Ongsizlik sohasiga: biologik ehtiyojlar (jinsiy mayllar, tabiiy
ehtiyojlar, ozuqaga bo‟lgan ehtiyoj va boshqalar); tilaklarni siqib
chiqarish (kimningdir muhabbatini qozonishga behuda urinish, amalga
oshmagan
orzular, yashirin
hafagarchilik); tushda
sodir
bo‟ladigan psixik hodisalar (tush ko‟rish); sezilmaydigan, lekin real
ta‟sir
ko‟rsatadigan
seskantiruvchilarga
nisbatan
javob
reaktsiyalari («subsensor» ta‟sirlanishlar); avval
anglangan,
lekin
takrorlanishlar
tufayli
avtomatlashgan
va
shuning
uchun
anglanmaydigan bo‟lib
qolgan harakatlar; maqsadi anglanmagan
faoliyatga nisbatan ayrim mayllar va boshqalar kiradi. Anglanmagan
hodisalarga
bemor
odam
psixikasida
yuzaga
keladigan
alahlash, gallyutsinatsiyalar kabi ayrim patologik hodisalar ham kiradi.
Ongsizlik ko‟rinishlari to‟rt sinfga ajratiladi:
- ong usti hodisalari;
- shaxsning kelajakdagi tilak mohiyatiga ega bo‟lgan faoliyatning
anglanmagan qo‟zg‟atuvchilari (anglanmaydigan motivlar va ma‟noli
mayllar). Bu sinf hodisalari sub‟ektning gipnotik holatdan chiqqandan
so‟ng hulq-atvorini tadqiq qilishda aniqlangan edi;
- faoliyat
kechishining yo‟nalishli va barqaror bo‟lishini
ta‟minlaydigan,
uning
bajarilish
usullarining
anlanmaydigan
boshqaruvchilari (operatsional mayllar va avtomatlashtirilgan hulq-
atvor stereotiplari). Ular avtomatlashtirilgan va ixtiyorsiz harakatlarning
boshqarilishi, masalan, masalalar yechish jarayoni asosida yotadi va
anlanmagan tarzda oldindan seziladigan hodisalar va bo‟lib o‟tgan
o‟xshash vaziyatlardagi hulq-atvorning o‟tmish
tajribasiga tayanadigan
harakat usullari obrazlariga bog‟liq bo‟ladi;
- quyi sensor idrokning ifodalanishi.
Falsafada birinchi bo‟lib ongsizlik haqidagi tasavvurlar sub‟ekt
ongida mavjud bo‟lmagan psixik jarayonlar, usullar va holatlar
yig‟indisi sifatida XVIII asrda G.V. Leybnits tomonidan ifodalangan
edi.
XIX asrda ongsizlik
psixologik
tadqiqotlarning
predmetiga
aylandi (I.F. Gerbert, G.T. Fexner, V. Vundt). Uni o‟rganishga XIX asr
oxirida psixopatalogiya sohasida bajarilgan Z. Freyd ishlari turtki
berdi. Uning fikriga ko‟ra ongda mavjud bo‟lmagan ongsizlik psixik
mazmun sifatida unga katta ta‟sir ko‟rsatadi.
Z. Freyd nazariyasiga binoan inson psixikasida uch soha: ong,
ongosti va ongsizlik mavjud. Ong darajasiga u inson tomonidan
anglanadigan va nazorat qilinadiganlarning barchasini kiritgan. Ong osti
sohasiga Freyd yashirin yoki latent bilimlarni kiritgan edi. Bu insonga
tegishli bo‟lgan, lekin ayni vaqtda ongda mavjud bo‟lmagan
bilimlardir. Bilimlar
muayyan
rag‟batning
yuzaga
kelishida
dolzarblashtiriladi, masalan, Yer - sayyora. SHunday qilib, ong – bu
muztog‟ning ko‟zga ko‟rinayotgan qismi,
uning katta qismi esa inson
tomonidan anglangan nazoratdan yashirilgan.
Ongsizlik sohasi, Freyd bo‟yicha, umuman boshqa xossalarga
ega. Ulardan biri bu sohaning mazmuni anglanmasligidan, lekin hulq-
atvorimizga katta ta‟sir ko‟rsatishidan iborat. Ongsizlik sohasi
harakatchandir. Boshqa
xossasi
ongsizlik
sohasida
joylashgan
axborotning ongga qiyinchilik bilan o‟tishidan iborat. Bu ikki
mexanizm: siqib chiqarish va qarshilik ko‟rsatishlarning faoliyati bilan
tushuntiriladi.
Ongsizlik sohasini Z. Freyd, ong bilan kelishmaydigan motivatsion
energiya
manbai
deb
hisoblagan
edi. Ijtimoiy
sohadagi
taqiqlar, Freydga
ko‟ra, ong «nazorat»ini
hosil
qiladi, nevrotik
asabiylashishlarda namoyon bo‟ladigan ong
osti mayllar energiyasini
susaytiradi. Individ nizoli vaziyatlardan xalos bo‟lishga intilib, himoya
mexanizmlari – siqib chiqarish, sublimatsiya (o‟rin olish), omilkorlik
va regressiyaga murojaat qiladi.
SHunday qilib, insonning psixik faoliyati, uning psixikasi bir-biri
bilan o‟zaro bog‟liq bo‟lgan uch daraja: ongsizlik, ong osti va
onglilikda faoliyat ko‟rsatadi. Psixik faoliyatning ongsizlik darajasi
tug‟ma instinktiv-refleksga asoslangan
faoliyat hisoblanadi; ong osti
darajasi
– ma‟lum
individ
tajribasidagi
hulq-atvorining
umumlashtirilgan,
avtomatlashtirilgan
bir
qolipdagi
nusxalari –
malakalari, ko‟nikmalari, odatlari, ichki tuyg‟ulari.
Tush
ko‟rish,
affekt, vahima,
gipnoz, ishonch, umid, sevgi, turli ko‟rinishdagi parapsixik
hodisalar (bashorat
qilish,
telepatiya,
ekstrasensor hodisalar),
fobiyalar, qo‟rquvlar, asabiy xayollar, o‟z-o‟zidan paydo bo‟ladigan
xavotirlanish va oldindan quvonchni sezish – sanab o‟tilgan bu hodisalar
anglanmaydigan va ong osti hodisalari hisoblanadi.
Anglanmaganlik
mezoni
hisob
berilmasligi,
ixtiyorsizligi,
noverballigi hisoblanadi (so‟z bilan ifodalanmaganlik).
Ong
egasi
bo„lgan
inson
motivatsiyalangan
harakatlarni
bajarishga,
ko„zlangan
maqsadga
erishishga yoki ma‟lum vazifani bajarishga qodir, chunki inson o„zining
hulq-atvori yoki holatini anglaydi va nazorat qiladi. SHunday bo„lsa
ham, odam psixikasi uchun ob‟ekt tomonidan anglanish darajasiga ko„ra
farqlanadigan psixik jarayonlar va hodisalarning ikki katta guruhi
xosdir. Inson ongida kechishi yoki ifodalanishi qisman aks etuvchi
psixik jarayonlar va hodisalar. Bunday jarayonlar anglanmagan
jarayonlar guruhiga taalluqlidir.
Barcha anglanmagan psixik jarayonlar uch bo„limga ajratiladi: ongli
harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari,
ongli harakatlarning
anglanmagan qo„zg„atuvchilari va «ong usti» jarayonlari.
O„z navbatida, ongli harakatlarning anglanmaydigan mexanizmlari
bo„limi uch sinfga bo„linadi: anglanmaydigan avtomatizmlar;
anglanmaydigan mayl hodisalari; ongli harakatlarning anglanmaganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: