Mavzu: Al-Hakim at-Termiziy majmuasi



Download 145 Kb.
bet3/11
Sana31.12.2021
Hajmi145 Kb.
#223044
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Al-Hakim at-Termiziy majmuasi

Birinchi bosqich - al-Hakimning sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalik davri. Afsuski, biz uning mana shu davrdagi hayoti haqida aniq ma'lumotlarga ega bo‘lmasakda, lekin taxmin qilish mumkinki, uning bolalik yillari ko‘pchilik tengqurlariniki kabi odatdagiday har xil o‘yinlaru ko‘ngilochar mashg‘ulotlarga to‘liq bo‘lmagan. Chunonchi, tasavvur qilish mumkinki, agar shu alfozda bo‘lganda uning yaqin kelajakda ilmu irfon bilan jiddiy shug‘ullanishi uchun (bu o‘yinqaroqliklar) imkon bermagan bo‘lardi. U bir lahzada ulardan voz kechib o‘z ustozlarining jiddiy saboqlariga ma'naviy tayyor bo‘lmagan bo‘lardi. Shu bois komil ishonch bilan aytish mumkinki, u o‘zini yoshlikdan ilmu ma'rifatini chigal so‘qmoqlarni yengib o‘tadigan murakkab imtihonlarga ma'naviy va ruhiy jihatdan har tomonlama tayyorlay boshlagan edi.

Ikkinchi bosqich - al-Hakim at-Termiziyning sakkiz yoshidan to yigirma yetti yoshigacha bo‘lgan umrini qamrab oladi. Bu davrda uning bir ustozi bo‘lib, u bor imkoniyati va mahoratini al-Hakimni turli ilmlardan chuqur bilim olishiga sarflaydi, shunga astoydil rahnomalik qilib unga o‘z inoyatini ko‘rsatadi. Garchand ushbu shayx (ustoz) haqida aniq ma'lumotlar bo‘lmasa-da, u o‘z shogirdini faqat ilm yo‘liga, xususan ilm al-asor (arxeologiya, qadimshunoslik) va ilm ar-ray (diniy masalalarda o‘z fikrini bildirish) kabi ilmlarni chuqur egallashiga qaratadi. Bu vazifa oson vazifalardan emas edi[6].

Ushbu ilmlar bilan shug‘ullanishni al-Hakim at-Termiziy hatto Makkaga - Baytulloh al-Haramga haj ibodatini ado etish uchun borayotganida Iroqda to‘xtab o‘tganida ham davom ettiradi. O'sha paytda uning yoshi yigirma yettiga yaqinlashib qolgan edi. Aytish kerakki, aynan mana shu safarlar davomida turli olimlardan olgan bilimlari uning ilmiy hayotida sezilarli iz qoldirgan edi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, o‘z hayotining aynan shu bosqichida al-Hakim at-Termiziy hadis va fiqh ilmlariga alohida e'tibor bergan.

Al-Hakim at-Termiziy hayotining uchinchi bosqichi Qur'oni karimni yod olish va uni chuqur o‘rganish bilan bevosita bog‘langan. U Ollohning kalomini yod olishga alohida ishtiyoq bilan kirishadi, kechani kunduzga ulab uni yod oladi, bu mashg‘ulotdan uning qalbi halovatu alohida zavq-shavqqa to‘ladi. U endi rabboniy ruhdagi asarlarga g‘oyatda berilib, ulardagi ibratli mav'izalar, oxirat ishlariga doir ma'lumotlar, tariqatga boshlovchi piri murshidlarning hikoyatlarini alohida qiziqish bilan o‘rganadi. Shu omillar ta'sirida u aqliy yo‘nalishdan (ittijoh) batamom ruhiy yo‘nalishga tavajjuh qiladi. Mana shu fikr-mulohazalarni jamlab, bu bosqichni al-Hakim at-Termiziy hayotidagi burilish davri (fitrat at-tahavvul) deb atasak, ayni haqiqat bo‘lur edi. Binobarin, shu davrda u ro‘za tutish, namoz o‘qish, Qur'on tilovat qilish kabi ibodatlarga batamom berilib ketadi. Lekin shu bilan birga bu davrda u muayyan bir usul, yoinki biron-bir xos tariqatga ega emasdi. Uning o‘z ta'biri bilan aytganda, toki uning qo‘liga al-Antokiyning kitobi tushgunga qadar shu yo‘sunda hayot kechirgan, keyin esa al-Antokiyning fikrlaridan ta'sirlanib o‘z nafsini riyozat (riyozat an-nafs) chekishiga yo‘l qo‘ygan. Mana shu paytdan e'tiboran uning hayotida uzoq va mashaqqatli boshqa bir davr boshlanadiki, bunda u o‘zini hech bir ayamasdan riyozat chekishga, xilma-xil imtihonu sinovlarga mubtalo qiladi. U uzlat va xilvatni, odamlardan o‘zini chetga olib uzoq tutishni ixtiyor qiladi.

Mana shu jarayonlar oqibatida u o‘z tariqatini yaratdiki, natijada kechalari uning atrofida ko‘plab izdoshlari va maslakdoshlari to‘planishib bahsu munozaralar uyushtiradilar, duo va tazarru'lar bilan o‘z shuurlarini izhor qiladilar. Aftidan, mana shu bahsu munozaralar paytida o‘zining chuqur mazmunga ega bo‘lgan so‘fiylik tajribalari haqidagi oshkora bayonotlari tufayli diniy masalalarning ba'zi jihatlari, xususan, ilm ar-ra'y, yoinki ilm al-osor, hatto tasavvuf ilmlariga doir fikrlari bilan o‘z zamonidagi qator olimlarning qahru-g‘azabini qo‘zg‘ab, ularning shiddatli hujumlariga duchor bo‘ladi. Natijada al-Hakim at-Termiziy ustida gap so‘zlar ko‘payib, uni havoyi gaplarga berilishda va bid'atda ayblay boshlaydilar. Al-Hakim at-Termiziyga ular tomonidan qo‘yilgan tuhmatlarni umumlashtirib quyidagilarni aytish mumkin:

1. Hadis rivoyatchilari tomonidan bildirilgan tuhmatlar. Ayni vaqtda, aytish kerakki, u hadisshunos olim ham emas, uning rivoyatchilari toifasiga ham kirmaydi. U o‘zining yaroqsiz kitoblarini mavzu (soxta) hadislar bilan to‘ldirib, ularda rivoyat ham qilinmaydigan, eshitilmaydigan xabarlarni qalashtirib tashlagan.

2.    Faqihlar tomonidan bildirilgan tuhmatlarda go‘yoki u ilm ash-shariy'a (shariat ilmi)ga ko‘pchilik jamoat qabul qilmaydigan zaif va bo‘lmag‘ur fikrlarni kiritgan.

3.    Mutasavvuflar tomonidan bildirilgan tuhmatlarda ham u haqiqatga xilof ishlarda ayblanib, bu harakatlari bilan faqihlar qoidasidan chiqqan va har qanday dashnom va ta'nalarga sazovor kishi sifatida tasvirlangan. Xullasi kalom, ularning harakatlari shu darajaga borib yetdiki, ular (ayblovchilar) Balx hokimiga xabar yuborib, al-Hakim at-Termiziyga nisbatan ig‘voyu tuhmatlarini davom ettirib, uni Ollohga muhabbat haqida gapiradi, odamlar o‘rtasida fisqi fasod tarqatadi, ularni bid'atga yetaklaydi, nubuvvatlikni da'vo qiladi deb aybladilar. Al-Hakim at-Termiziyning o‘zi ham «Bad'u shaani Abu Abdulloh» nomli avtobiografik asarida ularning bu tuhmatlari haqida zikr qilgan. Natijada Balx hokimi Ollohga muhabbat haqida gapirmaslik haqida uning va'dasini olib, odamlarni tinchlantirib, ular his-hayajoniga bir qadar taskin bergan bo‘ldi. Bu zayldagi nohaq tuhmatlardan nafaqat al-Hakim at-Termiziy, balki o‘sha davrdagi qator mutasavvuflar ham chetda qolmaganligi haqida manbalarda aniq ma'lumotlar keltirilgan.

Ayni vaqtda aytish joizki, bu tarzdagi ishlar (nohaq tuhmatlar) hokimlar va qozilar tomonidan qonun nuqtai nazaridan shu zaylda osongina hal etilgani bilan, lekin baqir-chaqirga o‘rgangan omma, shuningdek, olimu ulamolar o‘rtasida bunchalik tez o‘tib ketmaydi, chunki ular ma'lum vaqtgacha asl haqiqatni bekitib, quruq safsatayu qandaydir g‘arazli maqsadlar yo‘lida nohaq tuhmatlar tarqatadilar. Binobarin, bu nohaqliklar dastidan al-Hakim at-Termiziy ham talay muddat ommadan qo‘rqqanidan boshini ko‘tarib yurishga jur'at qilolmadi.

4. Lekin ahvol shu tariqa davom etmadi. Unga nohaq tuhmatlar qilib, aziyat yetkazganlar o‘z muddaolariga yeta olmadilar. Mana shu paytdan e'tiboran al-Hakim at-Termiziyning hayotida yangi bir bosqich boshlanadi. Bunda u xilvat va uzlatdan chiqib, odamlar tomon yuzlanadi. Natijada uning fazlu fazilati to‘la namoyon bo‘lib, nomi tillarda zikr qilina boshlaydi. Atrofida to‘planadiganlarning soni kundan-kunga oshib boradi. Ana shundan keyingina odamlar uning haqida tarqatilgan mish-mishlar, tuhmatlar nohaq bo‘htonlardan boshqa narsa emasligini tushunib yetdilar va unga nisbatan o‘z hurmatu ehtiromlarini namoyon qildilar. Mazkur bosqichdagi faoliyati davrida ehtimol, keyinchalik ba'zi olimlar tomonidan «al-hakimiyya vat-termiziyya»[7] degan nom bilan atalgan oqimga asos solingan bo‘lsa kerak. Ehtimol shu bois at-Termiziyning o‘zi ham bu davr haqida to‘xtalib, unda shogirdlari va izdoshlari paydo bo‘lganligi haqida ta'kidlaydi. Chunonchi, ushbu davrda uning shogirdlarining soni ko‘payib, mav'izayu ma'ruzalari yuksak kamolotga yetishdi, obro‘-e'tibori oshib, shonu shuhrati chor atrofga tarqaldiki, hatto yaqin o‘tmishda unga qarshi fitna uyushtirgan guruhlar ham unga o‘z hurmatini bildira boshladilar. Al-Hakim at-Termiziyning shogirdlari ko‘p bo‘lganligiga qaramay, tarix sahifalarida ular ismi-shariflarining ba'zilari saqlanib qolgan, xolos.

 


Download 145 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish