Mavzu: angliyaning eng yangi iqtisodiy tarixi


Tashqi iqtisodiy aloqalar



Download 43,93 Kb.
bet3/3
Sana12.04.2022
Hajmi43,93 Kb.
#546059
1   2   3
Bog'liq
Angliya

Tashqi iqtisodiy aloqalar
Birinchi Jahon urushiga qadar Angliya jahonning eng yirik savdo mamlakati hisoblanardi. Tashqi savdo unda katta ahami- yat kasb etardi, xorijdan 90% zarur xom ashyo, 70% oziq-ovqat olib kirilardi, uning sanoat mahsulotining 1/3 qismi eksportga mo'ljallangan edi. Lekin urushdan keyin u jahon bozorlarida o'z pozitsiyalarini yo'qota boshladi. Jahon kapitalistik eksportida un- ing ulushi keskin qisqardi.
Tashqi savdoda o'z pozitsiyasini mustahkamlash uchun ingliz hukumati o'z tovarlarini sotilishi uchun bozorlarni yaratish maqsa- dida iqtisodiy ittifoqlar tashkil eta boshladi.

  1. yilda "sterlingga oid blok" tashkil etilib, u Angliyani mus- tamlaka imperiyasi, Gollandiya, Skandinaviya mamlakatlari, Portu- galiya bilan birlashtirdi. Ushbu mamlakatlar o'zaro savdoda funt sterlingda hisob-kitob qilishga kelishib olishdi, bu davrda boshqa mamlakatlarda AQSh dollarida savdo qilardi. Shunday qilib, ush­bu mamlakatlarning tashqi dunyodan ko'ra o'zaro savdo qilish imkoniyatlari kengroq edi.

  2. yilda preferensial tariflarning imperiya tizimi joriy etildi: Britaniya imperiyasi mamlakatlari o'zaro savdo vaqtida bojlarni pasaytirishar edi, boshqa mamlakat tovarlariga bojlar ko'tarilar edi. Shunday qilib, 30-yy.da "yarimyopiq" bozorlar vujudga kelib, ularda ingliz tovarlari ustuvorlikka ega edi.

Urushdan keyin Angliyaning jahon savdosidagi ulushi pasay- ishda davom etdi. 90-yy. boshlariga kelib ushbu ko'rsatkich jahon kapitalistik eksportining 6%ni tashkil etdi. Avvaliga Angliya oldingi tashqi iqtisodiy siyosatini (o'z tovarlarini sotish uchun hududlar yaratish orqali) davom ettirishga harakat qildi. 50-yy. oxiriga kelib "Umumiy bozor"ga qarama-qarshi qilib 7 mamlakatdan iborat "erkin savdo hududi"ni tashkil etildi. Angliyadan tashqari ushbu savdo ittifoqiga Norvegiya, Shvetsiya, Daniya, Avstriya, Shveysari- ya va Portugaliya kabi mamlakatlar - ya'ni avvalgi "sterlingga oid blok" mamlakatlari kirishdi. O'zaro savdoda ushbu mamlakatlar bojlarni pasaytirishardi, ittifoqdagi hamkorlarning tovarlarni us- tunligini ta'minlashardi.
Britaniya imperiyasi parchalandi. Ingliz mustamlakalari mus- taqil davlatlarga aylanishdi. Mustamlakalarni yo'qotilishi ingliz iqtisodiyotiga katta zarba berdi va endi ushbu yo'qotishlardan Angliya o'ziga kela olmaydi deb taxmin qilingandi. Lekin ma'lum vaqt o'tgandan so'ng ingliz diplomatlari oldingi mustamlakalar bilan munosabatlarni tiklab olishdi. Britaniya imperiyasi Britaniya hamdo'stligiga aylandi. Hamdo'stlik mamlakatlari hanuz sterling hududiga kirishar, ma'qul bo'lgan tariflar (ya'ni o'zaro savdoda pasaytirilgan bojlar)ni qo'llashar, Angliya bilan iqtisodiy kelishuv orqali bog'liq edilar. Angliya hamdo'stlikda o'z o'rnini va ta'sir ku- chini saqlab qolishiga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatdi: hamdo'stlik mamlakatlarida yirik ingliz kapital qo'yilmalari kiritilganligi (ya'ni
bu mamlakatlardagi yirik xo'jalik obyektlari inglizlar mulki edi); hamdo'stlik mamlakatlari ingliz iqtisodiyotini xom ashyo bilan ta'minlovchi ekanligi.
Lekin bu ham yordam bermay qo'ydi. Hamdo'stlik mamlakat­lari endi Britaniya eksportining 30%ni iste'mol qilardi, chunki ozod bo'lgan mamlakatlar tovarlarni Yaponiya, GFR va AQShdan sotib olishga xohish bildirishardi. Britaniya eksportining yarmidan ortig'i endi industrial mamlakatlarga yo'naltirilardi.
Huddi shu tashqi savdo yo'nalishlarini keskin o'zgarishining asosiy sababi edi: 70-yy. boshida Angliya avvalgi aloqalardan voz kechib "Umumiy bozor"ga a'zo bo'ldi. Hukumat shunday qilib Angliya xalqaro mehnat taqsimotida qulayroq pozitsiyani egal- laydi, mahsulotlarni industrial mamlakatlarga sotilishini oshiradi, "Yagona Yevropa"ning to'laqonli a'zosi bo'lishiga ishongandi.



I



Download 43,93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish