Android arxitekturasi
Android Runtime. Android Java kutubxonalarida mavjud bo'lgan ko'p funktsiyalarni ta'minlaydigan asosiy kutubxonalar to'plamini o'z ichiga oladi. Har bir Android dasturi o'z Dalvik virtual mashinasining nusxasi bilan ishlaydi. Qurilma bir vaqtning o'zida bir nechta virtual mashinalar bilan samarali ishlashi uchun Dalvik virtual mashinasi yaratilgan.
Dalvik Android platformasi uchun maxsus ishlab chiqilgan. Virtual mashina mobil qurilmalar kam xotira sarflab ishlashi uchun optimallashtirilgan. Android dasturlari kompilyator tomonidan quyi darajadagi kodga tarjima qilinadi va Dalvik platformada ishga tushiriladi. Bundan tashqari, Android SDK-ga kiritilgan maxsus dastur yordamida Dalvik Java bayt kodlarini o'z formatidagi kodlarga aylantira oladi va ularni virtual muhitida ishga tushiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |