Bog'liq Antivirus dasturiy vositalari bilan ishlash.
Zamonaviy antiviruslar haqida qisqacha ma’lumot
Hozirgi kunda kompyuterlarni viruslardan himoya qilishga mo’ljallangan juda ko’p antivirus dasturlar mavjud. Ular har xil kompaniyalar tomonidan ishlab chiqariladi. Ulardan ba’zilari bilan tanishamiz:
“Kasperskiy laboratoriyasi” deb nomlanuvchi Rossiya kompaniyasi uy kompyuterlari uchun ikki turdagi “Antivirus Kasperskogo (KAV)” va “Kaspersky Internet Security (KIS)” deb nomlanuvchi antivirus dasturlarini yaratish bilan shug’ullanadi. Bu dasturlar shaxsiy kompyuterlarni ayni vaqt maboynida shu davrgacha mavjud va yangi yaratilgan kompyuter viruslaridan, har xil spamlardan, xakerlik hurujlaridan va boshqa kibertahdidlardan kompleks himoya qiladi. “Kasperskiy laboratoriyasi“ kompaniyasining bosh ofisi Moskva shahrida joylashgan bo’lib, dunyoning 200dan ortiq mamlakatlarida faoliyat olib boradi. Kompaniya dunyodagi yetakchi antivirus kompaniyalarning to’rtligiga kiradi.
ESET kompaniyasi antiviruslari ESET kompaniyasi 1992 yili tashkil topgan bo’lib, Uning shtab kvartirasi Slavakiyaning Bratislav shaxrida joylashgan. ESET kompaniyasi antivirus dasturiy ta’minot axborot ishlab chiqaruvchi xalqaro tashkilot bo’lib, uy va korparativ kompyuterlarini havfsizlik masalalarini yechadi. Kompaniya dunyo bo’yicha 180dan ortiq mamlakatlarida o’zining filiyal ofislariga ega. ESET qisqartmasi “Essential Security against Evolving Threats” so’z birikmasining bosh xarflaridan olingan. Bu o’zbek tiliga “evolyutsion tahdiddan samarali himoya” deb tarjima qilinadi.
NOD32 Antivirus va Smart Security 8.0 antivirus dasturlari kompyuterga o’rnatish uchun avval ularni https://www.esetnod32.ru saytidan yoki Uzbekistondagi dillerlaridan sotib olish kerak.
Symantec kompaniyasi antiviruslari Symantec kompaniyasi 1982 yili tashkil etilgab bo’lib, axborot hafvsizligi sohasida dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bilan shug’ullanadi. Kompaniyaning bosh ofisi Koliforniya shtatining Kupertino shahrida joylashgan. Kompaniya asosan uy kompyuterlari va berilganlarni qayta ishlash markazlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqaradi. Dasturiy ta’minot ishlab chiqarish bo’yicha dunyoda etakchi o’rinni egallaydi. Dunyodagi juda ko’p mamlakatlarda faoliyat olib boradi. Kompaniyaning Internetdagi manzili http://www.symantec.com/, Moskvadagi filiyalining sayti http://www.norton-russia.ru/ manzilda joylashgan.