1. Eng qadimgi davri (miloddan avvalgi VI asr - III asrning o`rtasi). Rim huquqi bu davrda asosiy institutlarining polischa mahdudligi (o`zgalar uchun yopiqligi), qadimiyligi va eskirib qolganligi, rivojlanmaganligi va diniy xarakterda bo`lganligi bilan tavsiflanadi. Bu davrda Rimda kviritlar, ya’ni Rimning tub fuqarolari huquqi paydo bo`lgan. Unda hali urug`doshlik tuzumining qoldiqlari kuchli saqlanib qolgan bo`lib, uning manbai odat huquqi hisoblanadi. Keyinchalik, miloddan avvalgi 451-450 yillarda huquq manbai sifatida XII jadval qonunlari vujudga keladi.
2. Klassik davri (miloddan avvalgi III asr o`rtasi -milodning III asri oxiri). Aynan mazkur davr mobaynida rim huquqi patriarxallik va diniy qoldiqlardan xalos bo`ladi va dunyoviy yuridik tizimga aylanadi. Bu tizim nafaqat quldorlik, balki boshqa universal kishilik munosabatlarining oliy darajada ishlab chiqilganligi bilan xarakterlanadi. Bu huquqiy tizimning mukammalligi dunyoga chuqur huquqiy tahlil etish va nafis (nozik) yuridik texnika namunalarini beruvchi yurisprudensiyada ham o`z ifodasini topgan. Klassik davrda Rim huquqi juda taraqqiy etib, kviritlar bilan birga pretor huquqi - xalqlar huquqi ham vujudga kelgan. Rim fuqarolari bilan kelgindilar (ajnabiylar) o`rtasidagi munosabatlarni tartibga solgan. Miloddan avvalgi 212 yilda huquqning bunday ikkiga bo`linishi imperator Karakalla edikti (farmoni) bilan bekor qilingan.
3. Postklassik - yangi klassik davri (IV-VI asrlar). Bu vaqtda quldorlik jamiyati va davlatining yemirilishi munosabati bilan rim huquqi amalda rivojlanishdan to`xtaydi, o`zida umumiy iqtisodiy va siyosiy inqiroz izlarini ko`tarib yuradi. Ushbu davrda rim huquqidagi o`zgarishlar asosan uning tizimlashtirilishi va vujudga kelayotgan yangi feodal munosabatlariga asta-sekin moslashtirilishi bilan bog`liq bo`lgan..
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Муҳамедов Ҳ.М. Хорижий мамлакатлар давлати ва ҳуқуқи тарихи. (Қадимги дунѐ давлати ва ҳуқуқи тарихи). I қисм. Дарслик. – Т.:Адолат, 1999. – 336 бет.
2. Muhamedov H.M. Xоrijiy mаmlаkаtlаr dаvlаti vа huquqi tаrixi. 1-qism. Dаrslik. – T.: TDYuI, 2005. – 280 b.
3. Муқимов 3. Чет мамлакатлар давлати ва ҳуқуқи тарихи. – Тошкент.:Akademnashr, 2012. – 508 б.
4. Муҳамедов Ҳ.М. Хорижий мамлакатлар давлати ва ҳуқуқи тарихи. 2-қисм. Дарслик. – Т.: ТДЮИ, 2004. – 540 б.
5. Muhamedov H.M. Xоrijiy mаmlаkаtlаr dаvlаti vа huquqi tаrixi. 2-qism. Dаrslik. – T.: TDYuI, 2005. – 480 b.
6. Muhamedov H.M. Xorijiy mamlakatlar davlati va huquqi tarixi (Yangi davr davlati va huquqi). Darslik. III qism. – Toshkent: Toshkent davlat yuridik universiteti, 2018. – 341 б.
7. Одилқориев Х.Т. Давлат ва ҳуқуқ тарихи: ИИВ таълим муассасалари учун дарслик / Х.Т. Одилқориев, Н.П.Азизов, Ҳ.Р.Мадиримов – Тошкент: ИИВ Академияси, 2013. – 380 б.
8. Муҳамедов Ҳ.М. Янги даврда Англия давлати. (Ўқув қўлланма). — Т.: Адолат, 2000.
9. Муҳамедов Ҳ.М. Франциянинг янги даврда конституциявий ривожланиши: Олий ўқув юртларининг талабалари учун ўқув қўлланма /Масъул муҳаррир: А.Х. Саидов. Т.: Тошкент Давлат юридик институти, 2004. – 84 бет.
10. Муҳамедов Ҳ.М. Янги даврда Германияда давлатчиликнинг ривожланиши. Т.: ТДЮИ, 2006. – 56 бет.
Do'stlaringiz bilan baham: |