Mavzu: Alisher Navoiyning hayoti va ijodi. Reja



Download 1,37 Mb.
bet4/16
Sana07.09.2017
Hajmi1,37 Mb.
#19179
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16

«Sab'ai Sayyor» («Yetti sayyora»)

Asar 1484-yilda yozilgan bo'lib, 38 bob, 5000 baytdan iborat. "Sab'ai sayyor" asari "hikoya ichida hikoya"usulida yozilgan. Asarning bosh qahramoni - Bahrom. Bahrom Sharqda Mars yulduzining nomi. Arabchasi - Mirrix. Asar voqealari 12 - bobdan boshlanadi. Bunda Bahrom Moniy aytgan va suratini ko'rsatgan Diloromga telbalarcha oshiq bo'lib, davlat va mamlakat ishlarini unutadi. Xitoyning bir yillik xirojini to'lab, qizni saroyga keltiradi. Uni butun vujudi bilan sevib qoladi. Ishrat-maishatga beriladi. Mamlakat ishlari xiyonatkor, fitnachilar qo'liga o'tadi. Ovdagi hodisadan so'ng mast Bahrom Diloromni sochlariga oyoq -'qo'lini chirmab biyobonga tashlab kelishni buyuradi. Ertasi g'azab va mastlik tarqab, uni izlaydi va topa olmaydi. Shoh uzlatga beriladi. 400 tabib ham uni davolay olmaydi. Maslahat bilan yetti iqlim shohi yetti qasr quradilar. Bu qasrlar shohning mamlakatiga olib boradigan yo'l ustiga quriladi. Moniy uning har birini o'zga bir rang bilan bezaydi. Yetti iqlim shohi bittadan o'z qizlarini beradilar. Shohona to'ylar o'tkaziladi. Bahrom shanba kunini mushkfom qora liboslar kiyib, qora rang gumbazga kirib, hind malikasi huzurida o'tkazadi.Shohning buyrug'iga ko'ra xizniatchilar bir musofirni boshlab keladilar Hindistonlik bu musofir saxiylikning betimsol namunasini ko'rsatgan Axiy haqidagi hikoyatni (1 - hikoyat) aytib beradi. Shu tariqa Bahrom yakshanba kuni zarnigor qasrda zarbof kiyimlar kiyib, rumlik musofirdan Zayd Zahhob haqidagi hikoyatni (2 - hikoyat), dushanba kuni yashil qasrda shahrisabzlik musofirdan Sa'd haqidagi hikoyatni (3 - hikoyat), seshanba kuni gulrang libosda gulnoriy qasrda tarozlik (hindistonlik) musofirdan Jo'na va Mas'ud haqidagi hikoyatni (4 - hikoyat), chorshanba kuni havo rang kiyimlarda moviy qasrda beshinchi iqlim yo'lidan kelgan musofirdan Mehr va Suhayl haqidagi hikoyatni (5 - lukoyat), payshanba kuni sandal rangli kiyimda sandal qasrda oltinchi iqlim yo'lidan kelgan musofirdan Muqbil va Mudbh haqidagi hikoyatni (6 - hikoyat), juma (yettinclii) kuni oq libosda oq qasrda xorazmlik (yettinchi iqlimdan kelgan) musofirdan Dilorom haqidagi hikoyatni (7 - hikoyat) tinglaydi. Bahrom yori bilan qayta topishadi, lekin yana ovga, aysh-ishratga beriladi. Bir kuni ov paytida hayvonot qoni daryo bo’lib oqadi. Xuddi shu paytda sharros yomg'ir quyib, selga aylanadi. Ular to'plangan o'tloqning tagi bir vaqtlar botqoq bo'lgani sababli ochilib ketadi Shahanshoh dunyoga sig'magan qo'shini-yu adadsiz hayvonot bilan botqoq qa'riga kirib ketadi. Boshqacha aytganda, yer yutadi. Navoiy Bahrom timsolida «Ishq ila shohlig' muvofiq emas, Ishq lofida shoh sodiq emas» ligini ko'rsatgan.



Ki jahon kimsaga vafo qilmas,

Shohlig' tarkiga kiro qilmas

Shahki, mingyil omng hayotidur,

G'araz - o'lganda yaxshi olidur - misralari ham shu asardagi Bahrom nomidan aytilgan.

Navoiy «Sab'ai sayyor»ining Movarounnahr va Xuroson hayoti bilan bog'liq jihati shuki, unda Shahrisabz va Xorazm haqida maxsus hikoyalar kiritilgan. Alohida bir bobda Navoiy tushida Bahrjm bilan uchrashganini, uning Husayn Boyqarodan tashvishda ekanini yozgan.

Bahrom qissasi Navoiydan keyin o'zbek adabiyotida keng tarqaldi. XVIII asrdan yozma va og'zaki adabiyotimizda Bahrom va Gulandom turkumi paydo bo'ldi. Qoshg'arlik G'aribiy XIX asrda «Shoh Bahrom va Dilorom» asarini yozdi. Umar Boqiyning «Qissai haft manzar Bahrom» asari, Fozil Yo'ldosh o'g'lining «Balirom va Gulandom» dostoni maydonga keldi.

Saddi Iskandariy” (Iskandar devori).

Bu asar 1485-yilda yozilgan, 89 bob, 7215 baytdan iborat bo'lib, «Xamsa» dostonlari ichidagi hajm jihatidan eng kattasidir. «Xamsa»ning yakunlovchi bu dostonida buyuk shoirning adolatli hukmdor, odil podshoh haqidagi orzulari o'z ifodasini topgan. Muallif asarni yozishda qadim yunon jahongiri Aleksandr Makedonskiyning Sharqqa yurishlari asosida maydonga kelgan rivoyatlarga, uning shaxsi bilan bog'liq hikoyatlar, tadbirkorligi talqinlariga suyanadi. Ayni paytda, bularning barchasini xamsachilik an'analari doirasida amalga oshiradi. Shunga ko'ra oldingi xamsanavislarning bu mavzudagi asarlari singari Navoiy Iskandari ham tarixiy Aleksandr emas. Tarixiy Aleksandr Afrikaning Al-Iskandariya sohillaridan olis Sharqdagi Tinch ok'eanigacha bo'lgan hududlarni qilich va qon evaziga olgan, qadami yetgan joylarida qirg'in va vayronalik qoldirgan mustabid hukmdor edi. Badiiy Iskandar esa, adolatni bayroq qilib ko'targan, mamlakatni ilm-ma'rifat asosida boshqargan, zamonasining barcha olimlarini bu ishga jalb etgan podshohdir. Bejizmaski, Nizomiy o'z «Iskandarnoma» sida uning donishmandligiga e'tiborni qaratdi. Xusrav Dehlaviy o'z asarini «Oyinayi Iskandariy» atadi, uning olimlar yordamida jahonni ko'rsatuvchi oyna yaratganligiga diqqat qildi. Abdurahmon Jomiy asarini «Xiradnomai Iskandariy» («Iskandar aqlnomasi») nomlab, uning olim va donishmandligini yanada chuqurlashtirdi.

Navoiy esa bu mavzudagi asariga «Saddi Iskandariy» deb nom berdi. Asarda Iskandar Zulqarnaynning («Zulqarnayn» so'zining ikki ma'nosi bor: 1. Shoxli. 2. Kun chiqish va botish hukmdori) odamxo'r ya'jujlardan saqlanish uchun Qirvon o'lkasida Qof tog'ining etagida ulkan devor qurishi haqida so'zlaydi. Bu devor ezgulikni yovuzlikdan himoya qilish devoridir. Asarda tasvirlanishicha, Faylaqus (Filipp) onasi o'lgan go'dakni (Iskandarni) topib olib, o'z tarbiyasiga olgan. Iskandar taxtga chiqqach, ko'p joylanii bosib oladi. Uning Doro bilan to'qnashuviga bag'ishlangan tasvirlar ham qiziqarli. «Rum mulki Eronga har уili tuxum shaklidagi ming oltin xiroj to 'lar edi. Iskandar uni to'xtatadi. Elchiga: «Tuxum beradigan qush allaqachon uchib kelgan» - deydi- Doro g'azabga kelib, bir chavgon va to'p, bir xalta kunjut bilan boshqa bir elchini yuboradi. Buning ma'nosi shu ediki,"sen hali dimog'ingdan sut hidi ketmagan bir go'daksan, chavgonni olib, to'p o'yna, askarlarimiz sanog'ini mana shu kunjutlar qadar bilgin!" Iskandar esa bundan boshqa ma'no ko'radi. Dumaloq koptok uningcha yer yuzi bo'lib, uning Iskandarga taqdim etilishi uning dunyoni olajagiga ishoradir. Kunjutni esa и o'ziniing qushlari (askarlari) uchun himmat qilingan oziq deb hisoblavdi...». Ikki orada urushboshlanadi. Doro noiblarining xiyonati tufayli yarador holda Iskandar qo'liga asir tushadi. Navoiy buni o'z davridagi Abusaid Mirzoning asir tushganiga qiyoslaydi. Asarda Iskandar Eronni Xuroson va Movarounnahrrni egallaydi. Hind shohi urashsiz taslim bo'ladi. Chin xoqoni elchi kiyimida Iskandar huzuriga kelib, uning sha'nu shuhratiga tan beradi. Shu tariqa Navoiy Iskandar donishmandligini saqlagan holda uning yoniga insonparvarligini, adolat kurashchisi ekanligini hamqo'shadiva insoniyat orzusidagi Iskandar timsolini yanada takomillashtiradi, voqealarni esa ko'proq ona yurtga - Movarounnahr va Xurosonga bog'lashga urinadi Asarda Samarqand va Hirotmng bino qilimshi tilga olingan. Abusaid Mirzoning o'z qo'shiniga yaxshi qaramaganligi uchun urushda mag'lub bo'lib asir tushgani voqealari ham shu dostonda keltirilgan.Iskandar umrining so'ngida onasi (tarbiyachisi) Bonuga vasiyatnoma yozib, uzr so'raydi. Vafot etar ekan, bir qo'lini tobutdan chiqarib qo'yishni iltimos qiladi. Bu bir ibrat, pand edi.


Tayanch tushunchalar:


  • “Xamsa”

  • Nizomiy Ganjaviy

  • Xisrav Dehlaviy

  • Jomiy

  • ”Hayrat-ul abror”

  • “Sab’ai sayyor”

  • «Saddi Iskandariy»

  • Iskandar Zulqarnayn


Savol va topshiriqlar:


  1. “Xamsa”chilik an’anasi qachon va kim tomonidan boshlangan?

  2. „Xamsa“chilik an’anasi shartlarini sanab bering.

  3. Nizomiy „Xamsa“si tarkibidagi dostonlarni sanab bering.

  4. Jomiy nima uchun “Xamsa”navislar qatoriga kirmaydi?

  5. Xisrav Dehlaviy „Xamsa“si tarkibidagi dostonlarni bilasizmi?

  6. ”Hayrat-ul abror” dostoni necha bobdan iborat?

  7. “Farhod va Shirin” dostonini nasrga aylantirgan olimlarni bilasizmi?

  8. “Layli va Majnun” afsonasi dastlab qayerda paydo bo’lgan?

  9. “Sab’ai sayyor” dostonidagi etti sayyora nomlarini sanab bering.

  10. Navoiy dostonidagi Iskandar qaysi sulolaga mansub?

Adabiyotlar:



  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Mavzu: XV-asrning ikkinchi yarmi XVI-asrlar adabiyoti.

Muhammad Shayboniy
Reja:


  1. XV-asrning ikkinchi yarmi XVI-asrlar adabiyoti.

  2. Muhammad Shayboniy hayoti va ijodi.

Bu davr o’zbek adabiyoti va madaniyatining gullab-yashnagan davri bo’lib, turkiy til yuksak qadr va e’tibor topdi. Badiiy ijodda Alisher Navoiy, Zahiriddin Boburdek buyuk shaxslar yetishib chiqdilar. Turkiy til va adabiyot, Navoiy ta’rif etganidek, Xitoydan Xurosongacha bo’lgan o’lkalarni jangu jadalsiz zabt etdi. Turkiy «Xamsa» maydonga keldi. Turkiy tilda she’rlar yozgan yuzlab shoirlar yetishdilar. Xusayn Boyqaro 1485 yilda bitgan «Risola»sida birgina Hirot va uning atrofida mingra yaqin kishi she’r bilan mashg’ul ekanligini iftixor bilan tilga oladi. Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois»ida (1491 — 1498) 459 shoir haqida ma’lumot keltirilgan. Hasanxoja Nisoriy 1566 yilda tuzgan «Myzakkiri ahbob»ida 300 ga yaqin ijodkor haqida ma’lu­mot beradi. Bular orasida turkiyda yozgan va chinakam she’riy iqtidorga ega bo’lgan ijodkorlar ham ko’p edi.



Madaniy hayot. Abulqosim Bobur Mirzo, xysusan, Husain Boiqaro davrida Xirot muhim madaniy-adabiy markazga aylandi. «Ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis (xususan) Hiri (Xirot) shahri mamlu (to’lgan) edi»,— deb yozgan edi Zahiriddin Bobur. Birgina Alisher Navoiyning o’zi Ixlosiya. Nizomiya, Xusraviya kabi madrasalar, Xalosiya, Shifoiya, Fanoiya kabi xonaqohlar, o’nlab masjidlar, shuningdek, 52 rabot, 20 hovuz, 16 ko’prik va 9 hammom qurdirgani ma’lum. Samarqand, Marv shaharlarida ham me’morchilik va obodonchilik ishlariga alohida e’tibor berildi. Bu an’ana shayboniylar davrida ham davom etdi. Samarqandda «Shayboniyxon» (1515—1516). Buxoroda «Mir Arab» (1535—1536) madrasa-larining bino qilinishi, o’nlab sardobalar, timlar, ko’priklar bunyod etilishi shundan dalolat beradi. Ulug’bek zamonasida (1394—1449) Samarqandda ilm-fan g’oyat taraqqiy qilgan edi. Tabiatan shoir, tarixni yaxshi bilgan bu donishmand shohning tashabbusi bilan 1424 yilda yulduzlarni tadqiq etuvchi uch qavatli rasadxona qurilgan, Qozizoda Rumiy, G’iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi kabi olimlar ishtirokida yillik taqvim qayta tuzilib, 1018 yulduzning joylashish o’rni aniqlangan edi. Ulug’bekning «Ziji jadidi Ko’ragoniy» («Ko’ragoniyning yangi yulduzlar jadvali») kitobi shunga bag’ishlangan. Biroq, Ulug’bek o’limidan keyin Samar­qand ilmi nujum (astronomiya) maktabi tarqab ketdi. Ilm-fan ko’proq Hirotda, keyinroq Buxoroda rivoj topdi. SHunga qaramasdan, Samarqandda yuksak ilmiy, madaniy muhit 70-yillargacha davom etdi. Madrasalarda peshqadam ziyolilar dars berdilar. Alisher Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashab, undan bahramand bo’lgan edi. O’zlari ilm-fan, adabiyot va madaniyat bilan bevosita shug’ullangan temuriylarning ko’pchiligi yaxshigina shaxsiy kutubxonalar tuzgan edilar Macalan, shoir va olim Mavlono Sohibdoro (1511 yili vafot eggan) Husayn Boyqaro kutubxonasining boshlig’i edi. Samarqandda, ayniqsa, Xirotda kitob va miniatyura san’ati taraqqiy qildi. Sultonali Mashhidiy, Abduljamil kotib, Darveshmuhammad Samarqandiy, Abdulaziz Samarqandiy kabi xattotlar yetishdilar. Xat yozish sanat darajasiga ko’tarildi. Navoiy davrida uning 36 turi qayd etilgan. Rayhoniy, riqo’, suls, nasx, ta’liq, nasta’liq, muraqqa’, shikasta kabi xat turlari shuhrat qozongan. Kitoblarga turli miniatyuralar ishlandi. Kamoliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Qosim Ali, Shoh Muzaffar dovruq qozondilar. Ular tufayli ko’plab temuriy va shayboniy shohlarning tasvirlari tarixda saqlanib qoldi. Xattotlardan Sultonali Mashhadiy (1432—1520), tasviriy san’atda Kamoliddin Behzod(1455— 1533) o’z maktablarini yaratdilar. Binolarni bezashda Mirak naqqoshning ovozasi yoyildi. Musiqa rivoj topdi. Ko’p shoirlar musiqaning ham nazariyasi, ham amaliyoti bilan shug’ullandilar. Abdurahmon Jomiy, Kamoliddin Binoiy, Zahiriddin Bobur musiqa ilmiga oid risolalar yozdilar.

Navoiyning taxallusi ma’nolaridan biri — «navo» (kuy)ni anglatar, buyuk shoir musiqaning ham e’tiborli bilimdonlaridan va yaratuvchilaridan biri sanalardi. She’r va kuy, so’z va soz XV—XVI asrlarda bir-biridan madad olib, ulkan yutuqlarni qo’lga kiritdi. Maqom san’­ati yangi-yangi kuylar bilan boyib bordi. Hirotda Abdulqodir Noyi, Xusayn Udiy, Shohkuli G’ijjakiy, Najmiddin Kavkabiy kabi mashhur san’atkorlar yetishdilar. Bular orasida, ayniqsa, Najmiddin Kavkabiy (1473—1533) serqirra iste’dod egasi bo’lgan. Alisher Navoiy uni «Majolis un-nafois»da munajjim va shoir sifatida gilga olgan edi. Keyin u musika bilan shug’ullandi. Bu haqda ko’plab ilmiy asarlar bitdi va bularning deyarli hammasi, hatto «Rost» maqomi uchun tuzgan kulliyoti ham she’r bilan yozilgan edi.



Tarix va adabiyotshunoslikda Mirxond (1433—1498), Davlatshoh Samarqandiy (1436—1495), Xondamir (1475/ 76—1534), Zayniddin Vosifiy (1486—1566), Hasanxoja Nisoriy (1516—1597) kabi ko’plab olimlar yetishdi. Mirxond asli buxorolik edi. Hirotga borib, Alisher Navoiy soyasida panoh topdi, uning homiyligida 7 jildlik «Ravzat us-safo» («Poklik bog’i») nomli tarixiy acap yozdi. Navoiy kutubxonasida xizmat qilgan Xondamir Movarounnahr va Xuroson tarixiga doir o’ndan ortiq asar yaratdi. Shularning biri — «Makorim ul-axloq» («Yaxshi xulqlar») Alisher Navoiyga bag’ishlangan. Davlatshoh Sa-marqandiy 1486 yilda «Tazkirat ush-shuaro» («Shoirlar to’plami»)sini tuzib, unda 150 dan ortiq shoir haqida ma’lumot berdi. Vosifiy «Badoye’ul-vaqoye’» («Go’zal voqealar»)sida XV asrning oxiri — XVI asrning birinchi yarmida Xuroson va Movarounnahrda yashab o’tgan mashhur fan va madaniyat arboblarining hayoti hamda faoliyati bilan bog’liq ibratli hikoyalar keltirilgan. Shuningdek. bevosita badiiy ijod bilan shug’ullangan shoir va adibtimiz ham tarix va adabiyotshunoslikka oid asarlar yozdilar. Abdurahmon Jomiy o’g’li Ziyovuddin Yusuf uchun ixcham voqeiy hikoyatlardan tashkil topgan «Bahoriston» nomli acap yozdi. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» («Ajam shohlari tarixi»), «Nasoyim ul-muhabbat» («Myhabbat shabadalari»), «Majolis un-nafois» («Nafis majlislar») kabi tazkiralarini, Zahiriddin Bobur «Muxtasar» (aruz haqida risola) kabi adabiyot nazariyasiga oid asarlarini yaratdilar.

Badiiy adabiyot. XV asrning birinchi yarmida Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Gadoiy kabi shoirlar faoliyat ko’rsatgan bo’lsalar, uning ikkinchi yarmi asosan Alisher Navoiy davri bo’lib tarixga kirdi. Hirot birgina Xurosonning emas, butun turkiy dunyoning muhim madaniy-adabiy markaziga aylandi. Ayni paytda, turk va fors adabiyotlari o’rtasidagi o’zaro ijodiy bahs hamkorlik davom etdi. Har ikki tilda ijod qilish an’anaga aylana bordi.Alisher Navoiy fors tilini juda yaxshi bilar, uni butun nazokati bilan egallagan edi. Bu tilda «Foniy» taxallusi bilan ajoyib g’azallar, qasidalar yozdi, devon tuzdi. Forsigo’y zamondoshlarining, jumladan, Abdurahmon Jomiy va Kamoliddin Binoiylarning olqishiga sazovor bo’ldi Lekin, ayni paytda, o’z ona tili va adabiyotining ravnaq va taraqqiyoti uchun xizmat qilishni umrining asosiy mazmuni deb bildi. «Muhokamat ul-lug’atayn» asarida o’z xalqining ijodkor ziyolilarini ona tillarida yozishga da’vat etdi. O’zi esa millat va vatanga xizmat qilishning buyuk namunasini ko’rsatdi. Turkiy va forsiy adabiyotlarning ikki buyuk namoyandasi bo’lgan Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy bir davrda yashab ijod etdilar. Abdurahmon Jomiy (t414 1492) Navoiyning ustozi, do’sti, hamkori edi. U Navoiyga buyuk muhabbat bilan qaradi, she’rlarini g’oyat yuksak baholadi, o’zining ko’pchilik asarlarini yozishda undan qimmatli maslahatlar oldi. Navoiy ham bu do’stlikning qadrini nihoyatda baland tutdi. Jomiy vafot etganida aza egasi bo’lib, marhumning o’g’li Ziyovuddin Yusufning yonida turdi, shahar va mamlakat ulug’larining ta’ziyasini qabul qildi. Keyinroq ustozi haqida «Xamsat ul-mutahayyirin» («Besh hayrat») nomli acap yozdi. Navoiy va Jomiy munosabatlari Xuroson va Movarounnahrning ikki qadim xalqi — bugungi o’zbeklar va tojiklar hamkorligining XV asrdagi timsoli edi.

Adabiyot XV asrning ikkinchi yarmida hap tomonlama rivojlandi. Unga, avvalo, hikmat va san’at tajassumi deb qaraldi. Bunga ko’ra, har bir she’r, poetik so’z, bi­rinchi navbatda, yuksak fikrga suyanmog’i lozim edi. Masalan, Navoiy: «Nazmla ham asl anga ma’ni durur»,— deb yozadi. Demak, «ma’no («ma’ni») she’r («nazm») ning mag’zi» («asl»)lir. Ba bu fikr go’zal bir shaklda berilishi kerak. Boshqacha aytganda, ma’noli gap san’atkorona aytilsin. Shoirlarimiz Sharq she’riyatidagi barcha janrlardan foydalandilar. Masalan, Alisher Navoiyning she’riy merosida 16 xil janr uchraydi. Bular g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy, qasida, ta’rix, muammo, mustazod, fard, tarkibband, tarje’band, muvashshah, murabba’, muxammas, musaddas kabilardir. Bular barchasining mavqei bir xil emas, albatta. Bular orasida, shubhasiz, eng keng tarqalgani g’azal bo’ldi. Devonlarda asosiy o’rinni g’azal egalladi. G’azal VIII-IX asrlarda arab adabiyotida maydonga kel­gan bo’lib, ishqiy she’r degan ma’noni anglatadi. U X acpda fors adabiyotiga o’tdi. Rudakiy uning ajoyib namunalarini yaratdi. XIV acp boshlarida u turkiy adabiyotga kirib keldi. Uning dastlabki namunalari Rabg’uziyla uch­raydi. Uni yuksak bosqichga ko’targan Alisher Navoiy bo’ldi Uning «Xazoyin ul-maoniy» sidan 2600 g’azal o’rin olganki, bu bejiz emas. Maqsud Shayxzoda Navoiyni «g’azal mulkining sultoni» deb atagan edi. Buyuk shoir ustoz g’azalnavislar haqida so’zlar ekan, uch nomni alohida ehtirom bilan tilga oladi. Bular Xusrav Dehlaviy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy. Navoiy fikricha, ulardan har birining o’z yo’li, o’z uslubi bor. Xusrav Dehlaviy o’z fikrini mo’jizaviy bayon qiladi. Xofiz Sheroziy hur fikri, ehtirosli so’zi bilan o’likka jon ato etguvchidir. Abdurahmon Jomiyning har satridan ilohiy bir donish-mandlik ufurib turadi. Navoiy she’ri esa, o’zi qayd etganidek, bu uchala jihatni qamrab olgan edi. Ruboiy takomil topdi. Navoiy va Bobur bu janrning betimsol namunalarini yaratdilar. Ayniqsa, muammo janriga alohida e’tibor berildi. Muammo arabchada «ko’r qilingan», «berkitilgan» deganidir. Uning asosiy xysusiyati biror fikr, nom yoki shunga o’xshash biror narsaning yashirib berilishidir. Ko’pincha muammo ikki ma’no asosiga quriladi. Birinchisi — tashqi, chalg’ituvchi ma’­no, ikkinchisi ichki — asosiy ma’no.

Sharq adabiyotidagi xamsachilik ananalari davom ettirildi. Alisher Navoiy Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviy izidan borib. birinchi marotaba turkiy tilda «Xamsa» yaratdi. U birgina XV asrning emas, balki umumturkiy adabiyot taraqqiyotining eng muhim hodisasi edi.

Nazm bilan birgalikda, nasr ham rivojlandi. Navo­iyning Abdurahmon Jomiy haqidagi «Xamsat ul-mutaxayyirin»i, zamondoshlariga bag’ishlangan «Holoti Sayyil Xasan Ardasher», «Holoti Pahlavon Muhammad» asarlari, Zahiriddin Boburning «Boburnoma»si maydonga keldi.


Muhammad Shayboniy
Muhammad Shayboniy temuriylar sulolasi o’rniga kelgan shayboniylar sulolasining asoschisidir. U 1451 yilda tug’ildi. Yoshligida otasi Shoh Budog’ vafot etib, ukasi Mahmud Sulton bilan birga bobosi Abulxayrxon qo’lida tarbiya topdi. U zamonasining donishmandlaridan, harbiy sarkardalaridan ta’lim oldi. Buxoroda ikki yil madrasada o’qidi. 90-yillarning so’ngida taxt uchun kurash boshladi. 1499— 1504 yillarda Movarounnahrni Abusaid avlodlari qo’lidan tortib oldi. 1505 yilda Xorazmni, 1507 yilda Xyposonni egallab, temuriylar hokimiyatiga barham berdi. Eron va Iroqni bosib olishga tayyorgarlik ko’ra boshladi. Biroq 1510 yil 10 sentyabrda Murg’ob daryosi bo’yidagi Ismoil Safaviy qo’shini bilan bo’lgan jangda halok bo’ldi. Shayboniyxon ko’p jihatlardan Amir Temur tutumiga ixlos va rioya bilan qarar, jumladan. saroyga olim va shoirlarni, san’at ahlini to’plab, ijodga targ’ib-tashviq etar edi. O’zi esa turkiy va forsiyda yaxshigina she’r yozar, surat chizar, xushovoz qiroatxon edi, musiqa bilan shug’ullanardi. To’ng’ich o’g’lining ismini Temur Sulton qo’ygan edi. Shayboniyxondan bizga bir «Devon» va «Baxr ul-hido» Xidoyat dengizi») nomli doston yetib kelgan.

Shayboniyxon devoni Istambulda To’pqopi saroyi muzeyida, 1508 yilda yozilgan dostoni esa Britaniya muzeyida saklanadi. Uning she’rlaridan ayrim namunalar unga bag’ishlangan turli kitoblarda, jumladan, Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida keltirilgan. Masalan, Nisoriyning ma’lumotiga karaganda, Shaybo­niy mo’g’ullar istilosida shahid bo’lgan xorazmlik mashhur Najmiddin Kubroga bag’ishlab «Shahi shuhado» («Shahidlar shohi») degan ta’rix-she’r yozgan. She’r muxlislari orasida keng yoyilgan «yobu» so’zining urug’ va otning turi ma’nosini anglatishidan ustalik bilan foydalanib yozilgan quyidagi tajnisli tuyuqni ham Shayboniyxonga nisbat beradilar:

So’g’d ichinda o’lturubdur yobular,

Yobularning mingan oti yobular.

Yobularning ilgidin el tinmadi,

Yo bular bo’lsin bu yerda, yo bular.

Devonidagi g’azallarda o’z taqdiridan mamnun va minnatdor, hayotining har bir daqiqasi uchun Ollohga shukrona keltiruvchi mo’min musulmon qiyofasi namoyon bo’ladi. Muallif:

Ey Sha(y)boniy, bandalik tavrin ilikdin bermagil

Kim, jahonning podshohi hazrati jabbor erur,—

deb yozadi va «hazrati jabbor»ga «bandalik» (qullik)ni «ilik» (qo’l)dan bermaslikka chaqiradi. Uning may, ishq xaqidagi fikrlari ham ilohiy mazmunga xizmat qiladi. Masalan, ishq shahri ta’rifiga bag’ishlangan she’riga «Barobar» so’zi radif qilib tanlangan. G’azal

Kezdim bu ishq shahrin ayshu tarab barobar,

Ko’rdum aning bozorin hap ro’zu shab barobar

bayti bilan boshlanadi. Darhaqiqat, bu shaharda hamma teng («barobar»), hamma ayshu ishratda (Ollohning zavqi va ishtiyoqi bilan band). Sening ham yo’ling bu tomonlarga tushsa, «piri muton» (shayx)ga bor, «mayxona»dan «may ich» (shayx suhbatini ol), «jomi shariat» seni «ishq ahli» bilan «barobar» qiladi. Bu shaharning kishilari barcha g’am-g’ussadan ozoddirlar. Shayboniyxon she’rlarida Samarqand va Buxoroning baland, ko’tarinki ta’rifi beriladi. U qayerga bormasin, shu ikki shaharni qo’msaydi. Hatto, go’zal Hirot ham unga tatimaydi:

Har kishi ketsa Samarqapd shaxridin, nochor kelar.

Jannat ul-ma’voda ham bo’lsa. Samarqandni tilar

Man Hirining shahrida turmoqqa bir yep topmadim.

Vah, Samarqandu Buxoro, qayda bo’lg’aymu ular

Kormonu, SHodmonu Qoxliqu Darg’om suyi

Ha qilay. man, ketmadi, hargiz ko’nguldin ushbular

Kim Samarqanddek jahonda bo’lmag’ay xush marg’zor.

Do’stlar, men naylayin, ketmas ko’nguldin sabzalar.

Bu Hirining donish ahli hap necha ayb etsangiz.

Qaydakim bo’lsa Sha(y)boniy, ul Samarqand orzular

Shoir ayrim she’rlarining yozilish tarixini ham qayd etgan. Masalan, y Samarqandga bag’ishlangan «Ko’ngul qoni bilan bitgan o’shul lola yuzungdandur» deb boshlanadigan g’azaliga saj’ yo’li bilan shunday izoh bergan: «Samarqandni gul vaqtida qabaduq. Tog’larni gasht qilduq, Bog’larni barcha asbobliq, har tarafi alqobliq, har yoni latofatliq va ichlari mushk-anbar bo’yluq.

Ul gulistonlarning tafarrujgohinda borib turduq. Ko’rarman: dilbar og’zidin g’unchalar bog’lanib turur. Mahbubning la’di labindin ochilgon gullar yoqutrang bo’lub turur. Ba yana yorning alin ko’rub, lolaning ichinda dog’ bog’lanib turur. Ba sanubarlar aning qaddining misolinda andak havodan ohista tebranur va taqi taxt al-anhor va jannat ul-ashjortek bu bog’larning qushlari xap sanubar sarvlari bo’stonida qo’nub, qar turluk nag’malar birla ishqibozlik qilur.

Faqir bulbulning rangi sarg’arib, gul vasfidin dimog’i qurub, ishq-ushshoq navosinda har turluk nolon qilurman. Faqir bularning bu hollarin ko’rdum, o’zumdin kettim, sanam zulfitek parishon bo’ldum. Ishqim o’tig’a boshimdin shamtek yonib, mijmardek ichimdin kuyub, bu g’azalni ayttim».

Shayboniy va undan boshlangan shayboniylar davri she’riyati adabiy til va ifodaning soddalashuvida, adabiyotning xalq jonli tiliga yaqinlashuvida muhim ahamiyatga ega bo’ldi.



Tayanch tushunchalar:
g’azal, ruboiy, qit’a, tuyuq, masnaviy, qasida, ta’rix, muammo, mustazod, fard, tarkibband, tarje’band, muvashshah, murabba’, muxammas, musaddas
Savol va topshiriqlar:


  1. XV asrning ikkiichi yarmi va XVI asrni nega adabiyotimizning eng yuksak davri deymiz?

  2. XVI asrda shayboniylar timsolida dasht o’zbeklarining hokimiyat tepasiga kelishi adabiy til takomiliga qanday ta’sir ko’rsatdi?

  3. Badiiy njod bilan shug’ullangan temuriy hukmdorlardan kimlarni bilasiz? Shayboniylardan-chi?

  4. Adabiyotdagi zullisonaynlik va uning sabablari haqida nima deya olasiz? Jomiy va Navoiy munosabatlari haqida-chi?

  5. Bu davr poetik janrlaridan qaysilarini aytib bera olasiz?

  6. G’azal haqida ma’lumot bering. Muammo janrini tushuntiring.

  7. Muhammad Shayboniyning hayot yo’li va ijodiy faoliyati haqida hikoya qilib bering.

Adabiyotlar:




  1. S.Matjon, Sh.Sariyev. O’zbek adabiyoti. T., 2007

  2. B.Qosimov, N.Jumaxo’ja. O’zbek adabiyoti. 10-sinf uchun darslik.T., 2001

  3. B.Jalilov va bosh. O’zbek adabiyoti. T., 2006

  4. B.To’xliyev. Adabiyot . T., 2005


Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish