Ishlatilishi va organizmdagi ahamiyati.. Alanin — aminopropion kislotasi.Har turli oqsillarning tarkibiga kiradi. Qon plazmasida bo'sh uchraydi . Oqsil tarkibiga kiradigan 20-ta aminokislotalarning biri:tabiatda aminokislotaning 2 ta izomeri turida keng tarqagan. Glitsin — amin sirka kislotasi, eng oddiy almashadigan amin kislotasi.Barcha oqsillarning tarkibiga kiradi, tirik organizmda boʻshda uchraydi.Glitsin koʻplagan proteinlar bilan biologik qoʻshilishlarning (glutation, kreatin v.h.) tarkibiga kiradi. Tirik hujayralarda glitsindan porfirinlar va purin asoslari tuziladi. .
Glitsin
Glitsin tormozlovchi ta`sirga ega mediatorlardandir. Glitsin miyadagi modda almashinuv jarayonlarini yahshilaydi va muskul distrofiyasida ijobiy ta`sir etadi. Mazkur aminokislota tibbiyotda alkagolga moyillikni kamaytiruvchi va surunkali alkogolzm bilan kasallangan bemorlarda tushkinlik va serjahllikni kamaytiruvchi vosita sifatida qo`llaniladi.
Sistein
Sistein molekulasida reaksion qobilyat yuqori bo`lgan sulfgidril guruhi mavjudligi sababli disulfid bog`I hosil qiladi. Sisteinni sistinga oson aylanishi va mazkur reaksiyaning qaytarligi moddalar almashinuvida katta ahamyatga ega. Tibbiyotda sistein kataraktaning o`sishini va ko`z gavharini tiniqlanishini to`xtatuvchi vosita sifatida qo`llaniladi.
Glutamin kislota
Glutamin kislotaning amidi-glutamin hayvon to’qimalarida keng tarqalgan. Masalan, cho’chqalarning qon plazmasida glutamin umumiy aminoazotning 12% ini tashkil etadi.
Boshqa aminokislotalar ham shuningdek moddalar almashinuvida katta ahamiyatga ega. Masalan, triptofandan nerv sistemasiga faol ta’sir ko’rsatuvchi serotonin va nikotin kislotasi hosil bo’ladi: treonin protoporfirin, xolesterinning pirrol yadrolari, yog’ kislotalari va uglevodlarning sintezida foydalaniladi.
Glutamin kislotasi oqsillar va uglevodlar almashinuvida ishtirok etadi, atsetilxolin neyromediatori, ATF sintezi, kaliy ionini o`tkazilishini taminlaydi. Oksidlanish jarayonlarini stimullaydi. Glutamin markaziy nerv sistemasi sinaplastlarida g`ozg`alishni stimullovchi neyromediatorlardan hisoblanadi. Istemol qilinganda hujayra menbranalari orqali markaziy nerv sistemasiga oson o`tkaziladi. Glutamin kislotasi markaziy nerv sistemasi kasalliklarini davolashda qo`llaniladi.

Nitrit kislotasi bilan ta'sirlashish.
Birlamchi aminoguruh tutuvchi aminokislotalar nitrit kislotasibilan -oksikislotalar hosil qilish va azot ajralib chiqishi bilan rеaksiyaga kirishadi.Bu reaksiya yordamida aminokislotalar va oqsil moddalardagi aminogruppalarni miqdor analiz qilish mumkin.