Mavzu amir Temurning harbiy yurishlari va harbiy san’ati. O‘quv savollari



Download 74,59 Kb.
bet6/8
Sana12.03.2022
Hajmi74,59 Kb.
#492081
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAVZU

2. Amir Temurning harbiy mahorati.
Amir Temurning sarkardalik iste’dodi uning To‘xtamishga qarshi va Hindistondagi yurishlari chog‘ida, hamda turk sultoni Boyazid Yildirimga qarshi kurashlarida yaqqol namoyon bo‘ldi.
Amir Temurning To‘xtamishxonga qarshi yurishlari. Amir Temur Oltin O‘rdaning qanday xavf solib turganidan boxabar edi. U Jo‘chi ulusida sodir bo‘layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib turdi. 1360 yildan 1380 yilgacha, ya’ni 20 yil ichida Oltin O‘rdada 25 ta xon almashdi. Oq O‘rdaning hukmdori O‘risxon 1375 yilda Jo‘chi ulusining ikki qismi–Oltin O‘rda va Oq O‘rdani birlashtirishga qaror qildi. O‘rdalar birlashib Amir Temur davlatiga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin edi. Bu xavfni oldini olish uchun Amir Temur yuzaga kelgan vaziyatdan mohirlik bilan foydalandi.
Oq O‘rdaning o‘zbek amirlaridan biri To‘y Xo‘ja o‘g‘lon Oltin O‘rdaga qarshi harbiy yurishga ishtirok etishdan bosh tortganligi uchun O‘risxon tomonidan o‘ldirildi. To‘y Xo‘ja o‘g‘lonning o‘g‘li To‘xtamish o‘g‘lon 1376 yilda Oq O‘rdadan qochib Samarqandga keldi.
Amir Temur undan O‘risxonga qarshi kurashish uchun foydalanishga qaror qildi. Amir Temur To‘xtamishni Jo‘chi ulusida uning siyosatini yurgizuvchi kishi bo‘ladi deb o‘ylagan edi. Lekin buning aksi bo‘lib chiqdi. Amir Temurning yordami bilan Oq O‘rdaning xoniga aylangan To‘xtamish O‘risxonning izidan bordi, ya’ni u Jo‘chi ulusini birlashtirishni va qudratli Oltin O‘rdani yaratish uchun kurashni boshladi. Oq O‘rdaning hukmdoriga aylangan To‘xtamish (1377 y.), o‘zining raqibi va soxta xon Mamayxonning Kulikovo dalasida rus knyazi Dmitriy Donskoydan chekkan mag‘lubiyatidan foydalanishga qaror qildi va shu yili Kalka daryosi yoqasida Mamayxonning qolgan­qutgan qo‘shinini tor­mor etdi. Bu g‘alabadan keyin To‘xtamish Oltin O‘rdaning oliy hukmdori–xoni bo‘ldi va Jo‘chi ulusining ikkala qismini birlashtirishga kirishdi.
Amir Temur bilan shijoatli va makkor To‘xtamish o‘rtasidagi kelishmovchiliklar ochiqchasiga kurash tusini oldi.
To‘xtamish O‘zbekxon davridagi (1312–1320 y.) Oltin O‘rdaning qudratini tiklashga harakat qildi. YAngi erlarni zabt etish uchun u harbiy yurishlarni boshladi. 1386 yilda To‘xtamishning qo‘shini Ozarbayjonga bostirib kirdi. U Tabrizni zabt etdi, Ozarbayjonning ko‘pgina shaharlari talon­taroj qilindi va vayronaga aylantirildi.
Amir Temur o‘z davlatiga shimoliy qo‘shnisi–Oltin O‘rda qanday xavf solib turganini tushunib etgan edi. Movarounnahrga shimol tomondan xavf rahna solib turgan ekan Amir Temur hech qanday yurishlarni amalga oshira olmas edi.
1387–1388 yillarda Amir Temurning Movarounnahrda yo‘qligidan foydalangan To‘xtamish davlat ichkarisiga hujum boshladi. Yo‘lda uchragan kichik qo‘shin guruhlarini yakson etib, To‘xtamish Samarqand va Buxoro viloyatlari hududiga bostirib kirdi. SHaharlar oltino‘rdaliklar tomonidan qurshab olindi. Bu vaqtda Eronda turgan Amir Temur 30 minglik qo‘shinni Movarounnahrga yordamga jo‘natdi, o‘zi ham shoshilinch ravishda vataniga qaytdi. To‘xtamish chekindi, lekin u Xorazm hukmdori Sulaymon So‘fini Amir Temurga qarshi kurash uchun o‘ziga birlashishga ko‘ndirdi. Bu voqealar Sohibqironni 1388 yilda Xorazmga beshinchi–oxirgi yurishni amalga oshirishga majbur qildi. U Urganchni bosib oldi va So‘fi sulolasi hukmdorligini tugatdi.
To‘xtamishning Samarqand va Buxoroga yurishi Amir Temurda, bu kurash alohida hududni bosib olish istagi uchun emas, balki To‘xtamishni Sohibqironning siyosatiga qarshi yo‘naltirilgan kurashining ifodasi ekanligiga shubha qoldirmadi.
Amir Temurning To‘xtamishga qarshi uchta yurishidan (1389, 1391, 1395 y.) ikkita oxirgisi, ayniqsa 1395 yilda uni Terek daryosi bo‘yida tor­mor etilishi harbiy san’atning rivojlanishi nuqtai­nazaridan katta e’tiborga sazovordir.
1391 yilning qishida Sohibqiron To‘xtamish tomonidan kutilayotgan xavfni bartaraf etishga va Oltin O‘rdaning Misr mamluklari bilan birga Temur davlatiga qarshi ittifoq tuzishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaror qildi. U To‘xtamishga qarshi yurishni boshlash uchun qo‘shinni to‘plashga farmon berdi. Qo‘shin uchun oziq­ovqat zaxiralari to‘plandi. Yig‘ilgan qo‘shin Samarqanddan chiqib, Xo‘jand shahri yaqinida qurilgan ko‘prikdan Sirdaryoni kechib o‘tdi. Toshkentda Temur o‘z qo‘shinining ko‘rigini o‘tkazdi. Jangchilarga kerakli qurol­yarog‘lar va anjomlarga ega bo‘lishliklariga buyruq berildi. 1391 yilning 19 yanvarida qo‘shinning ko‘rigi vaqtida Amir Temur Jo‘chi ulusiga urush e’lon qildi. U o‘z qo‘shinini safar tartibiga safladi va har bir kolonnaga yo‘lboshchilarni tayinladi.
Oldinda ikki yuz minglik qo‘shin bilan cho‘lu­biyobondan o‘tishdek mashaqqatli yurishni amalga oshirish masalasi turar edi. CHo‘ldan 2500 kilometr masofani bosib o‘tish kerak edi. Amir Temur vaziyatni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqdi va shunday yo‘lni tanladiki, bu yo‘l harakat davomida dushmandan xavfsizlikni ta’minlardi va shu bilan birga qo‘shinni g‘anim bilan to‘qnashgunga qadar sezdirmas edi. Amir Temurning qo‘shini YAssi (Qozog‘istondagi hozirgi Turkiston), Qorchiq, Sabron orqali harakatlanib, keyin Sariuzenga (Sarisu daryosi) chiqdi, u erdan Kichik tog‘ va Buyuk tog‘ (Oltin CHoku – Qozog‘istondagi Oltin dovon tog‘ yonbag‘irlari bo‘yidagi hozirgi Karsakpay kareri) yon bag‘irlariga etib keldi.
Uch oylik safardan keyin qo‘shinda oziq­ovqatning tanqisligi sezilib qoldi. SHuning uchun Amir Temur oziq­ovqat taqsimotini qat’iy chekladi va bitta jangchiga 2 oyga 10 kg atrofida un beriladigan bo‘ldi.
1391 yilning mayida Amir Temurning qo‘shini Tobol daryosi qirg‘og‘iga etib keldi. Tobol shahriga etguncha qo‘shin sezdirmasdan, yashirincha harakatlanib keldi. Bu hol Amir Temurni yirik armiyaning harakatini To‘xtamishdan yashirishga muvaffaq bo‘lganligidan dalolat beradi. Uzoq va mashaqqatli yo‘l bosib o‘tilganidan keyin qo‘shinga dam olish va ov qilish uchun ruxsat berildi. Tobolga etib kelgunga qadar Sohibqiron dushman to‘g‘risida hech qanday ma’lumotga ega emas edi. To‘xtamishning qo‘shini tomonidan buzib tashlangan Tobolning kechib o‘tish joylari tiklandi va qo‘shin daryodan kechib o‘tdi. Kuchini tiklab olganidan keyin qo‘shin Ural daryosi tomonga harakatlandi. To‘xtamish Ural daryosining ortida kechib o‘tish uchun qulay bo‘lgan uchta joyda oldindan pistirmalarni tashkil etdi. Amir Temur tajribali va mohir sarkarda sifatida hushyorlikni yo‘qotmasdan u tomonga qo‘shinni boshlamadi, aksincha qo‘shin bu kechuv joylaridan ancha yuqoridan daryodan suzib o‘tdi. U To‘xtamishning pistirma qo‘yib, o‘sha erda o‘z qo‘shini bilan turganini va Oltin O‘rda beklari odatda yoz oylarini o‘tkazadigan Azovdan va boshqa joylardan yordam kuchlari etib kelishini kutayotganini bilar edi.
Ural va Volga daryolari oralig‘i To‘xtamishning qo‘shini uchun qulay joy bo‘lib hisoblanar edi, chunki bu erda pistirmalar qo‘yish mumkin bo‘lib, ta’qib qilib kelayotgan tomonga qarshi holdan toydiruvchi kichik urushlarni olib borish mumkin edi.
Amir Temur dushmanning o‘ng qanotini aylanib o‘tishga qaror qildi, shu bilan u To‘xtamishning poytaxtga chekinish yo‘lini va kutilayotgan madad kuchlari yo‘nalishini kesib qo‘yishi, hamda uni joy sharoitlaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum qilishi mumkin edi. SHu bilan birga ushbu manyovr dushmanni jangga kirishga majbur etar edi.
Sohibqiron o‘z qo‘shinini Samara daryosining quyi oqimi bo‘ylab emas, yuqoridan Samaraning Iyk daryosiga quyilish joyiga o‘tkazdi. Ko‘prikdan avangard (manglay), keyin markaz (qo‘l) o‘tkazildi. Qo‘shinning o‘ng va chap qanotlari (barang‘or va jarang‘or) daryodan suzib o‘tdi.
Dushmanning to‘satdan beradigan zarbasini oldini olish uchun Amir Temur jangchilarga o‘z qismlarini tark etmaslikka, katta va kichik qalqonlarni tayyorlashga, lagerni xandaqlar qazib o‘rab olishga, doimo razvedkani olib borishga, gulxanlar yoqmaslikka buyruq berdi. Lagerni qo‘riqlash uchun u 30 mingta jangchilarni tayinladi, ular lagerning atrofini patrullik yo‘li bilan qo‘riqlab turdilar. Oltin O‘rda jangchilarining keyingi chekinishlariga yo‘l qo‘ymaslik uchun Amir Temurning kichik otryadlari yolg‘ondakam harakatlari bilan dushmanning bo‘linmalari va qismlarini pistirmalarga tushirdilar.
1391 yilning 18 iyunida Qunduzcha daryosi bo‘yida (Rossiya hududidagi hozirgi Samara viloyati) Amir Temur va To‘xtamishning qo‘shini o‘rtasida jang bo‘lib o‘tdi. Bu jangda har ikkala tomondan taxminan 400 ming jangchi qatnashdi va bu jang o‘sha davrning eng yirik janglaridan biri bo‘ldi.
Amir Temur armiyasining ushbu jangdagi jangovar tartibi Nizomiddin SHomiy va SHarofiddin Ali YAzdiyning asarlarida to‘lig‘icha aks ettirilgan. U Sohibqironning shaxsan o‘zi tomonidan tuzilgan edi. Amir Temur birinchi bo‘lib jangovar tartibni «etti qo‘l», ya’ni korpuslar usulida tashkil etdi, shu vaqtgacha hech kim bunday jangovar tartibni qo‘llamagan edi. Ali YAzdiy bu to‘g‘risida shunday yozadi: «Hukmdor o‘zi yurib qo‘shinni etti qo‘l tartibida safladi. SHu paytgacha hech bir podshoning qo‘shinni bunday saflaganini eshitmaganman». YAna uning ma’lumot berishicha g‘animning qo‘shini Amir Temurning qo‘shiniga qaraganda bir nechta koshunga (500 ta kishiga ega bo‘lgan harbiy bo‘linma) ko‘p edi.
Amir Temur qo‘shinining jangovar tartibi quyidagicha edi. Markazda saflangan qo‘lga amir Sulaymonshoh qo‘mondonlik qildi. Bu qo‘lning ortidan mirzo Muhammad Sulton boshchiligidagi ikkinchi qo‘l saf tortdi. Barang‘orda Mirzo Mironshohning qo‘li saflandi, Xo‘ja Sayfiddinning qo‘li kunbul rolini bajarib o‘ng qanotda saflandi. Juvong‘or mirzo Umarshayxning qo‘shinidan tashkil topdi. Kunbul sifatida – chap qanotda Berdibek Saribugning qo‘li joylashdi. Qo‘shin jangovar tartibining markazi avangard (manglay) tomonidan to‘sib turildi. Qo‘lning front ortida Oliy Bosh Qo‘mondon Amir Temurning Stavkasi bilan chag‘dovul joylashdi. Amir Temur qo‘mondonligidagi 20 minglik qo‘shin zaxiraga ajratildi. Bu zaxira kuchlari jangning natijasi uchun hal qiluvchi rol o‘ynadi.
Qarama­qarshi tomonda xon To‘xtamish o‘z qo‘shinini besh qismga bo‘ldi, ularga ko‘zga ko‘ringan sarkardalar va Dashti Qipchoqning bahodirlari qo‘mondonlik qildilar. Jangdan oldin Amir Temur ruhiy hujumni qo‘lladi. Dushmanning xurofot tuyg‘usiga ta’sir o‘tkazish va o‘z qo‘shinida dushmanga nafrat uyg‘otish uchun u nabirasi Mirzo Abubakir otryadiga chodirlar qurish va qozonlarda ovqat pishirishga buyruq berdi. Bular hammasi dushmanni shunday esankiratib qo‘ydiki, u turgan joyida qotib qoldi.
Jang uch kun davom etdi. Avval amir Xo‘ja Sayfiddin To‘xtamishning juvang‘origa hujum qildi va uni chekinishga majbur etdi. Oltin O‘rdaliklarning boshqa qismlari amir Xo‘ja Sayfiddinning hamlasini to‘xtatdi va uni qo‘shinini siqib kela boshladi. Dushmanning rejasini anglab etgan amir Jahonshoh o‘z qo‘shini bilan To‘xtamish qo‘shinining o‘ng qanotini to‘xtatib qoldi.
Mirzo Umarshayx dushmanning barang‘origa qarshi hujumga o‘tdi. To‘xtamish Sohibqiron qo‘shinining markaziga hujum qilishga botina olmadi va asosiy zarbani Amir Temur qo‘shinining chap qanotiga berishga qaror qildi. Uning shaxsan o‘zi bu hujumga boshchilik qildi. Jangning oxirida Oltin O‘rdaliklarning qo‘shini Sohibqiron qo‘shinining chap qanotini yorib o‘tdi va front ortidan qurshab olish xavfini tug‘dirdi. YUzaga kelgan vaziyatni hisobga olib Amir Temur o‘zining qismlari–zaxirani jangga kiritdi va u jangning natijasini Sohibqironning foydasiga hal qildi. Amir Temurning zaxirasi yorib kirgan Oltin O‘rdaliklarni tor­mor etdi. Qo‘shinining zarbdor qismi yakson etilganidan keyin To‘xtamishxon o‘z mag‘lubiyatini tan olishga majbur bo‘ldi. Jang avjiga chiqqan paytda To‘xtamishning bayrog‘i ag‘darilib tashlandi va uning qo‘shini qocha boshladi.
Tor­mor etilgan To‘xtamishning qo‘shinini ta’qib etish uchun Amir Temur har bir o‘nlikdan ettitadan jangchini ajratishga buyruq berdi. Ta’qib Volga daryosi bo‘ylarigacha olib borildi va shunday shijoat bilan tez olib borildiki, To‘xtamishning qo‘shini o‘z bayrog‘i qaerda ekanligini ko‘rmay, qaerda yig‘ilishni bilmay tarqalib ketdi, uning bir qismi qurol zarbidan halok bo‘ldi, ikkinchi qismi daryoga cho‘kib ketdi.
Dushmanni yakson qilib va katta o‘ljani qo‘lga kiritgan Amir Temur o‘z qo‘shini bilan Samarqandga qaytib keldi (1391 yilning oktyabr oyi oxirida).
Bu harbiy yurish va jangning asosiy natijasi va ta’limi quyidagilardir:
Amir Temurning qo‘shini og‘ir va murakkab sharoitlarda rejalashtirilgan yurishni amalga oshirdi, bunda faqat cho‘l hududlaridan bosib o‘tilgan yo‘l 2500 kilometrdan oshib ketdi.
Amir Temur qo‘shini safarning og‘ir va harakatlanish qiyin bo‘lgan uchastkalaridan dushmanga sezdirmasdan o‘tdi.
O‘zining mohirona manyovrlari bilan Amir Temur To‘xtamishning qo‘shinini, Azov bo‘ylaridan qo‘shimcha madad kuchlari kelishi ehtimoli bo‘lgan janub tomondan kesib qo‘ydi.
Sohibqiron o‘zining mohir harakatlari tufayli To‘xtamishni katta jangga kirishga majbur etdi va shu bilan uni og‘ir safarni amalga oshirgan Amir Temur qo‘shinini holdan toydirishga qaratilgan kichik urushlarni olib borish imkoniyatidan mahrum etdi.
Safar chog‘ida Amir Temur armiyasi katta va kichik suv to‘siqlaridan kechib o‘tdi. Bunda sayoz kechuv joylaridan (brodlar), ko‘priklardan va suzib o‘tish usulidan foydalanildi.
Qunduzcha jangida Amir Temur birinchi bo‘lib o‘z qo‘shinini etti qismga bo‘lishdek yangi jangovar tartibni qo‘lladi. Qudratli zaxira ham ajratildi.
Jangdan oldin Sohibqiron dushmanning ruhiy ma’naviyatiga putur etkazishga qaratilgan ruhiy hujumni o‘tkazdi.
Jangning natijasini zaxirani jangga kiritilishi va Amir Temurning qanotdan bergan qudratli zarbasi hal qildi.
Dushmanni ta’qib etish shunday shiddat bilan olib borildiki u bir joyga yig‘ilishga ulgurmasdan tarqalib ketdi yoki tor–mor etildi.
Lekin Oltin O‘rdaning qudrati to‘lig‘icha yakson etilmadi. To‘xtamishxon o‘z kuchini tiklab olish uchun hali katta zaxiralarga ega edi. hal qiluvchi jang hali oldinda ekanligiga hech qanday shubha qolmadi.
1391 yilda Amir Temurning Oltin O‘rdaga yurishi va uning To‘xtamish ustidan qozongan g‘alabasi davlatning shimolida faqatgina vaqtinchalik osoyishtalikni ta’minladi. To‘xtamishning asosiy iqtisodiy bazalari quyi Volgabo‘yida – Saroy va hoji Tarxonda joylashgan bo‘lib, Amir Temur ushbu yurish chog‘ida ularga tegmadi. Mana shu bazalarga va SHimoliy Kavkazda, Qrim, Azov va boshqa joylardagi bazalariga tayanib To‘xtamish tezda zarbadan o‘ziga keldi va oldingi harbiy qudratini tiklab oldi. XIV asrning oxirida u Amir Temurning ashaddiy dushmaniga aylandi.
1394 yilning kuzida Amir Temur qo‘shinining SHimoliy Ozarbayjonda ekanligidan foydalanib, To‘xtamish Darband orqali SHirvonga bostirib kirdi va uni talashni boshladi. Bundan xabar topgan Sohibqiron yangi urushga tayyorgarlik ko‘ra boshladi. Amir Temurning qo‘shini Kura daryosining qirg‘og‘i bo‘ylab yurishni boshladi. Oltin O‘rda qo‘shini chekindi.Oldinda jarong‘orga ega bo‘lgan Amir Temurning qo‘shini Darbanddan o‘tdi.
Mojaroni tinchlik yo‘li bilan hal qilishga uringan Sohibqiron To‘xtamishning qarorgohiga elchilarni yubordi. O‘z maktubida Amir Temur To‘xtamishni mulohazali bo‘lishga, so‘zga kirmoqqa va itoatli bo‘lishga chaqirdi va bu o‘z navbatida oldingi do‘stlikni tiklanishining kafolati bo‘lishini uqdirdi.
Oldiniga To‘xtamish yarashish ishtiyoqini bildirdi, lekin o‘zining bir to‘da «nodon, kaltafahm va bechora» beklarining so‘zlariga kirib rad javobini berdi va bu hol urushning boshlanishi muqarrarligidan darak berar edi.

Download 74,59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish