belgilanishidagi, ijtimoiy himoya turlari va shakllaridagi, yordam ko‘rsatishning 

moliyaviy  manbalaridagi  va  boshqa  jihatlaridagi  o‘ziga  xoslikda  ifodalanadi. 

Yevropa ittifoqi  mamlakatlarida “Beveridje” modeli deb  nomlanuvchi ijtimoiy 

himoyalash  tizimi,  Titmuss  tomonidan  “yutuqlar”  modeli  deb    nomlanuvchi 

ijtimoiy himoya modeli mavjud. 

Xorijiy sotsiolog olimlarining talqini bo‘yicha ijtimoiy himoya ta’limotlari 

orasida  dunyoda  eng  keng  tarqalgani  Esping-Andersen  ta’limoti  bo‘lib,  u 

ijtimoiy  himoyaning  3  ta  asosiy  modelini  taklif  etgan:  liberal,  korporativ  va 

sotsial-demokratik model. 

AQSh,  Kanada,    Avstraliya,    Buyuk  Britaniya  kabi  mamlakatlarda  keng 

tarqalgan  liberal  model  xususiy  mulk  va  nodavlat  sektorining  ta’siri  va  bozor 

munosabatlarining rivojlanishi jarayonlari bilan hamohangdir. Davlatning bozor 

munosabatlariga  ma’muriy-huquqiy  ta’sir  mexanizmlarining  kamaytirilishi, 

asosan  makroiqtisodiyot  sektorini  boshqarishi  va  mamlakat  yalpi  ichki 




26 

 

mahsulotini  ishlab  chiqarishdagi  ulushining  kamligi  bilan  xarakterlanadigan 



mazkur  modelda  fuqarolarning  ijtimoiy  himoyasi  takomillashgan  sug‘urta 

tizimlari  hamda  davlatning  minimal  ijtimoiy  kafolatlarni  ta’minlashi  orqali 

amalga  oshiriladi.  Qoida  tariqasida,  ijtimoiy  sug‘urta  hisobidan  beriladigan 

to‘lovlar miqdori unchalik katta bo‘lmaydi, soliq va boshqa majburiy to‘lovlar 

hisobiga  shakllantirilib,  davlat  byudjetidan  moliyalashtiriladigan  transfert 

to‘lovlar,  ya’ni  aholining  muayyan  kam  ta’minlangan  va  ehtiyojmand  toifasini 

qo‘llab-quvvatlashga  qaratilgan  nafaqalar  va  subsidiyalar  miqdorlari  ham  kam 

bo‘ladi. Moddiy yordam faqatgina manzilli va aniq yo‘naltirilgan tarzda amalga 

oshiriladi. 

Korporativ 

(konservativ) 

model 


ijtimoy 

yo‘naltirilgan 

bozor 

munosabatlariga  ega  bo‘lgan  mamlakatlar  uchun  xarakterli.  Kontinental 



Yevropa  davlatlari  -  Avstriya,  Germaniya,  Italiya,  Frantsiyada  mazkur  model 

rivojanlangan  bo‘lib,  bunda:  davlatning  ijtimoiy  sohaga  aloqasi  va  ta’siri 

kuchliroq bo‘ladi. Ijtimoiy sohaga ajratiladigan mablag‘lar miqdori xodimlar va 

ish  beruvchilarning  ijtimoiy  sug‘urta  badallari  hajmiga  teng  bo‘ladi, 

mablag‘larni taqsimlashning asosiy  yo‘nalishlari davlat nazorati ostida bo‘ladi. 

Shu  bilan  birga  davlat  fuqarolarga  moddiy  yordamni  ko‘rsatishda  nodavlat 

sug‘urta tizimlariga topshirishga harakat qiladi. Shunga ko‘ra, ijtimoiy nafaqalar 

miqdori  xodimlarning  ish  haqi  va  ijtimoiy  sug‘urtaga  ajratiladigan  badallari 

miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. 

Sotsial-demokratik  modelda  aholi  ijtimoiy  himoyasida  davlat  yetakchi 

o‘rinni egallaydi. Bunda davlat ijtimoiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari bo‘lib 

aholi daromadlarini mo‘tadillashtirish va umumiy bandlik darajasini ta’minlash 

hisoblanadi.  Mazkur  model  asosan  Shvetsiya,  Norvegiya,  Finlyandiya,  Daniya, 

Niderlandiya  va  Shveytsariya  kabi  mamlakatlarda  keng  rivojlangan.  Ijtimoiy 

sohani moliyalashtirish manbai asosan soliqlar hisobiga qo‘llab-quvvatlanadigan 

iqtisodiyotning davlat sektori hisoblanadi.  

Dunyoda  ijtimoiy  himoyaning  rivojlangan  va  namunali  modeli  sifatida 

Shvetsiya tajribasi tan olingan. 




27 

 

     Yuqorida  qayd  etilgan  uch  model  jahonning  biron-bir  mamlakatida  sof 



holda  uchramaydi.  Ijtimoiy  davlatning  «ideal  tiplari»  sifatida  qaraladigan  bu 

modellarning har biri o‘z afzalliklari va kamchiliklariga egadir. Amalda liberal, 

korporativ  va  sotsial-demokratik  modellar  unsurlarining  muayyan  uyg‘unligi 

ko‘p  kuzatiladi.  Masalan,  Kanadada  sug‘urta  pensiyasi  bilan  bir  qatorda  «xalq 

pensiyasi»  ham  mavjuddir.  Shunga  o‘xshash  pensiya  Avstraliyada  ham  joriy 

etilgan.  AQShda  ijtimoiy  sug‘urta  kassalaridan  tashqarida  to‘lanadigan  juda 

ko‘p nafaqalar  mavjud.  Bu  yerda  moddiy  yordam  ko‘rsatishning  100  ga  yaqin 

dasturlari  amal  qiladi.  Ularning  aksariyat  qismi  besh  federal  vazirlik  (sog‘liqni 

saqlash  va  ijtimoiy  xizmatlar  vazirligi,  qishloq  xo‘jalik  vazirligi,  mehnat 

vazirligi,  uy-joy  qurilishi  va  shaharni  rivojlantirish  vazirligi,  ichki  ishlar 

vazirligi),  shuningdek  iqtisodiy  imkoniyatlar  bo‘yicha  qo‘mita,  faxriylar  ishlari 

boshqarmasi,  Temiryo‘lchilar  pensiya  ta’minoti  kengashi  va  Noharbiy  xizmat 

komissiyasi homiyligida amalga oshiriladi.  

Ijtimoiy  yo‘naltirilgan  bozor  munosabatlariga  ega  bo‘lgan  ko‘pgina 

mamlakatlarda  minimal  daromad  yoki  tirikchilik  kechirishning  eng  kam 

miqdorlari  haqidagi  qonunlar  qabul  qilingan.  Masalan,  Daniyada  1933  yilda, 

Buyuk Britaniyada — 1948 yilda, Germaniyada 1961 yilda, Gollandiyada 1963 

yilda,  Belgiyada  1974  yilda,  Irlandiyada  1977  yilda,  Shvetsiyada  1982  yilda, 

Lyuksemburgda  1986  yilda,  Frantsiyada  1988  yillarda  bunaqa  qonunlar  qabul 

qilingan.  Unga  muvofiq  beriladigan  nafaqalar  barcha  muxtoj  fuqarolarga 

taalluqli.  Asosiy  shart  –  jami  daromad  hajmi  muayyan  miqdordan  oshiqcha 

bo‘lishi kerak emas. Ko‘pincha, jami daromad tarkibiga bolalar uchun nafaqalar, 

aayrim  davlatlarda  esa  aliment  yoki  turar-joy  kompensatsiya  to‘lovlari  ham 

kiritilmaydi.  

Ko‘pchilik  mamlakatlarda  kam  ta’minlangan  aholini  ijtimoiy  himoyalash 

maqsadida eng kam oylik ish haqi va iste’mol tovarlari miqdoridan kelib chiqib, 

uni indeksatsiyalash to‘g‘risidagi qonunlar qabul qilingan.     Ayrim davlatlar – 

AQSh, 


Kanada, 

Frantsiya, 

Shveytsariyada 

esa 


indeksatsiya 

barcha 


mehnatkashlar  qatlamini  emas,  balki  yollanma  ishchilarning  muayyan  bir 


28 

 

qismini qamrab oladi. Hozirgi kunda ko‘pchilik Yevropa Ittifoqi mamlakatlarida 



oila  daromadlarini  oshirishga  qaratilgan  dasturlar  kuchga  kirganligi  bilan    bu 

tadbirlar  nafaqat  davlat,  shuningdek  mahalliy  ahamiyatga  molik  masalalar 

sifatida ko‘rilayotganligi e’tiborga loyiqdir. 

1970  yilga  qadar  Daniyada  oilalarga  nafaqa  berilmagan.  Mazkur  yildan 

boshlab  esa  ularning  joriy  qilinishi  ijtimoiy  himoyaning  bir  turi  sifatida  qabul 

qilindi.  1987  yilning  1  iyulidan  boshlab  esa  bolalarga  beriladigan  nafaqalar 

ijtimoiy  himoya  bo‘yicha  mas’ul  bo‘lgan  Ijtimoiy  masalalar  Vazirligi 

vakolatidan milliy soliq xizmatiga o‘tkazilgan.   

Umuman  olganda,  ijtimoiy    soha  butun  dunyoda  jahon  jamoatchiligining 

nigohidagi  dolzarb  masalalardan  hisoblanadi.  1966  yilda  Birlashgan  Millatlar 

Tashkiloti  tomonidan  qabul  qilingan  “Iqtisodiy,  ijtimoiy  va  madaniy  huquqlar 

to‘g‘risidagi xalqaro Pakt” fuqarolarning ijtimoiy sohadagi ehtiyojlarini xalqaro-

huquqiy jihatdan tartibga solishda muhim hujjat bo‘ldi. Pakt ijrosini ta’minlash 

uni ratifikatsiya qilgan davlatlar uchun majburiy sanaladi.  

Yevropa 

Ittifoqi 

davlatlarida 

fuqarolarning 

ijtimoiy 

himoyasini 

ta’minlashda  1989  yildagi  “Yevropa  sotsial  Xartiyasi”  katta  ahamiyatga  ega. 

Xartiya  qoidalari  3  may  1995  yilda  yangi  tahrirda  ishlab  chiqildi.  Unda  ham 

band  aholi  sifatida,  ham  ishsiz  shaxs  maqomiga  ega  bo‘la  turib,  fuqarolarning 

ijtimoiy  ta’minot  olishga  bo‘lgan  asosiy  huquqlari  qayd  etilgan.  Xartiya  unga 

qo‘shilgan  davlatlarga  o‘z  fuqarolarining  chet  eldagi  ijtimoiy  ta’minotini 

kafolatlash bilan bog‘liq ikki tomonlama shartnomalarni tuzishga huquqiy shart-

sharoit yaratdi. 

Xususan,  yangilanish  va  o‘zgarishlar  jarayonining  huquqiy  asoslarini 

belgilab  beruvchi  qonunchiligimizda  xalqaro  normalarning  o‘z  ifodasini  topib 

borayotganligi ijobiy natijalar berib, bu hol milliy  qonunchiligimizning xalqaro 

huquqiy hujjatlarga monandligini ta’minlamoqda. 

Ijtimoiy  adolat  va  fuqarolarning  ijtimoiy  sohadagi  huquq  va  manfaatlarini 

dunyo  miqyosida  himoyalash  siyosatini  BMTning  ixtisoslashgan  tashkiloti  – 

Xalqaro  Mehnat  Tashkiloti  amalga  oshirib  kelayotgan  bo‘lsa,  ijtimoiy  himoya 




29 

 

sohasida O‘zbekiston Respublikasi tomonidan bugungi kunda 13 ta konventsiya 



va  tavsiyalar  imzolangan,  O‘zbekiston  Respublikasi  “Iqtisodiy,  ijtimoiy  va 

madaniy  huquqlar  to‘g‘risida”gi  xalqaro  Paktni  1995  yilda  ratifikatsiya  qildi, 

Xalqaro Mehnat Tashkilotiga a’zo bo‘ldi. 

O‘zbekiston  Respublikasi  xalqaro  huquqning  teng  huquqli  a’zosi  va  o‘z 

milliy  qonunchiligida  shuningdek  chet  el  fuqarolarining,  fuqaroligi  bo‘lmagan 

shaxslarning  ham  ijtimoiy  himoyasi  va  ta’minotidan  foydalanish  huquqlarini 

kafolatlab  qo‘ygan.  Masalan,  1993  yilda  qabul  qilingan  “Fuqarolarning  davlat 

pensiya  ta’minoti  to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston  Respublikasi  Qonunining  1-

moddasidayoq  quyidagicha  keltirilgan:  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari 

ushbu  Qonunda  nazarda  tutilgan  tartibda  davlat  tomonidan  pensiya  bilan 

ta’minlanish  huquqiga  egadirlar.  Respublika  hududidan  tashqarida  yashab 

turgan  O‘zbekiston  Respublikasining  fuqarolarini  pensiya  bilan  ta’minlash 

davlatlararo  bitimlar  (shartnomalar)  asosida  amalga  oshiriladi.  O‘zbekiston 

Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan 

shaxslar,    basharti,    davlatlararo  bitimlar  (shartnomalar)da  o‘zgacha  qoidalar 

nazarda  tutilmagan  bo‘lsa,  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolari  bilan  teng 

ravishda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar. 

Bu  kabi  qoidalar  nafaqa  ta’minotiga  oid  qonunchilikda  bevosita 

ko‘rsatilmagan  bo‘lsa  ham  O‘zbekiston  Respublikasi  Konstitutsiyasining  18-

moddasiga  analogiya  qilgan  holda  bu  huquq  chet  el  fuqarolariga  ham  tegishli 

ekanligini tushunish qiyin emas. 

Umuman  olganda  O‘zbekiston  Respublikasi  fuqarolarning  ijtimoiy 

ta’minoti bilan bog‘liq nafaqat BMT yoki XMT hujjatlariga, shuningdek MDH 

doirasida qabul qilingan hujjatlarga ham qo‘shilgan.  

Ijtimoiy himoya masalalarini yo‘lga qo‘yish, amalga oshirishga oid xalqaro 

andozalar va yo‘l-yo‘riqlar, shuningdek, boshqa mintaqaviy xalqaro tashkilotlar 

tomonidan qabul qilingan xalqaro huquqiy hujjatlarda ham nazarda tutilgan

17



                                                 

17

 Кисилев И.Я. Сравнительное и международное трудовое право. Уч. пособ. – Дело, 1999. – 447-585-



бетлар 


30 

 

Huquqshunos  olim  Y.Tursunovning  qayd  etishicha,  MDH  ramkasida 



keyingi  yillar  davomida  mintaqaviy  mehnat  bozorini  vujudga  keltirish,  mehnat 

resurslarini  ayirboshlash,  yagona  qonunchilik  bazasini  yaratish  yuzasidan 

muayyan  ishlar  amalga  oshirildi.  Ana  shu  maqsadlarda  mintaqaviy  migratsiya 

jarayonlari  hamda  migrant  mehnatkashlar huquqlarini himoya  qilishga  taalluqli 

hujjatlar qabul qilindi. 

Masalan, 1992 yil 13 martdagi “MDH mamlakatlari fuqarolarining pensiya 

ta’minoti  to‘g‘risidagi  Bitim”,  1994  yildagi  “Mehnat  migratsiyasi  va  migrant 

mehnatkashlar  ijtimoiy  himoyasi  to‘g‘risida”gi  Bitimlarga  qo‘shilgan.  Bundan 

tashqari,  hozirgi  vaqtda  O‘zbekiston  Respublikasi  Moldova,  Gruziya  va 

Ozarboyjon  Respublikalari bilan  ikki  tomonlama  bitimlarga  ega.  Bu  bitimlarda 

boshqa davlat fuqarosiga o‘z fuqarosi bilan teng ravishda ijtimoiy ta’minot, shu 

jumladan  pensiya  olish  huquqi  ko‘zda  tutilgan  (Masalan,  pensioner  bir 

Respublikadan  boshqasiga  ko‘chib  o‘tganda  unga  pensiya  yangi  turar-joyda 

oldingi  turar-joydan  pensiya  to‘lash  to‘xtatilgan  oydan  keyingi  oydan  boshlab, 

biroq  ro‘yxatdan  o‘tgan  yoki  yashash  guvohnomasini  olgan  oydan  oldingi, 

ammo  ko‘pi  bilan  6  oyga  tayinlanadi.  Shartnoma  tuzilmagan  boshqa  davlatlar 

hududidan  ko‘chib  kelgan  fuqarolar  uchun,  agar  ular  ko‘chib  kelganlaridan 

keyin ishlagan bo‘lsalar, pensiya miqdori ko‘chib kelgandan keyingi ish haqidan 

hisobanadi). 

Huquqshunos  olim  D.Ahmedov  ta’kidlaganidek,  O‘zbekiston  davlati 

yuqorida qayd etilgan xalqaro huquqiy hujjatlar talablarini bajarish yo‘lida izchil 

va  muntazam  siyosat  yuritib  kelmoqda.  Bunda  asosan  quyidagi  uch  jihatga 

e’tibor qaratilgan: 

–  birinchidan,  aholini  ijtimoiy  himoyalash  va  ijtimoiy  ta’minlashga  oid 

bo‘lgan  huquqiy  tizim  hamda  qonunchilik  bazasining  xalqaro  huquqiy 

andozalariga muvofiqligini ta’min etish; 

–  ikkinchidan,  aholi  muhtoj  tabaqalari  ijtimoiy  ehtiyojlarini,  minimal 

darajada  bo‘lsa-da,  qondiradigan,  ijtimoiy  muhofazalash  tadbirlarini  samarali 




31 

 

amalga  oshira  oladigan  davlat  organlari  tizimini,  ularning  samarali  ish  rejimini 



ta’minlay olish; 

–  uchinchidan,  ijtimoiy  himoyalash  sohasidagi  ijtimoiy  mezonlarning 

yaratilishi,  bu  mezonlarning  ijtimoiy  adolat,  insonparvarlik  printsiplariga  to‘la 

mos bo‘lishiga erishish.          

Mamlakatimiz  Prezidenti  I.A.Karimov  qayd  etganidek:  “O‘zbekiston 

suveren  davlat  sifatida  ochiq  iqtisodiyotni  vujudga  keltirish  sohasida  faol  ish 

olib  bormoqda.  Mamlakatning  jahon  xo‘jalik  aloqalarida,  xalqaro  mehnat 

taqsimotida  keng  miqyosda  ishtirok  etishi  ochiq  turdagi  iqtisodiyotni  barpo 

etishning  asosidir.  Biz  iqtisodiy  islohotlarni  chuqurlashtirish,  ijtimoiy 

yo‘naltirilgan  bozor  iqtisodiyotini  shakllantirish  tadbirlarini  izchillik  bilan 

amalga oshirmoqdamiz”

18



Umuman  olganda,  O‘zbekiston  Respublikasi  qonunchiligida  bo‘lganidek, 

MDHning  boshqa  aksariyat  mamlakatlari  qonunchiligida,  avvalo  ularning 

Konstitutsiyalarida  ham  davlat xalqning  farovonligini oshirish,  hayot  darajasini 

ta’minlash  va  ijtimoiy  himoyasini  yo‘lga  qo‘yish,  har  bir  fuqaroning  ijtimoiy 

ta’minot olish huquqlarini kafolatlab qo‘ygan. 

Davlatni  ijtimoiy,  iqtisodiyotini  esa  ijtimoiy  yo‘naltirilgan  degan 

tushunchalar  bilan  qabul  qilish  an’anaga  aylanmoqda.  Bunga  odatda  Sobiq 

ittifoq  tanazzulidan  keyingi  yuzaga  kelgan  ijtimoiy  muammolar  va  ularning 

o‘tkirligi,  kechiktirib  bo‘lmaydigan  ijtimoiy  siyosat  yuritish  ehtiyojining 

mavjudligi bilan izohlanadi. 

MDH  mamlakatlarining  aksariyati  uchun  xos  bo‘lgan    xususiyat  sifatida 

aholini  ijtimoiy  himoyalashning  sug‘urta  tizimlarini  kengaytirish  tamoyili  rivoj 

topmoqda. 

Ittifoq  davlatlari  jumladan,  Markaziy  Osiyo  va  xususan  O‘zbekiston 

Respublikasida,  mustaqillikni  mustahkamlash,  yangi  iqtisodiy  tizimning 

shakllanishi ijtimoiy himoya qilish, xususan pensiya ta’minoti borasida bir qator 

                                                 

18

 Каriмоv I. A. O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida. Asarlar to’plami. 3-jild. – Т.: 



“O’zbekiston”, 1995, – 104-bet. 


32 

 

tadbirlarni amalga oshirish, pensiya va nafaqa ta’minoti tizimini takomillashtirib 



borishga bo‘lgan talabni kuchaytiradi. 

Davlat  pensiya  va  nafaqa  ta’minoti  majburiy  davlat  ijtimoiy  sug‘urta 

badallari hisobidan aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga pulli to‘lovlar vositasida 

ko‘rsatiladigan  yordamdir.  Bu  yordam  ularning  zarur  turmush  darajasini 

kafolatlaydi.  Bu  to‘lovlar  ish  beruvchilar  va  mehnatkashlarning  sug‘urta 

badallari, davlat tomonidan ajratiladigan dotatsiyalar hisobiga moliyalashtiriladi. 

Bulardan  tashqari  jamoa  ijtimoiy  sug‘urtasi  va  shaxsiy  sug‘urta  tizimlari 

ham  mavjud.  Jamoa  sug‘urtasi,  majburiy  yoki  ixtiyoriy  ravishda  amalga 

oshirilishi  mumkin.  Bunda  ish  beruvchilar  va  mehnatkashlarning  sug‘urta 

badallari  to‘lov  manbalari  bo‘lib  xizmat  qiladi.    Shaxsiy  sug‘urta  esa  ixtiyoriy 

ravishda, fuqarolarning sug‘urta badallari hisobiga amalga oshiriladi. 

Jahon  tajribasi  shuni  kÿrsatmoqdaki,  bozor  iqtisodiyoti  tizimi  aholining 

kam  ta’minlangan,  nogiron,  qarib  qolganlar  turmush  darajasini  yaxshilash  va 

pasayishini  oldini  olish  borasida  doimiy  ravishda  ish  olib  borish  va  sug‘urta 

tizimlarini rivojlantirish zaruriyatini vujudga keltiradi.  

Aholi  salmog‘ini  qarishi  bilan  belgilanayotgan  demografik  vaziyatning 

o‘zgarishi  ham  (BMTning  taxliliga  ko‘ra  2040  yillarga  borib  pensionerlar 

salmog‘i mehnatga layoqatli aholi salmog‘iga nisbatan ikki barobar ortar ekan) 

xozirgi  vaqtda  ijtimoiy  himoya  va  pensiya  ta’minotiga  va  ularni  islox  qilishga 

jahon hamjamiyati tomonidan bo‘layotgan qiziqishning yanada oshishiga sabab 

bo‘lmoqda. 

Ixtiyoriy pensiya ta’minoti Rossiya pensiya tizimining uzviy tarkibiy qismi 

hisoblanadi  va  nodavlat  pensiya  fondlarida  pensiya  jamg‘armalarini  faqat  ish 

beruvchilar  yoki  fuqarolarning  qo‘shimcha  ixtiyoriy  badallari  hisobidan 

shakllantirishni nazarda tutadi. U har xil shakllarda, jumladan: ayrim korxonalar 

va  tashkilotlar,  ishlab  chiqarish  tarmoqlarining  pensiya  tizimlari,  o‘z  foydasi 

yoki o‘z yaqinlarining foydasiga badallar kirituvchi ayrim fuqarolarning pensiya 

ta’minoti shaklida amalga oshiriladi. Shartlari qonunda belgilab qo‘yilgan davlat 




33 

 

majburiy  pensiya  ta’minotidan  farqli  ravishda,  ixtiyoriy  pensiya  ta’minotining 



shartlari omonatchi bilan fond o‘rtasida tuzilgan shartnoma bilan belgilanadi. 

Nodavlat  pensiya  fondlarida  mablag‘larni  hozirgi  vaqtda  ishlayotgan 

fuqarolar  ham,  doimiy  ravishda  badallar  kiritish  uchun  yetarli  daromadga  ega 

bo‘lgan  fuqarolar  ham  jamg‘arib  borishlari  mumkin.  Pensiya  fondlari  bir 

martalik  tushumlarga  ega  mijozlarning  ehtiyojlarini  qondiruvchi  variantlarni 

ham taklif etadi.  

MDH  davlatlari  pensiya  ta’minoti  tizimida  o‘ziga  xos  muammolar  ham 

mavjud. Kamida uch oylik pensiyalarni to‘lashni ta’minlovchi zaxira fondining 

yo‘qligi,  majburiy  pensiya  badallari  miqdorining  nisbatan  yuqoriligi,  pensiya 

fondiga  majburiy  badallar  to‘lashdan  bosh  tortish,  tadbirkorlik  faoliyati  bilan 

band  bo‘lgan  yoki  ishlash  uchun  boshqa  mamlakatlarga  jo‘nab  ketuvchi 

shaxslarning  majburiy  badallar  to‘lash  tartibi  va  miqdorini  belgilovchi  qonun 

hujjatlarining  yo‘qligi,  pensiya  fondi  mablag‘larining  ishlamagan  shaxslarga 

(bolalikdan  nogironlarga,  16  yoshgacha  bo‘lgan  nogironlarga,  yolg‘iz  qariya 

fuqarolarga)  ijtimoiy  nafaqa  to‘lash  tarzida  sarflanishi  kabilar  shular 

jumlasidandir. 

Bu  kabi  muammolar  Respublikamiz  pensiya  ta’minotiga  ham  yot  emas. 

Ularni  hal  etish  maqsadida  aholining  pensiya  ta’minotini  takomillashtirish 

bo‘yicha    kontsepsiyasini    ishlab  chiqib,  tasdiqlash  zarur.  Unda  pensiya 

sug‘urtasini  davlat shakli bilan  bir qatorda nodavlat  shakllarini  ham joriy etish 

zarur  hamda  «Nodavlat  pensiya  fondlari  to‘g‘risida»gi    qonunni  qabul  qilish 

borasida ish olib borilishi maqsadga muvofiqdir. 

Hozirgi  kunda  bozor  iqtisodiyotiga  o‘tish  jarayonida  aholining  ijtimoiy 

himoyasini ta’minlash davlatimiz siyosatining muhim yo‘nalishiga aylanganligi 

barchamizga  ma’lum.    Mamlakatda  o‘tkazilayotgan  barcha  islohotlarning  asl 

maqsadi  ham  insonga  munosib  turmush  sharoitini  yaratib  berishdan  iboratdir. 

Bu  istaklarni  amalga  oshirishda  byudjetdan  tashqari  fondlarning  o‘rni 

beqiyosdir. Shu munosabat bilan  Prezidentimiz I. Karimov byudjetdan tashqari 

fondlarning rivojlanishiga katta e’tibor qaratmoqda.  



34 

 

Ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand bo‘lgan aholi qatlamini  yashash sharoitini 



yaxshilash  uchun  barcha  imkoniyatlarni  yaratish,  ta’lim  sohasiga,  sog‘liqni 

saqlash  sohasiga  katta  e’tibor  berish,  moddiy  tomondan  mablag‘  bilan 

ta’minlash, bandlikka ko‘maklashish bo‘yicha samarali ishlarni amalga oshirish 

aholini ijtimoiy himoya qilishda katta ahamiyatga egadir.    

     Byudjetdan  tashqari  fondlarning  rivojlantirilishi  xorijiy  davlatlar 

tajribalari  hamda  Respublikamizda  amalga  oshirilib  kelinayotgan  bir  qancha 

islohotlarning samarali olib borilayotganligi mahsulidir.   

 


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish