Mavzu:Antropogrnrtika usullari: egizaklar usulli.
Reja ;
1.Egizaklar haqida tushumcha .
2. Egizaklar va ularning turlari.
Egizaklar — ona organizmida bir vaqtda rivojlangan 2, 3 yoki undan ortiq homila. E. tugʻilishida irsiy omillarning ham roli katta (qarang Irsiyat). E.ning bitta tuxumdan (bir tuxumli E.) yoki 2 ta (baʼzan undan ham koʻp) tuxumdan rivojlanadigani maʼlum (ikki tuxumli E.). Bir tuxumli E. 2 yadroli tuxumhujayraning spermatozoid bilan otalanishidan yoki 2 yadroli spermatozoid bir yadroli tuxum-hujayrani otalantirishi natijasida rivojlanadi. Baʼzan tuxumhujayralar 3 ta, 4 ta (va undan ortiq) yadro tutsa, uchta toʻrtta va h.k. E. rivojlanishi mumkin. Zigotaning (yunoncha zigote — tuxum va u ru g ' hu- jayralarning qo'shilishidan hosil bo'lgan) ilk bor bo'linishida monozigot (yunoncha menos — bitta) egizaklarning rivojlanishi haligacha nom a’lum bo'lib qolmoqda. Uning genotipga bog'liqligi aniqlanmagan bo'lsa-da, lekin u sitoplazmatik ir- siylanish orqali onadan qizga o'tadi, degan taxminlar bor. Egizaklarning paydo bo'lishiga ona уoshining ta ’sir ko'rsatish ehtimoli bof. Chunki, ayrim oilalarda on aning yoshi ulg'aygan sari egizaklarning tug'ilish miqdori ortishiga oid m a’lumotlar to'plangan. Ehtim )1, ona yoshining ortishi bilan gonadotropin gormonining ko'payish darajasi yuz berar, bu o'z navbatida poliovulyatsiyaga (yunoncha poly — ko'p, ovum — tuxum) sababchi bo'lar.
Egizaklar metodi - egizaklar deyilganda bir paytda tu g ilg anorganizmlar tushuniladi. Egizaklar kelib chiqishi jihatdan ikki xil: monozigota hamda dizigota bo‘ladi. Monozigota egizaklar bir otalangan
tuxum hujayraning embrional rivojlanish davrida bo‘linishidan hosil bo‘ladi. Dizigota egizaklar esa bir vaqtning o‘zida ikkita tuxum hujayraning ikkita urug‘ hujayra bilan qo‘shilishidan rivojlanadi.
Tabiiyki, monozigot egizaklar genetik jihatdan o'xshash hamda bir jinsli, ya’ni o'g'il yo qiz bolalar bo'ladilar . Egizaklar metodi belgilarning egizaklarda rivojlanib borishini o‘rganishdan iborat. Egizaklar bitta tuxum hujayradan va har xil tuxum hujayradan rivojlanadi. Bitta tuxum hujayradan rivojlangan egizaklar bir jinsli va bir-biriga hayron qolarli darajada o‘xshash bo‘ladi, chunki ular bir xildagi genotipga egadir, ular o‘rtasidagi tafovutlar esa faqat muhit ta’siriga bog‘liq bo‘ladi. Har xil tuxumdan rivojlangan egizaklar aka-uka yoki opa-singillardek, bir xil yoki har xil jinsli bo‘ladi.
Monozigotalarning ayrim lari g'ayritabiiy ko'rinishda ikki boshli yoki tanasining m a’lum qismi bir-biri bilan qo'shilgan holda bo'ladilar. 1811 yili T ailandning Siam qishlog'ida tug'ilgan Chang va Eng o'z tanalarining ayrim qismi orqali qo'shilgan bo'lib, 63 yil birgalikda hayot kechirdilar. Ular opa-singillarga uylangan bo'lib, Chang 12, Eng 10 bolaning otasi bo'lganlar. 1874 yili Chang o'pka shamollashidan o'lgan bo'lsa, 2 soatdan so'ng soppa-sog' Eng ham hayotdan ko'z yumgan.
Dizigota egizaklar oilada turli vaqtda tug'ilgan aka-uka, opa-singillar kabi bir-birlaridan bir muncha farq qiladilar. Ularning oiladagi boshqa farzandlardan farqi homiladorlik va tug'ilgandan keyin bir xil muhit omillari ta’sirida rivojlanishidir. Dizigota bir xil jinsli yoki har xil jinsli bo'lishi mumkin
Bir tuxumdan rivojlanadigan E. platsentasi bitta, ularning jinsi (faqat qiz yoki faqat oʻgʻil bolalar), qon gruppalari bir va tashqi qiyofasi bir-biriga juda oʻxshash boʻlib, hatto eng yaqin kishilari ham ularni bir-biridan aniq ajrata olmaydi.
Ikki tuxumli, yaʼni har xil tuxumdan rivojlanadigan E. bir vaqgda yetilgan va alohida urugʻlar bilan otalangan 2 va undan ortiq tuxumhujayradan hosil boʻladi; platsentasi alohida-alohida, bir yoki har xil jinsli boʻlishi mumkin. Irsiy jihatdan ular "akauka", "opasingil", "akasingil" dek oʻxshash boʻlib, ikki va koʻproq tuxumlar bir vaqtda yetilgandagina paydo boʻladi.
Ona qornida E. rivojlanayotganligini asosan homiladorlikning ikkinchi yarmidagina homilada yurak urishi eshitilishi vaqtida aniqlash mumkin; homilador organizmida bir qator oʻzgarishlar, koʻpincha toksikoz belgilari, vaqtidan oldin tugʻib qoʻyish kabi holatlar ham kuzatiladi. Shuning uchun egizak tugʻish ehtimoli boʻlgan ayollar tez-tez ayollar konsultatsiyasiga borib turishlari va tugʻishdan 7—10 kun ilgari tugʻruqxonaga kelib yotishlari lozim.
Koʻp homilalik normal kechganda tugʻruq vaqtida deyarli hech qanday asoratlar kuzatilmaydi (qogʻonoq suvining vaqtdan ilgari ketib qolishi, sust dard tutishi va boshqalar noxushliklar bundan mustasno). Koʻpincha E.ning vazni va boʻyi bir-biridan farq qilishi mumkin, bu, asosan, platsentadan kelgan oziq moddaning teng taqsimlanmaganligi bilan bogʻliq. Vaqtidan oldin tugʻilgan E. ni avaylab parvarish qilish talab etiladi (Goʻdak, Chala tugʻilgan bola).
E.ni ovqatlantirish muhim ahamiyatga ega, ularni emizganda navbatmanavbat goh u koʻkrakni, goh bu koʻkrakni berish, koʻkrak suti yetmasa, chaqaloqlarga moʻljallangan sutli omixtalardan foydalanish zarur.E.ni ovqatlantirish va parvarish qilish albatta bolalar vrachi maslahatiga koʻra olib boriladi.
15-jadval.Egizaklarda ayrim belgilarning o`hshashligi.
Belgilar
|
Foiz xisobiga o`xshashlik darajasi
|
|
Monozigota
|
Dizigota
|
Rang
|
|
|
Ko`z
|
99,5
|
38
|
soch
|
97
|
33
|
teri
|
100
|
45
|
Shakl
|
|
|
soch
|
100
|
79
|
qosh
|
100
|
51
|
burun
|
100
|
34
|
lab
|
100
|
65
|
|
|
|
Начало формы
Конец формы
Начало формы
Конец формы
Ba’zan uchta, to‘rtta tuxum hujayralar bir vaqtda otalanishi mumkin. Odatda bir zigotadan rivojlangan egizaklaming genotipi bir xil bo‘lgani sababli, ular bir-biriga aynan o‘xshaydi (15-jadval). Professor S.I.Alixanyan va boshqa mualliflarning keltirgan maiumotlariga ko‘ra 1985-yilda Yer yuzi aholisi orasida 30 mln. dizigota, 15 mln. monozigota egizaklar borligi aniqlangan. Egizaklarda faqat morfologik belgilargina emas, hatto tovush, yurish, tuyg‘uni ifodalash, qoi va gavdani harakatlanishi, qon tuzilishi,
16-jadval
Egizaklarda ayrim kasaliklarni takrorlanishi (%da)
Egizaklar
tipi
|
Shizofre
niya
|
Aqlpastlik
|
Tut qanoq
|
May moqlik
|
Qandli
diabet
|
Jinoyat
chilik
|
Monozigota
|
69
|
97
|
67
|
32
|
65
|
68
|
Dizigota
|
10
|
37
|
30
|
3
|
18
|
28
|
16-jadvalda bir tuxumdan va har xil tuxumdan rivojlangan egizaklarning biri kasal bo£lsa, ikkinchisida ham mazkur kasallikka uchrashiga oid ma’lumotlar keltirilgan. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki bir tuxumdan rivojlangan egizaklaming biri kasal boisa, ikkinchisining ham kasallanish foizi nihoyatda yuqori. Egizaklar metodi qoilanilganda juft egizaklaming har ikkisi bir xil sharoit yoki har xil sharoitda tarbiyalanganligi e’tiborga olinishi kerak. Egizaklar metodi belgilaming irsiylanish koeffitsientini aniq ifodalash uchun imkon beradi
Bir tuxumdan rivojlangan egizaklami bir xil sharoitda yoki har xil sharoitda tarbiyalash orqali organizmning shaxsiy rivojlanishida irsiy omillar va tashqi muhitning organizmga ko‘rsatgan ta’siri o‘rganiladi . Bir tuxumdan va har xil tuxumdan rivojlangan egizaklami bir xil sharoitda tarbiyalash orqali organizm rivojlanishida irsiy omilning roli bilinadi. Agar biror belgi bo‘yicha egizaklarda deyarli farq bo‘lmasa, u holda bir tuxumdan, belgilar o‘zaro katta farq qilsa egizaklar har xil tuxumdan rivojlangan degan xulosaga kelinadi.
Olingan m a’lumotlarga ko'ra, turli xil odamlar populyaitsiyalaridaigi bir foizga yaqin bo'lib, uning uchdan bir qismi monozigot, uchdan ikki qismi dizigot egizaklarga to‘g‘ri keladi. Belgi-xossalarning irsiylanishini o'rganishda egizaklar usulidan foydalanishni dastlab 1816 yili F.Galton boshlab bergan. Keyinchalik bu usul Pol va Simens tom onidan tako- millashtirilgan. Genetik tadqiqotlarda m azkur usulni qo'llash egizaklarning monozigota yoki dizigotaligini (agar ular bir jinsli bo'lsa) aniqlashdan boshlanadi. E gizaklarning m onozigotali yoki dizigotali ekanligini aniqlashda reaksiya normasi ham, monogen yo'l bilan irsiyla- nadigan belgi-xossalar, chunonchi qosh, burun, quloq suprasi, soch shakllari, teri, ko'z, soch ranglarining egizaklarda qanchalik o'xshash ekanligi ahamiyatli hisoblanadi. Bunday polisimptom (yunoncha poly — ko'p, sumptomo — belgilar bo'yicha o'xshashlik) usulni 1924 yil Simens joriy etgan. Yuqorida qayd etilgan belgilar bo'yicha o'zaro o'xshashlar monozigota egizaklar, o'xshash bo'lmaganlari esa dizigota egizaklar sanaladi. Egizaklar juftini saralash ham katta ahamiyatga ega
Do'stlaringiz bilan baham: |