Mavzu. Amonaviy jahon iqtisodiy munosabatlari tizimida mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshliligi



Download 1,02 Mb.
bet2/2
Sana02.08.2022
Hajmi1,02 Mb.
#846286
1   2
Bog'liq
22 мавзу

Raqobatbardoshlik


serqirra tushuncha bo’lib, unga juda ko‘p omillar ta'sir ko’rsatadi.
Tadqiqot maqsadlariga qarab asosiy omillar va ularning miqdorlarini xisoblash usullari tanlab olinadi.
Masalan, firmaning raqobatbardoshligi darajasini baxolashda tarmoq bozorida raqobat kurashi jadalligini belgilaydigan omillar taxlil uchun asos sifatida xizmat qiladi.
Bunday omillarga quyidagilar kiradi:
1. Raqobatchi firmalar soni va ularning qiyosiy quvvati. Bu omil raqobat kurashi darajasiga xal qiluvchi ta'sir ko’rsatadi. Bozorda quvvati taxminan teng bo’lga n firmalar ishtirok etgan rollarda raqobat jadalligi kuchli namoyon buladi. Agar boz orda bir qancha yirik kompaniyalar mavjud bo’lsa kichikroq firma tang axvolda qoladi.
2. Raqiblar xarakatlarining diversifikatsiyalashuvi darajasi kompaniyalarning soni va ko’lami asosidagi raqobat tavsifini to’ldiradi. Bu omil raqobatchi firmalarning mustaqil yoki sheriklar jalb etgan xolda ish va xizmatlarning keng kompleksini amalga oshirish, tarmoq maxsulotlarining xar xil turlarini ishlab chiqarish qobiliyatini aks ettiradi. Bozorda bunday raqobatchilarning ko’p bo’lishi maxsulotning muayyan turi yoki bozor segmentida ixtisoslashgan firmalarning ular bilan to’qnashuvi muqarrar ekanligidan dalolat beradi.
3. Bozordagi talab xajmini o’rganish. Bu omil yuqoridagi ikki omilning ta'sirini kuchaytiradi yoki susaytiradi. Talab kengaygan hollarda raqobat miqyosi pasayadi; aksiycha, talabning qisqarishi raqobatni, hatto dastlab uning darajasi past bo’lgan xolda ham, kuchaytiradi.
4. Maxsulotning tabaqalashuvi darajasi. Umumiy marketing nazariyasidan ma'lumki, mahsulotning tabaqalanish darajasi naqadar yuqori bo’lsa, boshqa holatlar teng bo’lgan sharoitlarda bozorda raqobat darajasi shu qadar sust bo’ladi. Xar bir ishlab chiqaruvchi o’z mahsulotini ayrim alohida bir segmentga taklif etganida raqobat eng past darajaga tushadi. Aksincha, barcha ishlab chiqaruvchilar jami xaridorlar uchun bir - xil darajada mo’ljallangan o’xshash maxsulotlar ishlab chiqarsa, ular o’rtasidagi raqobat g‘oyat kuchayadi.
5. Iste'molchilarning bir ishlab chiqaruvchidan boshqasiga kuchishi xarajatlari. Bir firma xizmatidan foidalanib kelgan iste'molchi vaqt o‘tishi bilan muayyan sabablarga ko’ra boshqa firma xizmatidan foydalanishni ixtiyor qilib qolishi mumkin. Bunday xollarda ko’chishda ko’p chiqimdorlik raqobat darajasini pasaytirishga oliv kelishi mumkin. Aksincha, past ko’chish xarajatlari turli kompaniyalar ish va xizmatlari texnologiyasining yuksak darajada bir xillashganligi tufayli raqobat kurashini avj oldiradi. Shu sababli garchi bu borada iste'molchi talabining o’ziga xosligiga e'tibor berilsa-da, raqobatni taxlil etishda bu omil albatta xisobga olinishi zarur. Chunki ko’pgina xollarda xaridorlar mukammalroq maxsulot va xizmat turlarini olish uchun qo’shimcha xarajatlarga boradilar.
6. Bozordan chiqib ketish to’sig‘lari va ularning darajasi. Ma'lumki, kompaniyalarning boshqa tarmoq bozorlariga ko’chishi yoki biznesning shu soxasidan chiqishi katta xarajatlar bilan bog‘liq tarmoqarda raqobat kuchli. Bunday xarajatlarga, masalan, asosiy aktivlarni tugatish yoki sotish bilan bog‘liq xarajatlar, savdo-sotiq tarmog‘idan maxrum bo’lish, tovar yetkazib beruvchilar va boshqa sheriklarni almashtirish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarishni qayta tashkil etish bo’yicha chiqimlar va boshqalar kiradi. Tarmoq bozoridan ketish to’sqlari ko’p bo’lmagan tarmoqlarda, shuningdek keng profildagi kompaniyalar bir bozordan boshqasiga erkin o’ta oladigan hollarda xam raqobat juda past bo’ladi.
7. Bozorga kirib kelish va uning darajasi. Bu omil yuqoridagi omil bilan chambarchas bog‘langan, ammo unga zid tarzda amal qiladi. To’siqlarning ko’payishi raqobatni pasaytiradi yoki aksincha. Yuqorida ko’rib o’tganimizdek, bu o’rinda kapital sarflarga extiyoj, yangi subpudratchilar, jixoz-uskunalar yetkazib beruvchilarni topish, buyurtmachi va sheriklar bilan yangi aloqalarni barpo etish omillari muxim axamiyatga ega. Texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish soxasida patentlar va "nou-xau" sotib olish muxim axamiyat kasb etadi. Texnologiya turlari, foydalanish xususiyatlari va boshqa omillar bo’yicha tabaqalashuv qancha yuqori bo’lsa, bozorga kirib kelish tusiqlari xam shu qadar ko’p bo’ladi.
8. Yondosh tarmoq bozorlaridagi vaziyat. Yondosh tarmoq bozorlaridagi kon'yunktura va raqobatni o’rganish ayrim bir tarmoq bozoridagi raqobat darajasini belgilaydi. Ko’pgina hollarda tarmoq bozoridagi raqobat darajasini taxlil qilishni umuman tovar bozoridagi raqobat darajasini taxlil qilishni boshlaydilar. Umumiy raqobat darajasining kuchayishi, yondosh bozorlardagi yuqori raqobat darajasi, ushbu tarmoq bozoridagi raqobat darajasini ko’taradi.
9. Raqiblar strategiyasidagi farqlar. Raqiblar strategiyasini tadbiq etish Raqiblarning strategik maxsulotlaridagi umumiylik yoki tafovutlarni aniqlash maqsadlarida o’tkaziladi. Agar ko’pchilik raqobatchi firmalar bir xil strategiyaga amal qilayotgan bo‘lsa, raqobat darajasi kuchaytiriladi. Aksincha, ko’pchilik yetakchi firmalar turli strategiyani qo’llagan sharoitlarda raqobat darajasi nisbatan pasayadi.
Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish