Mavzu:Algoritmning blok-sxema shaklida berilish usulini tasvirlash va misol keltiring.
Topshirdi:Egamberganova Ozoda
Qabul qildi:Abdrimova Feruza
Reja:
1.Algoritm tushunchasi,asosiy xossalari.
2.Algoritmni tasvirlash usullari,algoritmning asosiy turlari.
3.Algoritmning blok-sxema shaklida berish usuli.
Algoritm so’zi IX asrda yashab o’z ilmiy ishlari xazinasi bilan dunyoga tanilgan vatandoshimiz buyuk astronom,matematik va geograf Abu Abdulla Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy nomidan kelib chiqqan.
Al-Xorazmiyning arifmetikaga bag’ishlangan risolasi XII asrda ko’chirilgan Ispaniyada lotin tiliga tarjima qilingan. Bu tarjimaning XIV asrda ko’chirilgan yagona qo’lyozma nusxasi Kembrij universitetining kutubxonasida saqlanmoqda.
Algoritm deganda keltirilgan misollarda biror maqsadga erishishga yo’naltirilgan,ijrochi bajarilishi uchun mo’ljallangan buyruqlarning ketma-ket tushuniladi.
Algoritmlardagi ko’rsatmalar ijrochiga tushunarli bo’lishi uchun sodda amallardan iborat bo’lishi kerak.
Algoritm ijrochisi faqat algoritmda ko’rsatilgan buyruq yoki ko’rsatmalar bajara oladigan abstrakt yoki real sistema.
Algoritmning 5 ta asosiy xossasi bor:
Diskretilik;
Tushunarlilik;
Aniqlik;
Ommoviylik;
Natijaviylik;
Diskretlilik-bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo’laklash imkoniyati mavjudligida.
Tushunarlilik-kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektron soatlar,mashinalar,dastgohlar,kompyuterlar,turli avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz.
Aniqlik-ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi zarur.
Ommoviylik-har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o’rinli bo’lishi kerak.
Natijaviylik-har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so’ng albatta natija berishi shart.
Algoritmlarning tasvirlash usullarining asosiy maqsadi,qo’yilgan masalani yechish uchun zarur bo’lgan amallar ketma-ketligining eng qulay holatini aniqlash va sgu bilan odam tomonidan programma yozishni yanafa osonlashtirishdan iborat.
Aslida programma ham algoritmning boshqa bir ko’rinishi bo’lib,u insonning kompyuter bilan muloqotini qulayroq amalga oshirish uchun mo’ljallangan.
Har qanday algoritm mantiqiy tuzilishga,ya’ni bajarish tartibiga qarab 3 asosiy turga bo’linadi: