Mavzu: Amir Temur o’gitlarining tarbiyaviy ahamiyati. Reja



Download 34,89 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2021
Hajmi34,89 Kb.
#68791
1   2
Bog'liq
PEDAGOGIKA

Ikqinchi sifat: «Men har doim Islomga qat’iy rioya qildim va Alloh Taoloning amri bilan ulug‘langan' shaxslarga hurmat bilan qaradim».
Uchinchi sifat: «Men kambag‘allarga ko‘p xayr-ehsoi qildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to‘g‘ri hal qilishga butun jahdimni sarf qildim».

To‘rtinchi sifat: «Xaloyiqqa rahm> qildim, barchaga naf’ etkurdim. Bunda birovga noxak ozor etkazmadim va mendan yoshshm so‘rab kyolganlarni ko‘kragidan itarmadim. Qur’ondagi parvardigorning Allohning amriga bo‘ysunish va xalqiga shafqat qilish darkor, degan oyatini: o‘zvmga farz bilib, uqib oldim va umr bo‘yi barcha yumushlarimda unga amal qildim».
Beshinchi sifat: «Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik.va dunyovyy ishlardan ustun qilib keldim. Avval tangriga itoatni ado etib bo‘lgandan qyoyyngina qundalik ishlarga qo‘l urdim».
Oltinchi sifat: «Barcha so‘zlarimda donm haqiqatgo‘ylikka amal qildim. Bu dunyo va u dunyo haqidagy eshitganlarimdagi haqiqatni yolg‘ondan ajrata bildim».
Ettinchi sifat: «Men har kimgaki, va’da bersam, unga vafo qildim. Hargiz va’daga xilof ish qyalmadim. Men doimo va’dalarimni aniq bajarsam, shundagina odil bo‘lishimni va kimsaga jabr etkazmasligimni angladim».
Sakkizinchi cifat: «Doimo o‘zimni Allohning erdagi mulkining posbony -deb byldim va parvardigorning iznisiz uni sarf etmadim. Tangrining irodasisiz uning bandalarining hech biriga zarar etqazmadim. Oliy martabadagilarga ham, fuqaroga ham birdeq xayriya qilishga intildim. Men hech qachon birovning mulkiga ega bo‘lishga intilmadim va, shuningdek, hech qachon ko‘proq boylik orttirishga haraqat qilmadim. Hech qachon birovga hasad bilan qaramadim. Bu borada Amir, Husayn bilan bo‘lgan voqea menga ibratli bo‘ldi. O‘z fuqarolarining molmulkiga nisbatan ochko‘zligi pirovardida uni halokatga olib keldi».
To‘qqiziichi sifat: «Men har doym tangrining amrini va uning payg‘ambar Muhammad alayhissalomning hadislarini to‘la ado etishga intildim. Barcha qilmishlarimda shariat yo‘sunlariga butqul amal qildim va nopok ishlardan. butun vujudim
bilan o‘zimni tiydim. Payg‘ambar va uning sahobalarini o‘zimning yagona va eng yaxshi do‘stlarim deb bildim».
Uninchi sifat: «Men har doim nnsof bayrog‘ini baland ko‘tardim va iymon tarqatishni o‘z buyukligimning qudratli zamini deb bildim. Men inson bir onadan tug‘ilgan deb shshonganman. SHuning uchun mustahkam qudratga tayangats qudrat, buyuk bo‘ladi».
Un birinchi sifat: «Men doim saidlarga ehtirom bilan qarardim, ulamo va shayxlarni e’zozlardim. Bu kishilarnn doimo majlislarimga chaqirardim. Ularni din masalasi yuzasndan aytganlarini diqqat bilan tinglab olardim va unga amal qilardim. SHuning uchun menga nisbatan xalqning mehry- baland edi va hamma mendan minnatdor edi».
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Sohibqiron Amir Temur o‘gitlarini uning mohiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
a) din va shariat;
b) davlat va uny idora etish;
v) kengash o‘tkazish;
g) podsho va vazkrlar.
Axloq va odob haqidagilarga quyidagilar kiradi:
adolat va adolatsizlik;
so‘z va ishning birligi;
do‘st va dushmanlik;
botirlik va qo‘rqoqlik;
so‘z va shirmnsuxanlik.
Amir Temur o‘gyt-nasihatlarini yuqoridagicha taxminiy guruhlarga ajratish, bu o‘gitlar va nasihatlarni kelib chiqish sabablari va ularni mohiyatini chuqur tahlil qilish imkoniyatini beradi.

Islom dini va shariat qonunlari haqidagi o‘git-nasihatlar.
Amir Temur o‘z faoliyatida Islom dini va shariat qonunlariga qattiq amal qilgan. Buning asosiy sababi islom dini va shariat qonuilariga xalqning e’tiqodi pihoyatda baland bo‘lishidir.
Amir Temur o‘zining yoshligida SHayx Xo‘ja Zayniddin Abubakrni avliyo ota deb bilgan. Allohning izni bilan u piri Said Barakaning duoyi fotihalaridan so‘ng Movarounnahrning amiri deb e’lon qilingan (771 yil, 10- ramazon. 1369 yil, 8-
aprel).
«Qaysi mamlakatda dindan qaytishlik ilxod va zindiqlik kuchaysa va u diyorning aholisi sipohu raiyat turli maslakka kirib ittifoqlari buzilsa, u mamlakatning halokati yaqindir».
«Avliyolar, din peshvolarining mozorlari va maqbaralariga vaqfdan mablag‘ ajratsinlar. U erlarni gilam, taom va chiroq ^ilan ta’minlasinlar».
Amir Temo‘r Arslonbob bobo mozorini (bu zotni Ahmad YAssaviy o‘z piri deb hisoblagan). Turkistondagi Ahmad YAssaviy qabrini doimo ziyorat qilib turgan. («Turkiston» gazetasi,20 oktyabr, 1992 yil.)
«Agar erda va ko‘kda ikki xudo bo‘lsa, jahonning ishi buzilur».

Davlat va uni idora etish. Kengash o‘tkazish.
Amir Temur davlat ishlarini idora etish qoidalarini o‘zining «Tuzuklari»da batafsil bayon etgan. «Tuzuklar»ning yozilishi haqida har xil fikrlar mavjud. Ba’zilar «Tuzukni» Temur yozgan desalar, ba’zilar uning kotiblari yozgan deydilar. «Tuzuk»lar XVlI asrda fors-tojik tilida boshqa solnomachilar tomonidan yozilgan degan taxminlar ham bor.
SHarofiddin Ali YAzdiyning «Zafarnoma»sining 90—91 sahifalarida «Manzumai turk» asari turk tilida Temur bosh devonida yozilgan va Temur tomonidan tahrir etilgan deb yozilgan (I. Mo‘minov. «Amir Temurning Urta Osiyo tarixida tutgan o‘rni va roli».
Amir Temur fikricha, mamlakatni adolatli va qonunlar asosida boshqarish lozim. Albatta, Temur adolatni o‘z sinfiysiyosiy manfaatlari negizida tushungan. Mulkdor siiflar hokimligini saqlash yo‘lida talqin qilgan hamda davlat boshqaruv shakllarini yana ham ixchamlab, mehnatkash kosib va dehqonlar faoliyatini bir tizimda turish choralarini amalga oshirgan.
Amir Temur saltanat ishlarida 4 narsaga amal qilgan, ya’ni; 1) kengash; 2) mashvaratu maslahat; 3) qat’iy qaror, tadbirkorlik, xushyorlik; 4) ehtiyotkorlik.
«Davlat ishlarining to‘qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qattiqqo‘llik bilan bajo keltirilur».

«Bir ishga kirishmay turib, undan qutulish yo‘llarini mo‘ljallab quy...»

«Sipohni ikkilantiradigan (turumsiz) kengashni eshitishdan saqlanardim. Qaysi kishi aqlga siqqan bir ishni kuyinib gapirsa, suyib eshitar edim... Lekin, aytilgan har bir maslahatning yaxshi va yomon tomonlari haqida, o‘ylab ko‘rgach, to‘g‘ri va
savoblirog‘ini tanlab olardim...»
«...Biron ishni qilmoqchi bo‘lsam, kengashib olib, keyin Qur’on hukmi bilan ish qilur edim». («Amir Temur o‘gitlari»).
«Har bir tabaqaga adolatli chegara belgila, o‘shanda davlat boshqaruvyda adolat, aql hukmronlik qiladi»,— der edi Temur.

Podsho va vazirlar haqida o‘git-nasihatlar Amir Temur «Tuzuklari»ning 2 -bandida davlat ishlarini adolatli boshqarish uchun vazir saylash kerakligy aytiladi. U davlat ishlarini o‘z vazirlariga ishonib topshirar edi...

«Asli g‘animni imonga kiritgin». «Til qilichdan o‘tkir». «Bir kalima shirin so‘z qilichni qinga kiritar»,— deb ta’kidlardi Sohibqiron.
Bu o‘git Sohibqironning o‘z tajribasida.sinalgan.
SHunday qilib, Amir Temurning pand-nasihatlari podsholik va mamlakatlarni idora etish haqidagi ilmiy xulosalar bo‘lib, juda katta ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga egadir.
Pand-nasihatlar Sohibqironning ko‘p yillik va mashaqqatli hayotining mevasidir. Bular mamlakatni boshqarish, kishilarni tarbiyalash, axloq-odobga o‘rgatishga oid pedagognkadir.
Sohibqiron o‘z pand-nasihatlarini unga Alloh tomonidan hadya etilgan, deydi. U Movarounnahr davlatini va temuriylar sulolasinn boshqarishning asosiy qonunidir. Ularga amal qilish Allohga bo‘ysunish, islom diniga itoat etish, baland martabalarga erishishning asosidir. Ular Temur va temuriylar sulolasi davlatlarida ta’lim-tarbiya tizimini ham ilmiynazariy asosidir.

«Amir Temur o‘gitlari» risolasida haqqoniy ta’kidlanganidek, Amir Temurning tarix oldidagi xizmati benihoya katta.
Birinchidan, u mamlakatda kuchayib ketgan feodal tarqoqlikka barham berib, el-yurtni o‘z tug‘i ostiga birlashtira oldi,
Markazlashgan yirik feodal davlatga asos srldi. Bu bilan ziroatchilik, hunarmandchilik, savdo-sotiq, va madaniyat rivojiga mustahkam zamin yaratdi. Ikkinchidan, Amir Temur bir qator halqlar va yurtlarga mustamlakachilar zulmidan ozod bo‘lishda yordam berdi. Masalan, o‘sha davrning eng qudratli podshohlaridan hisoblangan Boyazid Ildirimni (1389—1402) tor-mor keltirib (1402), Usmonli turklarning istibdodiga tushib qolgan Bolqon yaoim orolidagi xalklar va mamlakatlarga ozodliq bag‘ishladi. Oltin Urda xoni. To‘xtamishni (1376-1395) ikki
marta (1391—1395) tor-mor keltirib, Urusiyaning mo‘g‘uadar hukmronligidan: qutulishini qariyb: 300 yilga tezlashtirdi.
Uchinchidan, Turkistrn zaminini hunarmandchilik, ilm-fan va madaniyati rivojlangan ilg‘or mamlakatga aylaitirdi. Amir Temurning sa’y harakati bilan obod etilgan shaharlar, kasabalar, qishloqlarni SHahrisabz, Buxoro, YAssi (Turkiston)
shaharlarida qad ko‘targan imoratlar.

Axloq va odobga oid o’git-nasihatlar.

,,Buxoro tarixi” kitobining muallifi Narshaxiyning izdoshi- Sharofiddin Ali Yazdiyning ,,Zafarnoma” asarida yozilishicha Amir Temurning o’ziga xos xususiyatlaridan biri davlat va mamlakat fuqarosining g’amxo’ri bo’lganligidir. Uning qoidasi ,,Rosti-durusti” edi. ,,Haqiqat-sihat-salomatlik, haqiqat-tartib, haqiqat-adolat demakdir”.

1.Adolat va adolatsiz haqida:

,,Har mamlakatda adolat eshigini ochdim, zulmu sitam yo’lini to’sdim”;

,,Qaysi mamlakatni zabt etgan yoki qo’shib olgan bo’lsam, o’sha yerni obro’ e’tiborli kishilarini aziz tutdim: sayyidlari, ulamolari, fuzalo va mushoyixlariga ta’zim bajo keltirdim va hurmatladim, maoshlrini belgiladim, o’sha viloyatni ulug’larini og’a-inilarimdek, yoshlari va bolalarini esa o’z farzandlarimdek ko’rdim.”

2.So’z va ishning birligi: Amir Temur ,,Belda kamar va tilde sano” ya’ni ish va so’z bir bo’lsin deyishni hush ko’rardi. U o’zi yozgan va aytganlariga hayotida qattiq amal qilgan. U har doim qo’lidan kelmaydigan vadani bermas edi.

Do’st va dushmanlik haqida.

Amir Temur do’stga sodiq edi. Sohibqiron Amir Temur o’zining ,,Tuzuklar”ida quyidagilarni yozgan:

,,Do’stlik –sinovda chiniqadi”;

,,Do’stu-dushman bilan murosayu madora qildim”;

,,Shijoatli kishilarni do’st tut, chunki Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi.”;

,,Aqlli dushman, johilu nodon do’stdan yaxshiroqdir”

,,Farzandlar, qarindodlar, oshna og’ayni, qo’shinlar va men bilan bir vaqtlar do’stlik qilgan barcha odamlarni davlatu ne’mat martabasiga erishganimda unutmadim, haqlarini ado etdim”.

Amir Temur o’z faoliyatida naqshbandiylar sulolasining va pirlarining do’st haqidagi ta’limotlariga qattiq amal qilgan. U saltanat taxtiga o’tirgach do’st va dushman bilan muomalada bir tekis yo’l tutgan.

So’z va shirinsuhanlik.

Amir Temur hech kimga g’azab bilan qattiq muomla qilmagan. O’z ,,Tuzuklari”da g’azab va qattiqqo’llik bilan qilingan muomalani Tangri taoloni g’azabiga duchor bo’lish, o’z holini tang qilishdir, deb yozgan.

Shuning uchun :

,, Shirin so’z aytib g’animni imonga kiritgin”;

,,Til qilichdan o’tkir”;

,,Bir kalima shirin so’z qilichni qinga kiritar” deb ta’kidlaydi. Bu so’nggi o’git o’z tajribasida sinalgan.

,,Amir Temur o’gitlari” risolasida haqqniy ta’kidlanganidek, Amir Temurning tarix oldidagi hizmati benihoya katta.
Download 34,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish