gemestr
guruh
|
I
|
II
|
1011
|
5
|
6
|
1012
|
4
|
5
|
1013
|
5
|
4
|
Dasturlash tillarida jadvallar bilan ishlash uchun massiv tushunchasi kiritilgan. Massiv — jadval ko‘rinishidagi miqdor bo‘lib, u ma’lum (aniq) sondagi bir turli va tartiblangan (tartib raqamiga ega) elementlar majmuidan iborat. Massiv element- larining tartib raqami butun sonlarda ifodalanadi. Ular BASIC da manfiy emas, PASCAL va DELPHI da manfiy bo‘lishi ham mumkin.
Dasturlash tillarida har bir massiv o‘z nomiga ega bo‘lib, ularni nomlash o‘zgaruvchilarni nomlash kabidir. Masalan: a5, dars_jadvali, tub_sonlar.
Massiv element (tokcha) larning tartib raqami indeks deb ataladi. Indeks BASIC da oddiy qavs, PASCAL va DELPHI da kvadrat qavs ichida ko‘rsatiladi. Masalan, PASCAL va DELPHI da a[5] yozuvi — a nomli massivning beshinchi elementini bildiradi.
misol
A nomli 7 ta elementdan iborat chiziqli jadvalni tasvirlang.
Tartib raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Qiymati
|
3
A[1]
|
-7
A[2]
|
4
A[3]
|
1
A[4]
|
-1
A[5]
|
0
A[6]
|
5
A[7]
|
Ikki o‘lchovli massiv elementlari ikkita indeks orqali aniq- lanib, ular o‘zaro vergul bilan ajratib yoziladi va birinchi indeks satr tartib raqamini, ikkinchi indeks ustun tartib raqamini bildi- radi. Masalan, jadval[ 12,8] yozuvi — jadval nomli massivning 12-satri va 8-ustuni kesishgan katakda joylashgan elementini bildiradi.
misol
S nomli 4x5 elementdan iborat to‘g‘ri to‘rtburchakli jadvalni tasvirlang.
Ustun bo‘yicha tartib raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
1
|
3.2
S[1,1]
|
1.37
S[1,2]
|
-1.25
S[1,3]
|
7.12
S[1,4]
|
-11.4
S[1,5]
|
2
|
0,5
S[2,1]
|
1.1
S[2,2]
|
1.2
S[2,3]
|
-1,1
S[2,4]
|
4.22
S[2,5]
|
3
|
-0.1
S[3,1]
|
1.01
S[3,2]
|
71.2
S[3,3]
|
4.1
S[3,4]
|
-4.11
S[3,5]
|
4
|
6.3
S[4,1]
|
-7.01
S[4,2]
|
1.5
S[4,3]
|
7.5
S[4,4]
|
-1.09
S[4,5]
|
Dasturlash tillarida massivlar o‘zgaruvchilar kabi tavsiflanishi zarur. Buning uchun BASIC ning DIM, PASCAL va DELPHI ning Array — xizmatchi so‘zi qo‘llaniladi. BASIC da DIM so‘zidan keyin massiv nomi va qavs ichida birinchi hamda oxirgi elementlarning tartib raqamlari yoki oxirgi elementning tartib raqami (bu holda hisob 0 dan boshlanadi) yoziladi. Masalan: DIM A(1 TO 100) yoki Dim A(5) yoki DIM B(N).
Array so‘zidan keyin PASCAL va DELPHI da kvadrat qavs ichida massivning birinchi hamda oxirgi elementlarining tartib raqamlari o‘zaro ikkita nuqta bilan ajratib yoziladi. Davomida Of — xizmatchi so‘zi, undan keyin massiv elementlarining turi yoziladi. Masalan: var
alifbo: array[1..29] of Char; {1 dan 29 gacha tartib raqamli elementlari belgili miqdorli bo ‘lgan alifbo nomli massiv}
B =
b5: Array[-2..100] of integer; {b5: -2 dan 100gacha tartib raqamli butun sonli massiv}
bma: array[1..10,1..20] of string; {bma - satrli miqdorlardan iborat ikki o ‘lchamli massiv}
Demak, massiv (jadval ko‘rinishidagi miqdor) deganda, yagona nom bilan belgilangan, bir turdagi, tartiblangan miqdorlarning majmui tushuniladi.
misol
Bir o‘lchovli A jadval beshta elementga ega bo‘lsin:
Tartib raqami
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Qiymati
|
3
|
2
|
12
|
10
|
-8
|
PASCAL va DELPHI da bu jadval elementlari quyidagicha tasvirlanadi:
a[1] := 3; a[2] := 2; a[3] := 12; a[4] := 10; a[5] := -8;
B B 10.9-misol
00 01Ik02i
B
10
an
lSi^o^vfi Msfn:9 _
butun sonli qiymatlar qabul qiluvchi B massiv
Massiv elementlari indeksini biror butun qiymatli o‘zgaruvchi (masalan, i) orqali ifodalash mumkin. Agar i = 3 bo‘lsa, a[i] = 12, i = 5 bo‘lsa, a[i] = -8 bo‘ladi va hokazo.
bu yerda i = 0, 1 va j = 0, 1, 2 (i — satr tartib raqami, j — ustun tartib raqami). U Paskalda quyidagicha tavsiflanadi: var b: array[0.. 1,0..2]of Integer;
Massivning elementlari B[0,0], B[0,1], B[0,2], B[1,0], ... kabi yoziladi. Umumiy holda indeks sifatida o‘zgaruvchi yoki ifoda qo‘llaniladi. Masalan, I = 0, J = 2 bo‘lsa, B[I,J] = 5, B[I+1, J-2] = 2 bo‘ladi.
Biz jadvallarning faqat chiziqli va to‘g‘ri to‘rtburchakli shakllari bilan tanishdik. Aslida PASCAL va DELPHI tilida ko‘p o‘lchovli (255 tagacha) jadval ko‘rinishidagi miqdorlardan ham foydalanish mumkin. Bunday jadvallarni tavsiflashga bir necha misollar keltiramiz.
var s: array[ 1..4, 1..7, 0..10] of Byte; {s - Byte turli 3 o ‘Ichovli jadval}
var t, k: array [1..100, 1..80, 1..50] of string; {t va k — 3 o ‘Ichovli satrli jadvallar}
var f: array [-5..10, 0..10, 2..10] of char; { f — 3 o ‘lchovli belgili jadval}
Shuni ta’kidlash joizki, dasturlash tillarida juda ko‘p masalalami hal etishda massivlardan foydalanish dasturchiga katta imkoniyatlar ochib beradi.
Ba’zi standart funksiyalar va algebraik ifodalar
Funksiya tushunchasi sizga matematika fanidan ma’lum. Funksiyalarning xususiyatlariga qarab turli sinflarga ajratgansiz. Masalan, chiziqli, kvadratik, trigonometrik va hokazo. Shunday funksiyalarning ba’zilaridan dasturlash tillarida ham foyda- laniladi. Dastur «tushunadigan» funksiyalar standart funksiyalar deb yuritiladi.
Quyida ba’zi standart funksiyalarni keltiramiz:
Do'stlaringiz bilan baham: |