aniqlagan
yoki
yo„naltirib
bergan
: sinaluvchilar, odatda, chap qo„llaridagi pufak kichikroq deb
baholaydilar. To„g„ri, ba‟zan maylli sinovlardagi kabi, ya‟ni, chap
qo„ldagi pufak kattaroq degan javoblar ham bo„ldi. Birinchi xildagi
xatoliklar
maylning kontrast
illyuziyalari
,
ikkinchi
xildagilari
–
maylning
assimilyativ illyuziyalari
deb ataldi.
D.N.Uznadze va uning hamkasblari har bir turga tegishli bo„lgan
illyuziyalarning yuzaga kelishini to„liq o„rganib chiqdilar. Ushbu
vaziyatda maylning haqiqatdan ham anglanmaganligi muhim bo„lib
hisoblanadi, buning tasdig„i sifatida pufaklar hajmini baholash bo„yicha
o„tkazilgan tajribalardan birini keltirish mumkin. Bu tajriba gipnoz
yordamida o„tkaziladi. Tajribadan avval sinaluvchi gipnoz holatiga
tushiriladi va shu holatda unga birinchi o„n beshta topshiriqni bajarish
taklif etiladi. So„ngra unga bajargan topshiriqlarni yodidan chiqarib
yuborishi zarurligi uqtirildi. Gipnoz holatidan chiqqandan so„ng
sinaluvchi nima qilganini eslay olmasada, unga tetik holatida pufaklar
hajmini baholash taklif etilganida, hajmlari bir xilda bo„lsa ham,
pufaklarning hajmi har xil deya uqtirib, xatolikka yo„l qo„ydi.
SHunday qilib, anglanmaydigan mayllar haqiqatdan mavjud bo„lib,
anglangan harakatlarni shakllantirishda katta ahamiyatga ega.
Endi e‟tiborimizni anglanmaydigan mexanizmlarning uchinchi sinfi
– ongli harakatlarning anglanmaydigan jarayonlariga
qaratamiz.
Harakatning anglanmagan jarayonlari ko„pchilikni tashkil etadi.
Masalan, siz musiqa eshitayotgan tinglovchining kuyga mos ravishda
oyog„ini qimirlatganini, yoki qaychini ishlata turib, jag„ini
harakatlantirayotganini kuzatgansiz; qo„lini kesib olgan kimsani
kuzatayotgan odamning yuzida o„ziga sezilmagan holatda ayanchli ifoda
namoyon bo„ladi. Bunday misollarni juda ko„plab keltirish mumkin. Bu
hodisalarning barchasi ongli harakatlarning anglanmagan jarayonlaridir.
Bundan kelib chiqadiki, ongli xarakatlarning anglanmagan jarayonlariga
beixtiyoriy harakatlar, quvvat zo„riqishlari, mimika va pantomimika,
shuningdek, inson holati va harakatlarini kuzatuvchi vegetativ
harakatlarning katta sinfini ham kiritish mumkin.
Bunday jarayonlarning ko„pchiligi, ayniqsa, vegetativ tarkibiy
qismlar fiziologiyani o„rganishning asosiy ob‟ekti bo„lib xizmat qiladi.
Lekin ularning barchasi psixologiya uchun o„ta muhimdir. Birinchidan,
bu anglanmagan jarayonlar odamlar o„rtasidagi muloqotning qo„shimcha
vositalari sifatida o„rganilishi mumkin. Ba‟zi holatlarda bunday
vaziyatlar nutqqa faqat hissiyot tusini bag„ishlabgina qolmay, nutqning
o„zini ham o„zgartiradi. Ikkinchidan, ular inson turli psixologik
xususiyatlarining ob‟ektiv ko„rsatkichlari sifatida qo„llanilishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan fikrlarga misol sifatida Yu.B.Gippenreyterning
”Umumiy psixologiyaga kirish” kitobidan bir ko„rinishni keltirish
mumkin. 1920 yilda A.R. Luriya tomonidan zamonaviy «yolg„onchilik
detektorlari»ni qo„llashda namoyon bo„ladigan hodisalarga o„xshash
noyob hodisalar o„rganiladigan tajribalar o„tkazilgan. Buning uchun u
K.Yungning yashirin affektli majmualarni aniqlash uchun qo„llagan
assotsiatsiya tajribasidan foydalandi, tajribada sinaluvchiga so„zlar
ro„yxati taklif etilib, ularning har biriga miyasiga kelgan birinchi so„z
bilan javob berishi kerak edi. A.R. Luriya ushbu metodikaga o„zgartirish
kiritdi, u sinaluvchiga javob so„zni aytish bilan birga o„ta sezgir
o„tkazuvchi – nog„orachaning pnevmatik membranani bosib qo„yishni
taklif etdi. Natijada so„z bilan aytilgan javob motorli qo„l ta‟siri bilan
uyg„unlashtirildi, bu esa talaffuz etilgan so„zning o„zini emas, balki
uning qanday talaffuz etilishini ham hisobga olish imkonini berdi . Bu
tajriba odamning tashqi harakatlarni (so„zlar, harakatlar) oson,
muskullar harakatini (qomatni tutish, mimika, yuz ifodalar) qiyinroq
nazorat qilishini ko„rsatdi. Sinaluvchi uchun muhimligi jihatidan turlicha
bo„lgan rag„bat sifatida tadqiqotchi tomonidan talaffuz etilgan so„zlarga
nisbatan betaraf tashqi ta‟sirning saqlanib qolishida turlicha motorli
ta‟sirlar
qayd
etildi.
Bunday
metodikani
A.R.
Luriya
uyg„unlashtirilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |