Tatabbo’ kardani Foni dar ash’or,
Na az da’viyu ne az xudnamoist.
Chu arbobi suxan sohibdilonand,
Murodash az dari dilho gadoist.
Mazmuni: Foniyning she’riyatdagi tatabbu’lari o’zini ko’rsatishga intilish va yo manmanligidan emas, balki so’z arboblari daholar bo’lgach, uning asosiy maqsadi bu ulug’lardan madad istashdan iboratdir.
Alisher Navoiy- Foniyning forsiy g’azaliyotidagi bunday uslub turkiy g’azaliyotida aynan uchramaydi. Buning yangi uslub ekanini Alisher Navoiy –Foniyning o’zi bir tatabbu’ g’azalida shunday ifoda etgan:
Z-in nazmi nav charxi kuhan yakbora go’ hayrat makun,
Foni, chu ta’limi suxan dorad zi Jomi borho.
Mazmuni: Ey eski falak, bu yangi nazmni ko’rib birdaniga hayratda qolma, chunki Foniy so’z ta’limini Jomiydan ko’plab olgan.
Demak, Alisher Navoiyning turkiycha:
Ani nazm etki, tarhing toza bo’lg’ay,
Ulusqa mayli beandoza bo’lg’ay,
degan fikrlari bilan yuqorida forsiycha aytgan fikrlarning hamohangligi ko’zga tashlanadi. Bu esa shundan guvohlik beradiki, ulug’ shoir qaysi tilda bo’lmasin, yangilik yaratish, o’ziga xos uslubda ijod qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan va uni sharaf bilan bajargan. G’azallarning ikkinchi guruhi esa tatabbu’ emas ma’nosida «muxtara’, muxtare’», ya’ni «ixtiro etilgan» deb nomlangan.
Alisher Navoiy-Foniy g’azallari ishqiy, ijtimoiy, falsafiy-tasavvufiy, axloqiy mavzularda yozilgan bo’lib, badiiyat jihatidan mumtoz adabiyotshunoslikning qonun-qoidalari (aruz,qofiya, badiiy san’atlar) va talablariga muvofiqdir. Xuddi o’zbek tilidagi g’azallarda bo’lganidek, forsiy g’azallarning ko’pchiligi mavzu va badiiyat sohasida yakporalik xususiyatlariga ega. Bunday hol uning ham tatabbu’ va ham muxtare’ g’azallarida uchraydi. Aytilgan fikrlar tasdiqi uchun bir ikki misolga murojaat etish mumkin.
Tatabbu’ g’azallaridan mashhur Hind shoiri Xusrav Dehlaviy g’azaliga yozilgan javobiya:
Meravad sarvi manu raftor memonad ba dil,
V-az guli ruxsori o’ sad xor memonad ba dil…
Foniyo, z-on kofarat nabvad xalosi k-at zi hachr,
Az xayoli kokulash zunnor memonad ba dil.
Mazmuni: Mening sarvim ketdiyu, raftori ko’ngilda qoladi, uning gulday ruxsoridan yuz tikan ko’ngilda qoladi… Foniyo bu kofiringdan qutilish iloji yo’qqa o’xshaydi, chunki uning kokullari xayoli zunnor kabi ko’ngildadir, ya’ni uni o’rab olgandir.
Mazkur g’azalda radif ham (memonad ba dil), qofiya ham (raftor, xor…)bor. Ana shu radif g’azalning mavzu va badiiylik jihatdan yakporaligini ta’minlashda muhim mavqyega ega. G’azalda yorning ketishi va bu ketishning oshiq ko’nglida qoldirgan izidan so’z boradi. G’azal oshiqning monologi-hijrondan qiynalayotgan yurak iztiroblari sifatida yozilgan. Muhimi shundaki, yor ketib qolgan bo’lsa-da, u oshiqning ko’nglida, xayolida mahkam o’rnashib olgan. Shoirning yozganiday, yorning sochlari ko’ngilni shunday mahkam bog’lab olganki, ulardan ko’ngil qutila olmaydi.
Bu g’azal o’qilar ekan, Alisher Navoiyning o’zbek tilida yozilib, quyidagi matla’ bilan boshlanadigan g’azali xotirga keladi:
Yor bordiyu ko’nglumda aning nozi qolibdur,
Andoqki qulog’im to’la ovozi qolibdur.
Bunday holning diqqatga sazovorligi shundaki, Alisher Navoiy tomonidan ikki tilda yozilgan g’azallarda ham bir mavzuga murojaat qilingan bo’lsa-da, ularning har birida bu mavzu o’ziga xos ohang va qirralar, timsol va tasvirlar bilan qalamga olingan. Ammo ijodiy uslubda yaxlitlik ko’zga tashlanadi.
Hofiz g’azallariga atabu’lar:
Hofiz Sheroziy:
Voizon, k-in jilva dar mehrobu minbar mekunand,
Chun ba xilvat meravad, on kor digar mekunand.
Mushkile doram, zi donishmandi majlis boz purs,
Tavbafarmoyon charo xud tavba kamtar mekunand…
Subhidam az arsh meoyad xuro’she, aql guft,
Qudsiyon go’yi, ki she’ri Hofiz az bar mekunand.
Foniy:
Voizon to chand man’I jomu sog’ar mekunand,
Do'stlaringiz bilan baham: |