Мавзу: Алишер Навоий хаёти ва ажоди


” , “74 “, “139” , “21” , “30” ,” 9 “,” 911”



Download 7,17 Mb.
bet4/4
Sana26.01.2022
Hajmi7,17 Mb.
#411961
1   2   3   4
Bog'liq
\'\'Farhod va Shirin\'\'dostoni

666” , “74 “, “139” , “21” , “30” ,” 9 “,” 911”
1.”666”-O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori: o’quvchilarni zamonaviy yagona maktab formasi bilan ta’minlash chora-tadbirlar to’g’risida;

2. “74”-Maktab o’qituvchi va o’quvchilarining odob-axloq qoidalari to’g’risida;

3. “139”-Ta’lim muassalarida mobil telefonlardan foydanishni tartibga solish chora tadbirlari to’g’risida;

4. “21”-Ozbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kun, shorimiz Abdulla Oripovning tavallud topgan kuni;

5. “30”-Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tavallud topgan kun, O’zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 30 yilligi;

6. “911”- Odam savdosiga qarshi kurashish samaradorligini

oshirish chora- tadbirlari to’g’risida;

7.”9”- G’azal mulkuning sultoni Alisher Navoiy tavallud topgan kun ,yirik davlat arbobi Amir Temur tavallud topgan kun.



Sinf o’quvshilari guruhlarga bo’linadi va guruhlar “Navoiy” va “Foniy” deb nomlanadi. Har bir guruhdan bir o’quvchi chiqib ,o’zlarining guruh nomlarini “Muvashshah” va “Tarmoqlash”usuli yordamida izohlab beradilar, o’tgan mavzuga doir bo’lgan savollarga javob beradilar va ular rag’bat kartochkalari bilan dars yakuniga qadar baholanib boriladi.


II. O`tgan mavzuni mustahkamlash: O`tgan mavzu ”Gerbariylar yig’ish’’ tarqatmasi asosida mustahkamlanadi. Har bir o`quvchidan o`zi bеrgan javobini izohlash talab qilinadi.

1. Alisher Navoiy qachon qayerda tug’ilgan?

(1441-yil 9-fevralda Hirotda)

2. Xamsachilik an’anasini kim boshlab bergan?

(Nizomiy Ganjaviy)

3. Alisher Navoiy kimlarning asarlarini sevib mutolaa qilgan?

(F.Attor, N. Ganjaviy, Sh. Sa’diy, X. Dehlaviy)

4. Yana kimlar “ Xamsa “yozgan?

(Dehlaviy va Jomiy )

5. “Foniy” so’zining ma’nosi?

(Vaqtincha)

6. Navoiy “Xamsa”si nechta dostondan iborat? (5 ta)

7. Butun turk dunyosi Navoiyni qanday sifat bilan tilga oladi?

( “Shams ul-millat” – millat quyoshi)

8. Turkiy tilning asoschisi kim?

( Alisher Navoiy)

9. Kimning qaysi asari yosh Alisherning butun hayolini egallab oladi? (Fariruddin Attorning “Mantiq ut-tayr” asari)

10. Navoiyning “Orazin yopqoch...” deb boshlanuvchi baytiga

10-12 ming misra merosini almashtirishga rozi bo’lgan Ijodkor kim edi? (Mavlono Lutfiy)
III. Yangi mavzu bayoni: Alisher Navoiyning “Farhod va

Shirin” dostoni.Qahramonlar tahlili

Darsning rejasi:

1. “Farhod va Shirin” dostoni haqida

2. Dostondagi ijobiy va salbiy timsollar

3. Mening sevimli qahramonim


“Xamsa”ning bu ikkinchi dostoni ishqiy-sarguzasht mavzusida yozilgan bo’lib, hajmi -5782 baytdan iborat .Aruzning hazaji musaddasi mahzuf vaznida yozilgan .Navoiy bu asarni “Shavq dostoni “deb ataydi .Sababi unda ish kuylanadi, ishq talqin qilinadi ,ishq uiug’lanadi.Bu shunday ishqki ,u insonni poklaydi , ezgulik sari yetaklaydi ,unga o’zligini tanitadi ,komillik sifatlarini tarbiyalaydi .Chunki u odamga ,olamga , butun

borliqqa mehr bilan ,muhabbat bilan yo’g’rilgan va oxir borib , Yaratganning o’ziga ulashib ketadigan ishdir .Dostonda

Navoiyning komil inson haqidagi orzu –o’ylari ifoda etilgan.

Ijodda o’ziga xoslikka intilgan adib o’zigacha bo’lgan bu doston an’anasiga ijodiy yondashadi .Doston Navoiygacha “Xusrav va Shirin “shaklida mashur edi. Ularda markaziy timsol shoh Xusrav edi . Lekin u komillikdan yiroq ,ishda beqaror ,muhabbatdan toj-taxtni ustun bilguvchi shaxs edi.Shuning uchun Navoiy uni Shirinning muhabbatiga ham , yozilajak dostondagi yetakchi timsol darajasiga ham loyiq ko’rmaydi .U Farhodni bosh qahramon qilib oldi va bu bilan dostonning qurilishini ,mazmunini tamomila o’zgartirdi.Mazkur o’zgarish xamsachilikka shoir kiritgan eng katta o’zgarish bo’ldi.

Doston haqida qisqacha ma’lumot berilgandan so’ng ,guruhlardan o’quvchilar navbatma –navbat o’z fikrlarini bayon qiladilar ,yani asar mazmuni yoritiladi . Har bir o’quvchi rag’bat bilan baholanib boriladi. Dars mobaynida asar qahramonlarini ijobiy va salbiy guruhlarga ajratilib ,har biri tahlil qilinadi ,asarda uchragan tushunarsiz bo’lgan so’zlar lug’atini o’quvcnilar lug’at daftarlariga yozishadi.

Shabiston - tungi yotoqxona

Mehri olamoroy - olamni yorituvchi quyosh

Vard - atirgul

Nigin - uzuk,uzukning ko’zi ,muhr

Pesha - kasb, hunar

Asror - sirlar

Ashk - ko’z yoshi

Malak - farishta

Huvaydo - ayon ,ravshan


Tarmoqlash” klastеr usuli yordamida guruhlarga Farhod va Shirin timsollari haqida ma’lumotlar yozish kerakligi tushuntiriladi. Har bir guruhdan o’quvchilar yozuv taxtasiga chiqib, birin-ketin ma’lumotlar yozadilar.




IV. Yangi mavzuni mustahkamlash

“Quvnoq charhpalak” o`yinini o`tkazish orqali mavzu

mustahkamlanadi. Bunda guruhlardagi o’quvchilardan navbatma – navbat charhpalakni aylantirishadi va qaysi qahramon tanlansa ,o’sha qahramonni tahlil qilishadi .



V. O`quvchilarni baholash:

Dars yakunida guruhlar to’plagan rag’bat va jarima ballar hisoblanib ,g’olib guruh aniqlanadi.O’quvchilarning baholari sinf jurnaliga va kundaliklariga qayd qilinadi .


VI. Uyga vazifa: Mening sevimli qahramonimga maktub yozish

Foydalanilgan adabiyotlar:


1. I. A. Karimov “Yuksak manaviyat-yengilmas kuch”. T.: 2012 yil

2. Q.Yo’ldoshev “Adabiyot” 9-sinf darslik. T.: 2019 yil

3. B. To`htaliyev “Alisher Navoiy hayoti va ijodi”. T.: 2013 yil

4. “Til va adabiyot ta`limi” jurnali. T.: 2015 yil 12-son.



5. “Til va adabiyot ta`limi” jurnali. T.: 2015 yil 1-son.
Download 7,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish