Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Yangi mavzu bayoni:O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
ImperiyaningqulashiMilodiy III asrda Rim imperiyasiningkuch-qudrati zaifl asha boshladi. Imperatorniendilikda armiya saylar, armiyaning
o‘zida ham turli guruhlar o‘rtasida kurash boraredi. Imperator Konstantin zamonida,milodiy 330-yili Bosforbo‘g‘ozidagi Vizantiy shahriRim mperiyasining poytaxi deb e’lon qilindi. Shahar imperatorsharafi ga Konstantinopol deb atala boshlandi Imperator Feodosiyo‘limidan so‘ng milodiy 395-yili Rim imperiyasiuning ikki o‘g‘li o‘rtasida G‘arbiy va Sharqiyqismlarga ajrab ketdi. G‘arbiy qismga Italiya,Yevropa va Shimoliy Afrikadagi viloyatlar,Sharqiy qismga esa Bolqon yarimoroli, KichikOsiyo va Misr yerlari kirgan.Milodiy 410-yilda Alarix
boshchiligidagi gotlar Rimniqurshab oldilar Rimniroppa-rosa uch kun taladilar. Talon-taroj qilinganRim shahri huvillab qoldi. Germanlar savodsiz bo‘lib, teatrlar, kutubxonalarniko‘rishmagan edi. Germanlar qo‘rg‘onchalarini o‘rab turgan devorlarni mustahkamlashuchun Rim ibodatxonalari vakutubxona binolaridan tosh taxtalarni ko‘chirib olib ketdilar. Alarix ham o‘ldi, biroq Rimning undan dahshatliroqdushmani – Attila boshchili gidagixunn qabilalari paydo bo‘ldi. Attila SharqiyRim imperiyasiga hujum uyushtira boshladi.Milodiy 452-yilda xunnlar Italiyaga bostiribkirdilar. Milodiy 455-yilda Rimga germanlarningvandal qabilalari hujum qildi. Ular ikki haftadavomida shaharni taladilar. Milodiy 476-yilda german qabilalariningRimdagi yollangan qo‘shini sarkardasiOdoakr so‘nggi imperator Romulni taxtdanag‘darib tashladi va imperator unvoni nishonini
Konstantinopolga jo‘natdi.Sobiq G‘arbiy Rim imperiyasi sarhadlarinigerman qabilalari egallab oldilar. Shu tariqamilodiy 476-yil G‘arbiy Rim imperiyasining
qulashi va qadimgi dunyo tarixining yakunlanishsanasi sifatida qayd qilindi. Mazkursanadan boshlab o‘rta asrlar tarixi boshlanadi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Rim armiyasi haqida so‘zlab bering.
4. Rimning bosib olinishi haqida so‘zlab bering.
5. G‘arbiy Rim imperiyasi qulashi sabablarinisanang.
O‘quvchilarni baholash:O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
O‘TIBDO‘: _______
Sana: “__” ___________ 2020-yil. Sinflar: 6-“_____”. O‘qituvchi: __________
MAVZU: Qadimgi Rim madaniyati
DARSNING MAQSADI:
a) ta’limiy:o’quvchilarga Qadimgi Rim madaniyati haqida ma’lumot berish;
b) tarbiyaviy: o‘quvchilarda dunyoda ro‘y berayotgan o‘zgarishlarga shaxsiy munosabat bildirish malakasini shakllantirish;
d) rivojlantiruvchi: o‘quvchilarni o‘z-o‘zini rivojlantirishga o‘rgatish, mavzu yuzasidan olgan bilimlarini hayotiy vaziyatlarga qo‘llay bilishiga erishish.
Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish.
Yangi mavzu bayoni:O‘quvchilarga yangi mavzu yuzasidan quyidagi tushunchalar beriladi.
Rimliklarningturmush tarzi Qadimgi zamonlarda rimlikzodagonlar bo‘lmish
patritsiylar bir qavatli oddiyuylarda yashardilar, xo‘jalikda qullar hamunchalik ko‘p emasdi.Oddiy rimliklar tepaliklar o‘rtasidagi tekisjoylarda yashagan. Bu yerlarda ko‘chalar torva ifl os bo‘lgan: axlatni to‘g‘ri ko‘chaga tashlashgan. Rimlik imperatorlar poytaxt aholisi uchun«termalar» deb atalgan ko‘rkam hammomlarqurdirgan edilar (yunoncha «termos», «issiq» so‘zidan kelib chiqqan). Madaniyatning asosiy belgisibo‘lgan ta’lim Rimda o‘ziga xosedi. Bolalarning maktab da ta’lim olishi otaonalarningtahsil uchun haq to‘lash imkoniyatlariga
bog‘liq bo‘lgan. Badavlat xonadon farzandlari esa 6 yoshdan maktabga qatnagan. O‘qish, yozish va hisoblashni o‘rganganidan keyin ko‘pchilik ta’lim olishni yakunlar edi. Ayrimlar grammatikada (o‘rta maktabda) tahsilni davom ettirgan. U yerda tarix, geografiya, geometriya, musiqa va astronomiya o‘qitilardi. Siyosiy arbob bo‘lishni istagan har bir kishiritorikani – chiroyli so‘zlasni o‘zlashtirgan.Me’morchilik vahaykaltaroshlik Amfi teatrlar,sirklar, teatrlar, ibodatxonalar, saroylar,triumfal arklar va ko‘p qavatli uylar barpo etildi. Rim me’morchiligi yunon me’morchiligidanimoratlari rang-barangligi va muhtashamligi bilan farqlangan. Milodiy I asrda Rim engyirik va aholisi ko‘p shaharga aylangan. Suv quvurlarini jarlar, daralar va vodiylardano‘tkazish uchun akveduklar – anhorlarningyuqori qismidan o‘tkazilgan ko‘priklarqurilgan. Rimliklar yangi qurilish materiali bo‘lmish betonniixtiro qilishgan. Beton ixtiro etilganidan keyin shiftlar gumbazshaklida ustunlarsiz quriladigan bo‘ldi.
Xristianlikningvujudga kelishi Milodiy I-asr boshlaridaRim hokimiyati ostida
bo‘lgan Falastin yerlaridagi Vifeem shahrida«Xudoning o‘g‘li» nomini olgan Iso tug‘ilganligihaqida rivoyatlar keng tarqala boshlagan. Rivoyatlarga ko‘ra, Isoni yer yuzidagiilk inson – Odam ato dafn etilgan Golgofatog‘ida xochga tortganlar. Iso Masih haqidagi rivoyatlar Yevangeliya(Injil) nomini olgan, yunonchadan tarjima qilgandabu so‘z «Xushxabar» ma’nosini anglatadi. Shogirdlari apostollar (havoriylar)deb atalgan. Xristianlar jamoalariga yepiskoplarpeshvolik qiladi. Milodiy I asr – xristianlikvujudga kelgan sana hisoblanadi. Milodiy 313-yilda mperator Konstantinxristianlik boshqa dinlarga teng dindir deganfarmon chiqardi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Rimliklarning turmush tarzi haqida hikoyatuzing.
2. Rim davlatida ta’limning qaysi turlari mavjudbo‘lgan, nimalarni o‘qitishgan?
O‘quvchilarni baholash:O‘quvchilar darsdagi ishtirokiga ko‘ra belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadilar. Baholar o‘quvchilarning kundalik daftarlarida va sinf jurnalida aks ettiriladi. Darsda faol ishtirok etmagan o‘quvchilar bilan ishlanadi.
Uyga vazifa: o‘quvchilarga uyga vazifa sifatida mazkur mavzuni o‘qib-o‘rganish, qo‘shimcha materiallar izlab topish va tushunchalarini boyitish topshiriq qilib beriladi.
O‘TIBDO‘: _______
Do'stlaringiz bilan baham: |