Mavzu: Anvar Obidjonning ijodi. Uning she’r, hikoya, qissalarining tarbiyaviy ahamiyati. G’oyaviy mazmunini o’rganish. Reja



Download 479,91 Kb.
Sana10.06.2022
Hajmi479,91 Kb.
#651876
Bog'liq
Anvar Obidjon


Mavzu: Anvar Obidjonning ijodi. Uning she’r, hikoya,
qissalarining tarbiyaviy ahamiyati. G’oyaviy
mazmunini o’rganish.
Reja:

  1. Anvar Obidjonning hayoti va ijodi.

  2. Adib asarlari tahlili.

  3. Anvar Obidjon asarlarining g’oyaviy mazmuni.

So'nggi yillar o'zbek bolalar adabiyotini o'zining qisqa va mazmunli she’rlari, qiziqarli hikoya, qissa, pesalari bilan boyitib kelayotgan O'zbekiston xalq shoiri, adib va dramaturg Anvar Obidjon 1947 yilda Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida tavallud topgan. Yosh Anvar oʻz qishlogʻidagi 13-maktabning yettinchi-sakkizinchi sinflarida oʻqib yurganida chekka mahallalar aholisiga tekin xizmat koʻrsatuvchi sayyor kinochiga shogird tushib, kasb oʻrgandi, 9-sinfda Fargʻona shahridagi 11-maktabda kechki sinfda tahsil oldi, soʻng yana Oltiariqqa qaytib, 1-maktabning kechki sinfida oʻqish bilan birga, paxta tayyorlash zavod-punktida traktorchilik qildi. Maktabni bitirgach, togʻ orasiga joylashgan qirgʻizovul “Rudnik-kon”ida kon burgʻilovchisi boʻlib ishladi, Poloson qishloq ijroqoʻmi qoshidagi kutubxonani boshqardi, Samarqand Moliya texnikumini tugalladi, 1966–1969 yillarda harbiy xizmatni oʻtadi. Armiyadan qaytib, avvaliga oʻz qishlogʻidagi kolxozda paxtachilik brigadasi tabelchi-hisobchisi, keyinchalik qoʻshni qishloqdagi kolxozda Grajdan mudofaasi shtabi boshligʻi, klub mudiri boʻlib ishladi. Tuman gazetasiga muxbirlikka oʻtgach, boshqatdan “Mehnat daftarchasi” ochdirib, hayotining koʻpdan orzulab yurgan yangi davrini top-toza sahifadan boshladi:

  • 1971–1976 yillarda Oltiariq tumanidagi “Paxta uchun” gazetasida adabiy xodim, boʻlim mudiri.

  • 1977–1978 yillarda Toshkent Yogʻ-moy kombinatida bogʻbon.

  • 1979–1981 yillarda Fargʻona viloyati radiosida muharrir, katta muharrir.

  • 1981–1986 yillarda Toshkentdagi “Yosh gvardiya” nashriyotida muharrir, bosh muharrir oʻrinbosari.

  • 1986–1987 yillarda “Yulduzcha” (hozirgi Choʻlpon) nashriyoti bosh muharriri.

  • 1987–1988 yillarda “Yosh kuch” jurnalining shtatsiz xodimi.

  • 1988–1989 yillarda “Mushtum” jurnalida boʻlim mudiri.

  • 1989–1998 yillarda Choʻlpon nashriyotida bosh muharrir, direktor.

  • 1998–2007 yillarda Oʻzteleradiokompaniyada katta muharrir.

Anvar Obidjon 1974–1979 yillar davomida hozirgi Toshkent Milliy universitetining jurnalistika fakultetida sirtdan taʼlim oldi. U 1969 yilda turmush qurib, 1970 yilda Bahrom, 1972 yilda Bahodir, 1975 yilda Bobur, 1978 yilda Botir, 1980 yilda Bunyod ismli farzandlar koʻrdi. Mustaqillikkacha hukumat nishonlari, adabiy mukofotlar bilan taqdirlanmagan, 2014 yilda Koreyada oʻtkazilgan Markaziy Osiyo va koreys xalqlari ertakchiligi mavzusidagi toʻrt kunlik forumda ishtirok etganligini hisobga olmaganda, oʻzi fuqaro boʻlmish mamlakatdan tashqariga sayohatga chiqmagan.
Xilma-xil janrlarda ijod qiluvchi adib sifatida tanilgan Anvar Obidjon bolalar uchun ham, kattalar uchun ham qator qissalar, sheʼrlar, dostonlar, hikoyalar, pyesalar bitgan.
Anvar Obidjonning 1974 - yilda «Ona yer», 1980 - yilda «Bahromning hikoyalari», 1983 - yilda «Ey, yorug' dunyo», «Olovjon va uning do'stlari», «Alamazon i yego druzya», 1985 - yilda «Ketmagil», «Bezgak shamol», 1986 - yilda «Masxaraboz bola», 1987 - yilda «Akang qarag'ay Gulmat», «Juda qiziq voqea», 1988 - yilda «Oltin yurakli avtobola», 1989 - yilda «Dahshatli meshpolvon», 1990 - yilda «Yerliklar», 1992 - yilda «Alamazon va Gulmat hangomasi», 1993 - yilda «Ajoyibxona», 1994 - yilda «Meshpolvonning janglari», 1996 - yilda «Alisher ila Husayn yoki uch o'g'ri», 1999 - yilda «Oltiariq hangomalari», 2001 - yilda «Bulbulning cho'pchaklari» kabi qator to'plamlari chop etilgan.
Aytishlaricha, Luqmoni hakimning oldiga bir guruh kishilar mehmon bo'lib keldi. Undan hikmatga oid narsalardan so'rashdi. Shunda kelganlardan biri:
— Ey hakim, sen falon yerda cho'ponlik qilgan kishi emasmisan? — deb so'rab qoldi.
— Ha, o'sha cho'ponman, — javob berdi Luqmon, — hozir ko'rib turibsanki hakimman.
— Bu darajaga qanday erishding? — so'radi yana u. Luqmoni hakim unga:
— To'g'ri so'zlashdan, odamlarga yaxshilik qilishdan, omonatga xiyonat qilmaslikdan, yolg'on so'zlamaslikdan, behuda gapirmaslikdan, musibat va qiyinchiliklarga mardona chidashdan, o'zimni barchadan kam olishdan! — deb javob berdi.
Anvar Obidjonning butun ijodi yuqoridagidek vazifani o'zida mujassamlashtirganligi bilan ajralib turadi. U har bir asarida bolalarni kamtar, odobli, o'qimishli, vatanparvar bo'lishga undab keladi.
Bola borki, nurga intiladi. Quyoshga talpinib yashaydi. Negaki quyosh bor joyda, nur bor, nur bor joyda ma’murchilik, xursandchilik bo'ladi. Ma’murchilik, xursandchilik bor joyda g'am, kulfat, ofat bo'lmaydi, tinchlik, xotirjamlik, ahillik, baxt bo'ladi. Shoirning «O'zimning quyoshim» asari xuddi shu ezgu maqsadni ilgari surishi bilan kitobxon bolalarga behad katta quvonch, shodlik bag'ishlab kelmoqda.
She’r juda oddiy, sodda va hayotiy. Bolalar bo'r, ko'mir bilan yo‘lma, yo'l, maydonchalarda quyoshning rasmini chizib qo'yganligini ko'p bor uchratamiz. She’r xuddi shu voqeaga bag'ishlangan. U bolalarning dil so'zlari asosiga qurilgan. Mana siz ham tinglab ko'ring:
Ona quyosh aksingni
Chizdim yo'lakka.
Sen hammaga mehribon,
О‘zing bo ‘lakcha.
Nur tushmagan joylarda
Kezarmish kulfat.
Yo ‘lagimni hech qachon
Bosmasin zulmat.
Anvar Obidjonning «Latifachi oyim» she'ri nafaqat shoirning, balki butun o'zbek bolalar adabiyotining katta yutug'i hisoblanadi. Asarda bola ta'lim-tarbiyasida xalq og'zaki ijodining ahamiyati ochib beriladi. Xalq azalazaldan xalq og'zaki ijodini astoydil sevgan. Farzandlarini alla, ertak, maqol, tez aytish, topishmoqlar aytib berish bilan tarbiya qilgan. Bunday bolalar sog'lom, tetik, pok, o'ktam, polvon, vatanpaivar, ota-onaga muhabbatli bo'lib o'sgan. Bu an'ana bugungi kunda ham davom etib keladi.
Yana bir gap. Agar bolaning vujudi xalq og'zaki ijodi bilan yo'g'rilgan bo'lsa, uni tinglashni hamma narsadan ustun qo'yadi. Olaylik, hamma bola shirinlikka o‘ch bo'ladi. Ba’zi bolalar shirinlik desa o'zini tomdan tashlashga ham tayyor turadi. Lekin ba’zi bolalar buvilar, bobolar, onalar, otalar tilidan tinglaydigan alla, ertak, topishmoq, tez aytishni o'sha lazzatli shirinlikdan ham afzal ko'rishadi. Kerak bo'lsa o'zlariga kulgi, jasorat, orom bag'ishlaydigan xalq og'zaki ijodini kechasi-yu kunduzi tinglashga tayyor turadiganlari ham yo'q emasligini Anvar Obidjon ishonarli qilib tasvirlaydi:

Qand uzatsa ham
Oyim,
Tinmay yig‘lar
Guloyim.
Aytgach qiziq
«Afandi»
Singlim darrov
Yupondi.
Kichkintoylarni kelajakda sog'lom, dovyurak bo’lib kamol topishlarida oila, atrof-muhitning ta’siri kuchli bo’ladi. Bu g'oya Anvar Obidjonning «Dorboz bola» she’rida ko'zga tashlanib turibdi. Shoir ta’kidlab o'tganidek, kichkintoylar o‘y-o‘ylashni, xayol surishni, o'zlarining tengsiz o‘y-xayollari bilan o‘sishni orzu qilishadi. Dorbozlik san’ati ota-bobolarimizdan bizga meros bo‘lib keladi. Bu o‘ta darajada nafis, chaqqonlik, ehtiyotkorlik, dovyuraklik ishi. Bu ishni uddalash, dorga chiqish o‘y, xayol bilan bitmaydi. Qayta-qayta mashq, chidam, dovyuraklik, ehtiyotkorlik bilangina bu maqsadga erishiladi. Bolalar dorga chiqish, sim ustida tomosha ko'rsatish haqida qancha o'ylamasinlar, xayol surmasinlar xolva degan bilan og‘iz chuchimaganidek dor ustida ham yura olmaydilar:
Langarcho‘pni mahkam ushla,
O’yna, lochin!
Botirlarning ko‘nglin xushla,
O’yna, lochin!
Qo‘rqoq esa xavas qilmay,
Turaversin.
Ehtiyot bo‘l, deb maslahat
Beraversin
Rivoyat qilishlaricha, bir podsho bulbul ovozini tinglashni juda xush ko'rar ekan. Bir so‘lim go'shadan bitta bulbulni ushlatib kelib oltin qafasga solib qo'yibdi. Bulbulni parvarish qilishni, unga yaxshi qarashni xizmatchilar, vazir-u fuzoralarga topshiribdi. Oltin qafas ichida bulbul kechasi-yu kunduzi xonish qilibdi. Bulbul o‘z qo'shig'ida do‘st-yorini, ozodlikni, ko‘m-ko‘k go'shasini, erkinlikni sog‘inganligini qo'shib aytibdi.
Bulbul tilini, qo'shig'ining ma’no va mazmunini tushunmaydigan podsho uning dardli xonishidan behad yayrab dam olar ekan. Lekin bulbulda o'z eliga, Vataniga muhabbat kuchli ekan. Kundan-kunga u oltin qafas ichida siqilgandan siqilibdi, ozib-to‘zib ketibdi. Kunlaidan bir kun bir iloj qilib qafas teshikchasidan boshini chiqaribdi, qarasaki tanasi ham sig'ibdi, bir intiJish bilan oltin qafasdan chiqib olibdi. Bor kuchini to'plab, o'z makoniga parvoz qilibdi. O'z go'shasiga kelsa, quig'oqchilik bo'lib chor tomon vayrona bo'lib yotgan emish. Bundan u zarracha afsuslanmabdi. Aksincha, xursand bo'libdi. Negaki u bugun ozod, erkin. Xohlagan tomonga ucha olishidan baxtiyor emish.
E’tibor bering. Ozod bulbulga oltin qafas ham, podsholarcha qarov ham kerak emas. Unga vayrona bo'lsa ham o'z uyi, Vatani kerak. To'yib ovqat yemasa ham, yelka kerib yashamasa ham o'z kulbasi bilan baxtiyor. Anvar Obidjonning «Vatan» asarida vayronada yashaydigan Boyqush ham xuddi bulbul kabi o'z hayotidan mamnun, vayronasi bilan shod. Negaki vayrona bo'lsa ham o'z uyi bor
— Senga bitta savol bor,
Menga quloq sol, hoy, qush.
Vayronada yashaysan,
Noming esa naq Boyqush.
Ayt-chi, nahot sen boysan?
— Asl boylik neligin
Tushunmaysan, chamasi,
Bu — vayrona bo'lsa ham,
O’zimniki hammasi,
Shuning uchun men boyman.
Dunyoda eng yomon odat bu ochko‘zlikdir. Nafsni tiyish, ochko'z bo'lmaslik boylik hisoblanadi. Kimki nafsni tiyib, yon-atrofga quloq solib yashasa faqat yutadi, el-yurt o'rtasida obro'-e’tibori oshib boraveradi. Bir misol. O'tmishda bir kampiming bir chiroyli tovug'i bor ekan. Bu tovuq har ikki kunda bir marta tuxum qilar ekan. Kampir ikki kunda bitta tuxum olishga qanoat qilmabdi. Bir kuni u o'ziga-o'zi: — Tovug'im o’lgurning ichi to'la tuxum, qornida tuxum xazinasi bo'lsa ham, ikki kunda bitta tuxum berib meni aldab yuribdi. Undan ko'ra qornidagi hamma tuxumni chiqarib ola qolay, deb o'ylabdi. Darhol tovuqni so'yibdi. Lekin uning qornidan bir dona ham tuxum chiqmabdi, boz ustiga nodon kampir tovug'idan ham ajralib qolibdi... Mana sizga ochko'zlikning oqibati! Agar kampir sabr-toqatli bo'lganida, ochko'z bo'lmaganida, ertani o'ylab ish ko'rganida o‘z nasibasini o'zi qiymagan, tovuqni o'ldirmagan bo'lar edi. Anvar Obidjon o'zining bir qator asarlarida bolalami xuddi kampir singari ochko'z bo'lmaslikka chinakamiga da’vat qilganligini ko'ramiz. Ayniqsa, «Ochofatning po'pisasi»da bu mavzu yanada jaranglab turadi:
Meni yana ursang Mamat,
Yuragimda o‘ch yig'aman.
Sezdirmay saryog'ingni yeb,
Urishgani kuch yig'aman.
...To’yda to’yib qopketmagin
Oshingdan bir cho'qib o'tsam,
Zo'rg'a topgan nisholdangga
Besh panjamni tiqib o'tsam...
Anvar Obidjon o'zbek bolalar adabiyotida o'ziga xos maktab yaratgan shoirlardan biri hisoblanadi. Bu ko'proq uning turli buyumlar, jonzotlar, o'simliklar haqida yaratgan asarlarida ko'zga tashlanadi. G'azal janrida yaratgan «Bulbulning salomnomalari» o'zbek bolalar adabiyotida katta voqea bo'ldi. Bu asarda turli xil narsalarning o'ziga xos qirralari ochib beriladi. Masalan, qo'rqoq Quyon, do'stsiz Chayon, arg'amchidek buralib yuradigan Ilon, tun-u kun yer qaziydigan Yumron, tovusdek chiroyli Qizilishtonlarning tuzilishlari, hayot tarzlarini ochib berish bilan kichkintoylarda tabiat olamiga nisbatan bo'lgan qiziqishlarini o‘n chandon oshirishga erishgan.
Anvar Obidjonning she’rlarida bolalarni mehnatkash, o'qimishli, odobli, vatanparvar bo'lishga mudom chorlovchi kuch bor. Bir rivoyatda tutun cho'g'lovga zorlanib:
— Onajon, men sizning qizingiz bo'lsam ham nega doimo qopqoraman, siz, esa, porlab yonib turasiz, buning sababi nima? — deganida cho'g' shunday javob beradi:
— Qizim, bu ish yangi bir ish emas. Dunyoda inson o'z porloqligi bilan porlaydi. Bolaning porloq bo'lishi uchun bir porloq ota-onaning farzandi bo'lgani kifoya qilmaydi, ya’ni olijanob, fazilatli ota-onaning shunday go'zal fazilati bilangina inson ulardek bo'lmaydi. Farzandning o'zi fazilatni kasb etib olishi kerak. Shundagina u farzand porlaydi, cho'g'dek yonib turadi. Ha, Anvar Obidjonning she’rlari yosh kitobxonni ana shu cho'g'dek porlab turishiga barakali hissa qo'shmoqda.
Anvar Obidjonning o'nlab qissa va dostonlari, ertak va dramalari bolalar qo'lidan tushmay kelayotir.
Anvar Obidjonning dramaturgiyadagi faoliyati bolalarga atalgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi” nomli komediyasi 1983 yilda Toshkent Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilishidan boshlandi. Shundan eʼtiboran ushbu teatrda hamda Fargʻona, Qarshi, Qoʻqon, Guliston teatrlarida uning “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”, Samozvanets” (“Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”ning ruschasi), “Navroʻz va Boychechak”, “Toʻtiqul”, “Alamazon”, “Meshpolvon” kabi pyesalari qoʻyildi. “O‘zbekfilm” kinostudiyasida bu adib ssenariylari asosida “Tilsimoy – gʻaroyib qizaloq”, “Dahshatli Meshpolvon” komediyalari kino tasmasiga tushirilgan.
Anvar Obidjonning bolalarga atalgan “Qo‘ng‘iroqli yolg‘onchi” nomli ilk komediyasi 1983-yilda respublika Yosh tomoshabinlar teatrida sahnalashtirilgan.
Pyesalari:

      • “Pahlavonning o‘g‘irlanishi”

      • “Topsang – hay-hay” (“Qorinbotir)”

      • “Navro‘z va Boychechak”

      • “To‘tiqul”

      • “Alamazon”

      • “Meshpolvon”

Kinossenariylari:

  • “Tilsimoy – g‘aroyib qizaloq”

  • “Dahshatli Meshpolvon”


Adib oʻzining “Ona Yer”, “Masxaraboz bola”, “Juda qiziq voqea” kabi kitoblaridagi sheʼr va dostonlari; “Olovjon va uning doʻstlari”; “Oltin yurakli Avtobola” toʻplamidagi hikoya va qissalari; “Bezgakshamol”, “Akang qaragʻay Gulmat”, “Yerliklar”, “Oltiariq hangomalari”, “Kezargon Boychechak” nomli kitoblaridagi oʻtkir yumor va hajvlari; yosh tomoshabinlar uchun yozilgan “Qoʻngʻiroqli yolgʻonchi”, “Pahlavonning oʻgʻirlanishi”, “Meshpolvon” kabi dramatik asarlari bilan bugungi oʻzbek adabiyotini boyitdi, xususan, bolalar adabiyotini yangi bosqichga koʻtardi.


Anvar Obidjonning bundan oʻttiz yil oldin nashr etilgan “Juda qiziq voqea” nomli salmoqli kitobi nainki kichik yoshdagi sheʼrxonlar, balki umuman adabiyotimiz ixlosmandlari va mutaxassislari ichida katta shov-shuvga sabab boʻlgani yodimda. Ushbu toʻplamni kitob doʻkonlaridan izlab, surishtirib yurganlariga guvohman. Soʻng shoir yana oʻnlab yangi, bir-biridan goʻzal kitoblar yaratdi va ular hech shubhasiz, oʻzbek bolalar adabiyotida yangi sahifalar ochdi. Oʻzbek sheʼriyatida meva-chevalarga bagʻishlangan sheʼrlar oz emas. Lekin Anvar Obidjonning “Uzum”iga oʻxshagan namunalar faqat oʻzbek bolalar sheʼriyatidan tashqari umuman keng miqyosdagi bolalar adabiyotini bezay oladi:
Donalarim marjoncha,
Bir boshim – naq bir jomcha.
Quritsangiz mayizman,
Dasturxonga fayzman.
Kuzda yeb-yeb toʻyishar,
Qishga osib qoʻyishar.
Boqar shod yosh-qarilar,
Maqtar hatto arilar.
Bunday sheʼrni oʻqigan bolalargina emas, barcha yoshdagi sheʼrxonlar qalbida rohat tuyadi. Anvar Obidjonning bolalarga bagʻishlangan sheʼrlarining asosiy xususiyati xuddi ana shunda – ular barcha yoshdagi kitobxonlar diliga emin-erkin kirib bora oladi, ularni ham bolaligiga, ham hayot zavqiga oshno qiladi.
Bugun mustaqil Oʻzbekistonimizning bunyodkor yosh avlodi yetishuvida Anvar Obidjon asarlarining oʻrni katta, deb oʻylayman. Shu oʻrinda men Anvarjonning bundan qirq yil avval yozilgan “Ajoyibxona qoploni” nomli qoplon tilidan aytilgan bir sheʼrini keltirmoqchiman:
Bobom tutqun oʻtmagan,
Tugʻilganman men ozod.
Sendan yiroq yursam ham,
Tinch qoʻymading, odamzod.
Meni zoʻrlab qafasga
Sola olding sen faqat.
Biroq ruhan oʻlmadim,
Soʻramadim hech shafqat.
Gʻururimga sodiqman,
Orzumandman erkimga.
Toʻqlik vaʼda qilsang ham,
Tuflagayman sirkingga.
Dunyoda koʻp yuvosh It,
Nasab-nasli past Ayiq.
Oʻshalarni oʻynatsin
Ermaktalab xaloyiq.
Men zotimni faxr-la
Eslarman har nafasda…
Zoʻrdirmanki, xavfsirab –
Saqlashyapti qafasda.

Adibning bolalarga atalgan “Ona Yer” nomli dastlabki (1974) toʻplamidan tortib, hozirgacha eʼlon qilgan oʻnlab kitoblari ichida kattalar uchun deymizmi, barcha kitobxonlar uchun deymizmi, keng ommaga bagʻishlab yozgan sheʼrlari bisyor. Ular qatorida, markaziy qahramoni Gulmatdan iborat yoxud “Oltiariq hangomalari” umumiy nomi ostida jamlangan – Erkin Vohidovning “Matmusa va Donishqishloq hangomalari”ga ruhiy jihatdan yaqin, biroq badiiy talqin va uslub jihatidan tamoman oʻziga xos hajviy asarlari bor. Bularga ilgari qator maqolalar bagʻishlanganini nazarda tutib, keng taʼriflab oʻtirmasdan, eʼtiborni bir jihatga qaratmoqchiman. Hajviy yoʻnalishda ustoz va shogird oʻrtasida oʻzaro ijodiy taʼsir shu qadar kuchliki, bu yaqinlik ayrim mavzu, obraz va ijodiy prinsiplarda ham yaqqol koʻzga tashlanadi. Matmusaga bagʻishlangan qator sheʼrlar zamirida hajv, kulgidan tashqari, ularning bahonasida chuqur koʻchma ijtimoiy poetik maqsad va maʼnolarni yashirish uslubi Gulmat obrazi talqiniga ham xosdir. Gulmat hangomalaridan tashqari, Erkin Vohidovning “Arslon oʻrgatuvchi”si va Anvar Obidjonning yuqorida tilga olingan “Ajoyibxona qoploni” degan shu tipdagi sheʼri ham ustoz-shogird ijodiy yaqinligiga yana bir dalildir.



Anvar Obidjon sheʼrlaridagi badiiy goʻzallik haqida gap ketar ekan, uning asarlarida shu xususiyatni keltirib chiqaradigan garmoniyani alohida taʼkidlash oʻrinli boʻladi. Bu garmoniya asoslarini Anvar Obidjon sheʼrlarida talqin etilayotgan ruhiy-hayotiy muammo ifodasiga eng aniq, tiniq, qisqa, ixcham, sunʼiylikdan holi bayon, haqqoniylik va hayotiy obrazlilik tashkil etadi. Ular oʻzining samimiyligi, ifoda yoʻsini va ruhiyatdagi xalqonaligi, ayniqsa, milliyligi, hatto, maʼlum maʼnoda vodiyonaligi hamda barchasi juda soddaligi bilan ajralib turadi.


Vatan haqida ne-ne sheʼrlar bitilgan. Lekin Anvar Obidjon Vatanning qisqa, moʻjazgina, yangi talqinini topa oladi.
“Hayotning har lahzasi go‘zal” she’ri
Tun pardasi ochilar asta,
Chiqib kelar sahnaga quyosh.
Kelinchakdek bo‘lib orasta,
Gul salomdan ko‘taradi bosh.
Hovli go‘yo yuvilgan chinni,
Yo‘llar go‘yo artilgan oynak.
Qutlash uchun yangi bu kunni,
El oyoqqa turar jonsarak…
Hayotning har lahzasi go‘zal,
Umrning har dami g‘animat.
Shoirning aksar lirik sheʼrlarida keraksiz “kirish”lar-u ortiqcha “chiqish”lar, xulosa qismlar yoʻq hisobi. U tasvir va talqinni asosiy badiiy muammoni yoritishdan boshlaydi, asosiy maqsadni qisqa ravishda badiiy yoritish bilan asarni tugallaydi. Bu oʻrinda, uning soʻzga tejamkorligiga moliya sohasida tahsil olganining taʼsiri yoʻqmikan, degan fikrga ham boradi kishi.
Anvar Obidjonning 1974 yilda yozilgan “Boborahim Mashrab” degan sheʼri bor. Asardagi fikr va maqsad shoir Mashrabning tilidan talqin etiladi. Anvar Obidjon Mashrab bahonasida zamonning oʻta muhim ijtimoiy gaplarini, istibdod davrining eng ogʻriqli dardlarini ustalik bilan aytib olishga muvaffaq boʻladi:
Zanjirband haqiqat aytolmay soʻzin,
Ezgulik iffatin bulgʻar edi zar.
Talardi el-yurtni
Kuppa kunduzi
Amaldor niqobin kiygan oʻgʻrilar…
Tuygʻusiz xoqonlar, insof yoʻq sizda,
Xalqingiz ona-ku,
Xoʻrlaysiz nechun?
Meni gʻirt jinni deb oʻtiribsiz-a,
Shu onaga farzand boʻlganim-chun chin.
Oʻtgan asrning 70-yillarida Anvar Obidjonga Sergey Yeseninning taʼsiri kuchli boʻldi. Oʻzbek shoiri shakl masalasida buyuk rus shoiriga ergashdi, undan taʼsirlandi, lekin unga faqat taqlid qiluvchilik doirasidagina qolib ketmadi. Bunga uning “Yashash shavqi emasdir boqiy” deb boshlanuvchi oʻzligi bor sheʼri misol boʻla oladi:
Qadahdagi sharob singari
Umrimiz ham omonat axir.
Vaqt sipqorar bir kuni barin,
Umrimiz ham gulgun va taxir
Qadahdagi sharob singari.
Bu kabi misralar yordamida Anvar Obidjon oʻzbek sheʼriyatini maʼno va falsafasi, badiyati va goʻzalligi, tiniqligi va jozibasi jihatidan yeseninona sheʼrlar bilan ham boyitdi. Uning “Ilhom poytaxti” deb nomlangan, koʻplab-koʻplab ijodkorlar poytaxtga intilishlari va poytaxtni oʻzlari uchun salkam sajdagoh darajasida bilishlarini badiiy talqin etgan bir sheʼri bor:
Shahar asli talatoʻp ovloq,
Qishloq azal ilhomga poytaxt.
Gulfurushdek shoir ham biroq,
Izlar nuqul shaharlardan baxt.

Fidoyi ijodkor Anvar Obidjon “O’zbekiston xalq shoiri” unvoni, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordeni va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan.


O‘zbekiston xalq shoiri Anvar Obidjon 11-aprel kuni 73 yoshda Toshkent shahrida vafot etdi.



Download 479,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish