Mavzu: Tarmoqlar. Daraxtlar, ularning turlari. Tanlash va joylashtirish turkumidagi murakkablikka ega saralash algoritmlari.
Algoritmni tasvirlash usullari
Algoritmlarni tasvirlashning turli usullari mavjud. Quyida algoritmlarni tasvirlashning keng tarqalgan usullarini ko‘rib chiqamiz.
Algoritmning so‘zlar yordamida ifodalanishi
Avval keltirilgan bir qator misollar inson og‘zaki nutqida qo‘llaniladigan so‘zlar orqali ifodalangan edi (masalan, ko‘chadan o‘tish algoritmi, g‘ishtlar sonini hisoblash algoritmi). Algoritmning bunday tasvirlash usulida ijrochi uchun ko‘rsatma jumlalar orqali ko‘rsatma shaklida beriladi. Qo‘llanmada, asosan, shu usuldan foydalanamiz.
Algoritmning formulalar yordamida ifodalanishi
Bu usul matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlarda ko‘plab qo‘llanilaniladi. Yodingizda bo‘lsa, so‘zlar yordamida ifodalangan g‘ishtlar sonini hisoblash algoritmini formula orqali ifodalagan edik. Formuladagi «+», «—», «х», «:» kabi arifmetik amallarning tartibiga rioya qilgan holda bajarilishi ham algo- ritmga misol bo‘ladi. Avval berilgan ««ax2+ bx+c =0 (аф 0) ko‘rinishidagi kvadrat tenglamani yechish» algoritmining quyidagi formula orqali ifodasi bilan tanishsiz:
x1,2 =
-b ±\Jb2 - 4ac
2a
Bilasiz, formuladagi amallar ma’lum bir tartib bilan bajarilishi shart.
Algoritmning jadval yordamida ifodalanishi
Algoritmning bu ko‘rinishda berilishi ham sizga tanish. Ma- salan, matematikada qo‘llanib kelinayotgan Bradis jadvali deb nomlangan to‘rt xonali matematik jadval, lotareya yutuqlar jadvali, Mendeleyev kimyoviy elementlar jadvali. Bunday jad- vallardan foydalanish ma’lum bir algoritm qo‘llashni talab etadi.
Biror funksiyaning grafigini chizish uchun ham funksiyaning argument qiymatlariga mos qiymatlar jadvalini hosil qilamiz. Bu ham algoritmning jadval ko‘rinishiga misol bo‘ladi.
Algoritmning grafik shaklda ifodalanishi
Algoritmning bu ko‘rinishda ifodalanishi matematikada chi-
zilgan grafik, kerakli uyni oson topish uchun dahalarda o‘rnatil- gan uylarning joylashish sxemasi, avtobuslarning yo‘nalish sxemasi orqali sizga tanish.
Algoritmlash asoslarini o‘rganishning yana bir qulay grafik shakli — blok-sxema usulidir. Blok-sxemalar bir yoki bir nechta buyruq yoki ko‘rsatmani aks ettiruvchi maxsus geometrik shakllar — bloklardan tashkil topadi. Bloklar yo‘nalish chiziqlari orqali tutashtiriladi.
misol
R radiusli doiraning yuzasini hisoblash algoritmi tuzilsin.
Avval aytib o‘tilganidek, algoritmda boshlang‘ich qiymatlar o‘rniga ularning nomlari ishtirok etishi mumkin va bu algoritm- ning ommaviylik xossasiga aloqadorligini bildiradi. Bu masalada ham radiuslar guruhi R nomi bilan berilmoqda va uning joiz boshlang‘ich qiymati ixtiyoriy haqiqiy son bo‘lishi mumkin. Eslatib o‘tamiz, algoritmda turli nomlar ishtirok etishi va ular boshlang‘ich qiymatlar va natijalar nomi bo‘lishi ham mumkin. Masalaning quyida keltirilgan yechimidagi S nomi masalani yechimi bo‘ladigan natijalar guruhining nomidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |